Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

Nazorat  savollari
1.  Transformatorlar  va  past  chastotali  drossellar  qanday  tavsifla-
nadi va ularning asosiy parametrlari qanday?
2.  Nima  uchun  transformatorlarda  nomagnit  tirqish  qilinadi  va
uning maqbul o‘lchami qanday tanlanadi?
3.  Integral  sxemalarga  mos  bo‘lgan  transformatorlarga  nisbatan
qanday talablar qo‘yiladi?
4.  Juda  kichik  o‘lchamli  transformatorlarning  qanday  turlarini
bilasiz?
5. Past chastotali drossellarga qanday talablar qo‘yiladi.


199
10.6.  To‘g‘rilagichlar
Respublikamizda  elektr  energiyasi  50  Hz  chastotali  o‘zga-
ruvchan  tokda  tarqatiladi,  bu  bilan  birga  telekommunikatsiya
apparaturalarining  ko‘p  qismi  turli  nominallardagi  o‘zgarmas
tok  bilan  ta’minlanishi  sababli  o‘zgaruvchan  tokni  o‘zgarmas
tokka o‘zgartirish zarurati tug‘iladi. Buning uchun elektr mashi-
nalarni  ishlatish  mumkin,  lekin  ularning  aylanuvchan  qismlari
shovqin  hosil  qiladi,  maxsus  fundamentlarni  talab  qiladi  va
qator kamchiliklarga ega. Quvvatli kuchli ventillar yaratilgandan
so‘ng  elektr  mashinalardan  statik  to‘g‘rilash  qurilmalariga,  ya’ni
to‘g‘rilagichlarga o‘tildi.
To‘g‘rilagich deb o‘zgaruvchan tokni o‘zgarmas tokka aylan-
tiruvchi  qurilmaga  aytiladi.  Ishlatish  jarayonida  to‘g‘rilagichlar
quyidagi qator texnik talablarga javob berishi kerak:
1)  talab  qilinadigan  kuchlanish  va  quvvat;
2)  to‘g‘rilangan  kuchlanish  pulsatsiyasining  ruxsat  etiladi-
gan darajasi;
3)  xavfsiz  xizmat  ko‘rsatish;
4)  qulaylik va  boshqarish  ishonchliligi;
5)  yuqori  FIK;
6)  to‘g‘rilangan  kuchlanishning  stabilligi;
7)  yuqori  quvvat  koeffitsiyenti;
8)  o‘ta  yuqori  toklardan  va  ortiqcha  kuchlanishlardan
ishonchli  va tezkor  himoya;
9)  texnik  ishlatishning  narxi  pastligi;
10) qurilmaning kichik gabaritlarga va og‘irlikka ega bo‘lishi.
Umumiy  ko‘rinishda  to‘g‘rilagich  4  ta  asosiy  qismlardan
iborat  bo‘ladi  (10.3-rasm).
Transformator  quyidagi  vazifalarni  bajaradi:
1.  O‘zgaruvchan  tok  tarmog‘i  kuchlanishini  to‘g‘rilovchi
element kirishida talab qilinadigan qiymatga o‘zgartiradi.


200
2.  To‘g‘rilagich  ishchi  zanjirlarni  va  yuklamani  ta’minlash
tarmog‘idan  va  boshqa iste’molchilardan  galvanik  (elektr)  ajra-
tadi,  ya’ni  ularni  mustaqil  qiladi.
3.  Ko‘pincha  telekommunikatsiya  apparaturalari  talab  qila-
digan  to‘g‘rilagich  bir  qutbini  yerga  ulash  imkoniyatini  beradi.
Ba’zan  to‘g‘rilagich  transformatori  fazalar  sonini  oshirish
uchun  ishlatiladi.  Buning  uchun  ikkilamchi  chulg‘amlar  soni
birlamchi  chulg‘amlar  soniga  nisbatan  ikki  martaga  oshiriladi.
Bu  to‘g‘rilangan  kuchlanish  pulsatsiyasi  chastotasini  oshirish
va pulsatsiyani kamaytirish maqsadida qilinadi. Bundan tashqari
transformatorning ikkilamchi tomonidagi yulduz sxemada ulan-
gandagi  faza  chulg‘amlarining  umumiy  nuqtasi  ko‘pincha
to‘g‘rilagichning  yuklama  ulanadigan  chiqish  qutbi  bo‘lib
xizmat qiladi.
Ventillar bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega va o‘zgaruv-
chan  tokni  o‘zgarmas  tokka  aylantirishni  amalga  oshiradi.
To‘g‘rilagichda  ularning  soni  to‘g‘rilash  sxemasiga  bog‘liq
bo‘ladi.  To‘g‘rilagichning  har  bir  fazasi  kamida  bitta  ventil
zvenosiga ega bo‘ladi. Lekin ko‘p hollarda talab qilinadigan tok va
kuchlanish  qiymatini  olish  uchun  har  bir  ventil  zvenosida  bir
necha  ventillar  bo‘lishi  mumkin.  Ventillar  ketma-ket,  parallel
va murakkab guruhlarda ulanishi mumkin.
  10.3-rasm.  Bir  kanalli  to‘g‘rilagichning
tuzilish  sxemasi.
T
ra
n
s-
fo
rm
a
to
r
V
e
n
ti
l
zv
en
o
si
F
il
tr
S
ta
b
il
iz
a
to
r


201
To‘g‘rilagichdan keyin kuchlanish yoki tok pulslanuvchan
bo‘ladi.  Uni  o‘zgarmas  va  o‘zgaruvchan  tashkil  etuvchilardan
iborat  deb  tasavvur  qilish  mumkin.  Telekommunikatsiya  appa-
raturalari  pulslanuvchan  o‘zgarmas  tok  bilan  ta’minlanganda
aloqa  signallarini  uzatishda  jiddiy  xalaqitlar  yuzaga  kelishi
mumkin.  Bunga  ruxsat  etilmaydi  va  pulsatsiyani  kamaytirish
choralari  ko‘riladi.  Buning  uchun  ventillar  va  ta’minlanadigan
apparaturalar  orasiga  silliqlovchi  filtr  qo‘yiladi.  To‘g‘rilagich-
ning  chiqish  kuchlanishi  10...15  foizga  o‘zgarishi  mumkin
bo‘lgan  ta’minot  o‘zgaruvchan  kuchlanish  qiymatiga  bog‘liq.
Telekommunikatsiya apparaturalarida ko‘pincha bunday sezilarli
tebranishga  ruxsat  berilmaydi.  Shuning  uchun  zamonaviy
to‘g‘rilagichlarda filtrdan keyin tok va kuchlanish stabilizatorlari
qo‘yiladi.  Bu  zvenodan  tashqari  to‘g‘rilash  qurilmasida  kom-
mutatsiyalash  apparaturasi,  himoyalash  zanjiri  va  boshqalar
bo‘lishi mumkin.
To‘g‘rilagichlar  boshqariladigan  va  boshqarilmaydigan
bo‘ladi.  Boshqarilmaydigan  to‘g‘rilagich  chiqish  kuchlanishini
boshqarish  imkoniyatini  bermaydi.  U  hamisha  U
0
· U
2
  mu-
nosabat  orqali  aniqlanadi  (bu  yerda,  U
0
—chiqishdagi  o‘zgar-
mas  tok  kuchlanishi,  U
2
—to‘g‘rilagich  kirishidagi  o‘zgaruv-
chan  tok  kuchlanishi,  K—to‘g‘rilash  sxemasining  doimiy
koeffitsiyenti).
Agar  bunday  to‘g‘rilagichda  chiqish  kuchlanishini  o‘zgar-
tirish kerak bo‘lsa, kirishdagi kuchlanishni o‘zgartirishga to‘g‘ri
keladi. Boshqariladigan to‘g‘rilagichlarda yuklamadagi o‘zgarmas
tok  kuchlanishini  to‘g‘rilagich  ishlashi  jarayonida  uning  ish
rejimiga ta’sir qilgan holda o‘zgartirish mumkin.
To‘g‘rilash qurilmasini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
1)  to‘g‘rilash  sxemasi  bo‘yicha  bir  fazali  va  ko‘p  fazali,
bitta yarim davrli (bir taktli) va ikkita yarim davrli (ikki taktli);


202
2)  quvvat  bo‘yicha —  kichik  quvvatli  (100 W  gacha),  o‘rta
quvvatli  (5  kW  gacha),  katta quvvatli  (5  kW  dan  yuqori);
3) to‘g‘rilangan tok chastotasi bo‘yicha — sanoat chastotasi
(50  Hz),  oshirilgan  chastotali  (400  yoki  1000  Hz),  yuqori
chastotali  (1000  Hz  dan  yuqori);
4) kuchlanish  bo‘yicha — kichik  kuchlanishli (250  V gacha),
o‘rta  kuchlanishli  (1000  V  gacha),  yuqori  kuchlanishli  (1000
V  dan  yuqori);
5)  ish  yuklamasining  rejimi  bo‘yicha  —  uzoq  vaqtli,  impulsli,
qisqa vaqtli;
6)  to‘g‘rilagichga  yuklamaning  reaksiyasi  bo‘yicha  aktiv,
induktiv va sig‘im reaksiyali.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə