Fan nomi: “Kattalarda hamshiralik parvarishi’’ Mavzular ro’yhati


Mavzu№2: Terapevtik kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishining hususiyatlari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/10
tarix18.05.2018
ölçüsü0,72 Mb.
#44482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Mavzu№2: Terapevtik kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishining hususiyatlari

Reja:

1.Terapevtik kasalliklar haqida tushuncha.

2.Hamshiralik parvarishining maqsadi, hamshiraning o’rni va vazifalari.

3.O’tkir kasalliklarning kechishi va hamshiralik parvarishi.

4.Surunkali kasalliklarning kechishi va hamshiralik parvarishi.

5.Klinik va bioximik tekshiruvlar maqsadi.

Ichki kasalliklar yoki terapiya fani – bu tibbiyot fanining bir qismi bo’lib, odam ichki a’zolarida turli kasalliklarning sabablarini, klinik belgilarini, davolash va oldini olish choralarini o’rganadigan fandir. Ichki kasalliklar deganda biz nafas a’zolari, yurak qon – tomir, hazm qilish a’zolari, buyrak va siydik ajratish, ichki sekretsiya bezlari va boshqa a’zolar kasalliklarini tushunamiz. Terapiya so’zi grek tilidan davolash, g’amxo’rlik qilish degan ma’noni bildiradi.

Kattalarda hamshiralik jarayoni – bu bemorlarni kuzatish, parvarish qilish, terapevtik bemorlarga vrach ko’rsatmalarini amalga oshirishning zaruriy tashkiliy qismidir. Bu hamshiralik yordamining tashkiliy qismi bo’lib, bemor va tibbiyot hamshirasining o’zaro hamkorligida namoyon bo’ladi. Hamshiralik amaliyotini asosiy maqsadi bemorga hamshiralik yordamini ko’rsatish, bemor ehtiyoj va talablarini qondirish, ya’ni bemorning muammolarini hal qilish, yengillashtirishdir.

Bu maqsadni amalga oshirish uchun bemorni havotirga solayotgan barcha muammolarni aniqlash zarur, yani so’rab surishtirish, bemorni shikoyatlarini, kasallik tarixini, hayot anamnezini (oilaviy, allergik, irsiy, ginekologik, zararli odatlar va hokazo).

Axborot manbai bo’lib faqat bemor emas, balki, oila a’zolari, do’st – birodarlari, hamkasblari, tibbiy xodimlar, tibbiy hujjatlar (ambulator karta, kasallik tarixidan ko’chirma va hokazo) maxsus tibbiy adabiyotlar hisoblanadi. Lekin bemor muammosini bilish uchun undagi kasallikni ob’yektiv va sub’yektiv belgilari bilan bir qatorda uning asosiy ehtiyojlari aniqlanadi. Demak bemor bilan muloqotda uning asosiy ehtiyojlarini bilish uchun biz har tomonlama ixtisos komunikatsiyasidan foydalanishimiz zarur, ya’ni katta yoshli bemor bilan hamshira o’rtasidagi muloqot bo’lib, bu bemor shaxsiyatini himoya qilgan holda, agar uning ruhiy kechinmalari sog’lig’iga sa’lbiy ta’sir etsa ularni bartaraf etish yoki yengillashtirish usullarini aniqlab, bemor atrofida ruhiy osoyishtalik yaratib, parvarish olib borishdir.

Hamshira katta yoshli bemor bilan muloqotda ixtisos komunikatsiyasi tamoyillari qoidasiga amal qilishi lozim.

Bunda:


  1. Muloqotda aniq va ravshan murojaat etish.

  2. Faol eshitish.

  3. Savol berish texnikasidan foydalanish.

  4. Katta yoshli bemorni suhbatga chorlovchi tinch, osoyishta muhitni yaratish.

Kasalliktashqi va ichki muhitning zararli ta’suroti natijasida organizm hayot faoliyatining buzilishi, mehnat qobilyatning vaqtincha yo butunlay pasayishi yoki yo’qolishiga olib keladigan jarayonidir. Kasallik organizimda malum bir turdagi mikro organizmlar va bakteriyalar tashishi tufayli hamda bir qancha boshqa sabablarning birgalalashib ta’sir qilishidan kelib chiqadi (me’da shilliq pardasining yallig’lanishi – gastrid odatda tartibsiz ovqatlanish, kundalik rejimga amal qilmaslik, chekish, ichish, shuningdek boshqa a’zo kasalliklari tufayli paydo bo’ladi.) kasallikning o’zi paydo bo’lishi va kechishidan organizmning himoya kuchlari va moslashish imkoniyatlari katta ahamiyatga ega.

Etiologiya - kasallikning paydo bo’lish sababi tushuniladi. Bu sabablar tashqi va ichki bo’lishi mumkin. Tashqi omillar: mehanik (yaralanish, travmatizm va boshqalar ) fizik ( organizmga elektr to’ki, yuqori va past harorat, yorug’lik ta’siri,) kimyoviy (zaharli moddalar, oziq-ovqat mahsulotlari orqali va boshqalar,) biologik (organizmga kirgan zamburug’lar va mikroblar ), allergik omillar (allergen – gul changlari, bo’yoqlar, dori darmonlar va boshqalar), kasallikni vujudga kelishida sotsial sharoit va salbiy his –hayajonlarnining ahamiyati kattadir.

Allergiya - organizm reaktivligi o’zgarib qolganligi tufayli turli moddalarga uning ortiqcha sezgir bo’lib qolishidir. Ilgari qaysi omilga duch kelingan bo’lsa, odam shu omilga ortiqcha sezuvchan bo’lib qoladi.

Immunitetorganizmning malum bir infeksion omilning o’ziga yoqtirmasligi, unga nisbatan qarshilik kuchi.U tabiiy: tug’ma yoki ortirilgan va sun’iy bo’lishi mumkin.

Kasallikning kechishida o’tkir, yarim o’tkir va surunkali xillari bo’ladi. Juda o’tkir keladigan kasallikda 4 bosqich yoki davr: kasallikning yashirin (latent), prodromal (dastlabki), avj olish va tuzilish davri taffovut qilinadi. Biroq, ko’pgina kasalliklarning avj olish va o’tishida bunday davrlarni ro’y rost ajratib bo’lmaydi.

Har bir kasallik malum belgilari, alomatlar bilan nomoyon bo’ladi. Bular simptomlar deb ataladi. Masalan, yo’tal bronxlar yallig’lanishi-branxit simptomidir. Simptomlar sub’yektiv (masalan, gipertaniya kasalligida seziladigan bosh og’rig’i) va ob’yektiv bo’lishi mumkin.

Kasallikning o’tishi to’g’risida tushuncha.

Kasallik hamisha ham endi boshlanishidanoq sezilarli klinik simptomlar bilan namoyon bo’lavermaydi. Kasallikning yashirin yoki latent degan davri bo’ladi, bunda organizm qarshilik ko’rsatib, kasallik tug’diradigan u yoki bu omilga moslashish reaksiyalarini yuzaga chiqarib turadigan bo’lgani uchun sub’yektiv va bir qancha hollarda ob’yektiv simptomlar bo’lmaydi. Masalan, organizmga radioaktiv moddalar ta’sir qilgandan keyin nur kasalligining simptomlari dastlabki vaqtlarda hali kuzatilmaydi.

Sog’ayish davrida maskur kasallikning yetakchi simptomlari bosilib, kasallik oqibatlari qoladi (masalan, infeksion kasalliklardan keyin quvvatsizlik hissi, tana massasining kamayib ketishi va boshqalar).

Kasallik avj olib borishida quyidagi davrlar tafovut qilinadi:

1.Inkubatsion (yashirin latent) davr.

2.Prodromal davr (kasallik avj olib borishida uning asosiy klinik alomatlari malum bo’lishidan oldin bo’lib o’tadigan davr).

3.Kasallik rosmana avj oladigan davr.

4.Sog’ayish davri.



Kasallik qanday o’tishiga qarab: o’tkir, yarim o’tkir, surunkasiga cho’ziladigan, yani surunkali bo’lishi mumkin. O’tkir kasallikka gripp (birdan boshlanib simptomlari tez kuchayib boradi, nisbatan qisqa davom etadi) va turli zaharlardan zaharlanishlar kiradi. Krupoz pnevmaniya, dizenteriya, infeksion gepatit (jigar yallig’lanishi ) va boshqalar ham o’tkir kasalliklar jumlasiga kiradi. Yetarlicha davo qilinmaganda (vrach aytganlari bajarilmaganda, rejim buzilganda va boshqa mahallarda) o’tkir kasalliklar surunkali tarzda o’tadigan bo’lib qolishi mumkin (masalan, o’tkir gepatit surunkali gepatitga – jigarning surunkali yallig’lanishiga o’tib ketadi).

Kasallikning yarim o’tkir tarzda o’tishi – bu o’tkir va surunkali turlar o’rtasida turadigan, masalan, o’tkir nefrit (buyraklar yallig’lanishi ) surunkali nefritga o’tayotganda bo’ladigan oraliq davr hisoblanadi.

Kasallik surunkali tarzda o’tayotganida ahvol yaxshilanib (davo ta’siri ostida ), kasallik simptomlarining vaqtincha susayib qolishi yoki yoqolib ketishi bilan harakterlanadigan davr remissiya, yani kasallik qaytib turgan davr deb ataladi (masalan, surunkali gastritda bo’ladigan remissiya ).

Tayanch iboralar;

Etiologiya- kasallikning keltirib chigaruvchi sabab, omil

Allergiya- organizm sezuvchanligining oshib ketishi natijasida allergic omilga nisbatan javob reaktsiyasi

Simptom- kasallikning bitta belgisi, alomati

Sindrom- kasallik belgilarining yig’indisi

Remissiya- kasallikning xuruj oldi[ tinch] davri

Retsidiv- kasallikning qo’zish davri

Patogenez- kasallikning kechish xususiyati

Nazorat savollari

1.’’Terapiya ‘’ fanining mohiyati.

2.’’Terapevtik kasalliklar bilan og’rigan bemorlarda ham.parvarishi’’ fanining maqsad, vazifalari.

3 .Kasalliklarning turlari va kechish xususiyatlari.

4.’’Etiologiya’’,’’simptom’’,’’sindrom’’ mohiyati.

5. Kasalliklarning kechish davrlari.

Adabiyotlar;

1.G’.O.Haydarov;’’Ichki kasalliklar’’ 2002yil

2.B,U.Yo’ldoshev;’’Ichki kasalliklar’’1996yil

3.M.F.Ziyayeva;’’Terapiya’’ 2005yil

Mavzu№3: Nafas a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi.

Reja:


  1. Nafas olish sistemasining tuzilishi va vazifasi.

  2. Tekshirish usullari va davolash.

  3. Klinik holat va simptomlar.

  4. Balg’amni tekshirishning diagnostik ahamiyati.

  5. Davosi va hamshiralik parvarishi.

  6. Bronxit, zotiljam kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.

Nafas organlari sistemasi burun yo’llari, hiqildoq, traxeya, bronxlar, o’pkani o’z ichiga oladi, o’pka yupqa elastik biriktiruvchi to’qima pardasi – plevra bilan qoplanib, o’ralgan bo’ladi

O’pkaning pastki yuzasi ko’krak bilan qorin o’rtasidagi to’siq – diafragmaga taqalib turadi.

Havo burun yo’llari orqali traxeyaga o’tadi, traxeya o’ng va chap bronxlarga bo’linadi, bular esa o’pkaning tegishli bo’laklariga kirib boradi. Bronxlar juda mayda tarmoqlarga bo’linib ketadi, bularni bronxiolalar deyiladi. Ular nihoyatda mayda bo’shliqlar – alviolalar bilan tugallanadi. Alveolalar mayda– mayda qon tomirlari – kapillyarlar turi bilan o’ralgan.

Alveolalarda gazlar almashinuvi bo’ladi: bu yerga kirgan havodan alveolalarni o’rab turgan kapillyarlarga kislorod o’tadi; organizmni kislorod bilan ta’minlash ishini eritrotsitlar bajaradi. Gazlar almashinuvi protsesida korbanat angdrid gazi hosil bo’ladi, bu gaz havo yo’llari orqali tashqariga chiqarilib yuboriladi.

Nafas olganda o’pka kengayadi, o’pkaga 700 sm3 atrofida havo kiradi. Nafas chiqarilganida ko’krak qafasi hajmi kichrayadi. Normada nafas harakatlari soni minutiga 15 – 20 taga teng bo’ladi.

O’pkaning tiriklik sig’imi: sportchilarda ( sog’lom odamlarda ) 5000 ml3 , o’rtacha erkaklarda – 3500 ml3 , ayollarda – 2500 ml3 .

Nafas o’rganlari faoliyatini uzunchoq miyada joylashgan nafas markazi idora etib boradi.

Nafas a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda yo’tal, hansirash, nafas qisishi, ko’krak qafasida og’riq belgilari uchraydi.



Yo’tal. Bronxlar va yuqori nafas yo’llaridan yot jismlarning yuqori nafas yo’llari, bronxlar va o’pkaning turli kasalliklarida shilimshiq va balg’amning chiqarilishiga qaratilgan himoya refleksi hisoblanadi. Yo’tal bronxlarning shilliq pardasi shishib turadigan bronxitda, hiqildoq yallig’lanishi – loringit kuzatiladi. Yo’talganda nafas yopiq tovush yorig’idan to’satdan va sekin chiqadi.

Hansirash. Nafas tezligi va chuqurligi buzilib, nafasning tez – tez bo’lib qolishi bilan namoyon bo’ladi. Odamda havo yetishmagandek tuyg’u bo’lib, nafas akti qiyinlashib qoladi. Bemor ancha chuqur – chuqur va tez – tez nafas ola boshlaydi. To’satdan paydo bo’lib, keskin ifodalangan hansirash nafas qisishi deb yuritiladi. Hansirash 2 – xil bo’ladi. Asosan nafas olish qiyinligidan – insperator ( traxeya, bronxlar torayib qolganda ) yoki nafas chiqarish qiyinligidan – eksperator hansirash bo’lishi mumkin.

Qon tupirish. Bu nafas olish a’zolari kasalliklarining jiddiy alomatlaridan biridir. U kuchli yo’tal vaqtida bronxlar cho’zilib, kengayib qolgan vaqtlarda, qon tomirlarning yorilishi, o’pkadagi yiringli jarayonlar, sil, xavfli o’sma tufayli, o’pka to’qimasi butunligi buzilishi natijasidir. Oz qon tupirish ham havfli hisoblanadi, chunki u shoshilinch yordam ko’rsatishni talab etadigan bemor xavf soladigan o’pkadan qon oqishiga aylanib ketishi mumkin.

Ko’krak og’rig’i. ko’pincha yallig’lanish jarayoni plevraga o’tgan davrda ko’krak og’rig’i boshlanadi. Plevra og’riqlar uchun uning chuqur nafas olingan va yo’talgan paytida vujudga kelishi xarakterlidir. Yallig’lanib turgan plevra varaqalari bir-biriga ishqalangan sezuvchi nervlarning ta’sirlanishi tufayli og’riqqa sabab bo’ladi. Ko’krak qafasidagi og’riqni kamaytirish uchun bemor yuza nafas olishga harakat qiladi va yo’tal harakatlarini tutib turadi. U majburiy holatni egallab, yonboshi bilan yotadi, natijada plevra harakatlari chegaralanadi va og’riq asta sekin kamayadi.

O’pka kasalliklarini tekshirish usullari.

O’pka siliga, o’pka o’smasiga gumon qilinganda, pnevmoniya, bronxoektotik kasallik va o’pka abssesida mikroblarni va uning antibiotiklarga sezgirligini aniqlash uchun balg’am yig’iladi. Balg’amda ovqat qoldiqlari, so’lak va boshqa yot narsalar bo’lmasligi kerak. Balg’amga tutilgan idish toza va zararsizlantirilgan, qopqoq bilan berkitilgan bo’lishi lozim. Odatda darajalarga bo’lingan maxsus idishdan foydalaniladi. Balg’amni ko’pi bilan bir kecha kunduz saqlash mumkin. Unga albatta 0.5 % li karbol kislota eritmasi yoki 1 – 2 ta timol kislotasi qo’shiladi.



Plevra funksiyasi. Plevra bo’shlig’iga suyuqlik yig’ilib qolganida plevrani diagnostika maqsadida funksiya qilish zarur bo’ladi. Funksiyani shifokor bajaradi, tibbiyot hamshirasining vazifasi asboblarni va bemorlarni penksiyaga tayyorlashdan iborat.

Perkussiya. ( To’qillatib ko’rish ) o’pka perkussiya qilib ko’rilganda chiqadigan tovush xarakteri diagnostik jihatdan muhim belgi hisoblanadi, to’qima nechog’li zich, qattiq bo’lsa bu tovush shuncha sekin bo’lib chiqadi. Tovushning bo’g’iq perkutor, quticha tovush, timpanik perkutor tovushlar tafovut qilinadi.

O’pka auskultatsiyasi. Nafas a’zolarini eshitib ko’rilganda:



  1. Nafas shovqinlarini

  2. Qo’shimcha shovqinlarva xirillashlarni

  3. Krepitatsiyani

  4. Plevraning ishqalanish shovqinini aniqlash mumkin.

Plevraning ishqalanish shovqini sog’lom odamlarda eshitilmaydi, chunki silliq plevra varaqalari yallig’lanishi tufayli g’adir – budur bo’lib qolgan mahalda ishiqalanish shovqoni paydo bo’ladi.

Bronxoskopiya. Traxeya va bronxlar shilliq pardasini ko’zdan kechirish, o’smalar va yaralarga tashxis qo’yish, yot jismlarni olib tashlash va poliplarni olish, bronxoetoziyalarga davo qilish uchun ishlatiladi.

Bronxofoniya. Yani hiqildoq tovushning ko’krak qafasi yuzasiga o’tqazilishi xuddi tovush titrashi singari sniqlanadi, bunda bemor unsiz tovushlar ko’p bo’lgan tovushlarni talaffuz qiladi. O’pka to’qimasi zichlashib qolganida va unda bo’shliqlar paydo bo’lganida – o’pka infarkti va o’pka sili kuzatiladi, compression atelektazda, zotiljamda bronxofoniya kuchayadi, o’pka smfizemasi, pnevmotomaks, obturatsion atelektaz, ekssudativ plevritda esa susayib qoladi.

ZOTILJAM [PNEVMONIYA]



O’TKIR ZOTILJAM ( O’pkaning o’tkir yallig’lanishi )

O’rkir zotiljam nafas olish a’zolari kasalliklari orasidako’p uchraydigan asosan o’pka to’qimalari ( al’veola, oraliq to’qima, mayda qon to’qimalari ) ning o’tkir yallig’lanishi bilan kechadigan kasallikdir. Bu kasallik har 10.000 axoli soniga o’rta hisobda 16 tadan to’g’ri keladi.

O’tkir zoriljam bilan har qanday yoshdagi odam kasallanishi mumkin. Ammo bu kasallik yosh bolalar va qariyalarda ko’proq uchraydi. Kasallik o’z vaqtida davolansa, asorati qolmaydi. Agar bu kasallik aniqlanmasa, to’g’ri davolanmasa, har xil og’ir asoratlarni keltirib chiqarishi, xatto o’limga olib kelishi mumkin.

Etiologiyasi. O’tkir zotiljam kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablar quyidagilar:

1. Bakteriyalar: pnevmokoklar, satafilokoklar, streptokoklar, Frend linder tayoqchasi, enterokok, ichak tayoqchasi va boshqalar.

2. Viruslar, grip, paragrip, renosintsitial viruslar, adenoviruslar.

3. Mikroplazmalar.

4. Rikketsiyalar.

5. Zambrug’lar: Kandedozlar, aspergillioz, koksigioz.

6. O’tkir zotiljam turli yuqumli: a) virusli kasalliklar (ortinoz, psittakoz, qizamiq, suv chechak.), b) bacterial kasalliklar (brutselyoz, tulyaremiya, ich terlamasi), v) ko’rinishi yoki asorati sifatida ham rivojlanishi mumkin.

7. Allergiya: Lyofler sindromi, gijjalarga, dorilarga, mog’or zambruglarga, va har xil changlarga allergiya borligi.

8. Fizik va Kimyoviy omillar: aspiratsia, jarohat, radiaktiv nurlar ta’siri.

O’tkir zotiljamga asosiy sabab 54 % dan 74 % gacha xollarda pnevmokoklar. Gripp epidemiyasi vaqtida kasallikning virus va bakteriyalar ( ko’pincha ctafilakkoklar ) birgalikda keltirib chiqaradi. O’tkir zotiljamning rivojlanishiga qattiq sovuq qotish, jismoniy va ruxiy o’ta toliqish, tananing zaxarlanishi xamda kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatining susayishi va boshqa bir qancha omillar moyillik qiladi.

Patogenezi. Kasallik qo’zg’tuvchi bakteriya, viruslar uch xil yo’l orqali kirishi mumkin:



  1. Nafas yo’li ( Bronx orqali )

  2. Don tomirlari

  3. Limfa yo’llari orqali

Bakteriyalar o’pkaga asosan nafas yo’llari – bronxlar orqali nafas olganda tashqaridan kirishi ( ingalatsiya ) yoki burun og’iz bo’shlig’idan (aspiratsiya ) tarqalishi mumkin. Infeksiyaning o’pkaga qon orqali tarqalishi esa ko’proq sepsisda kuzatilib, bunda ikkilamchi zotiljam rivojlanadi. Bakteriyalarning limfa yo’llari orqali tarqalishi ko’krak qafasi jaroxatlanganda kuzatiladi.

Yurak va qon tomirlar sistemasi etishmovchiligi bor yoki uzoq muddat majburan yotib qolgan bemorlarda o’pka to’qimalarida mavjud bo’lgan mikroflora faollashi, ikkilamchi zotiljamning gipostatik xili rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

O’tkir zotiljamning rivojlanishi, uning klinik manzarasi mikroblar virulentligiga, organizmning o’zini ximoya qilish xususiyati qay darajada ekanligiga bog’liq. Tashqi va ichki ta’sirlar ( sovuq qotish , bronxlar, drenaj faoliyatining buzilishi, nafas yo’llarining virus infeksiyasidan zaxarlanishi immune cictemasidagi etishmovchilik, alkagol va boshqa zaharli moddalar ta’siri, gipoksiya, ko’krak jarohati ), organizmni himoya qiluvchi omillar (kekirdak usti tog’ayi va tovush yorug’ining o’z vaqtida berkilishi, yo’tal refleksi, bronxlar ichki devorida immunoglobunolinli yupqa shilliq qavat borligi, xilpillab turuvchi epiteliy xarakati, al’viollamakrofaglari va lekotsitlari fagotsitar faolligi ) faoliyatini susaytirib, o’tkir zotiljamni rivojlanishiga moyillik qilishi mumkin. Nurlar zaxarli moddalar, dorilar kasb bilan bog’liq bo’lgan va bo’lmagan zararli ta’sirlar natijasida rivojlangan asseptik yallig’lanishiga tezda ikkilamchi infeksiya qo’shilishi mumkin.

TURKUMLARGA BO’LINISHI. ( tasnifi ) O’tkir zotiljam kasalligi xar – xil kasal bilan yuzaga kelishi hamda o’pkaning xar – xil qismlarida joylashishi, yallig’langan qismlarning katta – kichikligi va boshqa belgilari bilan bir – biridan farq qiladi.

O’tkir zotiljamning A. S. Mol’chaniv taklif qilgan tasnifi terapevtlarning XV anjumanida qabul qilingan.

Keyinchalik ( 1978 yil ) o’tkir zotiljamning tasnifi O. V. Korovina qo’shimchasi bilan to’ldirildi.



KLINIK BELGILARI.

Kasallik to’satdan boshlanib bemorning tana xarorati 30 – 40 C ga ko’tariladi. Eti qattiq junjukib qaltiraydi, darmoni qurib boshi og’riydi, terlaydi. Avval quruq so’ngra shilliq rangli qizg’ish tusli balgamli yo’tal, ko’krak qafasida sanchiqli og’riq, havo etishmasligi paydo bo’ladi. Og’riq yo’talganda, chuqur nafas olganida kuchayadi.

Bemorning nafas olishi ( ayniqsa o’pkaning katta qismi yallig’langanda) tezlashadi va yuzaki bo’ladi, labi, burni, qulog’I bir oz ko’karadi, labiga, og’iz, burun atrofiga uchuqlar toshadi.

Qonga to’lish davri kasallikning boshlang’ich, dastlabki kunlariga to’g’ri keladi. Bunda bemorning umumiy axvili og’ir, tana harorati yuqori darajada ( 39 – 40 C ) bo’lib, eti junjikadi. Ko’krak qafasining sanchib og’rishi va havo etishmasligidan shikoyat qiladi. Bemorda avvalo quruq, so’ngra shilimshiq balg’am ajraladigan yo’tal paydo bo’ladi. Nafas olishi tez va nafas olishda ko’krakdagi sanchiq kushaygani sababli sayoz bo’ladi. Shilliq qon aralash balg’am ajraladi.

Perkussiya qilinganda o’pkaning yallig’langan qimi sohasida qisqargan perkuttor yoki bo’g’ik timpanik tovush eshitiladi.

Auskultatsiya qilinganda o’pkaning yallig’langan qismi sohasida vezikulyar nafasning susaygani, bundan tashqari, qisqa muddatli erta paydo bo’ladigan krepitatsiya eshitiladi. Ayrim vaqtlarda plevra ishqalanish shovqini eshitiladi.

Kasallikning II – bosqichida bemor yo’talganda temir zangi rangidagi balg’am ajraladi. ( o’zgargan gemoglabin borligi sababli) bemorning umumiy holati anchagina og’ir bo’lib, o’pkaning yallig’langan tomonida paypaslab ko’rilganda ko’krak qafasi elastikligi kamayganligi, og’riq borligi, tovush dirillashi kuchayganligi aniqlanadi. Perkussiya qilinganda esa o’ta bo’g’q tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilinganda qilinganda bronxial nafas shovqini eshitiladi.

Kasallikning III – bosqichida shilliqli va yiringli balg’am ajrala boshlaydi, paypaslaganda, perkessiyada va auskulyatsiyada bu o’zgarishlar II – bosqichga o’hshash bo’ladi.

Kasallikning IV – bosqichida esa tana xarorati krizis yoki lizis yo’li bilan pasayib , shilliqli balg’am ko’proq ajrala boshlaydi. Bemorning umumiy xolati yaxshilana boshlaydi. Paypaslaganda og’riqni kamaygani yoki yo’qolgani tovush, dirillashi pasayganligini, ko’krak qafasi rezistenligining tiklanayotganini aniqlash mumkin. Perkussiya qilinganida bir oz bo’g’iq tovush, auskulyatsiya qilinganda, bronxovezikulyar nafas shovqini dag’al krepitatsiya va ho’l xirillashlar eshitilishi mumkin.

Krupoz zotiljamda nafas olish a’zolaridan boshqa a’zolarda ham sezilarli o’zgarishlar sodir bo’lishi mumkin.

Yurak - qon tomirlar sistemasida yurak urishi tezlashishi, arterial qon bosimini pasayishi mumkin. Yurak tonlari susayadi, bu o’zgarishlar qari, xolsizlangan bemorlarda jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Markaziy nerv sistemasida bo’ladigan patologik o’zgarishlar ko’proq spirtli ichimliklarni iste’mol qilganda bemorlarda yuz beradi.

Buyrak sistemasidagi o’zgarishlar: kasalni siydiga kamayadi, uning solishtirma og’irligi oshadi. Ayrim hollarda siydik bilan oqsil ajralib chiqadi.

Kasallikni to’liq aniqlash uchun bemorni qonini, baklg’amini, siydigini, qon oqsilini loboratoriyada tekshirish kerak. Bemorning qonini umumiy analiz qilganda qonda lekositlar soni netrofinlar hisobiga ko’payedi. (leykotsitoz). Leykotsitlar formulasi chap tomonga siljiydi, eritrositlar soni ko’payadi. Eritrositlarning cho’kishi tezlashadi. Qonda yirik dipers oqsillarning nisbat miqdori oshadi. Bemorning balg’amidagi o’zgarishlar kasallikning kechish bosqichlariga bog’liq ravishda 1 – bosqichda shilliqli, 2 – bosqishda qon aralash (temir zangiga o’xshash), III – IV- bosqichlarda shilliqli va yiring aralash bo’ladi.



Tashhis qo’yish. Krupoz zotiljam bilan og’rigan bemorga tashxis qo’yish kasallikning boshlanishi, klinik manzarasi, roentgen, laboratoriya tekshirish natijalari asos bo’ladi.

Tashxis qo’yish jarayonidagi quyidagi asosiy va qo’shimcha belbilar asos qilib olinadi.



  1. O’pka to’qimasining cheklangan yallig’lanishidan kelib chiqadigan belgilar, perkessiya, auskylatsiya, rentgenologik tekshirish natijasida aniqlanadi

  2. Yallig’lanishga hos bo’lgan bemor xaroratining ko’tarilishi, holsizlanish, terlash, qondagi umumiy ozgarishlar kabi umumiy belgilarni paydo bo’lishi.

  3. Zaxarlanishdan kelib chiqadigan belgilar

  4. Boshqa organlarda bo’ladigan belgilar. Kasallikning sababini aniqlashda ko’pincha kasallik rivojlanishi, klinik manzarasi rentgenologik o’zgarishlar va baktereologik tekshirishlar natijasida aniqlanadi

Etiologik davolash uchun bemorga asosan antiobiotiklar, sulfaminalid preparatlar va nitrafuran brikmalari beriladi. Bular ichida antibiotiklar bilan davolash asosiysi bo’lib, 3 ta asosiy shartga e’tibor berish kerak:

  1. Antibiotiklar bilan davolashni kasallik qo’zg’atgan mikroblar aniqlanishini kutmasdan iloji boricha barvaqt boshlash kerak

  2. Antibiotiklar miqdorini etarli belgilash va ularning qondagi va o’pka to’qimalaridagi konsentratsiyasi bir Hilda saqlanib turishishiga erishish kerak

  3. Dori ta’sirini klinik va bakteriologik tekshirishlar yordamida kuzatib boorish kerak.

Antibiotiklarning bemorga tayyorlashdan oldin kasallik qo’zg’atgan mikrob turlarini va bemorning antibiotiklarga sezuvchanligini xisobga olish kerak.

Virus bakteriya ishtirokida kelib chiqqan o’tkir zotiljam kasallikda ta’sir doirasi keng bo’lgan antibiotiklarni yarim sintetik pensillin bilan birgalikda tavsiya etadi. Antibiotiklarning ta’sirini 2 – 3 kun qabul qilgandan so’ng aniqlash mumkin. Antibiotiklar xar qancha yaxshi ta’sir ko’rsatsa xar 10 – 12 kun o’tgandan so’ng boshqasi bilan alnashtirish lozim. Antibiotiklarni bemorning tana xarorati normagi tushgandan so’ng 5 kundan ortiq qo’llash mumkin emas

Ayrim hollarda antibiotiklarni sulfaminalid preparatlardan sulfadimitoksin kuniga 1 -2 g dan 7 kun beriladi.

Bisseptol sulfanilamidni 0,96g dan har 12 soatdan ishish tavsiya etiladi. Bemor antibiotiklarni yaxshi ko’tara olmasa, ajratilgan mikroblar nitrofuran birikmalarga yaxshi sezuvchan bo’lsa, bunday bemorlarga furuzolinni 0.1 g dan 1 kunda 4 marta ichish mumkin. Bemorga uzoq vaqt antibiotiklar berilganda kandidoz zamburug’ kasalligini kelib chiqishini oldini olish uchun levorin (500000 TB dan kuniga 4 – marta ) ichish tavsiya etiladi.



Simptomatik davolash. Bemorni quruq yo’tal bezovta qilganda yo’talga qarshi dorilar ( kodien, libeksin, tusupreks, altye, termopsis damlamalari ) beriladi. Bemorda intoksikatsiey sindromi boshlangan bo’lsa, dezintokatsikatsion davolash olib boriladi (bemor venasiga gemodez tomchilar yuboriladi). Kasal tanasida kislorod etishmasligining belgilari paydo bo’lsa, kislorod beriladi.

Bemorning harorati normallashgandan so’ng deotermiya, induktormiya, SVCH, UVCH va hakozo qo’llaniladi. Yuqorida ko’rsatilgan dorilar qo’llanilgandan so’ng, bemorning umumiy holati, o’zini sezishi yaxshilansa, tana harorati normallansa, kasallikning klinik, loboratoriya , rentgenologik belgilar yo’qolsa kasal sog’aygan hisoblanadi. O’tkir zotiljam oqibati ko’p omillarga bog’liq bo’lib, bulardan asosiy o’pkada yallig’laninshi qanchalik tarqalishiga, bemorning o’z vaqtida to’g’ri davolanishiga, kasallik kuzatgan mikrob virulentligiga va bemor organizmining umumiy qobiliyatiga bog’liq. O’tkir zotiljam engil va o’rtacha og’irlikdan o’tsa bemor o’z vaqtida to’g’ri davolanganda 3 - 4 hafta davomida sog’ayib ketadi. Kasallik og’ir o’tsa, bemorning immunologic qobiliyati past bo’lgan taqdirda har xil asoratlar kelib chiqishi mumkin.



Kasallikni oldini olish tadbirlari ( profilaktikasi ). Bemorning sanitaiya – gigiyena tadbirlarini to’g’ri bajarib ( tog’ri mehnat rejimi, havoni chang – gazlar, kimyoviy bug’lardan ifloslanishdan saqlash ), bemor badaniga havoning yuqori va past harorati, yelvizak ta’sir qilishning oldini olish lozim. Tanani chiniqtirish, o’z vaqtida yetarli rejali ovqatlanish kerak. Nafas yo’llarining har xil yallig’lanish kasalliklarini o’z vaqtida davolash, o’tkir zotiljam kasalligini keltirib chiqaruvchi omillardan tamaki chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga qarshi kurashish kasallikning kamayishiga imkon beradi

TAYANCH IBORALAR

Pnevmoniya (zotiljam) – o’pka alveolalari, oraliq to’qimasi va tomirlar sistemasining yallig’lanishi.

Krupoz Pnevmoniya – o’pkaning bitta yoki bir necha bo’lagi yoki sigmentni yallig’lanishi.

Gipoksiya – to’qimalarga kislorod miqdorining kam borishi.

Gippostatik zotiljam – uzoq muddat yotoq rejimidagi bemorlarda qon dimlanishi natijasida bo’ladigan zotiljam.

Pnevmoskleroz – o’pkalarda chandiq biriktiruvchi to’qimaning o’sib ketishi.

Gerpes labialis – lablarga uchuq toshishi.

Akrosianoz – kapillyar qon aylanishi buzilishi natijasida periferik a’zolar terisining ko’karishi.

Alveolalar – o’pkadagi havo yo’llarining so’ngi kengaygan qismi.

Savollar:

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə