Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72

204
dalar)dan foydalanmaslik lozim. Masalan, talovchi hasharotlarni
(xonqizi, sassiq qo‘ng‘iz, qumursqa) ko‘paytirib, agroekotizimlarga
qo‘yib  yuborish.
Hozirgi paytda pestitsidlar va mineral o‘g‘itlardan mutlaqo voz
kechilib, biologik dehqonchilikka o‘tish «ekologik toza» mahsulotlar
olishga imkon bermoqda. Ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatayotgan
fermerlik harakatlari qo‘llab-quvvatlanishi lozim. Shuningdek, tabiiy
murakkab birikma yoki qorishmalar (masalan, yashil qalampirning
sarimsoq  va  tamaki  bilan  qorishmasi)  asosida  pestitsidli  moddalar
yaratish borasidagi ishlarni kuchaytirish ham ijobiy ekologik samara
keltiradi.
Haydaladigan yerlarni qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqarish
qurilish va boshqa maqsadlarda amalga oshiriladi, biroq unga faqat
asoslangan zaruriyat tufayli yo‘l qo‘yilishi nazoratga olinishi lozim.
Buzilgan  hududlarni  rekultivatsiya  qilish  yer  maydonlarini
qayta tiklash va xavfsiz holatga keltirish maqsadida amalga oshiriladi.
Foydali qazilmalar ochiq usulda qazib olingan yerlar (konlarning
o‘yilgan  va  o‘pirilgan  joylari,  yaroqsiz  jinslar  uyumi  va  h.k.),
qurilish ishlari tufayli buzilgan yerlar, qattiq chiqindilar joylangan
maydonlar hamda suyuq va gazsimon chiqindilar bilan ifloslanish
natijasida buzilgan yerlar o‘zining dastlabki qadr-qimmatini yo‘qo-
tadi va atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Rekultivatsiya jarayoni bir necha bosqichlarni o‘z ichga oladi:
1) texnik rekultivatsiya – buzilgan hududni qayta foydalanishga
dastlabki  tayyorlash:  hudud  yuzasi  planini  tuzish;  rekultivatsiya
qilinadigan yerga unumdor tuproqni keltirib tashlash; o‘yilgan joy-
larda qiyaliklar hosil qilish; o‘zlashtirish uchun maydonchalar tayyor-
lash va h.k.;
2)  biologik  rekultivatsiya  —  tayyorlangan  maydonchalarda
o‘simliklar  qoplamini  vujudga  keltirish.  Bunda  buzilgan  yerning
mahsuldorligi qayta tiklanadi, yashil landshaft shakllanadi, o‘sim-
lik, hayvon va mikroorganizmlar uchun yashash sharoitlari yara-
tiladi; yer yuzasi suv va shamol eroziyasiga qarshi mustahkam-
lanadi va h.k.;


205
3)  rekultivatsiyaning  qurilish  bosqichi  –  zaruriyatga  qarab
amalga  oshiriladi  va  tayyorlangan  maydonchalarda  binolar,
inshootlar va boshqa obyektlar barpo etiladi.
Rekultivatsiya  o‘rmon,  qishloq  va  suv  xo‘jaligi,  rekreatsiya,
sanitariya-gigiyena va qurilish yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yer egalari va yerdan foydalanuvchilar uchun quyidagilar shart:
• hududni oqilona tashkil etish;
• tuproq unumdorligini tiklash va oshirish;
• yerlarni suv va shamol eroziyasidan, sellardan, suv bosish-
dan, zaxlashdan, qayta sho‘r bosishdan, qaqrab qolishdan, ishlab
chiqarish chiqindilari, kimyoviy va radioaktiv moddalar bilan iflos-
lanishdan himoya qilish;
• qishloq xo‘jaligi yerlarini dov-daraxt, buta va yovvoyi o‘tlar
bosib ketishidan va madaniy holatini yomonlashtirishdan himoya
qilish;
• buzilgan yerlarni qaytadan ekinzorga aylantirish;
• yerlarni buzishda tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish
va undan foydalanish.
O‘simliklarning  populatsiya-tur  tarkibi
va sonini saqlab qolish uchun quyidagi tabiat
muhofazasi tadbirlari amalga oshiriladi:
• o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurash;
• o‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish;
• ihota daraxtzorlari barpo qilish;
• o‘simlik dunyosidan foydalanish samaradorligini oshirish;
• o‘simliklar dunyosining ayrim turlarini muhofaza qilish.
O‘rmon  yong‘inlariga  qarshi  kurash  o‘simliklar  dunyosidan
foydalanish joylarida yong‘in xavfsizligiga rioya etish va yong‘inga
qarshi tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek, yong‘in chiqqan
hollarda uni o‘chirish choralarini ko‘rishni qamrab oladi. Shu maq-
sadda vertolyot, kuchli o‘t o‘chirish mashinalari va suv purkagich-
lar, har qanday sharoitda yura oladigan mashina va buldozerlardan
keng foydalaniladi. O‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda yong‘inga
qarshi  to‘siq-g‘ovlar,  maxsus  mintaqalar  tashkil  etish  ham  katta
ahamiyat kasb etadi.
Nabotot dunyosini
himoya qilish


206
Eng  asosiy  kuchni  yong‘inni  o‘chirishga  emas,  balki  uning
oldini olishga qaratish lozim. Zero, aksariyat o‘rmon yong‘inlari
odamlarning o‘t bilan mas’uliyatsiz munosabati tufayli sodir bo‘ladi.
Bu borada aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish lozim.
O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda
ularning  oldini  olish  chora-tadbirlari,  xususan,  nazorat  qilish,
karantin xizmati va boshqa o‘rmon xo‘jaligi tadbirlari yaxshi natija
beradi.
O‘simliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda
quyidagi davolash-qiruvchi metodlardan foydalaniladi:
• agrotexnik metodlar (to‘g‘ri almashlab ekish, urug‘larni sara-
lash – navlarga ajratish va tozalash, madaniy ekinlarning shikast-
lanmaydigan navlarini yetishtirish va h.k.);
• kimyoviy metodlar (zararkunandalar uchun zaharli bo‘lgan
maxsus  moddalardan  foydalanish);
•  biologik  metodlar  (zararkunandalarni  yirtqich  va  parazit
hasharotlar  –  entomofaglar,  mikroorganizmlar,  nematodalar,
hasharotxo‘r  qushlar  yordamida  yo‘qotish).
Ihota daraxtzorlari — dalalar, bog‘lar, o‘tloqlar tashqi tomonlari,
chegaraviy hududlarida biologik muvozanatni qo‘llab-quvvatlash
uchun chidamli va tez o‘sadigan o‘simlik turlarini o‘z ichiga olgan
o‘rmon  mintaqasini  barpo  etish  atrofdagi  tabiiy  muhitga  ijobiy
ta’sir  ko‘rsatadi,  ya’ni  ekin  dalalari,  yaylov  o‘simliklari,  mevali
daraxtlar va uzumzorlarni sovuq urib nobud bo‘lishdan, shamollar,
chang  bo‘ronlari,  qurg‘oqchilik  kabilarning  zararli  ta’sirlaridan
himoya qilinadi. Masalan, Orol dengizining qurigan tubida har yili
saksovul va boshqa qumda o‘sadigan o‘simliklardan iborat 15—20
ming gektar ihotazor barpo etilmoqda. Ular qum-tuproqning ustki
qatlamini  mustahkamlaydi,  o‘t-o‘lanlar  paydo  bo‘lishiga  sharoit
yaratadi va biotsenotik xilma-xillikka yordam beradi. Shuningdek,
ihotazor  shamollar  tezligini  pasaytirib,  zararli  qum  zarrachalari
havoga ko‘tarilishining oldini oladi.
O‘simliklar dunyosi obyektlaridan foydalanish samaradorligini
oshirish uchun chorva mollarini o‘tlatish, oziqa mahsulotlari tay-
yorlash, yovvoyi o‘simliklardan oziq-ovqat  va dorivor xomashyosi


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə