Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72

201
organik  o‘g‘itga)  aylantirilib,  dalaga  chiqariladi;  suyuq  qism
(shaltoq) esa maxsus qurilmadan o‘tkazilib, gumusga (chirindiga)
aylantiriladi.  Parchalanish  jarayonida  metan,  uglerod  oksidi  va
vodorod sulfidi ajralib chiqadi. Ushbu biogaz energiyasidan issiqlik
va elektr energiyasi ishlab chiqarishda foydalanish mumkin.
Sanoat oqova suvlarini yerning chuqur suvli qatlamlariga nasos
bilan haydash yerusti suvlari ifloslanishini kamaytiruvchi usullar-
dan  biridir.  Bu  usuldan  oqova  suvlarni  amaldagi  texnologiyalar
yordamida to‘liq tozalash imkoniyati bo‘lmagan vaqtda foydalanish
maqsadga muvofiq.
Ichimlik  suv  ta’minotida  foydalaniladigan  yerusti  suvlarini
tozalash va qatron qilishning samarali metodlarini ishlab chiqish
va joriy etish muhim muammolardan biri hisoblanadi. Yetarlicha
tozalanmagan ichimlik suvi ekologik va ijtimoiy jihatdan xavflidir.
Uzoq  yillar  davomida  suvning  biologik  ifloslanishiga  qarshi
kurash usullaridan biri — suvni xlor yordamida tozalash va qatron
qilish hisoblangan. Biroq xlorlash inson salomatligiga jiddiy xavf
tug‘dirishi ayon bo‘lgach, uni ozonlash yoki ultrabinafsha nurlar
bilan ishlov berishga o‘tilgan. Ichimlik suvlari tarkibidagi neft mah-
sulotlari, pestitsidlar va xlorli organik birikmalar esa sorbsiyalash
(shimdirish)  jarayoni  orqali  tozalanadi.
Suvni ifloslanishdan himoya qilishda agromelioratsiya va gidro-
texnik chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tadbirlar
yordamida ko‘llar, suv omborlari va kichik daryolarni loyqa va o‘t
bosishi, shuningdek, suv havzalari qirg‘oqlarining qulashi, o‘piri-
lishi va yemirilishining oldi olinib, ularning tozaligi ta’minlanadi.
Suv obyektlarining sohil bo‘ylarida suv bulg‘anishi, ifloslanishi
va  kamayib ketishining oldini olish, ularning maqbul suv rejimi
va tegishli  holatini saqlab  turishga mo‘ljallangan suvni  muhofaza
qilish tegralari  va  qirg‘oq bo‘yi mintaqalari ajratiladi. Barcha suv
obyektlari (hamma suvlar) turli xil ko‘ngilsiz  hodisalar yuz berishi
hollaridan muhofaza qilinishi kerak. Korxona, tashkilot va muassa-
salar, shuningdek, fuqarolarga quyidagilar taqiqlanadi:
• suv obyektlariga ishlab chiqarish chiqitlari, maishiy va boshqa
xil chiqit hamda chiqindilarni tashlash;


202
• suvga moy, xas-cho‘p, kimyoviy va neft mahsulotlarini to‘kish;
• suv havzalarini  sanoat,  maishiy  va boshqa tashlandiq chiqit-
lar, shuningdek, yerusti va yerosti suvlari sifatini yomonlashtiradigan
neft va kimyoviy mahsulotlar bilan bulg‘atish va ifloslantirish;
• suvlarni  o‘g‘itlar  va  zaharli  kimyoviy  moddalar  bilan  bul-
g‘atish.
Òuproqni  tobora  kuchayib  borayotgan
zavolli tanazzul va talafotdan himoya qilish
dehqonchilikda o‘z yechimini kutayotgan o‘ta
jiddiy ekologik muammo hisoblanadi.
Òuproqning ekologik himoyasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoya qilish;
• tuproq unumdorligini oshirish maqsadida almashlab ekish va
tuproqqa ishlov berish tizimini joriy etish;
• melioratsiya tadbirlarini amalga oshirish (tuproq sho‘rlanishi,
botqoqlanishi va shu kabilarga qarshi kurash);
• buzilgan tuproq qatlamini rekultivatsiya qilish — qayta tiklash
va yaxshilash tadbirlari majmuyini amalga oshirish;
• tuproqni  ifloslanishdan,  uning  foydali  florasi  va  faunasini
qirilib ketishdan himoya qilish;
•  yerlarni  qishloq  xo‘jaligida  foydalanishdan  asossiz  istisno
qilishga barham berish.
Òuproqlar himoyasi mahalliy-mintaqaviy xususiyatlarni hisobga
olgan holda qishloq xo‘jaligi yer-suvlariga murakkab tabiiy hosila
(ekotizim) sifatida majmuiy yondashish asosida ta’minlanishi lozim.
Òuproqni  suv  va  shamol  eroziyasidan  himoya  qilish  uchun
quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
• yer tuzish ishlariga oid tadbirlar (ekinlarni eroziya jarayonlariga
chidamlilik darajasi bo‘yicha taqsimlash);
• agrotexnik tadbirlar (tuproqni himoya qiluvchi almashlab ekish;
ekinlarni o‘stirishda suv oqib ketishini to‘xtatuvchi tashqi tizim va
h.k.);
• o‘rmon melioratsiyasiga oid tadbirlar (dalani to‘sib, suvni tar-
tibga soluvchi ihota o‘rmonli yer bo‘laklari; jarlik va soyliklarga
o‘tqazilgan daraxtlar va h.k.);
Yer (tuproq)ni
himoya qilish


203
• gidrotexnika tadbirlari (kanallar, tuproq ko‘tarmalar (roshlar),
ariq, zovurlar va h.k.).
Òuproq  eroziyasining  rivojlanishini  gidrotexnik  tadbirlar  —
darhol, agrotexnik tadbirlar — bir necha yillardan keyin, o‘rmon
melioratsiyasi tadbirlari 10—20 yildan keyin to‘xtatadi.
Òuproq unumdorligini oshirish maqsadida almashlab ekish va
yerga ishlov berish tizimini joriy etish tuproq eroziyasiga qarshi
samarali kurash vositalaridan biridir. «Paxta – bug‘doy», «paxta –
sholi», «paxta – beda» va boshqa ekin turlari bo‘yicha xilma-xil
ketma-ketlikdagi almashlab ekishlarni joriy etish tuproqlar unum-
dorligini oshirishga xizmat qiladi.
Òuproq  ikkilamchi  sho‘rlanishining  oldini  olish  —  muhim
meliorativ tadbir. Ikkilamchi sho‘rlanish – tuproqning ustki qat-
lamida o‘simliklarga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi tez eriydigan (kar-
bonatli,  natriyli,  xloridli,  sulfatli)  tuzlarning  to‘planish  jarayoni.
Sho‘rlanish, asosan, drenaj (yer zaxini qochirish maqsadida quril-
gan zovur tizimi) yo‘qligi yoki ishlamasligi sharoitida yerni haddan
tashqari va tartibsiz sug‘orish, sug‘orish tizimida suv muvozanati-
ning buzilishi, ekin dalalarini minerallashgan suv bilan ortiq sug‘o-
rish, sug‘orish kanallarini gidroizolatsiyasiz qurish va hududlarning
tabiiy-iqlim xususiyatlari (bug‘lanish, quruq atmosfera yog‘inlari
va h.k.) kabilar tufayli ro‘y beradi. Òuproqlar, hatto yengil darajada
sho‘rlanganda ham ayrim ekin turlari, masalan, paxta va bug‘doy
hosildorligi 50—60 % ga, makkajo‘xoriniki 40—50 % ga kamayib
ketadi. Ikkilamchi sho‘rlanishning oldini olish uchun drenaj o‘tka-
zish, dalalarga suv berishni tartibga solish, suv tejovchi texnolo-
giyalarni (tomchilatib sug‘orish) joriy etish va sug‘orish tizimida
gidroizolatsiya ishlarini bajarish zarur bo‘ladi. Bu tadbirlar katta
xarajatlarni talab qiladi, biroq ularsiz ikkilamchi sho‘rlanishning
oldini olib bo‘lmaydi.
Òuproq ifloslanishining oldini olish uchun pestitsid va boshqa
zararli moddalardan foydalanishga chek qo‘yib, o‘simliklarni himoya
qilishning ekologik metodlarini (biologik, agrotexnik) joriy etish,
tuproqning o‘z-o‘zidan tabiiy tozalanish xususiyatini oshirish, o‘ta
xavfli va turg‘un insektitsidlar (zararli hasharotlarga qarshi mod-


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə