Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72

144
Shuningdek, ayrim toifadagi shifoxonalar chiqindilari ham aholi
salomatligiga katta xavf tug‘diradi.
Xavfli  chiqindilar  deyilganda  tarkibida  xavfli  (zaharlilik,
yuqumlilik,  portlovchanlik,  tez  alangalanib  yong‘in  chiqaruv-
chanlik, reaksiyaga tez kirishuvchanlik, radioaktivlik) xususiyat-
lardan  loaqal  bittasiga  ega  moddalar  mavjud  bo‘lgan,  bunday
moddalar fuqarolar sog‘lig‘i va hayotiga, atrof-muhitga o‘zi mus-
taqil tarzda ham, shuningdek, boshqa moddalarga qo‘shilganda
ham bevosita yoki potensial xavf tug‘diradigan miqdorda va shaklda
mavjud  bo‘lgan  chiqindilar  tushuniladi.
Metall va galvani kukunlari, shisha tola va toshtaxta  chiqindi-
lari, changlari, nordon yelim, qatron va gudronni qayta ishlash
qoldiqlari, ishlatilgan radiotexnika buyumlari va shu kabilar keng
tarqalgan xavfli chiqindilar  hisoblanadi.
Fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, atrof-muhit xavfsizligi ta’min
etilishiga eng ko‘p tahdid soladigan xavfli chiqindilarga radioaktiv
izotoplar, dioksinlar, pestitsidlar, benzapiren va shunga o‘xshash
moddalar  mansubdir.
Radioaktiv chiqindilar radioaktiv izotoplar miqdori tasdiqlangan
me’yorlardan oshib ketgan qattiq, suyuq va gazsimon mahsulotlar.
Radioaktiv elementlar, masalan, stronsiy-90 organizmlarning
oziqlanish (trofik) zanjirida biridan ikkinchisiga o‘tib, organizm
va to‘qimalarda nobud bo‘lish darajasiga qadar buzilishlar keltirib
chiqaradi. Radionuklidlardan ayrimlari 10—100 mln yil davomida
zahri qotillik xossasini saqlashi mumkin. Ular solishtirma faolligi
bo‘yicha past (0,1 Ku/m
3
.dan past), o‘rtacha (0,1—100 Ku/m
3
)
va yuqori (0,1—100 Ku/m
3
.dan baland) radionuklidlarga ajratiladi.
Atom elektr stansiyalariga ega bo‘lgan ko‘p mamlakatlarda ra-
dioaktiv chiqindilarning katta miqdori to‘plangan. Masalan, Ros-
siya Federatsiyasida ko‘mib tashlanmagan radioaktiv chiqindilarning
umumiy faolligi 1,5 mlrd Ku.ni tashkil qiladi. Bu 30 ta Chernobil
atom elektr stansiyasi deganidir. Buyuk Britaniyada 2000-yilda
atom sanoati chiqindilari quyidagicha bo‘lgan: faolligi past chiqin-
dilar 500 ming m
3
, o‘rtacha 80 ming m
3
 va yuqori 5 ming m
3
.
Rossiya Federatsiyasidagi qator korxonalarning maxsus idish-
larga joylashtirilgan suyuq radioaktiv chiqindilari ochiq suv hav-


145
zalariga joylashtirilgan bo‘lib, ular to‘satdan sodir bo‘lishi mum-
kin bo‘lgan tabiiy ofatlar (zilzila, toshqin) paytida shikastlanishi,
shuningdek, radioaktiv moddalarning yerosti suvlariga kirishi na-
tijasida katta hududlarda radioaktiv zaharlanish ro‘y berishi mum-
kin. Bunday xavf hisobdan chiqarilgan yadroviy qurilmali harbiy
kemalarda ham mavjud.
Dunyoning  qator  mamlakatlarida  chiqindilarni  joylashtirish
obyektlari mavjud. Radioaktiv chiqindilar muammosi vaqt o‘tishi
bilan yanada dolzarb va o‘tkir bo‘lishi shubhasiz. MAGAÒE ba-
shoratlariga ko‘ra, 2005-yilda foydalanish muddati tugaganligi sa-
babli atom elektr stansiyalarining 65 ta reaktori va boshqa 260 ta
yadro qurilmalari faoliyati to‘xtatilgan.
Òarkibida  dioksin  moddasi  bo‘lgan  chiqindilar  asosan  sanoat
va shahar chiqindilari,  kimyo, selluloza-qog‘oz va elektr texnikasi
sanoatlari  qo‘shimcha  mahsulotlarini  yoqish  jarayonida  paydo
bo‘ladi. Dioksinlar suvni xlorlab zararsizlantirishda va xlor, pes-
titsidlar ishlab chiqarish jarayonida ham hosil bo‘lishi aniqlangan.
Dioksinlar va dioksinli birikmalar xlorli uglevodorodlar sinfiga
mansub bo‘lgan sintetik organik modda hisoblanadi. Ular odam
uchun  eng  zaharli  moddalar  bo‘lib,  mutagen,  kanserogen  va
homilani  zaharlash  ta’sirlariga  ega  va  organizmning  immunitet
tizimini susaytiradi. Agar ular oziq-ovqatlar va aerozollar orqali
eng kichik miqdorda bo‘lsa ham odam organizmiga tushsa, ozib-
to‘zish va aniq belgilarga ega bo‘lmagan o‘lim ro‘y beradi. Atrof-
muhitning dioksinlar bilan katta miqyosda ifloslanishi 1991-yilda
Rossiya Federatsiyasining Ufa shahri yaqinidagi Ufa daryosida ro‘y
berib, uning suvdagi miqdori ruxsat etilgan eng yuqori miqdordan
50 ming marta ortib ketgan. Bunga 40 kg.dan ortiq ko‘mib tash-
langan  dioksinning  shahar  sanoat-ro‘zg‘or  chiqindilari  axlatxo-
nasidan suv tozalash inshootiga tushishi sabab bo‘lgan. Natijada
Ufa va Sterlitamak shaharlari va uning atrofida istiqomat qiluvchi
aholi qonida, yog‘ to‘qimalarida va ko‘krak sutida dioksinlar miq-
dori ruxsat etilgan eng yuqori miqdordan 4—10 marta ko‘paygan.
Umuman, chiqindilar, ayniqsa, tarkibida pestitsidlar va benza-
piren moddalari bo‘lgan chiqindilar odam va biota uchun jiddiy
ekologik  xavf  tug‘diradi.  Chiqindilarning  fuqarolar  hayoti  va


146
sog‘lig‘iga, atrof-muhitga zararli ta’sirining oldini olish, chiqindilar
hosil bo‘lishini kamaytirish va ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona
foydalanilishini ta’minlash asosiy vazifalar bo‘lishi lozim.
Shovqin — atrofdagi tabiiy muhitga zararli
fizikaviy  ta’sir  ko‘rsatish  shakllaridan  biri.
Atrof-muhitning shovqindan ifloslanishi ta-
biiy tovush tebranishlarining yo‘l qo‘yib bo‘l-
maydigan  darajada  oshib  ketishi  natijasida
paydo bo‘ladi. Shovqin ekologik nuqtayi nazardan nafaqat quloq —
eshitish uchun noqulay, shuningdek, u odamda jiddiy fiziologik
oqibatlarni ham vujudga keltiradi. Rivojlangan mamlakatlarning
shaharlashgan  hududlarida  o‘n  millionlab  odamlar  shovqin
ta’siridan aziyat chekishadi.
Odamning eshitish uquviga bog‘liq holda 16—20 000 Hz tezlik
darajalari  chegarasidagi  egiluvchan  tebranishlar  tovush  deb,
16 Hz.dan pasti — infratovush, 20 000 dan 1·09 gacha — ultra-
tovush  va  1·09  dan  yuqori  tebranishlar  —  haddan  ortiq  yuqori
tovush deb ataladi.
Inson  faqat  16—20 000  Hz  tebranish  tezligi  darajalari  che-
garasidagi tovushlarni qabul qilishga qobiliyatli. Òovush balandligini
o‘lchash  birligi  detsibel  (dB)  deb  ataladi.  Odam  0  dan  170  dB
chegarasidagi tovushlarni eshita oladi (17.1-jadval).
Noqulay  tovushlar  shovqinning  antropogen  manbayi  bo‘lib,
odamda tez charchashlik, mehnat unumdorligining pasayishi, asabiylik
va qattiq hayajon holatlarini keltirib chiqaradi. 60 dB.dan yuqori da-
rajali shovqinlar shikoyatlarni, 60 dB darajali shovqin eshitish orga-
nida  inqirozlarni,  110—120  dB  darajali  shovqinlar  og‘riq  bosh-
lanishini,  120  dB.dan  yuqori  darajali  shovqinlar  esa  yemirilishni
keltirib chiqaradi. 180 dB shovqinda metallar darz ketishi aniqlangan.
Antropogen  shovqinlarning  asosiy  manbalari  transport  (av-
tomobil,  temiryo‘l  va  havo  transporti)  va  sanoat  korxonalari  hi-
soblanadi.  Atrof-muhitga  ko‘rsatilayotgan  jami  shovqinlar  ta’si-
rining 80 % avtotransportga to‘g‘ri keladi. Dunyoning aksariyat
yirik  shaharlarida  transport  shovqini  darajasi  90—100  dB.dan
yuqori  hisoblanadi.  Bu  ko‘rsatkich  Òoshkent  shahrida  ayrim
paytlarda kunduzlari 75—85 dB.gacha yetadi.
Atrof-muhitning
shovqindan
ifloslanishi


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə