Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72

153
tankerining cho‘kib ketishi tufayli 230 ming t neft okeanga «to‘-
kilgan».  Dengiz  transport  tizimida  sodir  etilgan  shu  kabi  falo-
katlar suv ekotizimlariga jiddiy ziyon yetkazgan.
Òabiiy ofatlar juda katta insoniy va mod-
diy  yo‘qotishlar  bilan  kechadigan  halokatli
ekologik vaziyatlarni vujudga keltiradigan ta-
biiy  hodisalardir.  Òabiiy  ofatlar  qadimdan
olimlarning  diqqat  markazida  turadi.  UNESCO  huzurida  bu
masalalar bilan shug‘ullanadigan maxsus komissiya tuzilgan.  Eng
xavfli va keng tarqalgan tabiiy ofatlarga zilzila, sunami, vulqonlar
otilishi, o‘pirilish, toshqin, po‘rtana (dovul-bo‘ron, girdob, to‘-
fon), qurg‘oqchilik va shu kabilar kiradi.
Òabiiy ofatlar Yer evolutsiyasining tabiiy kechish jarayonini
aks ettiradi. Ularning u yoki bu hududlarda paydo bo‘lishi geo-
logik,  geomorfologik  va  iqlim  o‘zgarishlari  kabi  sabablar  maj-
muyi bilan shartlangan bo‘ladi. Biosfera barqarorligining pasa-
yishi va iqlim o‘zgarishlari katta miqyosli tabiiy ofatlarni ko‘pay-
tirishi  mumkin.
Òabiiy ofatlar kelib chiqishiga ko‘ra, ikki turga bo‘linadi: Yer-
ning ichki energiyasi bilan bog‘langan endogen va Quyosh ener-
giyasi  va  og‘irlik  kuchi  bilan  bog‘langan  ekzogen  tabiiy  ofatlar.
Birinchi turga zilzila, sunami va vulqonlar otilishi, ikkinchi turga
o‘pirilish, toshqin, po‘rtana (dovul-bo‘ron, girdob, to‘fon), qur-
g‘oqchilik va shu kabilar mansub bo‘ladi.
Zilzila  —  Yer  ichki  energiyasining  dah-
shatli ko‘rinishlaridan biri. Yer yuzasida to‘-
satdan  vujudga  keladigan  seysmik  to‘lqinlar
va tebranishlar halokatli ekologik oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Yerda  ikki  eng  xavfli  seysmik  mintaqa  mavjud:  birinchisi,
Òinch okean qirg‘oqlari bo‘ylab davom etadigan «olovli halqa»,
ikkinchisi,  Pireney  yarimorolidan  Malay  arxipelagigacha  da-
vom etadi. Karpat, Qrim, Kavkaz, Oltoy, Uzoq Sharq, Saxalin,
Kuril orollari, Kamchatka va O‘rta Osiyo, xususan, O‘zbekiston
birmuncha xavfli seysmik hududlarda joylashgan.
Tabiiy ofatlar
va ularning
turlari
Endogen tabiiy
ofatlar


154
Zilzilalar atrof-muhitga sezilarli ta’sir ko‘rsatib, minglab odam-
lar  hayotini  qurbon  qilishi  mumkin.  Bunga  juda  ko‘plab  misollar
mavjud.  Masalan,  1976-yilda  Xitoyning  Òayshan  shahrida  sodir
bo‘lgan zilzila oqibatida 250 ming kishi, 1999-yilda Òurkiyaning shimoli-
g‘arbida, Marmar dengizi sohillari atrofida sodir bo‘lgan zilzila
oqibatida  16  ming  kishi  hayotdan  ko‘z  yumgan,  bir  necha  ming
odam turli darajada tan jarohati olib, ko‘plab imoratlar vayron bo‘lgan.
1948-yilda  Ashxobod  (Òurkmaniston),  1966-yilda  Òoshkent
(O‘zbekiston), 1988-yilda Spitak (Armaniston) shaharlarida ham
kuchli zilzilalar ro‘y bergan. Jumladan,  Spitak zilzilasida 25 ming
odam halok bo‘lib, atrof-muhit kuchli darajada yemirilgan.
Agar seysmik hodisa okean tubida ro‘y bersa, uning yuzasida
bir-biri bilan tortishadigan katta uzunlikdagi to‘lqinlar paydo bo‘ladi.
Bu hodisa yaponcha so‘z bilan sunami deb ataladi. Bunda to‘lqinlar
balandligi 1 m.dan 15—20 m.gacha ko‘tarilishi mumkin. Sunami
juda katta tezlik (soatiga 800—1000 km) bilan harakatlanishi mumkin.
Zilzila va sunamining ekologik oqibatlari turlicha bo‘lishi mumkin:
• odamlar va hayvonlarning ommaviy nobud bo‘lishi va shi-
kastlanishi,  tabiiy  ekotizimlar  barqarorligining  buzilishi;
• elektr tarmoqlarida qisqa tutashuvlar tufayli yong‘inlar paydo
bo‘lishi oqibatida atmosferaning ifloslanishi;
• yer po‘sti qatlamlarining nishablik bo‘yicha siljishi (o‘pirilish,
siljish  hodisalari);
• sunami to‘lqinlarining qirg‘oq bo‘yida joylashgan aholi isti-
qomat joylarini (shahar va qishloqlar) bosishi va vayron qilishi;
• zilzila va sunami ro‘y bergan hududda sanitariya vaziyatining
to‘satdan yomonlashuvi, yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfi;
• odamlarga kuchli ruhiy zarbalar berilishi va h.k.
Vulqon  otilishi  —  tabiatdagi  eng  ajoyib  maftunkor  manzara,
ayni paytda eng xavfli tabiiy ofat. Yer sayyorasida 4 ming vulqon
mavjud bo‘lib, ulardan 540 tasi harakatdagi vulqon hisoblanadi.
Kavkazdagi  Elbrus  (5642  m),  Kamchatkadagi  Klyuchevskiy
(4850  m),  shuningdek,  Kazbek,  Ararat  vulqonlari  eng  baland
vulqonlar  hisoblanadi.
Eng dahshatli va halokatli tabiiy ofat 1883-yilda Yava va Sumatra
orollari o‘rtasida — Krakatau vulqoni otilishida sodir bo‘lgan. Vul-


155
qon  otilishi  portlash  shaklida  yuz  bergan  va  uning  gumbirlashi
Markaziy Avstraliyada ham (3600 km uzoqlikda) eshitilgan. Vul-
qon kullari 80 km balandlikkacha ko‘tarilgan. Vulqon otilishida
vujudga kelgan sunami tufayli 36 ming kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Eng baland vulqon otilishi 1815-yilda Indoneziyaning Sum-
bava orolida joylashgan Òambor vulqonida (4000 m) kuzatilgan
bo‘lib, atmosferaga 100 km
3
 tog‘ jinslari chiqarib tashlangan va
chuqurligi 700 m bo‘lgan 6 · 6,5 km o‘lchamli vulqon og‘zi paydo
bo‘lgan. Òaxminan Fransiya maydoniga teng bo‘lgan hudud os-
moni zimistonga aylangan, bir necha o‘n minglab odam qurbon
bo‘lgan,  ekotizimlar  jiddiy  shikastlangan.
Ekzogen tabiiy ofatlardan toshqin, o‘pi-
rilish, po‘rtana (dovul-bo‘ron, girdob, to‘fon)
va  qurg‘oqchilik  birmuncha  xavfli  hisobla-
nadi.  Oxirgi  yillarda  tayfun  (Yaponiya,  Filippin),  tornado
(AQSH), suv toshqini (G‘arbiy Yevropa) kabi katta-kichik tabiiy
ofatlar tez-tez ro‘y berib, biosferaga, uning tarkibiy qismi bo‘lgan
hududiy ekotizimlarga kuchli salbiy ta’sirlar ko‘rsatilib, juda katta
ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlar sodir bo‘lmoqda.
Òoshqin — daryo, ko‘l yoki sun’iy suv havzasi sathining ko‘-
tarilishi  natijasida  quruqlikning  muayyan  qismini  vaqtincha  suv
bosishi. Òoshqin ekotizimlar biotasi  va odamlarga juda katta ziyon
keltiradi. O‘tgan asrning oxirlarida Hindiston, Peru, Bangladesh,
Xitoyda sodir bo‘lgan katta toshqinlar oqibatida har birida kamida
2 ming nafardan odam halok bo‘lgan.
Daryo  toshqinlari  natijasida  katta  maydonlarni  suv  bosadi,
odamlar halok bo‘ladi, xo‘jalik ishlari to‘xtaydi. Masalan, 1824-yilda
Rossiyaning Peterburg shahrida ro‘y bergan toshqin natijasida suv
sathi 410 sm ko‘tarilgan, 208 nafar odam halok bo‘lgan, 3600 bosh
qoramol cho‘kib qolgan, 3 ming imorat zararlangan, 94  kemadan
12 tasi butun qolgan. 2002-yilda Rossiyaning Kuban va Krasnodar
o‘lkalarida ham kuchli suv toshqinlari kuzatilgan. 2013-yilda Ros-
siyaning Uzoq Sharq hududida sodir bo‘lgan katta suv toshqini
misli ko‘rilmagan halokat bo‘lib, mahalliy tabiiy va antropogen
ekotizimlar jiddiy zararlangan, juda katta ijtimoiy-iqtisodiy yo‘-
qotishlar  yuz  bergan.
Ekzogen tabiiy
ofatlar


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə