Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72

150
yoraviy va mintaqaviy miqyoslarda vayronalik keltiruvchi ajal qu-
rollari deb baholanmoqda.
Yadro  quroli  yadroviy  o‘q-dorilar,  ularni  nishonga  yetkazish
va  boshqarish  vositalari  majmuyi  bo‘lib,  u  atrof-muhitni
portlashning  zarbali  to‘lqini,  yorug‘lik  energiyasi,  nurlanish  va
radioaktiv zaharlash bilan vayron qiladi. Zarbali to‘lqin odamlar
va hayvonlarni nobud bo‘lish darajasiga qadar og‘ir jarohatlaydi,
o‘rmonlar  va  daraxtlarni  ildizi  bilan  yakson  qiladi,  yorug‘lik
energiyasi va nurlanish esa kuchli kuyish holati va nur kasalliklarini
vujudga  keltiradi.  Masalan,  AQSH  tomonidan  Yaponiyaning
Xirosima  va  Nagasaki  shaharlarida  amalga  oshirilgan  yadro
portlashida kuchli kuyish holati va nurlanish hodisasi qayd etilgan.
Kimyoviy  qurol  zaharlovchi  moddalar  —  gazlar,  suyuqliklar
yoki qattiq moddalar yordamida odamlar va biotani zaharlashga
mo‘ljallangan bo‘lib, o‘q-dorilar yoki samolyotlar vositasida ni-
shonga  yetkaziladi.  Kimyoviy  zaharlovchi  moddalar  orga-
nizmlarning oziqlanish (trofik) zanjirida harakat qilib, ularning
hayot faoliyatiga katta xavf tug‘diradi. Masalan, Birinchi jahon
urushida  iprit  deb  nomlangan  zaharlovchi  modda  ishlatilib,
undan 10 ming odam nobud bo‘lgan, 1,2 mln kishi nogironga
aylangan.
Hozirgi zamonaviy kimyoviy qurollar negizini organizmlarning
asab tizimiga ta’sir ko‘rsatib, ularni falaj qiluvchi va bo‘g‘uvchi
kimyoviy moddalar — zarin, tabun, zoman va h.k. tashkil qiladi.
Bularning barchasi tabiiy ekotizimlarga o‘nglab bo‘lmas darajada
juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Vyetnam urushida defoliant
(gerbitsid)  ko‘rinishida  katta  miqdorda  (100  ming  t.dan  ortiq)
kimyoviy qurol ishlatilishi natijasida o‘simliklarning barglari tush-
gan, ular o‘sishdan to‘xtagan va katta maydonlardagi o‘simliklar
(12 % o‘rmon, 5 % ekin dalalari) nobud bo‘lgan. Bu, tabiiyki,
barcha ekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan, qushlarning
158 turidan 18 turi qolgan, hasharotlar butunlay yo‘qolgan,  ko‘p-
lab o‘simliklar biologik tur sifatida qirilib ketgan, 1,8 mln nafar
vyetnamlikning sog‘lig‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ziyon yetkazilgan, 7 mln.dan
ortiq kishi kimyoviy qurol ishlatilgan hududlarni tark etishgan.


151
Bakteriologik  (biologik)  qurol  deyilganda  odamlarni  ommaviy
shikastlantirishga  mo‘ljallangan  bakteriyali  vositalar  (bakteriyalar,
viruslar va h.k.) va zaharlar (zaharli moddalar) tushuniladi. Kasallik
tarqatuvchisi sifatida tirik organizmlar (kemiruvchilar, hasharotlar
va h.k.) yoki o‘q-dorilardan foydalaniladi. Bakteriologik qurol odam-
lar va hayvonlarda o‘lat, vabo, Sibir yarasi kabi ommaviy yuqumli
kasalliklarni  keltirib  chiqarishga  qodir.  Hatto  ayrim  bakteriyalar
sporalar hosil qilib, o‘n yillar davomida tuproqda saqlanishi mumkin.
Biosferadagi ekologik halokatlarning oldini olishda ommaviy
qirg‘in  qurollarini  tag-tomiri  bilan  yo‘qotish  eng  ishonchli  yo‘l
hisoblanadi.
Jahonda  deyarli  har  yili  kuzatiladigan
yirik texnogen halokat va falokatlar atrof-mu-
hit sifatiga, odam va biota hayot faoliyatiga
salbiy  ta’sir  ko‘rsatmoqda.  Masalan,  Cher-
nobil atom elektr stansiyasida sodir bo‘lgan
ekologik halokat bunga yorqin misoldir.
Òexnogen  ekologik  halokat  —  texnik  qurilmalarning  (atom
elektr  stansiyalari,  tankerlar  va  h.k.)  falokatga  uchrashi  (ishdan
chiqishi)  tufayli  atrof-muhitda  noqulay  salbiy  o‘zgarishlar  sodir
bo‘lib,  tirik  organizmlarning  ommaviy  nobud  bo‘lishi  va  katta
iqtisodiy  yo‘qotishlar  kuzatiladi.
Falokat va halokatlar birdan sodir bo‘lib, mahalliy xususiyatga
ega bo‘ladi, ayni paytda ularning ekologik oqibatlari katta may-
donlarda o‘z aksini topishi mumkin. Òexnogen ekologik halokat-
lar hatto yuqori texnologiyalarga ega bo‘lgan mamlakatlarda ham
sodir bo‘ladiki, ularning kelib chiqish sabablari quyidagilar bo‘-
lishi  mumkin:  texnika  xavfsizligiga  rioya  etmaslik,  odamlarning
xatolarga yo‘l qo‘yishi yoki loqaydligi, turli xil buzilish yoki si-
nishlar,  tabiiy  ofatlarning  ta’siri  va  h.k.  Nurlanishga  aloqador
obyektlar (atom elektr stansiyalari, yadro yoqilg‘isini qayta ish-
lash korxonalari, uran konlari va h.k.), kimyo korxonalari, neft
va gaz quvurlari, transport tizimlari (dengiz, temiryo‘l, aviatsiya
transporti va h.k.), suv ombori to‘g‘onlarida ro‘y beradigan ha-
lokatlar katta ekologik xavf tug‘diradi.
Texnogen ekologik
halokatlarning
atrof-muhitga
ta’siri


152
Yadro  energetikasidagi  yirik  halokatlardan  biri  1979-yilda
Amerika  Qo‘shma  Shtatlarining  (Pensilvaniya  shtati)Xarrisberg
shahri yaqinidagi  Òrimayl-Aylend atom elektr stansiyasida sodir
bo‘lgan.
Eng katta texnogen halokatlardan biri 1986-yilda Ukrainadagi
Chernobil atom elektr stansiyasining to‘rtinchi energiya blokida
sodir  bo‘lgan.  O‘tkir  nur  kasalligidan  29  kishi  halok  bo‘lgan,
120 ming aholi ko‘chirilgan, umumiy aziyat chekkanlar soni
9  mln.ni  tashkil  etgan.  Genetiklarning  ta’kidlashicha,  insoniyat
genotipida  bu  «hodisa»ning  izlari  40  avloddan  keyin  yo‘qolishi
mumkin. Bu halokat atom elektr stansiyasining mas’ul xodimlari
va  rahbariyati  tomonidan  yo‘l  qo‘yilgan  xatolar  oqibati  deb
baholangan.  Radioaktiv  ifloslanish  Rossiya,  Belorus,  Bolgariya,
Polsha,  Ruminiya,  Germaniya  kabi  mamlakatlarga  tarqalib,
200  ming  km
2
.dan  ortiq  maydonni  qamrab  olgan.  Nurlanish
oqibatlari ekotizimning tarkibiy qismlarida qayd etilgan.
Ekologik  oqibatiga  ko‘ra,  kimyoviy  obyektlarda  sodir  bo‘la-
digan falokat va halokatlar ham dahshatli hisoblanadi. Masalan,
1976-yilda Italiyaning Sevezo shahridagi kimyoviy korxonada xa-
toga yo‘l qo‘yilishi oqibatida 2,5 kg zaharli dioksin moddasi atrof-
muhitga oqib chiqqan.
1984-yilda Hindistonning pestitsid ishlab chiqaruvchi korxo-
nasidan 30 t fosgen va metilizotsianat aralashmasining oqib chi-
qishi natijasida 3 ming odam halok bo‘lgan, 20 ming kishi ko‘r
bo‘lib  qolgan,  200  mingdan  ortiq  kishi  bosh  miya,  shol  kabi
kasalliklar bilan jiddiy shikastlangan. Halokatdan keyingi avlodda
ko‘p sonli mayib-majruhlik kuzatilgan. Falokat texnika xavfsizligi
qoidalariga amal qilmaslik natijasida sodir bo‘lgan.
Dengiz transport tizimlari bilan bog‘langan ekologik halokat-
lar  dengiz  (okean)  ekotizimlariga  katta  salbiy  ta’sir  ko‘rsatadi.
Masalan, 1971-yilda Boltiq dengizida «Globe Asimi» tankerining
halokati tufayli 16 ming t mazut okean yuzasini qamrab olgan.
Shuningdek,  1989-yilda  «Ekson  Valdes»  tankerining  halokati
tufayli  50  ming  t,  1983-yilda  «Kastilo  de  Belver»  tankerining
yonib  ketishi  tufayli  250  ming  t,  1978-yilda  «Amoki  Nadis»


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə