Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72

198
ruvchi biogaz qurilmalari, «Quyosh—shamol» chatishma tizimlari
kabi tiklanadigan energetika texnologiyalari ishlab chiqilmoqda va
joriy etilmoqda. Agar bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanilsa, bir
necha mln tonna miqdordagi neft, tabiiy gaz, ko‘mir tejaladi va
ayni paytda atmosferaga chiqariladigan bug‘li gazlar chiqindilari
miqdori ham keskin kamayishiga erishiladi.
Istiqbolda atmosfera havosini muhofaza qilish borasida quyidagi
vazifalar  belgilangan:
• havoning  transport  va  boshqa  vositalar  orqali  ifloslanishini
kamaytirish orqali uning  tabiiy  tarkibini saqlab qolish;
• atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy, fizi-
kaviy, biologik va boshqa ta’sirlarning oldini  olish  va kamaytirish
(ozon qatlamini buzuvchi moddalardan foydalanishni kamaytirish
va to‘xtatish; bug‘li gazlar otqindilarini qisqartirish va h.k.);
• atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka
qat’iy rioya etish.
Bu  vazifalarni  hal  etishda  quyidagi  chora-tadbirlardan  keng
foydalanish talab etiladi:
• texnologik jarayonlarni ekologiyalashtirish (ishlab chiqarish-
ning yopiq, uzluksiz texnologik jarayonlari; chiqitsiz va kam chiqitli
ishlab  chiqarish  texnologiyalari;  yoqilg‘i  va  xomashyoni  zararli
aralashmalardan tozalash; ko‘mir va mazutni tabiiy gazga almash-
tirish;  elektr  mashinalari  va  asbob-uskunalaridan  foydalanishga
o‘tish va h.k.);
• gazli otqindilarni zararli aralashmalardan tozalash (quruq va
ho‘l changtutqichlar; to‘qimali, donador va elektr filtrlar; zaharli
gazli-bug‘li  aralashmalardan  tozalashning  kataliz  va  absorbsiya
metodlari va h.k.);
• atmosferaga chiqariladigan gazli otqindilarni to‘zitib yuborish
(tutun chiqadigan baland mo‘rilar qurish va h.k.);
• sanitariya-himoya  mintaqalarini  (aholini  zararli  omillardan
himoya qilish uchun yashash joylari binolarini sanoat ishlab chiqa-
rishining ifloslantiruvchi manbalaridan ajratib turuvchi ko‘kalam-
zor  mintaqa)  yaratish  va  arxitektura-rejalashtirish  tadbirlarini
(joyning relyefi va shamollar yo‘nalishini hisobga olgan holda aholi


199
istiqomat  joylari  va  ifloslantiruvchi  manbalarni  o‘zaro  to‘g‘ri
joylashtirish) amalga oshirish.
Yerusti  suvlari  xas-cho‘p,  qum,  mayda
tosh  va  balchiq  bilan  to‘lib  qolishdan,  o‘t
bosishi, turli xil ifloslanishlar va suv kamayib
ketishidan himoya qilinadi. Shu sababli, suv
obyektlariga (irmoqlar, daryolar, suv omborlari, kanallar, ariqlar
va zovurlar) salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi turli xil chiqindilar va axlatlar
tashlamaslik chora-tadbirlari ko‘rilishi lozim.
Suvni ifloslanishdan himoya qilish muhim va murakkab muam-
molardan biridir. Shu maqsadda quyidagi himoyaviy chora-tadbirlar
ko‘zda tutiladi:
• chiqindisiz va suvsiz texnologiyalarni rivojlantirish; aylanma
suv ta’minoti tizimini joriy etish;
• sanoat, kommunal-maishiy va boshqa oqova suvlarini tozalash;
• oqova suvlarni nasos bilan yerning chuqur qatlamlariga tashlash;
• yerusti suvlarini tozalash va qatron qilish.
Oqova (oqindi) suvlar yerusti suvlarini ifloslantiruvchi asosiy
manbadir.  Shu  sababli  oqova  suvlarni  tozalashning  samarali
metodlarini yaratish va joriy etish dolzarb ekologik vazifa hisoblanadi.
Avvalo aylanma suv ta’minoti tizimini joriy etish, shu asosda chiqin-
disiz  va  suvsiz  texnologiyalarga  o‘tish  o‘z  yechimini  kutayotgan
vazifalardan biridir.
Oqova suvlarni tozalashning mexanik, fizik-kimyoviy, kimyo-
viy, biologik va aralash usullari mavjud. Oqova suvlar suzgichdan
o‘tkazish,  tindirish  va  filtrlash  kabi  yo‘llar,  shuningdek  oqindi
suv yuzasida suzib yuruvchi moddalar (neft, chirkay, yog‘, moy,
polimer va h.k.) neft va moy tutqichlar bilan mexanik tozalanadi.
Oqova suvlarni tozalashda kimyoviy va fizik-kimyoviy metod-
lardan foydalaniladi. Neytrallash (oqova suvga ishqor qo‘shib, uning
kislotalik xususiyatini yoki kislota qo‘shib, ishqorlik xususiyatini
yo‘qotish) va oksidlash asosiy kimyoviy usullar hisoblanib, oqova
suv ular yordamida zaharli moddalardan tozalanadi. Oqova suvlarni
tozalashda koagulatsiya (ammoniy tuzlari, temir, mis kabilardan
foydalanib,  cho‘kmalar  hosil  qilish),  sorbsiya  (loy,  ko‘mir,  torf
Suv resurslarini
himoya qilish


200
kabilardan foydalanib, ifloslovchi moddalarni shimib olish), flotatsiya
(oqova suvdan havo o‘tkazish yo‘li bilan neft, moy kabi ifloslov-
chilarni o‘ziga ilaktirib oluvchi gazli pufakchalar hosil qilish) kabi
fizik-kimyoviy metodlardan foydalaniladi.
Oqova suvlarini tozalashda biologik (biokimyoviy) metoddan
foydalanish  yaxshi  samara  beradi.  Bunda  oqova  suv  tarkibidagi
organik  va  anorganik  moddalardan  foydalanib  rivojlanadigan
mikroorganizmlarga  tayaniladi.  Biologik  (biokimyoviy)  tozalash
jarayoni  tabiiy  (sug‘orish  maydoni,  filtrlash  maydoni,  biologik
hovuz va h.k.) va sun’iy (kislorod bilan boyitilgan va balchiq aralash-
tirilgan suv sekin oqib o‘tadigan maxsus yopiq idish, biofiltrlar,
oksidlash kanallari va h.k.) metodlar yordamida amalga oshiriladi.
Keyingi yillarda oqova suvni tozalash jarayoniga yangi samarali
metodlar joriy etilmoqda: elektrokoagulatsiya va elektroflotatsiyaga
asoslangan  elektrokimyoviy  metodlar;  membranali  tozalash
jarayonlari  (ultrafiltrlar,  elektrodializ);  flotatsiyani  yaxshilashga
imkon beruvchi magnitli ishlov berish; suvdagi ifloslovchi modda-
larni qisqa muddatda oksidlash, koagulatsiyalash va parchalashga
imkon  beruvchi  nurlanishli  tozalash;  ozonlash  —  ozon  ta’sirida
tozalash va h.k.
Ma’lumki, dehqonchilikda pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar suv
obyektlarini ifloslashda o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bu jarayonning oldini
olish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
• o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy vositalardan foydalanish me’yor-
lari va muddatlariga qat’iy amal qilish;
• dalada pestitsidlarni yoppasiga qo‘llamasdan, tegishli joylarga
lentasimon  ishlov  berish;
• o‘g‘itlarni  donador  shaklda,  imkoni  bo‘lsa,  suv  bilan  birga
qo‘llash;
• zaharli kimyoviy vositalarni o‘simliklarni himoya qilishning
biologik metodiga to‘liq almashtirish.
Chorvachilik oqova suvlaridan foydalanish juda murakkab bo‘lib,
zararli  suvlar  sentrifugalash  (qorishma  suvni  mexanik  ravishda
qismlarga ajratish) yordamida qattiq va suyuq qismlarga ajratiladi.
Qattiq qism kompostga (har xil chiqindilardan chiritib tayyorlangan


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə