Ёш даврлари психологияси ва педагогик психология



Yüklə 437,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/23
tarix09.06.2023
ölçüsü437,82 Kb.
#116389
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
portal.guldu.uz-YOSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA

 
Mavzu: 
Yosh davrlari psixologiyasi . 
R E J A : 
1.
Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanining predmetihaqida tushuncha.
2.
Fanning asosiy rivojlanish bosqichlari. Psixik rivojlanish talqinida 2 ta asosiy: biogenetik va 
sociogenetik yo’nalishlar.
3.
Yosh va pedagogik psixologiyaning asosiy tadqiqot metodlari.
ASOSIY TUSHUNCHALAR 
Ontogenez
– organizmning vujudga kelgandan boshlab to umrining oxirigacha bo’lgan 
individual rivojlanish yo’li.
Pedologiya
– XIX asr oxiri XX asr boshlarida psixologiyaning amaliy tarmoqlari va 
eksperimental pedagogika asosida vujudga kelgan fan bo’lib, uning predmeti bolaning psixologik, 
anatomo – fiziologik, biologik taraqqiyotidir.
Fanning predmeti. Yosh davrlari psixologiyasining predmeti insonning ontogenezida psixik 
rivojlanish jarayonini shakllanishi hamda o’zaro munosabatlari qonuniyatlarini o’rganishdir.
Pedagogik psixologiyaning predmeti esa ta`lim va tarbiya jarayonining psixologik 
mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganishdir.
Fanning rivojlanish bosqichlari.
O’tgan ajdodlarimizning ham qomusiy asarlarida bola 
taraqqiyoti va tarbiyasi masalalari katta o’rin egallaydi. Abu Nosr Farobiyning “Masalalar mohiyati”, 
Abu Rayhon Beruniyning “O’tmish yodgorliklari”, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarlari, 
A.Navoiyning “Mahbub ul-qulub” va boshqa juda ko’p asarlar shular jumlasidandir. Umuman sharq 
va G’arb madaniyatida ham psixologik – pedagogik mazmundagi asarlar XVII-XVIII asrlarda diniy-
axloqiy negizda yozilgan. XVIII asrga kelibgina ma`lum uslubga ega bo’lgan ilmiy fikrlar vujudga 
kela boshladi. Rus social-demokratlari A.N.Gercen, N.G.Cherkishevskiy, N.A.Dobrodyubov, 
V.G.Belenskiylarning inson kamoloti to’g’risidagi qarashlari psixologiyaning rivojlanishiga katta 
hissa qo’shdi. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov g’oyalariga asoslangan Ribakov, K.N.Kornshlov, 
P.P.Blonskiy, L.S.Vigotskiy va boshqa olimlar yosh psixologiyasi bo’yicha qimmatli tadqiqotlarni 
amalga oshirdilar.
XX asrga kelib yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada psixik taraqqiyot omillarini 
talqin etuvchi 2 ta yo’nalish: biogenetik va sociogenetik yo’nalish vakillari yuzaga keldi. Biogenetik 
yo’nalish vakillari uchun psixik rivojlanishni belgilovchi irsiy biogenetik va ijtimoiy omillar yonma-
yon turadi, lekin etakchi rolni biologik ya`ni irsiy omillar bajaradi. Bunday qarashning ko’zga 
ko’ringan vakillaridan biri amerikalik psixolog S.Xolle (1844-1924) bo’lib, u Gekelning 

Yüklə 437,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə