70
Izolator shishalar. Shishalar turli kondensatorlarga germetik
kiritmalar sifatida oson metallashadi. Izolatorlar, asosan, natriyli,
kaliyli va kaliy-natriyli shishalardan yasaladi.
Kondensator shishalar. Kondensatorlar uchun silikat-qalayli
va bariyli shishalar qo‘llaniladi. Bunday shishalar yuqori elektr
xossalarga ega.
Lazerli shishalar. OKG aktiv atomlari uchun matritsa sifatida
shisha ishlatilishi mumkin. Amaliyotda noyob tuproqli ionlar bilan
aktivlashtirilgan bariyli shisha, xususan, neodim Nd
3+
qo‘llani-
ladi. Shishalardan bir jinsli katta o‘lchamlarga ega bo‘lgan o‘zaklar
(sterjen) yasash oson.
Xalkogenid shishalar. Ular margimush, surma, fosfor, vismut,
talliylarning selenidlari, telluridlari, sulfidlaridan tashkil topgan
kislorodsiz shishasimon qotishmalardan iborat. Bu shishalarning
ba’zi turlari ham elektron yarimo‘tkazgich, ham dielektrik
bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: