Eron ahamoniylar hukmronligi yillarida Xorazm


Xorazmshohlar davlatida Sulton Takish va Alouddin Muhammad davrlarida madaniy hayot



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/8
tarix19.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#152769
1   2   3   4   5   6   7   8
XORAZMSHOHLAR DAVLATI.

1.2. Xorazmshohlar davlatida Sulton Takish va Alouddin Muhammad davrlarida madaniy hayot.
Xorazmshohlar davlatida, ayniqsa, Sulton Takish va Alouddin Muhammad davrlarida madaniy hayot ravnaq topgan. Ayniqsa, qasidago’y va dostonchi shoirlar ijodi gullab-yashnagan. Xorazm she’riyat maktabining deyarli barcha vakillari saroy shoirlari edilar. Shulardan ko’zga ko’ringani shoir va olim Rashididdin Muhammad al- Umariy (1115-1182) edi. U past bo’yli, kalbosh, ko’rimsiz bo’lgani uchun Vatvot – jajji qush laqabini olgan edi. U Balxda tug’ilgan va Xorazm madrasalarida ta’lim-tarbiya olgan. Maktublar yozishda yuksak mahoratga erishgani uchun yuqori martabalarga erishib, uch hukmdor - Otsiz, El-Arslon va Takish sultonlar saroyida kotibul-insho vazifasini bajargan. Arabiy va forsiy nomalar bitishga mohirligidan Xorazm sultonlarining arzandasi bo’lib yashadi. Imom Rashididdin Vatvot maktublarini turli badiiy vositalar, tashbehlar, go’zal o’xshatishlar, nozik va o’tkir fikrlar bilan bezatib qofiyali nasr - saj’ usulida yozardi. U boshqa iste’dodli shoirlarga g’amxo’rlik qilar, shoirlar ham uning etakchiligi, rahnamoligini tan olar edilar. U Xoqoniy bilan yaqin do’st edi, ammo, keyinroq Hoqoniy uni xorazmshohlar xonadoniga qasidago’yligini masxara qilib, ijodini buyuk. Sulton Sanjar xonadoni qasidago’yi Adib Sobir Termiziyning ijodidan past qo’yadigan bo’lgach, ularning orasi buzildi. Sulton Sanjar o’ziga tobe Xorazmshoh Otsiz saroyiga doimiy elchi-vakil qilib yuborgan edi. Aslida Adib Sobir Xorazmshohning qaltisroq ishlaridan Sulton Sanjarni ogohlantirib, maktublar yuborib turishi kerak edi. Ammo, Otsiz shoir, Adib Sobirni Sulton Sanjarga barcha gap so’zlarni etkazib turuvchi josusdeb o’ylab, daryoga cho’ktirib yubordi. Bu gumonni xorazmshohga Rashididdin Vatvot aytgan bo’lishi ehtimoldan holi emas. Rashididdin Vatvot o’zining she’riyat nafosati haqidagi “Hadoyiq-us - sehr fi daqoyiqi ash-she’r”. (“She’r san’atining sehrli bog’lari”) kitobini Xorazmshoh Otsizga bag’ishladi. U ko’pchilik qasidalarini Tabariston ispahbodi (chegara viloyat hokimi) Nusratiddin Abul-Fath Rustamga bag’ishlar edi. Ispahbod esa shoirga har yili 500 dinor oltin pul, ipak dastor, jubba va yasatig’li ot hadya qilar edi. Yuqorida aytib o’tilganidek, Vatvotning “Rasoil” (“Nomalar”) to’plami juda qimmatli. “Nomalar” ikki qismdan iborat: 1. Xalifalar, hukmdorlar (podshohlar), sultonlar, vazirlar, amirlar, voliylar, qozilar va muftiylarga bitilgan. 2. Ulamolar, shayxlar, mashhur kishilar, shoirlar, do’stlar va boshqalarga yozilgan maktublar. Bu esa davrning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotini o’rganishda g’oyat muhim ahamiyatga ega. Jamoliddin Muhammad ibn Abdurazzoq va uning o’g’li Kamoliddin Ismoil Isfaxoniy - Isfahon she’riyati maktabining atoqli vakillaridan. Jamoliddin asosan qasida va g’azallar yozardi. Uning ayniqsa isfaxonlik Sa’d va Xo’jandiy xonadonlariga atalgan qasidalari mashhur. 1192-yilda vafot etgan. Jamoliddinning o’g’li - Kamoliddin Ismoil (1172-1232) atoqli qasidago’y shoir. U arab va fors tillarida g’azallar bitgan. U 20 yoshida otasining o’limiga bag’ishlangan mashhur marsiyasini yozdi va bu unga shuhrat keltiradi. Ammo, uning shuhratini ko’rolmagan hasadgo’ylar sababli hayoti og’irlashadi. Go’zal ma’nolarni ochgani uchun Kamoliddin “Halloqi maoniy” (“Ma’nolar yaratuvchi ijodkor”) laqabini olgan. U xorazmshohlar Takishga, Alouddin Muhammadga, Jaloliddin Manguberdiga, G’iyosiddin Pirshohga, Fors otabegi Sa’d ibn Zangiy va uning o’g’li Abu Bakrga atab qasidalar yozdi. Keyinchalik Kamoliddin mashhur shayx avliyo Shihobiddin Umar ibn Muhammad Suhravardiyning ta’siriga tushib, tasavvufiy ruhida she’rlar yozadi.Mo’g’ullar Isfaxonga bosib kelganida (1237-yil 21-dekabr) bir mo’g’ul xazina izlab, shoirni o’ldiradi. U so’nggi ruboiysini o’z qoni bilan yozdi. (Bu paytda sulton Jaloliddin vafot etgan, mo’g’ullar zulmi avjiga chiqqan edi). Molikul - kalom Hoja Zahiriddin Tohir ibn Muhammad Faryobiy (1160-1202) iste’dodli shoir, Asiriddin, Abul Fazl Muhammad ibn Tohir Ahsikatiy (vaf. 1184) - Xorazmshohlar zamonidagi atoqli shoir va ulamolardan biri “Sulton ul - fuzalo” (“Fozillar sultoni”), Farg’ona viloyatining Ahsikat shahridan edi. Xorazmshohlardan sulton Takish va El-Arslon zamonlarida Buxoroda yashab ijod qilgan. Malik ash-shuaro va malik al-fuzalo mavlono Sayfiddin Isfarangiy ham Ahsikatiyga ergashib, g’azallar va qasidalar yozgan. Mavlono Sayfiddinning devoni 12 ming baytdan iborat. U lafzgo’ylikda Badriddin Shoshiyga ergashgan... Xorazmshohlar zamonidagi atoqli shoirlardan yana biri G’iyosiddin Abul-Majid Muhammad ibn Hasan ibn Ibrohim al-Jandiy edi. Xorazmning o’sha zamondagi mashhur shoir va adiblaridan yana Faxrul-mashoyix Abul Qosim Ali ibn Muhammad ibn Ali Adib al-Xorazmiy (vafot 1165), Faxrul-afozal Abu Hafz Umar ibn Muhammad ibn Umar Xorazmiy, Kamoliddin Abul-Faraj Yusuf ibn Mahmud ibn Ahmad Samarqandiy, Muayyanud - din Abu Sa’d Ibrohim ibn Foris ibn Rustam Xorazmiy va boshqalarning nomlarini keltiramiz. Anushtaginlar – Xorazmshohlar davlatida tasavvuf taraqqiyoti birinchi navbatda xorazmlik yirik mutasavvif olim Najmiddin Kubro (1145-1221)nomi bilan bog’liqdir. Uning asli ismi Ahmad ibn Umar al-Xevaqiy bo’lib, Xorazmda tug’ilib – o’sib keyin Eronzamin va Arab mamlakatlariga sayohat qilgan; uzoq vaqt o’sha tomonlarda yirik tasavvuf mashoyixlaridan ta’lim olib, o’zi ham etuk tasavvuf ta’limotchisi darajasiga etgan va Najmiddin Kubro laqabi bilan shuhrat qozongan. So’ngra u vataniga qaytib, Muhammad Xorazmshoh davrida Gurganjda yashab, tasavvuf ta’limotini rivojlantirgan, ko’plab shogirdlar orttirgan. Jumladan, taniqli shoir va tasavvuf namoyondasi Farididdin Attor ham uning shogirdlaridan edi. Najmiddin Kubroning ta’limoti tasavvufda kubraviya tariqati nomini olgan va mashhurdir. “Kubro tasavvuf tarixida keng fe’llik yo’lini tutgan shayxlardandir. Chunki, ul zotning xonaqosida sunniy mazhabli shogirdlar bilan birga shia mazhabli muridlar ham ta’lim olavergan”. Najmiddin Kubro ilmiy asarlar va ruboiylar yozgan. Ulardan asosiylari – “Favoih al-Jamol va fotih al-Jalol”, “Al-usul al-ashara”, “Risolat al-Xaif al-Xaim min-Laumon al-laim” va boshqalar. Chingizxon Najmiddin Kubro - Alloh rahmat qilsin – borligini bilib, uning haqida ma’lumotga ega bo’lgach, quyidagi mazmunda xabar yuboradi: “Men Xorazmni qirg’in va talon-taroj qilmoqqa hukm etganman. Zamonning tabarruk ul zoti sharifi (xorazmiylar muhitini tark etib, bizga kelib qo’shilmoqlari lozim!”. Shayx – uni, Alloh rahmat qilsin – shunday javob qildilar: “Mana etmish yildirki, men Xorazmda osoyishta yashab, shu xalq bilan hayotning achchiq–chuchugini birga totib kelmoqdaman. Endilikda, falokat yuz bergan chog’da, men uni tashlab qochsam, bu vijdonsizlik va nomardlik bo’ladi”. (Shahar bosib olinganidan) so’ng uni halok bo’lganlar ichidan qanchalik axtarmasinlar topa olmadilar. Unga Allohning rahmati yog’ilsin!”.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə