Fan nomi: “Kattalarda hamshiralik parvarishi’’ Mavzular ro’yhati


Mavzu№10: Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə6/10
tarix18.05.2018
ölçüsü0,72 Mb.
#44482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

Mavzu№10: Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi.

REJA:

  1. Buyrak va siydik ajratish tizimi a’zolarining tuzilishi va vazifalari;

  2. Klinik holat va simptomlari

  3. Tekshirish usullari va davolashni

  4. Siydik hosil bo’lish jarayoni.

  5. Siydikning me’yoriy ko’rsatkichlari.

  6. Glomerulonefrit kasalligi bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishini.(kasallik etiologiyasi,patogenezi,klinikasi,davolash)

Organizm faoliyatini boshqarishda buyrakning ahamiyati juda katta. Buyrak organizmdan parchalanish mahsulotlarini, ortiqcha suv, tuzlarni, ba’zi dorilarni chiqarib tashlaydi. Shunday qilib, bu a’zo suv-tuz almashinuvida, kislota asos muvozanatini boshqarishda, osmoregulyatsiya faol ishtirok etadi. Ichki muhit barqarorligini ta’minlaydi. Endokrin faoliyati rening, eritropoetit, urokinaza moddalarini ishlab chiqarishda namoyon bo’ladi. Buyrakning oqsil, yog’, uglivod, mineral tuzlar almashinuvida faol ishtirok etishi aniqlangan. Yangi tug’ilgan bolalarning buyragida ona sutining oqsillari parchalanadi. Buyrak, siydik naylari, siydik pufagi, siydik chiqaruv kanali siydik ajratish tizimiga kiradi. Buyrak-ajratish tizimining asosiy a’zosi hisoblanadi.

Buyrak umurtqa pog’onasi bel qismining 2 tarafida joylashgan. Shakli lovayasimon bo’lib, botiq yuzasida chuqurchasi bor, u yerda tomir va nervlar joylashadi. Buyrak ustidan yupqa biriktiruvchi to’qimidan iborat po’stloq bilan o’ralgan. Buyrak 10-12 sm kattalikda bo’lib, og’irligi 150-170 g ni tashkil etadi. Buyrak uzunasiga kesib ko’rilganda, unda ikki soha-po’stloq va mag’iz moddalardan iborat buyraklar ko’riladi. Po’stloq va mag’iz moddalarning chegarasi notekis bo’lib, bir-biriga botib kirgan. Po’stloq modda mag’iz moddaga Bertinin ustunchalari sifatida botib kirsa, mag’iz modda po’stloq moddaga Ferreyn nurlari sifatida botib kiradi.

Buyrakning tuzilma- faoliyat birligi – nefrondir. Har bir buyrakda 1mln. Gacha nefron bo’ladi. Nefron va yig’uvchi naylar orasida biriktiruvchi to’q ima bo’lib, ularda qon tomirlar, nervlar, prostoglandin ishlovchi interstisial xujayralar yotadi.

Nefronlarning po’stloq va mag’iz moddada joylashishiga qarab uch xil turi farqlanadi:

1.Superfitial nefronlar.

2.Intrakortikal nefronlar.

3.Yukstamedullyar nefronlar.

Dastlabki ikki xil nefronlar 80-85 foizni tashkil etadi va ularning buyrak gipertenziyasida ahamiyati kattadir. Qolgan qismi yukstamidulyar nefronlarga to’g’ri keladi. Nefronlarning quyidagi bo’limlari ajratiladi: 1)buyrak tanachasi; 2)nefronlarning proksimal bo’limi; 3) nefronlarning ingichka bo’limi; 4)nefronlarning distal bo’limi. Bir necha nefronning distal bo’limlari o’zaro birikib, bitta yeg’uv naychasiga ochiladi.

Buyrak tanachasi tomirlar ichidan va ustidan o’rab turuvchi kapsuladan iborat. Kapsulaning visteral va parietal varaqlari farqlanadi. Buyrak tanachasida buyrakning endokrin apparati-yukstaglomerulyar apparat (YUGA) joylashgan.YUGA nefronlarda bo’lmaydi. Tomirlar chigali kapillyarning endotelisi, bazal membranasi va podositlar- buyrak kapsulasining visteral varag’I hujayralari bilab birga 3 qavatda iborat filratsion to’siqni hosil qiladi. Shu to’siq orqali kapsula bo’shlig’iga qon plazmasining tarkibiy qismlari filtrlanib o’tib, birlamchi siydikni tashkil etadi. Bu to’siq qonning shaklli elementlarini malekulyar massasi katta bo’lgan oqsillarni, immun tanachalarini fibrogen va boshqalarni o’tkazmaydi. Buyrak kasalliklarida bu to’siqdan shaklli elementlar va yirik oqsillar o’tadi, natijada protenuriya kuzatiladi.

Proksimal bo’lim hujayralari silndrsimon shakilli bo’lib, birlamchi siydikning qarib 80 %ini qayta so’rilishini ta’minlaydi. Ayniqsa oqsil va qand tamomila so’riladi. Hujayralari proteolitik fermentlarni saqlovchi lizasomalarga boy bo’ladi. birlamchi siydikning qolgan qismi nefronning ingichka (hujayralar shakli yassi bo’ladi) va distal bo’limida (hujayralar shakli kubsimon bo’ladi) so’rilib, ikkilamchi siydik hosil bo’ladi.

Buyrakning endokrin faoliyatini bajaruvchi hujayralarda renin eritropoetin, prostoglandin ishlanadi. Renin va eritropoetin, YUGA tarkibidagi hujayralarda ishlanadi. Prostoglandinlar buyrakning mag’iz moddasidagi interstitial hujayralarda ishlab chiqariladi. Zamonaviy nazariyaga ko’ra, asosan siydikhosil bo’lishida quyidagi jarayonlar ahamiyatlidir: 1)filtratsiya; 2)sekretsiya; 3)reabso’rbsiya. Bir kecha-kunduzda odam buyragida 1000 ml dan 2000 mlga yaqin birlamchi siydik hosil bo’ladi.

Nefron nayralarida birlamchi siydik o’zgarishga uchrab, ikkilamchi siydikka ajraladi. Nefron naylariga qaytadan ko’p miqdorda suv, oqsil, glukoza, tuz ionlari so’riladi. Shunday qilib buyrakda siydik hozil bo’lishi 2 bosqichda kechadi. 1-bosqichda buyrak tanachalarida siydik ultrafilriratsiyasi ro’y beradi. 2-bosqichda nefron kanallari va yeg’uv naylarida rezurbsiya va sekretsiya kuzatiladi. Sog’lom odam kuniga 1,5 l gacha siydik ajratadi. Siydikning rangi och sariq, tiniq bo’ladi. siydik reaksiyasi kuchsiz kislotali yoki neytral bo’lib meyyorda pH 4,5- 8,0 bo’ladi. siydikning nisbiy solishtirma og’irligi qariyb 1020-1026 oralig’ida bo’lib, yeyilgan ovqat, ichilgan suyuqlik miqdoriga bog’liqdir. Ikkilamchi siydik tarkibiga asosan azot mahsulotlari parchalanishidan hosil bo’lgan machevina, siydik kislota, kurin asoslari, kreatinin, indikant va boshqalar aniqlanadi.

Buyrak va siydik chiqarish sistemasi kasalliklarining asosiy klinik belgilari.

Buyrak va siydik ajratish sistemasining o’ziga xos klinik belgilari: shish, siydik ajralishining o’zgarishi (diurez), siydik rangi va tarkibining o’zgarishi, arterial bosimning ko’tarilishi, bel sohasida og’riqlar va isitma hisoblanadi.

Shish buyrak kasallilarida har xil bo’ladi. (joylashishi, tarqalish darajasi va davomiyligiga qarab). Ko’pincha, asosan ertalab yuzda (qovoq soxasida) aniqlanadi. Yanayam ko’ringan shish sindromida shish oyoqlarda ham aniqlanadi (bolidir soxasida). Ayrim holatlarda shish kattaroq hamda butun teri osti yog’ klechatkasida (anasarka), ko’krak qafasida (gidrotoraks), qorin bo’shlig’ida (astit) bo’lishi mumkin.

Siydik ajralishi (diurez)ning o’zgarishi- buyrak va siydik ajratish sistemasi kasalliklarining asosiy belgilaridandir.

Shish odatda siydik ajralishining kamayishi-oligouriya (diurez 500 ml/ sutkasiga) bilan birga qayd etiladi. Siydik ajralishining to’satdan sezilarli kamayishiga (200ml/ sutkadan kam) tabiiy anuriya, buyrakning o’tkir yallig’lanishi, o’tkir buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi zaharlanish, to’xtovsiz qusish va ich ketish, ya’ni ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotilishi sabab bo’ladi. Anuriya yana o’tkir siydik tutilishi evaziga ham bo’lishi mumkin, bunday holatda siydik qopida bo’ladi, lekin ajralmaydi (siydik chiqaruv kanalining spazmida, siydik toshladi tiqilganda, siydik chiqaruv kanali o’smalarida; siydik qopi paralichida). Bunday hollarda siydik katetr orqali chiqarib yuboriladi.

Siydik ajralishining ortishi (2000ml/ sutkadan ortiq)-poliuriya-shishning tezda qaytishiga sabab bo’ladi (hafli belgi bo’lib, buyrak yallig’lanishining boshlanishini bildiradi).

Dizurik holat- og’riqli bo’lib, ayrim paytlarda siydik ajralishining tezlashgan hollari ko’proq siydik chiqaruv yo’llarining yallig’lanishi (sistit, uretrit, prostatit), ba’zan siydik qopi tosh kasalliklarida uchraydi.

Siydik rangining o’zgarishi. Siydik bilan qon aralashishi-makrogematuriya buyrak- tosh kasalligida, ya’ni buyrak kolikasida kuzatiladi. Siydik og’riqsiz, to’satdan, ko’p miqdorda qon yoki qon laxtasi bilan ajralsa, buyrak o’smasini inkor etish lozim.

Siydik rangi ayrim hollarda dori moddalarining qabul qilinishi hisobiga ham o’zgarishi mumkin. Siydikning rangi asosan siydik tarkibidagi tuzlar konsentratsiyasi o’zgarishiga bog’liq (urat tuzlari). Urat tuzlari qoldiqlarining siydikka tushishi siydik tiniqligini o’zgartirib, uni loyqalantiradi. Agar shu siydik tindirib qo’yilsa, tezda tiniq holatga keladi. Siydikda leykositlarning ko’payishi (leykositouriya) ham siydikning loyqalanishiga olib keladi, bunday siydik loyqalidi uzoq vaqtgacha saqlanib qoladi.

Siydik tarkibining o’zgarishi laboratorik tekshirashlar natijasida aniqlanadi. Proteniuriya- siydik bilan oqsil ajralishi (Normadan ortib ketishi 50 mg/ sutkadan).

Juda ko’p buyrak kasalliklari arterial bosimining ko’tarilishi bilan kechadi, harakterlisi diastolik bosimning ko’tarilishidir.

Buyrak kasalliklarida kam uchraydigan klinik belgilardan biri bel sohasidagi og’riq va tana haroratining ko’tarilishidir.



Glomerulonefrit-buyraklarning infeksiya tufayli kelib chiqadigan yallig’lanish kasalligi bo’lib,bunda asosan buyrak koptokchalari zararlanadi. Diffuz glomerulonefritning o’tkir va surunkali turi farqlanadi.O’tkir glomerulonefritda kasallik to’satdan boshlanib,sikl bilan o’tib boradi, bemor bir necha oyda tuzalib ketishi mumkin.Surunkali glomerulonefrit retsidiv berib, uzoq cho’zilib borishi bilan xarakterlanadiki, oqibatda asta-sekin buyrak yetishmovchiliga olib boradi.

Etiologiyasi; Diffuz glomerulonefritning sababi streptokokk infeksiyasiga bog’liq ekanligi hozir to’liq aniqlangan,bu kasallikni A-gruppaga kiradigan gemolitik streptokokk keltirib chiqaradi.Kasallik odatda anginalar,respirator infeksiyalar,skarlatina va boshqa infeksiyalardan keyin avj oladi.Bemorning haddan tashqari qattiq sovqotishi neftit paydo bo’lishini yengillashtiradi.



Klinik belgilari; O’tkir glomerulonefrit birdan boshlanadi,oliguriya paydo bo’lib,badanga shish keladi, siydikda o’zgarishlar paydo bo’ladi(oqsillar,eritrotsitlar,leykositlar,silindrlar topiladi), arterial bosim ko’tarilib ketadi.Bemorlar tez charchash,darmonsizlik, bosh og’rib turishi,subfebril temperaturadan noliydilar.Kasallikning kilinik belgilari quyidagi 4 xil sindirom;1) buyrak tanasining utkir zararlanishi( oligrafiya, siydik sindiromi); 2 )shish sindiromi; 3)yurak-qon tomir (gipirtoniya) sindiromi 4) miya sindirimlaridan iborat. Kasallik utkir bishlanganida xolsizlik ,bosh og’rishi,siydik kamayishi,shisfib ketish ,yurakning tez-tez urishi,nafas qisishi,belda og’riq turishi,kungil aynishi,ishtaxa kamayishi mumkun.Kasallikning o’tlir turi shish payso bo’lishi bilan boshlanadi. Shish tananing yuqori qismida bo’ladi, u oppoq bo’lib “nef-rotik yuz” deb ataladi.

Davolash; Bu kasallikni davolashda eng avvalo diqqat bilan to’g’ri parvarish, davo rejimini saqlash va diyetoterapiyaga to’g’ri rioya qilish katta axamiyatga ega.Nefrotik sindrom,arterial gipertoniya,oliguriya bo’lganda ochlik vakam suv ichish rejimi 1-3kungacha buyuriladi.Agar bemor bunday rejimni ko’tarolmasa,unga 100-150 g qand,olma, rezavor meva,kompot beriladi.Bemor diurezi va tanasining massasi har kuni tekshirib turiladi.Bemorga 7,7a parhez stollari beriladi.Dorilar bilan davolash-antibiotiklar,desensibillovchi va simptomatik vositalarni buyurishdan iborat.

SAVOLLAR;

    1. Buyrak va siydik ajratish tizimi a’zolarining tuzilishi va vazifalari.

    2. Bemorlarni tekshirish usullari, kasallik simptomlari, klinik holati.

    3. Buyrak va siydik ayirish tizimi a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishini olib borish.

    4. Glomerulonefritning mohiyati, sabablari va klinik belgilari.

    5. Glomerulonefritning asoratlari, davo choralari.

Tayanch iboralar:

Glomerulonefrit- buyrakning koptokcha tomirlari zararlanishi.

Poliuriya- siydikning meyordan ortiq miqdorda ajralishi.

Pollakuriya- siydikning tez-tez va oz-ozdan ajralishi.

Giposteuriya- siydikning bir kunlik solishtirma og’irligining me’yordan kamayib ketishi.

Oliguriya- Sutkalik siydik miqdorining kamayishi.

Anuriya- siydikning chiqmasligi, buyrakning siydik ajratmay qo’yishi.

Aminoasiduriya- aminokislotalarning siydik bilan chiqishi.

Proteinuriya- siydikda oqsil paydo bo’lishi.

Atsetonuriya- atsetonli siyish, atseton tanachalarining ortiq darajada siydik bilan chiqishi.

Gematuriya- siydikda qon yoki qon elementlari paydo bo’lishi.

Adabiyotlar:

1. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

2. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.

3.’’Terapiya’’ M.F. Ziyayeva 2005 y.

4. «Kattalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2012

Mavzu11: Buyrak va siydik ajratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvlarda hamshiralik parvarishi.

REJA:


  1. Buyrak va siydik ajratish tizimi a’zolarining tuzilishi va vazifalari;

  2. Klinik holat va simptomlari

  3. Tekshirish usullari va davolashni

  4. Siydik hosil bo’lish jarayoni.

  5. Siydikning me’yoriy ko’rsatkichlari.

  6. Davolash va hamshiralik parvarishi.

7. Sistit,piyelonefrit kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda hamshiralik parvarishi.(kasallik etiologiyasi,patogenezi,klinikasi,davolash)

Organizm faoliyatini boshqarishda buyraklarning ahamiyati juda katta. Buyraklar, siydik naylari, siydik pufagi, siydik chiqaruv kanali siydik ajratish ti Zamonaviy nazariyaga asosan siydik hosil bo’lishida quyidagi jarayonlar ahamiyatlidir:



  1. filtratsiya

  2. sekretsiya

  3. reabsorbsiya

Buyraklar va siydik ajratish a’zolari organizmda quyidagi vazifalarni bajaradi:

  1. Organizmda parchalanish mahsulotlarini, ortiqcha suv, tuzlarni, ba’zi dori moddalarini chiqarib tashlaydi.

  2. Ichki muhit barqarorligini ta’minlaydi, ya’ni suv – tuz almashinuvida, kislota – asos muvozanatini saqlashda, osmoregulyatsiyada faol ishtirok etadi.

  3. Endokrin faoliyat – renin, eritropoetin, urokinaza ishlab chiqaradi.

  4. Yog’, oqsil, mineral tuz almashinuvida ishtirok etadi va h.k.

Siydikni rangi och sariq, tiniq bo’ladi. Reaksiyasi neytral yoki kuchsiz kislotali. Siydikni nisbiy solishtirma og’irligi 1020-1026 bo’lib, yeyilgan ovqat, ichilgan suyuqlik miqdoriga bog’liqdir. Siydik tarkibida mochevina, siydik kislota, purin asoslari, kreatinin, indikan va boshqalar aniqlanadi.

Buyrak va siydik yo’llari kasalliklarini asosiy simptomlari bu:



  • shishlar;

  • siydik ajralishini buzilishi (dizuriya);

  • siydik tarkibining o’zgarishi (proteinuriya, piuriya, leykosituriya);

  • bel sohasida og’riq;

  • arterial bosimning ko’tarilishi;

  • haroratning ko’tarilishi;

Piyelonefrit.

Piyelonefrit-bu buyrak parenximasining va buyrak jomlarining,kosachalarining nospetsifik infeksion yallig’lanishidir. Klinik kechishi bo’yicha kasallik ikki turga bo’linadi: o’tkir (birlamchi) piyelonefrit, surunkali (ikkilamchi) piyelonefrit.

Sabablari:


  • sovqotish;

  • siydik chiqib ketishini buzilishi;

  • xomiladorlik;

  • infeksion kasalliklar, surunkali infeksiya o’choqlari (tonzillit, angina, tish kariyeslari, sistit va h.k.);

  • organizmda moddalar almashinuvining buzilishi ( qandli diabet, tireotoksikoz, semizlik va h.k.);

  • siydik yo’llarida o’tkaziladigan muolajalar (sistoskopiya, retrograd urografiya);

  • buyrak-tosh kasalligi, prostate bezi adenomasi.


Kasallikning klinik belgilari:

  • tana haroratining ko’tarilishi;

  • holsizlik, ko’ngil aynishi, qayd qilish, bosh o’g’rishi, artralgiya, mialgiya;

  • bel sohasida simillab turuvchi o’g’riq, dizuriya, siydik ajralish vaqtida o’g’riq;

  • qon bosimining oshishi (simptomatik gipertoniya);

  • teri quruq, yer rangiga o’xshash;

  • Pasternatskiy simptomi jarohatlangan tomonda musbat;

  • qonda – leykositoz, EChT oshgan, anemiya;

  • siydik umumiy taxlilida: proteinuriya, leykosituriya, bakteriuriya;

  • Zimnitskiy usuli bo’yicha siydik tekshirilganda – nikturiya, buyraklarning konsentratsion funksiyasini pasayishi.

Tekshirish va tashxisot usullari:

  • bevosita va bilvosita tekshirish;

  • siydikni umumiy tahlili;

  • Zimnitskiy sinamasi;

  • Nechiporenko sinamasi;

  • siydikni, mikroblarni va ularni antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash;

qonda mochevina va kreatinin miqdorini aniqlash;

  • buyrak va siydik yo’llarini ultratovush tekshiruvi yordamida tekshirish

  • buyrak rentgenografiyasi

Davosi:

O’tkir piyelonefritni o’tkir davrida davolash 6 oy davomida olib boriladi, surunkali piyelonefritning qo’zish davrida 3 oy mobaynida davo olib boriladi.



  • parxez, stol №7;

- sutkasiga 1,5 litrgacha suyuqlik iste’mol qilish;

- qon bosimi baland bo’lsa, tuz miqdori cheklanadi;

- antibiotiklar – amoksitsilin 500 mg x 3 mahal;

- sulfanilamide preparatlari – sulfadimitoksozol, trimetokrim

- sefoleksin 500 mg x 3 mahal;

- uroseptiklar: 5- NOK, nitroksolin, furagin, furasemid, urosulfan, biseptol; Antibakterial davo uzoq davom etishi kerak. Uni har oyda 10 kun davomida o’tkazgan ma’qul, qolgan kunlari esa har xil dorivor o’tlar bilan davolash davom ettiriladi: makkajo’xori popugi, suli, oq qayin kurtagi, yalpiz bargi, fitolizin.

Ikki tomonlama surunkali piyelonefritda siydik ajratish funksiyasi buzilmasa, diurezni oshirish uchun bemorlarni sanatoriy – kurortlarda davolash tavsiya etiladi.

Sistit.

Sistit-siydik qopining (qovuqning) yallig’lanishidir.Bu kasallik gematogen yo’l bilan,limfa yo’llari,siydik yo’llari bilan qovuqqa infeksiya tushishi natijasida paydo bo’ladi.Aseptika va antiseptika qoidalariga rioya qilinmaydigan bo’lsa,qovuqqa kateter qo’yilganda ko’pincha unga infeksiya o’tib qoladi.

Klinik belgilari.

Sistitning asosiy klinik belgisi-tez-tez va og’riqli siyishdir.Qorinnig pastida zirqiraydigan va achishtiruvchi og’riqlar paydo bo’ladi.Siyish paytining oxirida siydik chiqarish kanalida qattiq achishish paydo bo’ladi.Siydik ba’zan loyqa bo’lib tushadi,unda leykositlar,eritrositlar,epiteliy xujayralari bo’ladi.



Davosi.

Sistitni davolashda o’tkir taomlar ratsiondan olib tashlanadi.Antibiotiklar, urotropin,5-NOK buyuriladi.Qovuq protargolning 0,5%li eritmasi bilan yuvib turiladi.



SAVOLLAR;

1.Buyrak va siydik ajratish tizimi a’zolarining tuzilish va vazifalari qanday?

2.Bemorlarni tekshirish usullari nimalardan iborat?

3.Piyelonefrit kasalligining mohiyati, kelib chiqish sabablari qanday?

4.Piyelonefrit kasalligining klinik belgilari, alomatlarini sanab bering?

5.Bemorlarni bilvosita tekshirish natijalari nimalardan iborat?

6.Laborator-instrumental tekshiruv natijalari qanday?

7.Piyelonefrit kasalligini davolash va oldini olish choralari nimalardan iborat?

8.Sistitning kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?

9.Sistitning klinik belgilarisanab o’ting?

10.Sistitni davolash va oldini olish nimalardan iborat?

Tayanch iboralar:

Piyelonefrit- buyrakning kosacha va jomchalarining yallig’lanishi.

Sistit- - siydik qopining yallig’lanish kasalligi.

Poliuriya- siydikning meyordan ortiq miqdorda ajralishi.

Pollakuriya- siydikning tez-tez va oz-ozdan ajralishi.

Giposteuriya- siydikning bir kunlik solishtirma og’irligining me’yordan kamayib ketishi.

Oliguriya- Sutkalik siydik miqdorining kamayishi.

Anuriya- siydikning chiqmasligi, buyrakning siydik ajratmay qo’yishi.

Aminoasiduriya-aminokislotalarning siydik bilan chiqishi.

Proteinuriya- siydikda oqsil paydo bo’lishi.

Bilirubinuriya-billirubinning siydik bilan ajralishi.

Atsetonuriya- atsetonli siyish, atseton tanachalarining ortiq darajada siydik bilan chiqishi.

Gematuriya- siydikda qon yoki qon elementlari paydo bo’lishi

Adabiyotlar:

1. «Kattalarda hamshiralik parvarishi»M.F.Ziyayeva 2012

2. «Ichki kasalliklar» B.U.Yo’ldoshev, 1996

3. «Ichki kaslliklar» G’O’Haydarov 2002 y.

4.’’Terapiya’’ M.F. Ziyayeva 2005 y.

5. M.T. Qarshiboyeva “Terapiyada hamshiralik ishi” Toshkent 2007 y.

6. E. Y. Qosimom “Ichki kasalliklar propedevtikasi” .

Toshkent 1996y.

7. L. S. Zalikina “Bemorlarning umumiy parvarishi” Toshkent 1995y

Mavzu12: Qon va qon yaratish a’zolari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarda va klinik tekshiruvkarda hamshiralik parvarishi.

REJA:

1.Qonning tarkibi va vazifalari.

2.Klinik xolatlar va simptomlar.

3.Klinik va bioximik tekshiruvlar.

3.Tekshirish usullari, davolash va hamshiralik parvarishi.

4.Anemiya kasalligi bilan o’grigan bemorlarda hamshiralik parvarishi (kasallik etiologiyasi,patogenezi,klinikasi,davolash)

5.O’zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasini oldini olish chora-tadbirlari va tibbiy yordamni tashkil etishni takomillashtirish to’g’risida SSV ning №80-28.03.2012yildagi buyrug’i.

6.Kasalhona ichi infektsiyasi profilaktikasi ,SSV ning №0304-12,24.10.2012y dagi buyrug’i.

Qon sistemasiga suyak ko’migi, limfatik tugunlar, taloq- qon yaratish a’zolari kiradi. Bu yerda qon shaklli elementlari:eritrositlar asosan qizil suyak komigida, leykositlar- taloqda va limfatik tugunlarda (taloqda leykositlarning shakllaridan biri-monositlar limfatik tugunlarda-limfatiklar ishlab chiqariladi), trombositlar-qizil suyak komigida ishlab chiqariladi.

Qon oziq moddalarni organizmning hamma hujayralariga yetkazib beradi va zararli mahsulotlarni tashqariga chiqaradi. Qon plazmadan-qondan shaklli elementlar chiqarilgandan keyin qoladigan tiniq suyuqlikdan iborat. Sog’lom odam organizmida qonning umumiy miqdori taxminan 5l. Qon plazmasi-suv bo’lib, unda oqsil moddalar, qand, juda mayda yog’ zarralari, turli xil tuzlar, kislorod (ozroq miqdorda) erigan holatda bo’ladi.

Qonda eritrositlar qonga qizil rang beradi, chunki o’ziga hos gemoglabin moddasini tutadi. Qon bilan o’pka orqali o’tadigan eritrositlar o’ziga xos tuzilishi tufayli (xususan, gemoglabin tarkibiga temir kiradi) kislorodni tortib oladi va uni barcha a’zo va to’qimalarga tashiydi.

Eritrositlarni yashash davomiyligi taxminan 1 oy, ular ko’proq taloqda kamroq jigarda, suyak ko’migida parchalanadi, shuning uchun taloqni eritrositlar “mozori” deb ataydilar. Eritrositlar yemirilgandan keyin ozod bo’lgan gemoglobin jigar hosil qiladigan bilirubinning tarkibiy qismi hisoblanadi, temir yangi eritrositlarning “qurilishi” uchun sarflanadi.

Leykositlar harakatlanishga (amyoba harakatlari turida) qodir, ular organizm uchun yot bo’lgan moddalar, masalan, o’lgan hujayralarni hazm qila oladi (fagositoz). Leykositlar eritrositlardan farqli ravishda hujayra yadrosini saqlaydi. Qonda normada-3,2x109/l dan 11,3x109/l gacha leykositlar bor.Arganulotitlar, bu limfositlar va monositlardir.Leykositlarning umumiy soniga nisbatan olganda granulasitlar tahminan 60-65%, limfositlar-19-37%, monositlar-3-11% gacha, atidofil granuladitlar-2%, bazafil granuladitlar-0-1,0% tashkil qiladi.

Trombositlar qon ivish jarayonida qatnashadi. Normada ularning miqdori 180,0x109/l dan 320,0x109/l gacha yoki 1000 eritrositga 50 trombosit to’g’ri keladi.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə