Eron ahamoniylar hukmronligi yillarida Xorazm


Ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#152769
1   2   3   4   5   6   7   8
XORAZMSHOHLAR DAVLATI.

Ishining maqsad va vazifalari. Markaziy Osiyoning Anushtegin -Xorazmshohlar davridagi iqtisodiy siyosiy va ma’daniyatini yoritish va taxlil etish asosiy maqsad qilib belgilangan. Mazkur maqsadni amalga oshirish o‘z navbatida quydagi vazifalarni belgilab olindi:
-Anushtegin–Xorazmshohlar davlatining tashkil topish jarayonini yoritish;
-Davlatning boshqaruv tizimini taxlil etish;
-Xorazmshohlarning harbiy faoliyati;
-Xorazmshohlar davlatini ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini taxlil etish;
Mavzuning o`rganilish darajasi. Anushtegin -Xorazmshohlar davlati tarixini o‘rganilish darajasini 4 bosqichga bo‘lish mumkin.
1-bosqich arab manbalarida yoritilishi: Bunda Xorazmshohlar davrida yaratilgan manbalar va undan keyingi davrlarda yaratilagn manbalar kiradi. Mazkur manbalarda Xorazmshohlar davlatining iqtisodiy, siyosiy tuzumi, madaniy rivojlanishi, hukmdorlar tarixi, ayniqsa, Sulton Jaloliddin Manguberdi faoliyati keng yoritilgan.
2-bosqich xorijiy olimlar tomonidan o‘rganilishi. Xorazmshohlar davlati tarixi xorijiy olimlar tomoinidan ham keng o‘rganilgan. Mazkur masala yuzasidan O.Masalieva tomonidan tadqiqot ishi olib borilgan2 . Oydin Tonariyning «Jaloliddin Xorazmshoh va uning davri» 3 nomli asarida Xoazmshohlar davlati va mug‘ullar bilan munosabati yoritib berilgan.
3-bosqich sobiq sho‘rolar davrida ham Xorazmshohlar davlati tarixi olimlar tomonidan keng o‘rganilgan. Bu davrda yaratilgan asarlarda Jaloliddin Manguberdining jasorati tilga olingan bo‘lsada, Muhammad Xorazmshoh siyosati. taxlil qilingan.
4 bosqich -mustaqillik yillarida o‘rganilishi. Xorazmshohlar davlati tarixi keng o‘rganila boshlandi. Ayniqsa, 1999 yilda Jaloladdin Manguberdining 800 yillik yubileyi munosabati bilan halqaro konferentsiyaning o‘tkazilishi.
Xorazmshohlar davlatiga oid tadqiqotlarning yana kengayishiga imkon yaratdi1. Bu davrda O.Masharipov, SH.Saidov, I.M.Jabborov, S.Saburova, O.B.Bo‘riev, N.T.Toshevlar tomonidan ilmiy adabiyotlar nashr etilgan2
Kurs Ishning ilmiy yangiligi: Xorazm yozma merosida o’zbek davlatchiligi tarixining masalalari birinchi marotaba keng miqyosdagi manbalar asosida o’rganilib, unda Xorazm vohasida shakllangan davlat uyushmalari o’zbek davlatchiligining ajralmas bir qismi sifatida talqin qilindi. Xorazmshohlar - anushteginlar saltanati tarixi o’zbek davlatchiligining shu vohadagi bosqichlari sifatida tarixda qolgan. Tadqiqotda birinchi marotaba o’rta asrlarga doir Xorazmshohlar davlati tarixi har tamonlama o’rganildi, shu davrlar yozma manbalari asosida tahlil etilib, mavzuga oid tarixiy asarlar manbashunoslik nuqtainazaridan tadqiqot doirasiga tortildi, muhim xulosalar va natijalarga kelindi. Ishda manbalarining shakllanishi, bosqichlari, namoyandalari va ular asarlarining kodikologik tavsifi berildi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə