Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72

189
haydaladigan yerlarda bu ko‘rsatkich 4000 g/m
2
.ni tashkil qilishi
mumkin.
Dunyo  yer  resurslarining  30  %  ga  yaqinini  agroekotizimlar
egallagan. Ularda ekinlar hosili va chorvachilik mahsulotlari bilan,
shuningdek, tuproq yemirilishi natijasida moddalar va energiyaning
chiqib  ketishi  (ko‘chishi)  ro‘y  beradi.  Bu  yo‘qotishlar  o‘rnini
to‘ldirish uchun agrolandshaftlarga inson tomonidan qo‘shimcha
oziq  moddalari  (azotli,  fosforli,  kaliyli  va  organik  o‘g‘itlar),
shuningdek,  ijobiy  samarasidan  tashqari,  salbiy  oqibatlar  ham
keltirib  chiqaradigan  pestitsidlar  kiritiladi.  Bular  barqaror
agroekotizimlarni vujudga keltirishga imkon beradi.
Qishloq  xo‘jaligi  ekologiyasining  muhim  vazifalaridan  biri
quyidagi  chora-tadbirlar  orqali  agroekotizimlarning  biologik
imkoniyatlarini faollashtirishdan iborat:
•  o‘simlik  va  hayvonlarning  moslashgan  navlari  va  zotlari
seleksiyasi;
• almashlab ekishdan foydalanish;
• agroekotizimlarning biologik xilma-xilligini ko‘paytirish;
• qishloq xo‘jaligi ekinlari tuzilmasini ekologik maqbullashtirish.
Hech bir ishlab chiqarish qishloq xo‘jaligidek atrof-muhit bilan
bevosita va mustahkam bog‘lanmagan. Qishloq xo‘jaligida amalga
oshiriladigan  har  qanday  chora-tadbir  mahalliy  tabiiy  sharoitlar
va resurslarni  qat’iy hisobga olishni taqozo qiladi hamda atrof-
muhitga u yoki  bu darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  jarayonida  mahalliy  tabiiy
sharoitlar va tabiatni muhofaza qilish qoidalarini e’tiborga olmaslik,
agrotexnikadan noto‘g‘ri va qo‘pol foydalanish, agrotexnologiyalar
buzilishiga yo‘l qo‘yish atrof-muhit sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Oqibatda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi atrof-muhitga kuchli
ta’sir  ko‘rsatuvchi  omilga  aylanadiki,  bu  muayyan  hududlar
tabiatida jiddiy o‘zgarishlar sodir qiladi:
• haydalma  yer  maydoni  va  yaylov  chorvachiligi  kengayishi
oqibatida uzoq tadrijiy rivojlanish jarayonida vujudga kelgan tabiiy
ekotizimlar — biotsenozlar o‘rnini inson tomonidan sun’iy yaratil-
gan ekotizimlar— agrotsenozlar tobora ko‘p egallay boshlaydi;


190
• qo‘riq  yerlarning  o‘zlashtirilishi,  to‘qay  va  o‘rmonzorning
yo‘qolishi, ko‘llarning qurishi kabilar natijasida yovvoyi hayvonlar,
qushlar va hasharotlarning tabiiy yashash muhiti buzilib, ularning
oziq manbayi qisqarishi bois boshqa joylarga ko‘chib ketishi yoki
turlar soni va xilma-xilligi kamayishi kuzatiladi;
• tabiiy o‘simliklar qoplamining buzilishi va yerga noto‘g‘ri ishlov
berish  tufayli  tuproqlar  tarkibi  o‘zgaradi,  unumdorligi  pasayadi,
namligi kamayib, havoda chang zarrachalari ko‘payishi ro‘y beradi;
• ekinlarni  sug‘orish  usullari  va  me’yorlariga  rioya  qilmaslik
dalalarning ortiqcha namlanishi va ikkilamchi sho‘rlanishiga, suv
isrofgarchiligiga olib keladi;
• mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalardan me’yoridan ortiq
foydalanish  va  ularni  ishlatish  qoidalariga  rioya  qilmaslik  atrof-
muhitning tabiatga yot bo‘lgan xilma-xil moddalar bilan ifloslanishi
va tirik organizmlar hayot faoliyati buzilishiga sababchi bo‘ladi;
• yirik chorvachilik va parrandachilik inshootlari qurilishi atrof-
muhitning chiqindilar bilan ifloslanish imkoniyatlarini oshiradi;
• yaylovlardan tartibsiz foydalanish va chorva mollarini ortiqcha
o‘tlatish ular maydonining qisqarishi va mahsuldorligi pasayishiga,
undagi ayrim o‘simlik turlari yo‘qolib ketishiga olib keladi;
• qishloq xo‘jaligi texnikasi va transport vositalaridan epsizlik va
noshudlik bilan foydalanish tuproqning zichlashuviga, nam saqlash
hamda  suv  o‘tkazuvchanlik  xossalari  buzilishiga,  muhitning
yonilg‘i-moy qoldiqlari hamda zaharli gazlar bilan ifloslanishiga
olib keladi.
Yuqorida ta’kidlangan salbiy holatlarning oldini olish yoki ularni
to‘liq  bartaraf  qilish  uchun  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini
tabiatdan to‘g‘ri foydalanishning quyidagi asosiy yo‘nalishlari bilan
birga qo‘shib olib borish talab etiladi:
• dehqonchilik tarmoqlarini mahalliy tabiiy sharoitlar, shuning-
dek, ularning atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatish imkoniyatlarini hisob-
ga olgan holda tashkil qilish va rivojlantirish;
• yer-suv, nabotot va hayvonot dunyosi, mahalliy va mineral
o‘g‘itlar hamda yonilg‘i-moylash vositalaridan unumli va tejamli
foydalanish;


191
•  mahalliy  o‘simlik  va  hayvonot  dunyosini  tabiatning  irsiy
boyligi, agroekotizimlarni biosfera tarkibiy qismi sifatida muhofaza
qilish;
• dehqonchilik va chorvachilikni tashkil etishda ekologik omillar
va tabiat muhofazasi tadbirlarini qat’iy hisobga olish;
• melioratsiya  ishlarini  tabiatni  muhofaza  qilish  talablariga
muvofiq amalga oshirish va ihota daraxtzorlari maydonini kengay-
tirish;
• sanoat,  transport  va  yo‘l  qurilishi  tufayli  buzilgan  yerlarni
qayta tiklash va ulardan qishloq xo‘jaligida samarali foydalanish;
• yaylovlar va tabiiy yem-xashak maydonlari holatini yaxshilash;
• qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashda kamchiqitli va
chiqitsiz texnologiyalarga o‘tish;
• mineral  o‘g‘itlar  va  kimyoviy  vositalardan  foydalanishning
yangi usullarini qo‘llash asosida atrof-muhit ifloslanishini kamay-
tirish;
• tuproq,  suv  va  havo  sifati  hamda  holatini  doimiy  nazorat
qilish.
Qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  ekologik  rivojlantirishga
yangicha yondashuvlardan biri – kam chiqitli va chiqitsiz texno-
logiyalarni yaratish va joriy etish hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligida chiqitsiz texnologiya – bu qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari  ishlab  chiqarishning  shunday  usuliki,  unda  «xom-
ashyo resurslari (yer-suv va h.k.) – ishlab chiqarish  (agrotexnolo-
giyalar,  mahsulotlar  va  h.k.)  –  iste’molchi  (odam,  iqtisodiyot
tarmoqlari va h.k.) – ikkilamchi resurslar (quruq poya, chiqindilar
va h.k.)» majmuyida xomashyo va energiyadan oqilona va har
tomonlama foydalaniladi, ya’ni atrof-muhitga ko‘rsatiladigan antro-
pogen ta’sirlar mazkur majmuaning me’yorida ishlab turishini
buzmaydi.
Qishloq xo‘jaligida eng kam miqdorda qattiq, suyuq va gazsimon
chiqindilar ajralib chiqishiga imkon beruvchi texnologiyalar – kam
chiqitli texnologiyalarga o‘tish ham dolzarb vazifalardan biri sanaladi.
Bu  atrof-muhitga  antropogen  ta’sirlarni  mumkin  qadar  kamay-
tirishga imkon beradi.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə