Eron ahamoniylar hukmronligi yillarida Xorazm



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#152769
  1   2   3   4   5   6   7   8
XORAZMSHOHLAR DAVLATI.


MAVZU: XORAZMSHOHLAR DAVLATI.


MUNDARIJA:


KIRISH.....................................................................................................................3
I.BOB. IX-XII ASIRLARDA XORAZMSHOHLAR DAVRI........................... 7
1.1. Xorazmshohlar davri ma’daniyati......................................................................7
1.2. Xorazmshohlar davlatida Sulton Takish va Alouddin Muhammad
davrlarida madaniy hayot........................................................................................16
II.BOB. XORAZMSHOHLAR DAVRIDA ILM-FAN VA SAN’AT...............19
2.1. Xorazmshohlar davlatida fan va madaniyat, ijtimoiy va siyosiy hayotda
yorqin iz qoldirgan buyuk allomalar………………………………………...……19
2.2. Xorazmshohlar davlatining ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli……………………..28
III. XULOSA……………………………………………………………………..31
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………...…33


KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi yillarida xalqimizning manaviy merosining asosi bo‘lgan o‘tmish tarix e‘tibor kuchayib, uning har tomonlama, chuqur va haqqoniy yoritilishiga e‘tibor kuchaydi. Yurtboshimiz ta‘kidlagandek, tarix - millatning haqiqiy tarbiyasiga aylanib bormoqda, buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib yangi fuqorolik ongini shakillantirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimovning “Inson
o’zligini anglagani, nasl-nasabini, bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg’usi
ildiz otib yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo’lsa, tug’ilib o’sgan yurtga
muhabbat ham shu qadar cheksiz bo’ladi”1 –degan fikrlarni qayd etish o’rinlidir.
Vatan tarixini ilmiy asosda o’rganish, o’zlikni anglash, ajdodlarimiz tomonidan
yaratilgan boy ma’naviy xazinani avaylab saqlash va kelajak avlodga yetkazish ana
shunday masalalardan biridir. Vatan tarixining tub ildizlari manbasini, ayniqsa,
iqtisodiy-madaniy va siyosiy aloqalar tarixini o’rganish davlat siyosati darajasiga
ko’tarildi
Birinchi Prezidentimiz o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday yozadi:” O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q.
XI asrning so‘nggi choragi va XII asrning birinchi yarmida Xorazmshohlar sulolasi Markaziy Osiyo tarixiy jarayonlariga katta ta‘sir ko‘rsatgan siyosiy kuchga aylanib, o‘zining yirik davlatini shakllantira oldi. Bu davrda Markaziy Osiyoda katta kuchga ega bo‘lgan Qoraxoniylar davlati Saljuqiylar davlati bilan ziddiyatlari natijasida kuchsizlana boshlagan edi. Shuningdek, qoraxitoylarning Markaziy Osiyoga kirib kelishi natijasida qoraxoniylar va saljuqiylarning tarix sahnasidan ketishlari Xorazmning mustaqil davlatga aylanish uchun zamin yaratilgan. Bu davrda Xorazmda hukronlik qilayotgan Anushteginlar Horazmshohlar davlatiga asos soldilar. Anushteginlar davrida (1097-1231 y) Markaziy Osiyoda iqtisodiy-ciyosiy va madaniy yuksalish davri bo‘ldi. O‘ziga xos davlat boshqaruv tizimi, ma‘muriyhududiy tuzilmaga ega mazkur saltanat, bu borada, o‘zidan oldingi barcha musulmon davlatlarining tajribasiga suyandi. IX asrda boshlangan Renessans, ya‘ni Uyg‘onish davrida Xorazmshohlar sulolasi o‘zining yuksalishiga erishdi. Xorazmshohlar davlati tarkibiga kirgan Samarqand, Buxoro, Mazondaron, G‘azna, Xuroson, Seyiston, Gurjuston, Kashmir kabi boshqa ko‘pgina shaxarlarda iqtisodiy yuksalish kuzatilgan. Xorazmshohlar davlati hozirgi O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoyning ozgina qismi, Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Iroq, Turkiya, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon, Dog‘iston respublikalari hududlarini birlashtirgan ulkan imperiya bo‘lgan. Unga 450 yaqin shaxar va viloyatlar kirgan. XIII asr boshida Gurganj yirik siyosiy boshqarish, madaniy, hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lgan.

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə