Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini


  To‘g‘rilagichning  chiqish  parametrlari



Yüklə 4,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/169
tarix15.05.2022
ölçüsü4,26 Mb.
#87108
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169
Elektroradio ashyolar va tibbiyot texnikasini

10.8.  To‘g‘rilagichning  chiqish  parametrlari
To‘g‘rilagichning chiqish parametrlariga quyidagilar kiradi:
1)  to‘g‘rilangan kuchlanishning  o‘rtacha  qiymati —  U
0
;
2)  to‘g‘rilangan  tokning  o‘rtacha  qiymati  —  I
0
;
3)  to‘g‘rilangan  kuchlanish  asosiy  garmonikasi  pulsatsiya-
sining chastotasi  — f
tkp
;
4)  to‘g‘rilangan  kuchlanishning  pulsatsiya  koeffitsiyenti  —  K
p
;
5) to‘g‘rilagich kirish kuchlanishi bitta qiymatda bo‘lganida
U
0
 chiqish kuchlanishining I
0
 yuklama tokiga bog‘liqligi bo‘lgan
to‘g‘rilagichning tashqi tavsifi;
6)  ventillarni  tanlash  uchun  U
tes 
teskari  kuchlanish.
To‘g‘rilash  sxemalaridagi  transformatorlar  uchun  quyidagi
parametrlar  aniqlanadi:
1)  ikkilamchi  chulg‘am  kuchlanishi  U
2
  va  toki  I
2
,  chunki
ularni  to‘g‘rilangan  kuchlanish  va  tokning  o‘rtacha  qiymati
(o‘zgarmas  tashkil  etuvchi)  bilan  taqqoslash  qabul  qilingan;
2)  birlamchi  chulg‘am  kuchlanishining  U
1
  va  tokining  I
1
ta’sir  etuvchi  qiymatlari;
3)  ikkilamchi  chulg‘amning to‘la  quvvati  —  S
2
;.
4)  birlamchi  chulg‘amning to‘la  quvvati  —  S
1
;
5)  transformatorning  to‘la  (gabarit)  quvvati — S
tr
= (S
1
S
2
)/2;
6)  transformator  ikkilamchi  chulg‘amidan  foydalanish  koef-
fitsiyenti  —  K
2
=P
0
/S
2
,  bu  yerda  P
0
  to‘g‘rilagichning  quvvati;


207
7)  transformator  birlamchi  chulg‘amidan  foydalanish  koef-
fitsiyenti  —  K
1
=P
0
/S
1
;
8)  transformatordan  foydalanish  koeffitsiyenti  —  K
tr
= P
0
/S
tr
.
Bu  koeffitsiyentlar  to‘g‘rilash  sxemasiga  bog‘liq,  chunki
bir  taktli  to‘g‘rilashda  transformatorda  majburiy  magnitlash
hodisasi  mavjud  bo‘lib,  u  transformatordan  foydalanish  koeffi-
tsiyentini keskin kamaytiradi.
Bu  chiqish parametrlarini  ko‘rib  chiqamiz. To‘g‘rilash  sxe-
masi bo‘yicha to‘g‘rilagichlar bir fazali va ko‘p fazali, bitta yarim
davrli  (bir  taktli)  va  ikkita  yarim  davrli  (ikki  taktli)  bo‘ladi.
Shuning  uchun  to‘g‘rilash  fazalari  soni  m  transformator  ikki-
lamchi  chulg‘ami  fazalari  soniga  mos  kelmasligi  mumkin.  Bu
son m=pn munosabatdan aniqlanadi (bu yerda = 1,2,3,4,,,6 va
h.k.  —  transformatorning  ikkilamchi  chulg‘amlari  soni,  =1
yoki  2  to‘g‘rilanadigan  yarim  davrlar  soni).  Bir  taktli  yoki  ikki
taktli  sxemalarni  aniqlash  shundan  kelib  chiqadiki,  ta’minot
kuchlanishining  bir  davrida  transformator  ikkilamchi  zanjiri
faza chulg‘amidan  qancha tok impulslari  oqib o‘tadi.  Bir taktli
to‘g‘rilagichda  bir  davrda  bir  fazali  chulg‘am  orqali  bitta  tok
impulsi, ikki taktli to‘g‘rilagichda esa ikki fazali chulg‘am orqali
ikkita  tok  impulsi  oqib  o‘tadi.  Shunday  qilib,  to‘g‘rilangan  tok
pulsatsiyasi chastotasi ta’minot tarmog‘i chastotasiga mos tush-
maydi va u f
t.k.p
= mf
tar
 bo‘ladi.

Yüklə 4,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə