Emom o'zbek doc



Yüklə 305,66 Kb.
səhifə49/104
tarix23.05.2022
ölçüsü305,66 Kb.
#87771
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
Ko'rgazmali masalalar. Dastlab bolalarga mavzu mazmuni to'g'risida gapiriladi hamda berilgan sonlar tasvirlangan rasmlar ko'rsatiladi. Rasm bo'yicha birinchi masalani tarbiyachining o'zi tuzadi. U bolalarni rasmlarni ko'rib chiqishga, berilgan sonlarni hamda miqdoriy munosabatlarning o'zgarishiga olib kelgan hayotiy harakatlarni ajratib olishga o'rgatadi. Masalan, rasmda 5 ta shar ushlagan bola tasvirlangan, u 1 ta sharini qizchaga bermoqda. Rasmni ko'rsatayotib, tarbiyachi: ,,Bu yerda nima tasvirlangan? Bola nima ushlab turibdi? Unda nechta shar bor? U nima qilmoqda? Biz nimani bilamiz? Masalaning shartini tuzing. Nima haqda so'rash mumkin?"— deb so'raydi.
Dastlab, tarbiyachi bolalarga yo'llanma savollar berib yordamlashadi, keyin esa faqat masalaning rejasini beradi: ,,Nima chizilgan? Nechta? Nima o'zgardi? Ko'payadimi yoki kamaya- dimi?" Keyinchalik bolalar o'zlari mustaqil ravishda rasmlarni kuzatib, masala tuzadilar.
Masala tuzishda umumiy fon (o'rmon, daryo) kabi vaza, savatcha, archa, olmalar tasvirlangan rasmlardan ham foydalanish mumkin. Rasmlarda qirqib olingan joylar bo'lib, bu yerlarga
narsalarning yassi tasvirlari: olma, shar, nok, bodring, qayiq, uy, daraxt va hokazolar qo'yiladi. Tad^achi bu teshikchalarga narsalarning berilgan sonlarini afljjtLJSlfinib turadigan qilib joy- lashtiradi. ,amoS
ShiHliiy qilib, bu holda m(*^ll(|llfft«teusi va berilgan sonlari oldindatifelgilangan, uning mdllMlHiiwtoHolalar o'zlari o'zgartira oladifosi**'
Tarbiyachi berilgan sonlarni o'zgartirib, bolalarni ayni bir mavzuda har xil mazmundagi yig'indi va qoldiqni topishga oid masalalarni o'ylab topishga, hikoya qilishga o'rgatishda foydala- niladigan xohlagan mazmundagi rasm asosida masala tuzishga undaydi.
Og'zaki masalalar. Oldingi qilingan ishlar ko'rsatma mate- rialisiz masala (og'zaki masala) tuzishga o'tish uchun imkoniyat yaratadi.
Og'zaki masala tuzishga shoshilmaslik kerak. Bolalar, odatda, masala sxemasini oson o'zlashtirib oladilar, unga ergashib, darhol hayotdagi haqiqatni noto'g'ri ifodalaydilar, bunda masalaning asosi hisoblangan miqdoriy munosabatlar mantiqini tushunmaydilar. Bajarilishi lozim bo'lgan harakatlarning mazmuni yaxshi o'zlash- tirib olingandan keyin, bolalar o'z tajribalari asosida tuzilgan masalalarni ham yecha oladilar. Xilma-xil mazmundagi masalalar tevarak-atrof haqidagi bilimlarni aniqlash va mustahkamlashga yordam beradi, ularni bog'lanishi va munosabatlarni aniq Q'tasfoga, ya'ni hodisalarni o'zaro bog'lanish va o'zaro bog'liqlari b«WH|ok etishga o'rgatadi. ' 8BraBiJ'
Dastlabki og'zaki masalalarni bolalarga tarbiyachi bffllfli:
,,Grafinda 5 stakan suv bor edi, Sobir 1 stakan suv ichdi. GraHwfla necha stakan suv qoldi?", ,,Quruvchilar ko'chaning bir tomo- nidagi 5 ta uyni, ikkinchi tomonidagi 1 ta uyni topshirdilar. Quruv- chilar nechta uy topshirishdi?" ,,O'quvchilar maktab oldiga 6 ta olma va 1 ta nok ko'chati o'tqazishdi. Ular hammasi bo'lib nechta meva daraxti o'tqazishdi".
Tarbiyachi bolalarni masalalar tuzishga o'rgata borib, songa oid material hajmini belgilaydi. Bolalar masalalarning hayotiy munosabatlarini to'g'ri aks ettirishlarini kuzatib borish kerak. Har safar biror bola o'ylab topgan narsa haqiqatan shunday bo'lish- bo'lmasligi muhokama qilinadi.

Yüklə 305,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə