Eron ahamoniylar hukmronligi yillarida Xorazm


Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə6/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#152769
1   2   3   4   5   6   7   8
XORAZMSHOHLAR DAVLATI.

2.2. Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli:
Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli Xorazm davlati qadimdan sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik, chorvachilik, xunarmandchilik rivojlangan xududlardan biri bo‘lgan. Qadimgi davrlarda bu xududning rivojlanishining aosisy omillardan biri buyuk ipak yo‘lining bu xududdan o‘tganligi edi. Xorazmshohlar davlati davrida –yirik siyosiy birlashmaning vujudga kelishi bilan davlatning siyosiy mavqei oshdi. Bu esa o‘z navbatida hunarmandchilikning, savdoning rivojlanishiga, shaharlarning yuksalishiga zamin yaratdi. Ulkan mintaqada siyosiy yaxlitlik va barqarorlikka erishilishi natijasid ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishida ham ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Arxeologik izlanishlar, yozma manbalar guvohligiga ko‘ra sun‘iy sug‘orishga katta e‘tibor berilib, vohalar imkonidan iloji boricha keng foydalanishga harakat qilingan. Natijada dehqonchilikniig rivojlanishida uzilish bo‘lmagan. Turli hil qishloq ho‘jalik mahsulotlari yetishtirilgan. Ulardan yuqori hosil olingan. Shaharlarda hayot qaynab, savdo-sotiq, hunarmandchilik rivojlangan. Mamlakatda ishlab chiqarilgan turli xildagi gazlamalar, zargarlik buyumlari, kiyimkechaklar, gilam, poyondoz, teri, jun, yog‘-moy, sovun, qurol-aslaha, egar-jabdug‘lar, ho‘l meva, quruq meva, ipakliklar, javohirlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar ham ichki bozorda, ham tashqi bozorda xaridorgir edi. Albatta, bunda tegishli davlat idoralarining hissasi ham katta bo‘lgan. CHunonchi, doim bo‘lganidek muxtasiblar bozorlardagi narx-navo, mahsulotlarning sifati, toshu tarozuning ahvolidan xabardor bo‘lishni to‘xtatmaganlar. Karvon yo‘llarida to‘xtash joylari, suv omborlari, havzalari qurilgan yo borlari ta‘mirlangan, katta karvonlarni qo‘riqlab borishga hatto sultonning shaxsiy pahlavonlari ham jalb etilgan. Xorazmshoxlar davlati markazi –Gurganj yirik savdo va madaniy markazga aylangan. Shuningdek, Xazarasp, Kat, Xushmusan, Darg‘on, Savag‘on, Mang‘ishloq, Nuzkat kabi shaxarlari obod shaxarlar qatoriga kirgan. Xorazmshohlar davlatida raiyat, ya‘ni oddiy aholining ijtimoiy turmush tarzi yaxshi bo‘lishi uchun hukmdorlar alohida ahamiyat berganlar. Jumladan, Xorazmshoh
Takash o‘z farmonlaridan birida raiyatga nisbatan adolatli bo‘lshga, dehqonlarning manfaatini himoyaga qilishga, soliqlarni olish jarayonida qonunlarga to‘liq rioya etishga amr qilgan. Jaloliddin Xorazmshoh ham urush natijasida qiyin ahvolga tushib qolgan aholini soliqlardan ozod etgan1. Xorazmshohlar davrida dehqonlarning turmush tarzi ancha yuqori bo‘lgan. Xukmdorlar va iqto egalari ham dehqonchilikdan yuqori hosil olish uchun dehqonchilikka ko‘p mablag‘ sarflab, qishloqning iqtisodiyotiin qo‘tarishga harakat qilganlar. Takashning munshiysi –shaxsiy kotibi Muxammad Bag‘dodiy At-tasviri ila-t-tarassul (Muxim nomalar bitish yo‘l-yo‘riqlari) asarida o‘sha davrdagi axvolni yozib qoldirgan. Bu davrdagi voqea-hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va to‘g‘ri xolis xulosalar chiqarishi mumkin bo‘lgan inson SHahobiddin An-Nasaviy Sulton Muhammadning hukmronligini yuksak baholab shunday deydi: «Uning amalga oshirgan ishlari nihoyatda ulug‘ edi, otasi unga Xuroson va Xorazm hukmdorligini meros qoldirdi, u bunga Iroq va Mozandaronni ham birlashtirdi. SHu bilan birga, qo‘l ostiga Kirmon, Kesh, Seyiston, G‘ur, O‘azni, Bomiyon mamlakatlarini, Hindistonning vodiylariga qadar maskanlarni qo‘shib oldi.
Anushteginlar davrida madrasalar barpo etish, kutubxonalar ochish, ularni kitoblar bilan to‘ldirish, iste‘dod egalarining boshini silash, asrab-avaylash odati saqlanibgina qolmay, yanada rivoj topdi. Ziyo maskani bo‘lmish kutubxonalar faoliyatiga katta e‘tibor berilgan. Masalan, Buxoro viloyatidagi shaharlardan birida fuqarolar, ya‘ni umumiy kutubxona mavjud bo‘lib, unda saqlanadigan qo‘lyozma asarlar g‘oyatda noyob hisoblangan. Xuddi shunday kutubxonalar o‘lkaning boshqa yerlarida ham, masalan, Xorazmda bo‘lgani ma‘lum. Madrasalarga kelsak, manbalarda yozilishicha, bunday bilim maskanlari saltanat markazi Xorazmdan tashqari Nishopur, Isfahon va boshqa shaharlarda ham qad ko‘targan. Ularda o‘qish jarayoniga juda katta mas‘uliyat bilan qaralganini shundan ham bilib olsa bo‘ladiki, Madrasa rahbari va mudarrislar oliy hukmdor yo uning joylardagi noibining maxsus buyrug‘i bilan tayinlanganlar. CHunki har qanday jamiyat, u qanchalik turli imkoniyatlarga ega bo‘lmasin, agar shu imkoniyatlarni yuzaga chiqarishga qodir mutaxassislar bo‘lmas ekan, ular og‘izda qolaveradi. Mutaxassislar esa tarbiyalanadi, parvarish etiladi. Xorazmshohlardan Otsiz, Takashlarning shu ma‘nodagi buyruqlarini tahlil qilarkanmiz, ular mazkur haqiqatni juda to‘g‘ri anglaganliklari namoyon bo‘ladi. SHuning uchun ham ular ta‘lim va tarbiya, fan sohalariga mutasaddilarning ilmli, iymonli, hurmatli, halol bo‘lishlariga katta e‘tibor bilan qaraganlar. Mazkur siyosat o‘z mevasini ham bergan. Bahoviddin Marvaziy, Abu Ali Hasan Buxoriy, Zahiriddin G‘aznaviy, Ismoil Jurjoniy, Faxriddin Roziy, Maxmud Zamahshariy, Abulfath Xorazmiy, Abulqodir Jurjoniy, Sirojiddin Xorazmiy, Rashididdin Votvot, Sayfi Isfarangiy, Ziyo Xo‘jandiy, Najmiddin Kubro, Majididdin Xorazmiy kabi o‘nlab matematiklar, yulduzshunoslar, tabiblar, tarixchilar, shoirlar, faylasuflar, adiblar, tilshunoslar, mutassavvuf olimlar shular jumlasidandir. Albatga, biz va hamkasblarimiz mazkur ro‘yxatni yanada davom ettirib, ularning har biri haqida ko‘plab qog‘oz qoralashimiz mumkin. Ammo bu alohida tadqiqot uchun mavzu bo‘lgani sababli quyida ularning ba‘zi birlarining e‘tiborga molik jihatlariga diqqatni jalb etmoqchimiz. Qutbiddin Muhammad va Otsiz zamonlarida mashhur tibbiyot olimi Sayyid Ismoil Jurjoniy faoliyat ko‘rsatib, bir qator qimmatli asarlar yaratgan. Ular orasida Qutbiddin Muhammadga bag‘ishlangan «Zahirayi Xorazmshohiy» asari alohida o‘rin egallaydi. Bu asarning qimmati shu qadar bo‘lganki, Jolinus (Galen), Muhammad Zakariyo, Ibn Sino, Abu Sahl Masihiy asarlari bilan bir qatorda tibbiyot sohasidagi eng muhim asar va manbalardan biri sifatida qabul qilingan. O‘n ikki jilddan iborat bu asar tibbiyotning barcha yo‘nalishlari, tashrih, oddiy va murakkab dorilar haqidagi tadqiqotlarni o‘z ichiga olgan. U arab va turk tillariga tarjima qilingan. Ismoil Jurjoniyning eng katta xizmatlaridan biri shundaki, u Ibn Sinodan keyin tibbiyot sohasidagi barcha yo‘nalishlarni yangi tadqiqotlar asosida qaytadan bayon qilib chiqqan. Olim faoliyatining biz uchun qadrli tomonlaridan yana biri shundaki, Ibn Sino yurtimizdan «bir chiqib» qolgan yagona buyuk tibbiyot olimi emas, balki bu soha undan keyin ham bizda yuksak darajada taraqqiy qilib kelganligi ma‘lum bo‘ladi.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə