Ekologiya lotinda p65



Yüklə 2,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/72
tarix17.01.2018
ölçüsü2,82 Kb.
#20992
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72

141
1.  O‘simliklar  dunyosiga  antropogen  ta’sirlarning  ekologik  oqibatlari  ni-
malarda namoyon bo‘ladi?
2. Hayvonot dunyosining qirilib yoki kamayib ketish sabablari nimada?
3. Qanday antropogen ta’sirlar biologik xilma-xillikka tahdid soladi?
4. O‘simlik olami obyektlari nimalarni o‘z ichiga oladi?
5. Hayvonot olami obyektlari nimalarni o‘z ichiga oladi?
6. Hayvonot dunyosi va uning yashash muhitini muhofaza qilish hamda
undan foydalanish qanday talablar asosida amalga oshiriladi?
7.  Hayvonlar  migratsiyasining  ahamiyati  nimada?
17-bob. BIOSFERAGA TA’SIR KO‘RSATISHNING
ALOHIDA  TURLARI
Biosferaga  ta’sir  ko‘rsatishning  alohida  turlari  quyidagilarni
o‘z ichiga oladi: 1) muhitning xavfli chiqindilar bilan ifloslanishi;
2)  shovqindan  ifloslanish;  3)  biologik  ifloslanish;  elektr  magnit
maydonlari va nurlanishlar ta’siri.
Hozirgi o‘tkir ekologik muammolardan biri
atrof-muhitning  ishlab  chiqarish  va  iste’mol
chiqindilari,  birinchi  navbatda,  xavfli  chiqin-
dilar  bilan  ifloslanishi  hisoblanadi.  Chiqin-
dilarning  fuqarolar  hayoti  va  sog‘lig‘iga,  atrof-muhitga  zararli
ta’sirining  oldini  olish,  chiqindilar  hosil  bo‘lishini  kamaytirish  va
ulardan xo‘jalik faoliyatida oqilona foydalanishni ta’minlash dolzarb
muammolardan  biriga  aylangan.  Axlatxonalarda  to‘planib  qolgan
chiqindilar atmosfera havosini, yerusti va osti suvlarini, tuproq va
o‘simliklar dunyosini ifloslovchi manbalar hisoblanadi.
Chiqindilar — ishlab chiqarish yoki iste’mol qilish jarayonida
xomashyo,  materiallar,  xomaki  mahsulotlar,  boshqa  buyumlar
yoki mahsulotlardan hosil bo‘lgan qoldiqlar, shuningdek, o‘zining
iste’mol  xususiyatlarini  yo‘qotgan  mahsulotlardir.
Chiqindilarni saqlash hamda ko‘mib tashlash uchun maxsus
ajratilgan  va  jihozlangan  joylar  chiqindilarni  joylashtirish  ob-
yektlari hisoblanadi. Chiqindilar ko‘mib tashlash, qayta ishlash
yoki utilizatsiya qilish maqsadida olib ketilguncha maxsus jihoz-
langan to‘plagichlarda saqlanadi.
?
NAZORAT SAVOLLARI
Atrof-muhitning
chiqindilar bilan
ifloslanishi


142
Chiqindilar tarkibidan qimmatli moddalarni ajratib olish yoki
chiqindilarni ikkilamchi xomashyo, yoqilg‘i, o‘g‘it sifatida va boshqa
maqsadlarda  ishlatish  uchun  utilizatsiya  qilinadi.  Chiqindilarni
ekologik jihatdan bexatar saqlash, tashish yoki utilizatsiya qilish
maqsadida ularning fizik, kimyoviy yoki biologik xususiyatlarini
o‘zgartirish bilan bog‘liq texnologik operatsiyalar amalga oshirilib,
qayta ishlanadi. Chiqindilar, ifloslantiruvchi moddalar atrof-mu-
hitni bulg‘atishining oldini olish maqsadida ajratib, ko‘mib tashlanadi.
Barcha chiqindilar maishiy va sanoat chiqindilariga bo‘linadi.
Maishiy  chiqindilar  qattiq,  suyuq  va  gazsimon  holatda  bo‘lishi
mumkin.  Qattiq  maishiy  chiqindilar  —  qattiq  moddalar  (plast-
massa,  qog‘oz,  oyna,  teri  va  h.k.)  va  maishiy  ro‘zg‘orda  hosil
bo‘lgan oziq-ovqat chiqitlari. Suyuq maishiy chiqindilar  maishiy
xo‘jalikda hosil bo‘lgan oqova suvlar. Gazsimon maishiy chiqindilar
esa turli gazlar otqindilarini o‘z ichiga oladi.
Sanoat chiqindilari — mahsulot ishlab chiqarish yoki ishlarni
bajarish jarayonida paydo bo‘lgan va o‘zining dastlabki iste’mol
xossalarini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan xomashyolar, materiallar
va yarim tayyor mahsulotlar qoldiqlari. Ular ham qattiq (metall,
yog‘och-taxta  va  h.k.),  suyuq  oqova  suvlar,  ishlatilgan  organik
erituvchilar  va  h.k.)  va  gazsimon  (sanoat  pechlari  va  transport
otqindilari) holatda bo‘lishi mumkin.
Sanoat  chiqindilarining  aksariyat  miqdorini  ko‘mir,  me-
tallurgiya va qurilish materiallari sanoati korxonalari hamda is-
siqlik elektr stansiyalari hosil qiladi. O‘zbekistonda har yili o‘r-
tacha 100 million tonnaga yaqin sanoat chiqindilari paydo bo‘lib,
ularning  taxminan  14  %  zaharli  hisoblanadi.  Respublikamizda
sanoat  chiqindilarining  asosiy  salmog‘i  Òoshkent,  Farg‘ona  va
Navoiy viloyatlarida paydo bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘plangan har 10 ming tonna maishiy
chiqindilar bilan birga qayta ishlashga yaroqli bo‘lgan 3600 tonna
oziq-ovqat chiqindilari, 1600 tonna qog‘oz va karton chiqin-
dilari, 550 tonna gazlama chiqindilari, 450 tonna plastmassa va
boshqa ko‘plab mahsulotlar ham yo‘q  qilinadi. Umuman, qat-
tiq chiqindilar tarkibida o‘rtacha 10—25 % qog‘oz-karton, 35—
40 % oziq-ovqat chiqindilari, 2—6 % yog‘och, 1—3 % metall,


143
2—5 % gazlama, 1—2 % charm, rezina, 2—4 % shisha, 1—2 %
tosh, 1,5—4 % plastmassa, 10—18 % boshqa jismlar mavjud bo‘ladi.
Chiqindilarni yig‘ish va tashishda yuzaga keladigan muammolar
sirasiga  quyidagilar  kiradi:  maxsus  jihozlangan  to‘plagichlar  —
konteynerlar bilan yetarli ta’minlanmaganlik; korxonalar va aholi
tomonidan  chiqindilarni  mo‘ljallanmagan  joylarga  (hududlarga)
noqonuniy olib chiqish va yig‘ish; aholi istiqomat qiladigan hu-
dudlarda  chiqindilarni  joylashtirish  obyektlarining  tartibsiz  ko‘-
payishi va h.k.
Havo  haroratining  yuqori  bo‘lishi  ayrim  toifadagi  organik
moddalarning  tez  parchalanishiga  va  mikrofloraning,  shu  jum-
ladan,  kasallik  qo‘zg‘atuvchi  mikroorganizmlarning  tezlik  bilan
rivojlanishiga qulay sharoit yaratadi. Shu sababli, qattiq maishiy
chiqindilarni  saqlash  muddatini  keskin  kamaytirish  va  ularni
chiqarib  tashlash,  zarur  hollarda  qayta  ishlash  muhim  muam-
molardan biriga aylangan.
Shaharlarda  bir  kishi  uchun  to‘planadigan  o‘rtacha  qattiq
maishiy  chiqindilar  me’yori  ishlab  chiqilgan:  bir  kunda  1,2  kg;
bir yilda — 453 kg (1,1 m
3
); eng ko‘p miqdori kuzda — kuniga
1,6 kg; eng kam miqdori qishda — kuniga 0,8 kg. Shu sababli
katta shaharlarda qattiq maishiy chiqindilar to‘planadigan markaz-
lashtirilgan  obyektlarni  tashkil  etish,  ularni  maxsus  transport
vositasida tashish va zararsizlantirib, qayta ishlaydigan korxonalar
faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish lozim.
Aslida, qayta ishlangan materiallar zararli va zaharli chiqindi
hisoblanadi va ular noto‘g‘ri usullar bilan yo‘q qilinsa, atrof-muhit
va  aholi  salomatligi  uchun  xavf  tug‘diradi.  Zaharli  chiqindilar,
jumladan, margimush, og‘ir metallar va pestitsidlar inson orga-
nizmida o‘tkir hamda surunkali xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi.
Òez  yonuvchan  moddalar,  jumladan,  turli  xil  erituvchilar  va
bo‘yoqlar qoldig‘i esa tirik organizmlar to‘qimalarini shikastlantiradi.
Kimyoviy  faol  chiqindilarga  foydalanish  muddati  tugagan
preparatlar va kislotalar mansub bo‘lib, ular suv hamda havodagi
moddalar  bilan  kimyoviy  reaksiyaga  kirishib,  portlash  yoki  za-
harlovchi  moddalarning  paydo  bo‘lishiga  olib  kelishi  mumkin.


Yüklə 2,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə