Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72

156
Dengiz toshqinlari qirg‘oqbo‘yi hududlarini suv bosishi bilan
tavsiflanadi. Bunday toshqinlar Niderlandiyada, Germaniyaning
shimoliy qismida, Janubi-sharqiy Osiyo va Meksika ko‘rfazi qir-
g‘oqlarida tez-tez kuzatiladi. Masalan, 1970 va 1988-yilda Ben-
gal ko‘rfazida (Bangladesh) katta dengiz toshqinlari ro‘y berib,
7500 km
2
  maydon suv tagida qolgan (1970-yildagi suv toshqi-
nida 1 mln.dan ko‘p odam halok bo‘lgan). 1953-yilda Shimoliy
dengiz qirg‘oqlarida ham katta suv toshqini sodir bo‘lgan.
Dengiz  suv  toshqinlari  natijasida  odamlar,  hayvonlar,  ba-
liqlar, qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘lar, uzumzorlar nobud bo‘-
ladi,  tuproqning  unumdor  qatlami  yuvilib,  meliorativ  holati
yomonlashadi,  unda  tuzlar  miqdori  ko‘payib,  qishloq  xo‘jaligi
ekinlari hosildorligi pasayadi.
Òropik  po‘rtanalar  (dovul-bo‘ron,  girdob,  to‘fon),  asosan,
tropik kengliklarda paydo bo‘ladi va katta tezlikdagi havo massalari-
ning  (shamollar)  harakatlanishida  namoyon  bo‘ladi.  Dengizdan
quruqlikka yo‘nalgan tropik po‘rtanalar kuchli jala va momaqal-
diroqli baland to‘lqinlar bilan tavsiflanadi. Dunyoning turli mam-
lakatlarida tropik po‘rtanalar turlicha nomlanadi: Amerikada dovul
va siklon deb, Janubi-sharqiy Osiyo va Uzoq Sharqda tayfun deb,
Hindiston va Bangladeshda siklon deb yuritiladi.
Òropik po‘rtanalar ko‘pincha Sariq dengiz va Filippin orollari
hududlarida  paydo  bo‘ladi.  1988-yilda  Vyetnamda,  2013-yilda
Filippinda ro‘y bergan po‘rtanalar juda katta tabiiy va iqtisodiy
yo‘qotishlarga olib kelgan.
Òropik bo‘lmagan (notropik) po‘rtanalar tropik kengliklardan
tashqarida,  okeanlar  ustida  paydo  bo‘lib,  30  m/s.dan  yuqori
tezlikda harakatlanadigan dovul (bo‘ron) va girdoblardir. Ular
tashqaridan  qaraganda  katta  tezlik  bilan  harakatlanayotgan
haybatli qora bulutlarga o‘xshaydi.
Atlantika okeanida shimoliy sovuq havo oqimi bilan janubiy
issiq  havo  oqimi  o‘zaro  aralashib,  Islandiya  hududida  paydo
bo‘ladigan va materik tomon harakatlanadigan «golland dovuli»
katta vayronalik keltiradi. U Yevropada toshqinlar va qor bo‘ron-
larini  keltirib  chiqaradi.  Masalan,  1999-yilning  dekabr  oyida
Yevropaning shimoli-g‘arbiy qismida halokatli dovul paydo bo‘-


157
lib, shamol tezligi 45 m/s.ni tashkil qilgan; odamlar halok bo‘l-
gan, binolar shikastlangan, o‘rmonlar va uzumzorlarga katta ta-
lafot yetkazilgan; daraxtlar ildizi bilan qo‘porilgan, elektr uzatish
tizimlari yakson etilgan va h.k.
Qurg‘oqchilik — yog‘inlarning yo‘qligi yoki juda kamligi oqi-
batida tuproq va havoda nam yetishmasligi bilan tavsiflanadigan
yuqori haroratli quruq ob-havoning uzoq vaqt davom etishi.
Yog‘inlar — havodagi bulutlardan yog‘iladigan yoki yer yuzasi
va qandaydir predmetlarga inadigan suyuq yoki qattiq shakldagi
suvlar. Yog‘inlar, asosan, shudring, qirov, yomg‘ir, jala, do‘l va
qor  ko‘rinishida  bo‘ladi.  Yog‘inlar  Yer  sayyorasida  suv  aylani-
shining  muhim  bo‘g‘inlaridan  biridir.  Yog‘inlarning  ko‘p  yillik,
yillik,  mavsumiy,  oylik  miqdori,  ularning  yer  yuzasida  taqsim-
lanishi,  davom  etishi,  takrorlanib  turishi  va  jadalligi  muayyan
hududlar iqlimini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Yer sayyorasida yiliga o‘rtacha 1000 mm; cho‘l hududlariga esa
250 mm.dan kam yog‘inlar tushadi.
O‘zbekistonda,  xususan,  Orolbo‘yi  mintaqasida  iqlim  o‘z-
garishlari va qurg‘oqchilikni ifodalaydigan muhim ekologik me-
zonlardan biri yog‘inlar hisoblanadi. Yog‘inlar miqdori atmosfera
havosining  tozaligi  hamda  tabiiy  ekotizimlar  (to‘qaylar,  ko‘llar,
yaylovlar va h.k.) va antropogen ekotizimlar (ekin dalalari, bog‘lar
va  h.k.)  hayot  faoliyati  uchun  nihoyatda  katta  ahamiyat  kasb
etadi.  Orolbo‘yi  mintaqasi  nafaqat  O‘zbekiston  yoki  Markaziy
Osiyoda, balki Yer sayyorasidagi eng qurg‘oqchil o‘lkalardan biri
bo‘lib, yiliga o‘rtacha 100 mm atrofida va undan kam yog‘in tu-
shadi. Mazkur hududda qurg‘oqchilik paytida tuproqning kuchli
sho‘rlanishi va yemirilish jarayonlari kuchayadi, suv havzalaridagi
suv  hajmi  kamayadi.  Hududda  yog‘inlar  bo‘lmagan  yoki  kam
bo‘lgan yillarda dehqonchilik va chorvachilik samarasi pasayib,
tabiiy-ekologik tizimlarning shikastlanishi kuzatilgan. Xususan,
ko‘p yillik o‘rtacha yog‘in miqdoriga nisbatan 1995—1997-yil-
larda,  2000—2001-yillarda,  2007—2008-yillarda  yog‘in  miqdo-
rining kamayish holatlari kuzatilgan.
Qurg‘oqchilik paydo bo‘lishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatadi:
1) kuzda yetarli miqdorda yog‘in yog‘maslik;


158
2)  qorsiz  (yoki  kam  qorli)  qish;
3)  erta  bahorda  namning  shimilishi  uchun  noqulay  sharoit
bo‘lishi;
4)  bahorning  oxiri  va  yozning  boshlanishida  yog‘inlarning
kam yog‘ishi. Antisiklonlar — yog‘insiz, kam bulutli va quyoshli
ob-havo qurg‘oqchilik boshlanishidan darak beradi.
Uzoq muddatli qattiq qurg‘oqchilik — og‘ir ekologik oqibatlarga
olib  keladigan  ofat  bo‘lib,  uning  ta’sirida  tabiiy  ekotizimlar
tanazzulga yuz tutadi, hayvonlarning tur sonida keskin o‘zgarishlar
yuzaga  keladi,  o‘simliklar  nobud  bo‘ladi,  biologik  mahsuldorlik
boy beriladi, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda esa ocharchilik
yoki  odamlarning  ommaviy  nobud  bo‘lishi  kuzatilishi  mumkin.
Masalan, 1960—1970-yillarda Afrikada kuchli qurg‘oqchilik ro‘y
berib, 1,2 mln odam nobud bo‘lgan. Aynan shu qit’ada 1984—
1985-yillarda ham qattiq qurg‘oqchilik kuzatilgan.
Sayyoramiz aholisi va atrof-muhitga  o‘pirilish-siljish, ko‘chki
va  sel  oqimi  kabi  tabiiy  ofatlar  doimo  tahdid  solib  turadi.  Bu
hodisalar  muayyan  hududlarning  relyef  tuzilishiga  bog‘liq
bo‘lib, ayniqsa, tog‘li hududlarda tez-tez sodir bo‘ladi. Og‘ir
oqibatli o‘pirilish-siljish va ko‘chki hodisalari 1987-yilda Ne-
palda, 1988-yilda Shveysariyada, 1989 va 1998-yillarda Shimoliy
Kavkazda, 1985-yilda Kolumbiyada sodir bo‘lgan.
1. Qanday hududlar favqulodda ekologik vaziyatli zonalarga kiradi?
2. Nima uchun har qanday harbiy harakat atrof-muhitdagi ekologik va-
ziyatni  o‘zgartiradi?
3. Kimyoviy qurolning atrof-muhitga ta’siri nimalarda namoyon bo‘ladi?
4. «Ekotsid» tushunchasi nimani ifodalaydi va u qachon paydo bo‘lgan?
5. Òexnogen ekologik halokatlar nima sababdan ro‘y beradi va  ularga mi-
sollar  keltiring.
6. Òabiiy ofatlar kelib chiqishiga ko‘ra qaysi turlarga bo‘linadi?
7. Qurg‘oqchilik nima?
8. Orol dengizi va Orolbo‘yi ekologik tanazzuli texnogen halokatmi yoki
tabiiy  ofat?
?
NAZORAT SAVOLLARI


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə