Eron ahamoniylar hukmronligi yillarida Xorazm



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə7/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#152769
1   2   3   4   5   6   7   8
XORAZMSHOHLAR DAVLATI.

III. XULOSA
Xorazm yozma merosida o’zbek xalqining davlatchiligi tarixi masalalari keng yoritilgani barcha mutaxassislarga ma’lum. Uch ming yillik davlatchilik an’analariga ega bo’lgan xalqimiz o’tmishini turli til va davrlarda bitilgan yozma manbalar orqali o’rganilishi manbashunos olimlar va tarixchilarning muhim ilmiy yo’nalishlarini tashkil qiladi. Xorazmda bitilgan tarixiy yozma manbalar o’rta asrlar, yangi davrda yaratilgan bo’lib, ular fors, arab va turkiy tillarda yetib kelgan. Davr o’tishi bilan ko’pgina manbalar yo’qolib ketgani ham ma’lum. SHu davrlarda yozilgan manbalar 1097-yildan, ya’ni Xorazmshoh - anushteginlar davlatining tashkil topishidan to 1231-yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Mazkur tadqiqotda Xorazm vohasida yaratilgan shu yozma manbalardagi faqat Xorazmshoh - anushteginlar davlati va ma’muriy boshqaruviga ahamiyat berildi. Mavzuning tarixshunosligi va manbashunosligiga bag’ishlangan adabiyotlar va tadqiqotlar mingdan ham qo’pdir.
Xorazmda turkiy (eski o’zbek) tildagi tarixnavislik maktabiga ilk tamaltoshi qo’ygan tarixiy asarlardan «Tarixi O’tamish hoji ibn mavlono Muhammad Do’st sulton» (CHingiznoma) ni hamda Abulg’oziy Bahodirxonning asarlarini tilga olish mumkin. Mazkur mualliflar asarlarining o’rganilishi quyidagi xulosalarga olib keldi: - “CHingiznoma” Xorazm vohasida, xorazmlik muallif tomonidan yaratilgan va bizgacha qisman bo’lsa-da yetib kelgan ilk turkiy tarixiy asardir. - “CHingiznoma” muallifi asarini yozishda asosan “Dasht og’zaki istoriologiyasi”dan keng foydalangan. Xorazmda yaratilgan yozma manbalarda o’zbek xalqining davlatchilik masalalarining yoritilishi mavzui bo’yicha quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin.
1. Xorazmda yaratilgan yozma manbalar ma’lumotlari shu voha hamda butun O’rta Osiyo xalqlarining tarixiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va etnik birligini ko’rsatadigan manba sifatida o’rganilmog’i va talqin etilmog’i kerak
2. Turli davr va zamonlarda, har xil tillarda bitilgan ushbu manbalarning ma’lumotlarini o’zbek tiliga tarjima qilib alohida mavzular yoki davrlarga ajratilgan holda xrestomatiya shaklida chop etilishi taklif qilinadi.
3. Arab va fors tillardagi yozma manbalarning aksariyati hali hamon to’liq o’zbek tiliga o’girilmagan. Ulardagi Xorazm tarixiga oid ma’lumotlari esa o’rganilmagan va tahlil etilmagan. Bu muammo VIII-XIII asrlar tarixida katta bir jumboq.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə