Fan va innovatsiyalar vazirligi


Kurs ishining maqsad va vazifalari



Yüklə 67,85 Kb.
səhifə3/5
tarix14.06.2023
ölçüsü67,85 Kb.
#117078
1   2   3   4   5
AMIR TEMUR YER SUV

Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining maqsadi va vazifasi sifatida shuni aytish mumkinki, aynan Amir Temur davlatining yer suv munosabatlari, davlat boshqaruv tizimi haqida va bundan tashqari iqtisodiy holati va siyosati ya’ni qaysi davlat bilan qanday aloqalar olib borganligi, qaysi davlatga qarshi yurishlar uyushtirganili hamda ichki urushlar va uning oqibatlari haqida ma’lumotlar beradi.
Kurs ishi mavzusining nazariy uslubiy asosi. Kurs ishi materiallari tarixiylik, ilmiy xolislik va obektivlik prinsiplari asosida taxlil qilindi. Shuningdek, Tarixiy-qiyosiy taxlil, qadriyatlar uyg’unligi kabi tamoyillarga amal qildi. Tarixiy va arxeologik manbalardan foydalanish va taqqoslash usullari qo’llanildi.
Kurs ishining tuzulishi. Kurs ishi ikkita bob, to’rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yaxati va manbalardan iborat.

1-Bob. Amir temur davlati yer-suv munosabatlari
1.1. Amir Temur davrida Movarounnahrdan tashqari barcha yerlarning suyurg‘ol qilinishi va oldingi yer-suv boshqaruvi tartiblarining saqlab qolinishi Sug‘oriladigan yerlarning katta qismi davlat mulki hisoblangan. Bu yerlarga mamlakat hukmdori, amirlar, shahzodalar egalik qilganlar. Davlat yerlarini hukmdor sulola vakillariga, yirik harbiy rahbarlarga, davlatning yuqori lavozimli amaldorlariga suyurg‘ol tarzida in’om qilish keng tarqalgan edi. Butun bir shahar yoki yirik viloyatlar ham suyurg‘ol sifatida berilganligi manbalardan ma’lum. Suyurg‘ol egasi o‘ziga in’om qilingan yerlarga amaldorlar, soliqchilar tayinlash huquqiga ega bo‘lgan. Suyurg‘ol yorlig‘iga ega bo‘lgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga faqat nomigagina qaram bo‘lganlar. Ammo bu ularning to‘liq, mustaqil bo‘lganliklarini bildirmaydi, suyurg‘ol egalari markaziy hokimiyat chiqargan qonun va farmonlar doirasidan chetga chiqa olmagan. Suyurg‘ol egasi bu tartib-qoidani buzgan hollarda yerga egalik qilish huquqidan mahrum etilgan.
Ekiladigan yerlarning salmoqli qismini mulk, ya’ni xususiy yerlar tashkil etardi. Mulk yerlarning katta qismi zodagonlar, harbiy va diniy arboblar qo‘lida edi. Davlat uchun katta xizmat ko‘rsatganlarga tarxonlik yorlig‘i berish keng joriy qilingan. Tarxonlik yorlig‘ini olganlarga katta imtiyozlar berilgan, ular barcha soliqlardan ozod qi­lingan. Tarxonlik yorlig‘i ko‘p hollarda alohida xizmatlari uchun amirlar, beklar, sayidlar va yuqori tabaqaga mansub shaxslarga berilgan. Bunday yorliqni olgan shaxslarning ismiga "tarxon" so‘zi qo‘shib ishlatilgan. As­ta-sekinlik bilan mamlakat ijtimoiy hayotida tarxonlarning nufuzi oshib boradi va ular u yoki bu ho­kimning taqdirida hal qi­luvchi rol o‘ynay boshlaydilar.
Amir Temur davrida katta-katta yerlarni masjid, madrasa va mozorlarga vaqf qilib berish keng tarqalgan edi.1 O‘sha davr odatiga ko‘ra, yer va suvdan tashqari, do‘­konlar, tegirmonlar, ustaxonalar, bozor, objuvoz va karvonsaroylar ham vaqf qilib berilgan. Vaqf mulkidan tushgan daromadlar masjid, maqbara, madrasalar, musofirxona va bemorxonalarning ehtiyoji uchun sarflangan.XIV-XV asrlarda dehqonchilik yerlarining ayrim qism­lari qishloq aholisining, jamoalarning mulki hisoblangan. Mulkchilikning bu shakli ham suvli va tog‘oldi hududlarida birmuncha keng tarqalgan. Yerga jamoa bo‘lib ishlov berilgan. Amir Temur davlatchilik qonun-qoidalarini bir necha asrlik tarixga ega bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi an’analariga hamda shariat qoidalariga asoslanib yaratgan edi. Amir Temur joriy etgan soliq tizimlari va iqtisodiy tartib-qoidalar bugungi kunda ham jahonning yetakchi davlatlarida qo‘llanilib kelinmoqda. Masalan, bugungi kunda barcha davlatlarda daromaddan olinadigan soliq turini dastlab Sohibqiron joriy etgan edi. "Tamg‘a" nomi bilan atalgan bu soliq savdo-sotiq va hunarmandchilikdan olingan bo‘lib, So­hibqirondan oldin joriy qilinmagan edi. Yevropa davlatlarida hali davlat byudjeti haqida tasavvur ham bo‘lmagan bir davrda Amir Temur o‘z davlati miqyosida byudjet jamg‘armasini joriy qilgan edi.
Amir Temur o‘z davlatida adolatli soliq tizimini joriy qilganligi ko‘plab tarixiy manbalarda qayd etilgan. Soliqlar undirishda to‘rt tamoyilga amal qilingan. Birinchisi – soliq solish va undirishda adolatparvarlik prinsiplariga asoslanish. Bu soliqlar miqdorini fuqarolarning daromadlaridan kelib chiqib belgilashni bildirar edi. Soliq undirishning ikkinchi tamoyili aniqlik tamoyili edi. Unga binoan soliq to‘lovi, uning hisoblash usuli, to‘lash muddati oldindan aniq belgilangan. Uchinchi tamoyil bu soliq undirishni aholiga qulay vaqt­da amalga oshiriщdan iborat edi. Fuqarolarga g‘am­xo‘rlik qilish maqsadida joriy qilingan to‘rtinchi tamoyil – soliq tizimlarini doimiy ravishda takomillashtirish, soliq yig‘ish xarajatlarini muttasil kamaytirib borishni ko‘zda tutar edi. Soliq yig‘uvchilarning ish haqlari soliq to‘lovchilarning zimmasida edi.2 Bu hol fuqarolarning yelkasiga qo‘shimcha yuk bo‘lib tushar edi. Amir Temur xalqqa yengillik berish uchun soliq to‘plovchilarga xazinadan maxsus oylik belgilab qo‘ygan. Amir Temur yangi yerlarni o‘zlashtirganlar, tashlab ketilgan yerlarga ishlov berganlar, cho‘lga suv chiqarib, obod qilganlarni ma’lum muddat soliqdan ozod qilgan. Shuning uchun katta-katta shaharlarning aholisini bir necha marta soliqlardan ozod etgan, ayrim soliq turlarini batamom bekor qilgan. Bu haqda Amir Temur o‘z "Tuzuklar"ida "Amr etdimki, hech bir shahar va qishloqda odamlardan jon solig‘i, uy solig‘i olmasinlar. Sipohiylardan biron kishi ra’iyatning xonadoniga zo‘rlik bilan kelib tushmasin, raiyatning ot-ulovini tortib olmasin", deb yozgan edi. Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan anglashiladiki, Amir Temur donishmand, tadbirkor davlat arbobi sifatida o‘z davlatida adolatli soliq tizimini joriy etgan va buning samarasi tufayli davlatning iqtisodiy qudrati oshib borgan. Amir Temur farmoyishiga binoan soliq undirish ishlari rahm-shavqatga asoslangan bo’lishi lozim: «Amr qildimki, hosil pishib etilmasdan burun raiyatdan molu jihot olinmasin. Hosil etilgach, hosilni uch bo’lib olsinlar. Agar raiyat soliq to’lovchi yubormasdan, soliqni o’zi keltirib bersa, u holda u yerga soliq to’plovchi yubormasinlar. Agarda oliq-soliq oluvchini yuborishga majbur bo’lsalar, ular soliqlarni buyruq berish va yaxshi so’z bilan olsinlar, kaltak, arqon ishlatish, ishni urish-so’kishgacha olib bormasinlar. Ularni band etib, zanjir bilan kishanlamasinlar. Yana buyurdimki, xirojni raiyatdan kaltaklash va savalash yo’li bilan emas, balki ogohlantirish, qo’rqitish va tushuntirish yo’li bilan undirsinlar. Qaysi hokim hukmining ta’siri cho’p va kaltaklash ta’siridan kamroq bo’lsa, unday hokim hukumat yurgizishga yaroqsizdur».
Amir Temur yuritgan soliq siyosati o’z davriga nisbatan soliqqa tortishning ilg’or g’oyalarini o’zida ifodalay olgan. Soliqlarning davlatni mustahkamlashdagi ahamiyati hisobga olinishi bilan birgalikda, muhim xususiyati sifatida qayd etish lozimki, u soliq to’lashga layoqatli soliq to’lovchilar bo’lishini e’tirof etgan. Shu boisdan ham davlat va soliq to’lovchilar o’rtasida soliq munosabatlarini shakllantirishga e’tibor qaratadi. Vaholanki, bu boradagi muammolar hozirgi davlatchilik munosabatlari davrida ham mavjud bo’lib, bunga buyuk saltanat sohibi Amir Temur bundan VI-VII asr avval erishishga harakat qilgan. Shuningdek, Amir Temurning yuqoridagi fikrlaridan ko’rishimiz mumkinki, soliq undirish soliq to’lovchilarning muayyan mol-mulkka ega bo’lganida, ya’ni hosil olganidan keyin undirilgan. Shuning bilan birgalikda soliqlarni undirish xarajatlarini kamaytirishga ham harakat qilingan, ya’ni soliq to’lovchilar soliqni o’z vaqtida olib kelsalar soliq undiruvchi yuborish ta’qiqlangan. Soliq yig’ishda ko’proq tushuntirish, ogohlantirish va qo’rqitish kabi yo’llardan foydalanilgan. Bu davrda yerdan olinadigan soliqning asosiy turi xiroj hisoblangan.Bu soliq mahsulot yoki pul bilan olingan.Uning hajmi hosilnnng yarim miqdorigacha borgan.Hosil to'la pishib yetilmasdan soliq to'plash qat'iyan man etilgan. Soliqlar hokimiyat tomonidan belgilab qo'yilgan uch muddatda: saraton (iyun-iyul), sumbula-mezon (avgust-sentyabr) va qavs (noyabr) oylarida to'planar edi. Soliqlardan tashqari ziroatkor aholi hukmdor va uning ma'murlari, suyurg'ol egalari va tarxonlar, shuningdek. yirik mulqdorlar foydasiga muayyan muddat tekin ishlab berardilar. Harbiy yurishlar davrida mag'lub etilgan aholidan sari shumor (jizya) solig'i olingan.Davlat xavf ostida qolib harbiy safarbarlik e'lon qilingan paytlarda favqulodda soliq - avorizot yig'ib olingan.Mamlakat hududidan chopar yoki elchilar o'tayotganda, zarurat tug'ilganda, aholi ularga ot-ulov topib berishi lozim bo'lgan. Temuriylar davrida qurilish ishlari kengayib, bu davrda qad ko'targan saroylar, jamoat binolari, mudofaa, sug'orish inshootlari, yo'l qurilishi va tuzatishlarida mehnatkash aholi kuchidan keng foydalanilgan. Bunday hashar ishlar begor deb atalgan.Mazkur ishlar jarayonida mirobona, dorug'ona soliqlari undirilgan. Shuningdek, aholi soliq yig'ish va uning hisob-kitobi bilan band bo'lgan turli lavozimdagi ma'murlarning xizmati uchun ham bir qancha yig'imlar to'laganlar.3Misol uchun, hosil miqdorini belgilovchilarga sohibi jamona; soliq yig'uvchnlarga muxassilona; kirimni boshqaruvchilarga zobitona; dorug'alarga dorug'ona; suv taqsimlovchi miroblar foydasiga mirobona kabilar to'langan. Bu davrda bog' va daraxtzorlardan tanobona, mol sardaraxt, yaylovlardan mol o'tloq va suvloq kabi soliqlar olinib, ularni to'plashda an'anaviy tartib-qoidalarga amal qilingan. Chorva mollaridan qirqdan bir miqdorda zakot solig'i olingan.Chegara hududlarida bojxonalar bo'lib, chetdan keladigan savdogarlardan ma'lum miqdorda boj undirilgan.Mahalliy savdogarlar esa tagjoy solig'i to'laganlar. Yuqoridagi soliqlardan tashqari favqulodda soliqlar ham amal qilgan bo’lib, ularga: molujihot – yer solig’ining bir turi bo’lib, pul yoki natura tarzida to’lanishi mumkin bo’lgan; ixrojot - saroylarga qarash uchun maxsus yig’im; boj - savdogarlardan chegarani kesib o’tishda undiriladigan bojxona solig’i; xonamushar - har bir xonadondan olinadigan yig’im; qo’nalg’a - elchi, amaldorlar, choparlarni bepul qabul qilish va mehmon qilish yig’imi; shilon puli - noiblarni ziyofat qilishi uchun yig’im; jon solig’i – jon boshidan yiliga bir marta to’planadigan soliq; peshkash - yuqori mansabdagi amaldorlarga sovg’a berish uchun yig’imlarni kiritish mumkin. Amir Temurning o’zbek davlatchiligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan katta xizmatlaridan biri davlat boshqaruv tizimining mumtoz namunalarini qayta tiklash bilan chegaralanmasdan, zamon talablarini ko’zda tutib, yangi usullarni joriy qilishidir.Uning strategiyasida insonparvarlikka asoslangan mukammal jamiyat qurish g’oyasi markaziy o’rin tutadi. Ungacha xazinani idora qilish faqat dargoh tamoyiliga asoslangan bo’lsa, u dargoh va vazirlik tamoyillarini qo’shib olib bordi. Xazina daromadlari soliqli va soliqsiz daromadlarga ajratildi. Xazina xarajatlari tarkibidan obodonchilik, ijtimoiy-madaniy, shu jumladan, fan, madaniyat, ijtimoiy ta’minot xarajatlarining hissasi ortib bordi. Bularning hammasi mamlakatning iqtisodiy va madaniy jihatdan mustahkamlanishi, uning xalqaro mavqeini oshirishda faol ta’sir etdi. Amir Temur Markaziy Osiyo iqtisodini rivojlantirishga, fan va madaniyatni qanchalik ko’tarishga uringan bo’lmasin, shafqatsiz to’lqinlar u tashkil etgan buyuk saltanatni parchalanishiga, parokanda bo’lishiga olib keldi. Uning vafotidan so’ng avlodlari o’rtasida taxt uchun kurash uzoq davom etib, shahzodalar o’rtasida olib borilgan kurash o’lkaning moliya-soliq tizimiga ta’sir ko’rsatmay qolmadi.Harbiy xarajatlarning ko’payib borgani sari uning manbai hisoblangan soliq tizimi izdan chiqdi. XV asr davomida Movaraunnahr va Xurosonda avvalgidek yer mulkchiligining asosan to’rt shaklidagi: mulki devoniy - davlat yerlari, mulk - xususiy yerlar, mulki vaqf - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat jamoa yerlari bo’lgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan.Bu yerlarga, avvalgidek, mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilgan.Temuriylar davrida davlat yerlarini suyurg’ol tarzida in’om qilish ham keng tarqalgan. Suyurg’ol yerlar hajmi, sharti hamda yer va yorliqqa ega shaxslarning tabaqasi jihatidan turlicha bo’lgan. Odatda, shahar yoki viloyatlardan to alohida qishloqqacha suyurg’ol shaklida in’om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyat ko’pincha hukmron sulola namoyondalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Amir Temur davrida bo’lganidek temuriylar davrida ham suyurg’ollarni ulashish amaliyoti keng tarqaldi.Markaziy hokimiyat vakillari - Shohrux, Ulug’bek, Abu Said, Sulton Husayn yoki uluslarni boshqargan shahzodalar yerlarga meros tarzida egalik qilish uchun ulashganlar.
Suyurg’ol egasiga o’z suyurg’oli doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli to’lovlarni to’plash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha, Shohrux davrida Xorazm - Shoh Malik; Farg’ona –Mirzo Ahmad; Tus, Mashhad, Obivard, Nisoni o’z ichiga olgan Xuroson - Boysung’ur; Qobul, G’azna va Qandahor viloyatlari Mirzo Qaydu bahodirning suyurg’oli edi. Suyurg’ol yorlig’iga ega bo’lgan viloyat hukmdorlari markaziy hokimiyatga faqat nomigagina qaram bo’lib, odatda, ular deyarli mustaqil edi. Suyurg’ol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba’zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning ma’muriy va adliya jihatidan haq-huquqini cheklab qo’yar edi. Suyurg’ol egasi markaziy hukumatga bo’ysunmagan taqdirda suyurg’ol huquqidan mahrum bo’lar va hokim uning viloyatini boshqa shaxsga berar edi. Temuriylar davrida dehqonchilik maydonlarining ikkinchi kattagina qismi xususiy yerlardan iborat bo’lib, yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mehnatkash ziroatchilarning mayda paykallari ham xususiy mulk qatoriga kirgan.Mulk yerlarining katta qismi ma’muriy, harbiy va diniy arboblarning tasarrufida bo’lgan. Bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmati uchun tarxonlik yorlig’i berish keng tarqalgan. Tarxonlik yorlig’ini olgan mulkdorlar, asosan barcha soliq, to’lov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorlig’i, odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, sayyidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga tarxon so’zi qo’shib aytilgan.4 Ulug’bek davrida Samarqand yana ravnaq topdi. Bu davrda san’at va ilm-fan rivoji uchun shu qadar katta ishlar qilindiki, bu davrni «Samarqandning oltin davri» deb atay boshlashdi. U soliq siyosatida dehqonlardan olinadigan soliqlarni kamaytirdi va dehqonlar faravonligini o’stirishga imkon yaratdi. Tushumlar qisqarishining o’rnini esa tamg’a - hunarmand va savdogarlardan olinadigan yig’imni ko’paytirish hisobiga to’ldirdi. Temuriylar davridagi soliqlarni o’rganishda ayrim faktlarni keltirib o’tish o’rinli. Masalan, temuriylardan Husayn Boyqaro mamalakatdagi isyonlar tufayli xarajatlar ko’payganini hisobga olib, Hirot hokimi Muboriziddin Valibekka nishon yuborib, yangi xarajatlar uchun Hirot va uning tevarak-atrofidagi tumanlardan 100 ming dinor kepakiy to’plab jo’natishni buyurdi. Hirot hokimi tumanlardan faqat yarmini, qolganini esa aholidan sarmushar, ya’ni jon solig’i sifatida undirishga qaror qildi. Bunday mehnatkash xalqqa judayam qiyin bo’lgan bir sharoitda Alisher Navoiy Hirot aholisi zimmasiga tushgan 50 ming dinorni o’z jamg’armasi hisobidan to’ladi.
Amir Temur davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashqari siyosiy hayotda ham katta kuchga aylandi.U chet davlatlar bilan aloqani kengroq yo’lga soldi.U davr shart-sharoitlaridan kelib chiqib, tashqi siyosatda qat’iy faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga olib chiqa oldi. Amir Temurning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabasidan so’ng Fransiya, Angliya, Genuya va Vizantiya yerkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishni taklif yetgan. U Yevropa mamlakatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish, savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini ko’rsatib, o’z davlati shuhratini Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatining dovrug’i bu mamlakatlarga borib yetishi bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya va Ispaniya kabi davlatlarning qirollari sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatishga intilganlar. Shu bois ular Temur huzuriga muntazam yelchilar yuborib turganlar. Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror bo’lgan. U o’z davrining fan va madaniyat homiysi sifatida ham shuhrat qozondi. Doimo kamsitilgan va ye’tibordan chetda bo’lgan mazhab tarafdorlarini o’z homiyligiga olgan. Darvesh, faqir-miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslikni o’zining insoniy burchlaridan biri deb bilgan.Amir Temur vafotidan so’ng uning yirik imperiyasi parchalana boshladi.Temuriy shahzodalarning taxt uchun o’zaro kurashlari qudratli davlatning bo’linishidagi asosiy sabablardan biri yedi. Amir Temur taxtiga valiahd qilib nabirasi Pirmuhammadni qoldirgan bo’lsa-da, yeng katta o’g’li Jahongir Mirzoning farzandi, ko’pgina amirlar va amaldorlar uning hukmronligini tan olmadilar. 1405 yil mart oyida Temurning nabirasi Xalil Sulton o’zboshimchalik bilan Samarqand taxtini yegalladi. Undan tashqari, Xurosonda Shohruh, Balx, G’azna va Qandahorda Pirmuhammad, G’arbiy Yeron va Ozarbayjonda Mirzo Umar va Abubakr Mirzo, Turkiston, Sabron, O’tror, Sayramda Amir Berdibek, O’ratepa va Farg’onada Amir Xudoydod, Xorazmda Idiku o’zlarini hukmdor deb e’lon qildilar.Temuriy hukmdorlardan Shohruh (1405-1447), Mirzo Ulug’bek (1409-1449), Sulton Husayn (Boyqaro) (1469-1506), qisman Sulton Abu Said (1451-1469) davrlarida ichki osoyishtalik, ma’rifat va madaniyatga ye’tibor tufayli ilmu-fan va madaniyat yuksalib, Movarounnahr va Xuroson yana Sharqning ma’rifat va madaniyat markazi nomini qaytarib oladi.Bu vaqtda nafaqat Hirot va Samarqand, balki Movarounnahr va Xurosondagi boshqa shaharlarda ham olimu-fuzalo, shoiru-me’morlar, bastakoru naqqoshlar guruhlari to’plana boshlaydi. Buxoro, Xorazm, Balx, Mashhad, Sheroz ham o’ziga xos madaniy markazlar rolini o’ynay boshlaydi. Ma’rifatparvarligi va aqlli bilan nom chiqargan Shohruh davrida asriy ilm-fan, madaniyat an’analari qayta jonlana boshlagan yedi. Shahar qayta qurildi.Hirotdagi yeng gavjum joylardan biri Shohruhning o’g’li Boysunqur tashkil yetgan kitobxona nomini olgan joy bo’lib qoldi. Bu yerda o’z davrining yeng sara kitoblari qayta ko’chirilar, sotib olinar va sotilar yedi. Bu paytda hukmdor va amaldorlarning homiyligi natijasida tasviriy san’at, amaliy san’at, xattotlik san’ati o’z rivojini maromiga yetqazdi. Mirak Naqqosh boshchiligidagi sharq miniatyura san’ati ham o’z faoliyatini shu yerdan boshlagan yedi. Hirotlik va xurosonlik ko’plab badavlat zodagonlar, savdogarlar ham ilm-fan, madaniyatga homiylik qila boshlaydilar. Masalan, Shohruh hukmronligi davrida zodagon Hoji Arslon Tarxon o’zining ma’rifatparvarligi bilan nom chiqargan yedi.5Movarounnahr yerlarini 1409 yildan boshlab Shohruhning katta o’g’li Ulug’bek Mirzo boshqara boshladi. Ulug’bekning hukmronlik davri (1409-1449) asosan Movarounnahrda ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi bilan izohlanadi. Mirzo Ulug’bek Movarounnahrni musulmon olamining ilmiy markaziga aylantirishga harakat qildi. Xususan, Samarqand, Buxoro, Kesh ilm-fan markazlariga aylandi. U 1417 yilda Buxoro, 1420 yilda Samarqand va 1433 yilda G’ijduvonda madrasalar barpo yetdi. Samarqandni obodonlashtirish ishlariga bosh-qosh bo’lib, Go’ri Amir, Shohizinda me’moriy majmualarini oxiriga yetqazdi.Marvda ham bir qator diniy muassasalar qurdiradi.Hadisi sharifdagi «Ilm olmoqka intilmoq har bir muslim va muslima uchun ham farz va qarz» degan iborasi Buxoro madrasasi peshtoqiga shior sifatida o’yib yozdirib qo’yiladi.Xususan, Samarqandga o’z zamonasining yirik, taniqli olimlarini chorlashga harakat qilgan.Uning sa’y-harakatlari tufayli zamonasining 100 dan ortiq olimlari Samarqandga yig’ildilar. Ular orasida Taftazoniy, Mavlono Ahmad, o’z zamonasining «Aflotuni» deb nom olgan Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Koshiy, Muhammad Xavofiylar va boshqa taniqli olimlar ham bor yedi. 1420 yilda Samarqand madrasasi ochilganda unda 90 dan ortiq olim qatnashgan. Ilk ma’ruzani Mavlono Havofiy o’qigan vaqtida, uni faqat 2 kishi – Mirzo Ulug’bek va Qozizoda Rumiy tushungan, xolos. Keyinchalik o’z zamonasining taniqli kishilari Abdurahmon Jomiy, Xo’ja Ahror va boshqalar ham Samarqand madrasasida tahsil olganlar.Shuningdek, Samarqandda bu davrda bir necha madrasalar ham bo’lib (Xonim, Feruzshoh, Shohmalik, Qutbiddin va boshqalar) ularda ham salohiyatli olimlar dars berishar yedi. 1424-1429 yillarda Samarqand yaqinidagi Obirahmat anhori yaqinida Mirzo Ulug’bek rasadxona qurdiradi. U o’sha davrning noyob inshootlaridan bo’lib, doira shaklida barpo yetilgan, imoratning aylanasi 47 m., balandligi 31 m. dan iborat 3 qavatli bino bo’lgan. Binoning ichida maxsus tekshirish xonalari bo’lib, unda yerlarda maxsus asbob-uskunalar joylashtirilgan. Samoni kuzatish va o’rganish borasida G’iyosiddin Jamshid yordamida astronomik o’lchov asbobi - ulkan sekstant o’rnatilgandi. Bu sekstant Sharqdagi yeng katta astronomik o’lchov asbobi hisoblangan. Shuningdek, mahalliy ustalar (Iso Usturlobiy, Abu Mahmud Xo’jandiy, usta Ibrohim) qo’li bilan ko’plab zaruriy astronomik o’lchov asboblari ham yasaladi va o’rnatiladi. Rasadxona qoshida 15 ming nusxadan iborat boy kutubxona ham bo’lgan. Uning atrofida olimlar yashaydigan yer-chorbog’lar Bog’imaydon va Chinnixona nomi bilan shuhrat topdi. Ulug’bek Samarqandda o’ziga xos astronomiya maktabini yaratdi. Rasadxonada Ulug’bek bilan birga o’z zamonasining mashhur matematigi va astronomlari Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Koshiy, Ali Qushchi kabilar tadqiqot ishlarini olib borgan.Ulug’bek davrida, shuningdek, Samarqand Sharqning madaniy markaziga aylanganligi uchun mashhur faylasuf Ali ibn Muhammad Jurjoniy, taniqli tabib Mavlono Nafis, shoir Xayoliy Buxoriy, «Yusuf va Zulayho» dostonining muallifi Durbek, qasida janrining taniqli namoyandasi o’zbek shoiri Sakkokiy, mashhur xattot Abdurahim Xorazmiy va boshqalar Ulug’bek homiyligi ostida Samarqandda yashab ijod qilganlar. Yana Sharqning ko’plab taniqli olim va shoirlari, fuzaloi ulamolari Samarqandga tez-tez kelib turdilar. Ulug’bek davridagi madaniy markaz keyinchalik Ulug’bek akademiyasi nomini olib, dastavval mashhur fransuz yozuvchisi va olimi Volter (1694-1778) tomonidan ye’tirof ye’tilgandi. Ulug’bek atrofiga uyushgan kuplab buyuk komusiy olim soxiblari - Kozizoda Rumiy, Giyesiddin Jamshid Koshiy, Muxammad Ali Kushchi, Muxammad Xavofiylar ilm-fanning turli soxalarida, ayniksa, astronomiya, matematika singari anik fanlar buyicha barakali ijod kildilar xamda uzlaridan ulkan meros koldirib ketdilar.6 Temuriylar davri tasviriy san’atining ulkan namoyandasi, tengsiz talant soxibi, unlab moxir musavvirlarning ustozi, benazir ijodi xozirgacha xam insoniyat axlini lol koldirib kelayetgan Kamoliddin Bexzod (1455-1537) xam Xirot ijodiy muxitida faoliyat kursatdi. Temur va temuriylar davrida tarixshunoslik fani rivoj topdi. Bu davrda yashab ijod kilgan muarrixlarning asarlarida usha zamon tarixiy vokealarning mufasal tafsilotlari, sharxlaridan tashkari ularning chukur ijtimoiy moxiyati, mazmuni uzining butun ziddiyatliligi va murakkabliligi bilan ifoda etilgan. Bu davr tarixchilaridan Nizomiddin Shomiy, Xofizu Abru, Sharofiddin Ali Yazdiy, Fosix Xavofiy, Abdurazzok Samarkandiy, Ibn Arabshox, Giyesiddin Ali, Mirxond, Xondamir usha davr ijtimoiy xayeti jarayenining talab va extiyejlaridan kelib chikkan xolda temuriy xukmdorlarning turli-tuman faoliyati, sa’y-xarakatlari bilan boglik tarixiy xodisalar, vokealarni xolis va xakkoniy aks ettirishga intilganlar. 1447 yilda Shohruh Mirzo vafotidan so’ng Temurzodalar o’rtasidagi kurash boshlanib ketdi. Oqil va dono hukmdor Ulug’bek bu kurashlarga barham berishga harakat qilib ko’rdi. Lekin buning uddasidan chiqolmadi.Aksincha, o’g’li Abdullatifning bevosita ishtiroki tufayli o’zi bu kurashlarning qurboni bo’ldi. Xullas, XV asr o’rtalariga kelib, Mirzo Ulug’bek vafotidan keyin (1449) temuriy shahzodalar o’rtasida hokimiyat uchun kurash yana avj oldi. Abdullatif xurofotchi din ahllari, darveshlar guruhi bilan yaqinlashib, o’zini himoya qilishga urindi.Lekin qotil padarkush taxtda uzoq o’tira olmadi.1450 yilning 8 mayida shahar qandag’i yonida, Bog’inavdan nariroqda unga suiqasd qilinib, o’ldirildi.O’ldirganlar hattoki qo’rqmasdan Abdullatifning kesilgan boshini Registondagi Ulug’bek qurdirgan madrasa peshtoqiga namoyishkorona tarzda ilib qo’ydilar.Yendi Samarqand taxtiga temuriylardan Mirzo Ulug’bekning kuyovi hamda jiyani Mirzo Abdullo o’tiradi.Buxoroda yesa hokimiyat Mironshohning nevarasi Sulton Abu Said qo’liga o’tadi.Mirzo Abdullo o’zining bir yillik hukmronlik davrida mamlakatda barqarorlikni tiklashga, Mirzo Ulug’bekning madaniy sohadagi ishlarini davom yettirishga, markaziy hokimiyatni kuchaytirishga harakat qildi. U Samarqand taxti davogarlari Alouddavla va Abu Saidlar bilan kurash olib borib, Samarqandga qarshi yurish qilgan Abu Said qo’shinini tor-mor keltirdi. Abu Said Sirdaryo ortiga qochib, Dashti Qipchoq o’zbeklari xoni Abdulxayrxondan yordam so’rab murojaat qiladi. 1451 yilning yozida Samarqand yaqinidagi Sheroz qishlog’ida bo’lgan jangda Mirzo Abdullo o’ldirilib, taxt Sulton Abu Said Mirzo (1451-1469) qo’liga o’tadi. Temur davlatining Xuroson yerlari Shohruhning boshqa bir nevarasi Boysunqurning o’g’li Abdulqosim Bobur qo’lida saqlanib qolib, u to vafoti (1457)ga qadar Hirot taxtini boshqarib turadi. Bu vaqtga kelib o’zaro siyosiy tarqoqlik yanada avj oladi.Birgina Xurosonning o’zi o’ndan ortiq qismga bo’linib ketadi. O’zaro taxt uchun muttasil kurashlar mamlakat iqtisodiy va madaniy hayotiga katta zarar yetqazib, inqiroziy holatlarga sabab bo’la boshladi. Abulqosim Bobur Xurosonni o’z qo’li ostida birlashtirishga, Shohruh davridagi madaniy hayotni tiklashga harakat qildi. 1454 yilda uning Samarqandga yurishi muvaffaqiyasiz tugab, 40 kunlik shahar qamalidan keyin yana orqaga qaytishga majbur bo’lgan yedi.Ulug’bek vafotidan so’ng madaniy markaz Xurosonga va uning poytaxti Hirotga ko’chdi. Hirot madaniy va ilmiy markazning shakllanishida Huroson hukmdori Sulton Husayn (Boyqaro) va buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning roli nihoyatda beqiyos bo’ldi. Ma’rifatli hukmdor bo’lmish Sulton Husayn butun Xurosonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat homiysiga aylandi.Uning o’zi «Husayn» taxallusida g’azallar bitgan. Hozirgi kungacha uning she’riy «Devon»i va Nasriy «Risola» asarlari yetib kelgan. Alisher Navoiy (1441-1501) yoshligidan temuriy shahzoda Sulton Husayn bilan do’st yedi, keyinchalik ular Xuroson hokimi Abdulqosim Bobur (1451-1457) xizmatida birga bo’lganlar. Husaynning xizmat davrida Alisher Navoiy Mashhad va Hirot madrasalarida tahsil ko’radi. Keyinchalik Movarounnahr hokimi Sulton Abu Said tazyiqi bilan Samarqandga ketishga majbur bo’ladi va u yerda 2 yil turib, o’z bilimini yanada takomillashtiradi. 1469 yilda Xuroson taxti Sulton Husaynga tekkanidan so’ng, uning taklifi bilan yana Hirotga keladi va bu yerda dastlab muhrdorlik, so’ngra vazirlik qiladi. Alisher Navoiy vazirlik davrida (1472-1476) mamlakatda iloji boricha osoyishtalik va adolat o’rnatishga harakat qildi, shaharlar yuksaldi, suv chiqarilib ko’pgina yerlar obod bo’ldi, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari yanada rivojlandi. Navoiy ilm-fan, ma’rifat va madaniyat ahliga shaxsan o’zi homiylik qildi. Garchi toju taxt uchun kurashlarda va fitna-nizolar natijasida Navoiyning Sulton Husayn bilan oralari biroz sovugan bo’lsa-da, lekin Navoiy umrining oxiriga qadar davlatning tayanch shaxslaridan biri bo’lib qoldi. Jumladan, u vazirlik lavozimidan ketar yekan, Navoiyga shohona to’n kiygizib, uning iltimosi hyech qachon yerda qolmasligini qayd qiladi.7Ma’lumotlarga ko’ra, Alisher Navoiy 300 dan ortiq turli qurilish, obodonchilik ishlariga bosh-qosh bo’lgan. Hirotdagi Injil daryosi bo’yida uning rahnamoligida «Ixlosiya», «Shifoiya» majmualari, Tus viloyatidagi Turuqband suv ombori va kanali, Hirot va Mashqaddagi sug’orish inshootlari, Astroboddagi saroy va masjid, Marvdagi madrasa ishga tushirildi. Navoiy o’z daromadlarini ham xayriya ishlariga sarflaydi. Shaxsan uning mablag’lari hisobidan 52 ta rabot, 19 ta hovuz, 16 ta ko’prik, 9 ta hammom va boshqalar qurilgan. Xurosonda 12 dan ortiq minora, masjid va rabotlar ta’mirlandi.Navoiy homiyligida Sharq miniatyurasi maktabining yetuk namoyandasi «Sharq Rafayeli» nomini olgan Kamoliddin Behzod, tabiblar Abdulxay Muniy, Darvish Ali, xattotlardan Sulton Ali Mashhadiy, musiqachilardan Husayn Udiy, tarixchilardan – Sohib Doro, Muhammad Nizomiy, Kamoliddin Binoiy, Davlashoh Vosifiy, Muiniddin Muhammad, Mirxond va boshqalar yetishib chiqdilar. Alisher Navoiy turkiy tilda 1483-1485 yillarda 5 ta dostondan iborat «Hamsa» asarini yaratdi. Buyuk shoirning 20 dan ortiq asarlari ham ana shu tilda yaratildi. Ularning mazmunida tarixiy, falsafiy, axloqiy mezonlar bo’lib, insoniyatga xos bo’lgan barcha ijobiy xislatlar ulug’lanadi.Amir Temur va temuriylar davri madaniyatining tudakonli mazmuni, manzarasi va kulami usha zamondla xar taraflama gurkirab ravnak topgan badiiy adabiyotda yakkol namoyon buldi. Eng muximi shundaki, bu davrda badiiy tafakkurda an’anaviy bayrokdor bulib kelgnan fors-tojik adabiyoti bilan yonma-yon turkiy-uzbek adabiyoti xam rivojlanib, uning namoyandalari safi kupayib bordi. Bu urinda uzbek mumtoz adabiyoti tarakkiyotiga salmokli xissa kushgan Lutfiy, Xaydar Xorazmiy, Durbek, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy, Xusayniy singari budiy suz ustalari nomini aloxida tilga olib butish joizdir. Shoir Lutfiy (1366-1465) o’zining 20 dan ortiq asarlari bilan Navoiygacha ham mashhur bo’lgan.Ana shu davrda Sharofiddin Ali Yazdiyning (vafoti 1454 y) Temur tarixiga doir Nizomiddin Shomiydan so’ng yozilgan bir xil nomdagi «Zafarnoma» asari yaratildi.Fors-tojik adabiyotida mashhur bo’lgan Abduraxmon Jomiy (1414-1492)ning ham roli buyuk bo’ldi.
Mamlakatda tez-tez sodir bolib turadigan ozaro ichki urushlarga qaramasdan, XV asrda ham Movarounnahr va Xuroson qishloqlarida birmuncha obodonchilik ishlari amalga oshiriladi. Xususiy sohibkorlarning dashtliklardan yangi yerlarni ochish, korizlar qazib, bog kokartirish va qarovsiz qolgan tashlandiq yerlarni sugorib, obod etish uchun amalga oshirgan har qanday faoliyati temuriylar tomonidan qollab-quvvatlanadi. Hatto bunday sohibkorlar bir-ikki yil davomida hamma soliq va tolovlardan ozod etiladi.Yirik sugorish inshootlari barpo etilib, dehqonchilik viloyatlarining suv ta'minoti tubdan yaxshilanadi.Eng yirik sugorish ishlaridan biri Samarqand vohasida Zarafshon daryosidan bosh olgan, Dargom anhoridan chiqarilgan qadimgi Angor kanalining qayta tiklanishi boldi.Bu kanal orqali kam suvli Qashqadaryo vohasiga qoshimcha suv chiqariladi.Ulugbek hukmronlik qilgan davrda Buxoro vohasining janubisharqiy chegarasiga yondoshgan Somonjuq dashtiga suv chiqarilib yangi yerlar ozlashtiriladi.Murgob daryosining bosh togoni - Sultonbandning Shohrux tomonidan tiklanishi va sugorish tarmoqlarining loyqadan tozalanishi tufayli Marv shahri va Murgob vohasining suv ta'minoti tubdan yaxshilanadi. Sulton Husayn Mirzo hukmronlik qilgan davrda esa uning tashabbusi bilan Marviruddan yangi kanal chiqarilib, kattagina yer maydoni sugorilib obod etiladi.Alisher Navoiyning tashabbusi bilan Tus viloyatining yuqori qismida Turuqband suv ombori qurdiriladi.on farsax (70-80 km) uzunlikda maxsus kanal qazdirilib, Turuqband suv omborida jamgarilgan suv Mashhadga olib kelinadi. Natijada M&shhad suv bilan ta'min etilib, shahar atrofidagi yerlarga suv chiqarHadi va obod etiladi. Bu davrda qishloq xojaJigida, xususan gallakorlik, sabzavotchilik va polizkorlikda ziroatlarning deyarli hamma navlari yetishtirilgan. Bogdorchilikka zor ahamiyat berilgan. Mevali daraxtlarning ko’pdankop xillari kokartirilib, mamlakat aholisi yozda ho'1 meva, qish va bahor mavsumlarida esa quruq mevalar bilan ta'minlangan.8Xojalikning iqtisodiy hayotida ayniqsa yaylov chorvachiligi: yilqichilik, tuyachilik hanada podachilik muhim orin tutgan.Butun XV asr davomida Movarounnahr va Xurosonda avvalgidek yer va mulkchilikning asosan tort shakldagi "mulki devoniy" - davlat yerlari (https://muhaz.org/1-finmarkenning-eng-baland-yerlari-1000-m-ga-yetadi-biroq.html), "mulk" – xususiy yenar; muiKi vaqi - madrasa va masjidlar tasarrufidagi yerlar va nihoyat "jamoa yerlari" bolgan. Dehqonchilik yerlarining eng katta qismi davlat mulki hisoblangan.Bu yerlarga avvalgidek mamlakat hukmdori sulton yoki amirlar egalik qilardi.
Temuriylar davrida davlat yerlarini "suyurgol" tarzida in'om qilish keng tarqaladi.Odatda shahar yoki viloyatlardan tortib to alohida qishloqqacha suyurgol shaklida in'om etilgan. Butun bir shahar yoki viloyatlar odatda hukmron sulola namoyandalari yoki yirik harbiy va davlat mansabdorlariga berilgan. Suyurgol yer va mulklar kopincha avloddan avlodga meros bolib qolardi. Suyurgol egasiga oz suyurgol doirasida amaldorlar tayinlash, soliqlar va turli tolovlarni toplash hamda aybdorlarni jazolash huquqi berilgan. Suyurgol egalari tobeligini kuchaytirish maqsadida markaziy hokimiyat ba'zan ular tasarrufidagi yer maydonlarini qisqartirar yoki ularning haq-huquqlarini cheklab qoyar edi. Suyurgol egasi markaziy hukumatga boysunmagan taqdirda suyurgol huquqidan mahrum etilar va boshqa shaxsga berilar edi. Dehqonchilik maydonlarining ikkinchi kattagina qismi - mulk xususiy yerlardan iborat edi.Shubhasiz yirik mulkdorlarning katta yer maydonlari ham, mehnatkash ziroatchilarga tegishli mayda paykallar ham xususiy mulk yerlari qatoriga kirgan.Bu davrda bosh hukmdor tomonidan yirik mulk egalariga biron xizmati uchun tarxonlik yorligi berish keng tarqaladi. Tarxonlik yorligini olgan mulkdorlar barcha soliq, tolov va majburiyatlardan ozod qilingan. Tarxonlik yorligi odatda amirlar, beklar, saroy amaldorlari, saidlar va boshqa yuqori tabaqa vakillariga berilgan. Bunday yorliqni olgan mulkdor ismiga "tarxon" sozi qoshib aytilgan.XV asrda ham avvalgi davrlardagidek juda kop yer va suv masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va mozorlarga biriktirilib, bunday yerlar "mulki vaqf' deb atalgan. Odatda yer va suvdan tashqari koplab dokon, korxona, tegirmon, objuvoz, bozor rastalari, karvonsaroylar ham vaqf qilinib, ulardan tushgan daromad masjid, madrasa, shifoxona va xonaqohlarning ta'miri, jihozi, mutavalli, mudarris, tabib va talabalarga beriladigan nafaqalar hamda langarxona (musofirxona) va shifoxonalarning kundalik xarjlari uchun sarf etilgan. Bu davrda dehqonchilik yerlarining ma'lum kichikroq bir qismi qishloq aholisining umumiy tasarrufida bolgan.Bunday yerlar qishloq jamoalarining mulki hisoblangan.Bunday shakldagi jamoa yerlari koproq suvga tanqis togoldi hududlarida birmuncha keng tarqalgan edi.Davlat yoki vaqf yerlarida (https://muhaz.org/maktabgacha-talim-muassasasi-shuningdek-bolalar-bogchasi-boshl.html), tarxon yoki suyurgol egalari kabi yirik mulkdorlarning yerlarida muzoriylar mehnat qilishgan.Sugorma dehqonchilik yerlaridan olinadigan asosiy soliq "xiroj" deb atalgan.Xiroj mahsulot yoki pul holida tolangan. U hosilga va yerning unumdorligiga qarab belgilangan. Chunonchi, daryo, buloq va koriz suvlari bilan sugoriladigan obikor yerlardan xiroj hosilning uchdan bir qismi (33 foiz) miqdorida olingan. Lalmikor yerlardan hosilning oltidan bir, ya'ni 16,5% dan to sakkizdan bir, ya'ni 12,5% raiqdorida soliq undirilgan.Mulk yerlarining bir qismidan ushr, ya'ni hosilning ondan bir qismi (10%) miqdorida soliq olingan. Bunday yerlar odatda zamonasining ilm-fani, ma'rifati va ma'naviy hayotida muhim nufuzga ega bolgan ulamolar va mashoyixlar tasarrufida bolgan. Chorva mollaridan qirqdan bir, ya'ni 2,5% miqdorida zakot olingan. Asosiy soliqlardan tashqari mehnatkash aholi begor ishlarida ham qatnashganlar. Begorda qatnashgan har bir kishi ishlash uchun kerakli asbobuskuna va yetarli yemaklarni ozi bilan olib kelishi lozim bo`lgan.Begor - mehnatkash aholiga yuklatilgan saroy, jamoat binolari mudofaa va sug'orish inshootlarini hamda yo'1 qurilish va tuzatish ishlarida tekinga ishlab berish majburiyati.Muzoriy - ekin maydonlarida ishlov beruvchi yollanma ziroatchi.
Buyuk Temur tomonidan asos solingan imperiya dunyoning yirik imperiyalari orasida alohida o‘rin tutadi.Temur tarixda ulkan meros qoldirgan buyuk shaxslar toifasiga mansub. Shu sababli uning shaxsiyati va jahon tarixidagi xizmatlari o‘g‘risida juda ko‘p bahs-munozara va tortishuvlar bo‘lgan, bo‘layapti va bundan keyin ham davom etadi. Shunga mos tarzda son-sanoqsiz asar va risolalar bitilgan. Ushbu manbalarda AmirTemur buyuk sarkarda, lashkarboshi, tengi yo‘q siyosatdon, donishmand, olamga mashhur davlat arbobi, mahoratli notiq kabi noyob shaxsiy fazilatlar sohibi ekanligi e’tirof etilgan.Ayni paytda, Sohibqironning serqirra faoliyatida uning iqtisodiy jihatlari tadqiqotchilar e’tiboridan chetda qolib kelmoqda.Darhaqiqat, Sohibqironnning asosiy fikrlari va intilishlari ulug‘vor imperiyani kengaytirish hamda mustahkamlash, davlatni boshqarish, keng hududlarda osoyishtalikni saqlash, isyonkor va bo‘ysunmas qo‘zg‘olonchilarni tinchlantirish, mazmunli va dono nutqlar bilan ommani o‘ziga rom etish, tashqi dunyo bilan diplomatik aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlashgga yo‘naltirilgan edi.9 Lekin masalaga aql ko‘zi bilan chuqurroq yondashsak, ushbu hatti-harakat va intilishlarning barchasi oxir-oqibatda bir maqsadga, ya’ni saltanatning mustahkam iqitisodiy poydevorini yaratishga xizmat qilgan.Biznincha, Amir Temurning barakali faoliyatida aynan iqtisodiy masalalar markaziy o‘rinni egallagan.Fikrimizning isboti sifatida ikkita dalil keltirmoqchimiz. Birinchidan, tarqoq feodal davlatlarni birlashtirish, ularni mustakamlakachi mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozonib, mustaqillikka erishishini ta’minlash, yaroqsiz ahvolga kelgan suv inshootlarini tiklash, mamldakatda tartib-intizom va tinchlik-osoyishtalik o‘rnatish, uni saqlash, qurilish va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, mustaqillikka erishgan Movorounnahrning tashqi dushman tajovuzlardan himoya qilish, ushbu maqsadda qudratli armiyani shakllantirish, ta’sirli nutqlar va unga monand tadbirlar o‘tqazish yo‘li bilan ommaning hurmatiga sazovor bo‘lish va boshqalarga bag‘oyat katta sarf-xarajatlar evazigagina erishish mumkin edi. Tabiiyki, bunday sarf-xarajatlarning manbaini izlab topish Sohibqirondan juda katta mehnat va iqtisodiy muammolarning to‘g‘ri yechimlarini topa bilish mahoratini talab qilgan. Ikkinchidan, xalqning azob-uqubatlariga, iqtisodiy tanqislikdan chekayotgan qiyinchiliklariga befarq bo‘lmagan Amir Temur elning hayoti va turmush tarzini yaxshilashga intilgan, ushbu muammo ustida ko‘p bosh qotirgan.Bizning nazarimizda, Sohibqironning qaramlik zulmidan ozod bo‘lgan mustaqil davlat iqtisodiyotini yuksaltirishda va elning turmush farovonligini yaxshilashdagi eng yuuyuk xizmatlaridan biri – bu mamlakatda ishlab chiqarish kuchlarining jadal rivojlanishi va gulkirab yashnashi uchun katta imkoniyatlar yaratib berganligida. Chunki davlat rahbarining iqtisodiy tafakkuri, birinchi galda, ishlab chiqarish kuchlarini, minglab, millionlab mehnatga yaroqli kishilarni harakatga keltira olish qobiliyati orqali namoyon bo‘ladi. Ana shu muhim vazifani Amir Timur o‘sha davrning talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatda qishloq xo‘jaligini, hunarmandchilikni, savdo-iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berish, ahlolining ulkan mehnat salohiyatini ro‘yobga chiqarish, uni bir maqsad sari yo‘naltirish orqali bajarishga erishdi.Amir Temur keng xalq ommasini ijtimoiy foydali mehnat faoliyatiga jalb etishda va uni jamiyat hamda saltanat manfaatlariga mos tarzda harakat qilishga undash maqsadidada samarali mehnatni moddiy rag‘batlantirish tamoyiilaridan unumli foydalanishga jiddiy e’tibor qaratdi. Sohibqironning aholini ortiqcha bemahal soliqlardan va ayrim noinsof soliqchilarning tajovuzidan himoya qilishga, vayronaga aylantirilgan yo‘l va kanallarni tiklash va yangilarini qurishga davlat xazinasi mablag‘larini sarflash, mehnatkash elga nisbatan g‘amxo‘rlik qilish, keng qamrovli qurilish va obodonlashtirish ishlariga axolini jalb etish orqali uni ish va daromad bilan ta’minlash kabi sa’y harakatlari ana shu moddiy rag‘batlantirishning turli ko‘rinishlari edi. Ushbu dono siyosat natijasida jamiyat, davlat iqtisodiy manfaatlari bilan zahmatkash el iqtisodiy manfaatlari o‘rtasida o‘zaro uyg‘unlik yuazaga keldi, ushbu manfaatlar bosh maqsadga, ya’ni iqtisodiy poydevori metindek mustahkam buyuk davlat barpo qilishga yo‘naltirildi. Pirovard natijada keng xalq ommasi harakatga keldi, kishilar foydali mehnatga jalb qilindi, ularning samarali mehnat qilishga qiziqishi ortdi, aholining daromadlari ko‘payib, ijtimoiy ishlab chiqarish hajmi kengaydi. Shu bilan birga, ushbu tadbirlar saltanat xazinasini to‘ldirish, mamlakat iqtisodiy qudratini yuksaltirishning ishonchli manbaiga aylandi.10Amir Temur o‘sha davrlarda amalda qo‘llagan va saltanat iqtisodiy kuch-qudratini yuksatirish siyosatining muhim bo‘g‘iniga aylangan mehnatni moddiy rag‘batlantirish siyosati oradan uch yuz yildan ziyodroq vaqt o‘tgandan keyin iqtisodiyot fanining asoschisi, buyuk nazariyotchi Adam Smitning ta’limotida o‘zining nazariy talqinini topdi. Uning fikricha, o‘zining shaxsiy manfaatlari yo‘lida harakat qiluvchi kishilarning xulq-atvori oxir-oqibatda ijtimoiy farovonlikni imkon qadar yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Amir Temur ham o‘zining iqtisodiy siyosatida iqtisodiy rag‘batlantirishning turli usullurini qo‘llash asosida keng xalq ommasini saltanat iqtisodiy qudratini yuksatirishga yo‘naltirishga erishdi.Buyuk Amir Temurning davlat boshqaruvida aynan iqtisodiy muammolarga juda katta e’tibor qaratganligi uning nodir va noyob aqlu-zakovat hamda iqtisodiy tafakkur sohibi ekanligidan dalolat beradi. U zamonaviy makroiqtisodiy siyosat nazariyalaridan tamoman bexabar bo‘lsa-da, o‘z imperiyasining rivojlanishi va kelajagining avvalo iqtisodiy taraqqiyot bilan chambarchas bog‘liqligini yaxshi tushungan holda ish tutdi. Bu kishi aqlini hayratga soladi.Chunki Amir Timur iqtisodiy taraqqiyotning jiddiy masalalarini o‘z faoliyatida o‘z saltanati doirasida hal qilgan zamonlarda hali siyosiy iqtisod fani ham, uni shakllantirish uchun yetarli nazariy bilimlar ham yaratilmagan edi. Eramizdan oldingi asrlarda (e.o. 445-355 yy.) yashab, ijod etgan Antiq davr faylasufi ixtiro etgan “Iqtisod” tushunchasi, keyinchalik bu xususda fikr yuritgan ayrim donishmandlarning(Platon, Aristotel, Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy va bashqalar) asarlarida o‘z aksini topgan nazariy fikr-mulohazalar bor edi, xolos. Faqat Amir Timur yashab, iqtisodiy faoliyat yuritib boshlaganidan keyin qariyb ikki asrcha vaqt o‘tgandan keyin “Siyosiy iqtisod” fani yuzaga keldi. Ushbu fan nomining ixtirochisi fransuz yozuvchisi Antuan Monkreten edi. Maxsus nazariy bilimlarga ega bo‘lmagan holda iqtisodiyotning o‘ta murakkab va ziddiyatli muammolarining to‘g‘ri yechimlarini topa bilish qobiliyati Yaratganning Sohibqironga in’om etgan buyuk iqtisodiy tafakkurning amaliy hosilasidir. Uning ibratga loyiq, puxta o‘ylangan, mukammal va dono iqtisoiy siyosati qudratli Imperiyani barpo etishning va mustahkamlashning poydevori bo‘lib xizmat qildi.Amir Timurning "Temur tuzuklari" – bu katta donishmandlik mevasi. Sohibqiron qalamiga mansub ushbu kitobda uning serqirra faoliyatining mazmun-mohiyati mujassam. Mazkur asarning mazmunini sinchkovlik bilan tahlil qilar ekanmiz, buyuk sarkardaning fikru-faoliyatida iqtisodiy masalalar alohida o‘rin tutganligiga amin bo‘lamiz. Asarning har bir satri chuqur ma’no bilan to‘yingan va har bir sahifasida haqiqat sado beradi. U o‘zining ushbu asarida “Davlatu saltanat uch narsa bilan – mulk, xazina va lashkar bilan tirikdir”, deb ta’kidlaydi. Demak, u mulk va xazinani o‘z saltanatining yashash sharti sifatida qaragan va uni butun umri davomida ko‘paytirishga intilgan. Bundan olti yuz yil muqaddam bitilgan bu bitiklar bugungi kunda mamlakatimizda demokratik respublika va fuqarolik jamiyatining tamoyillarini inkor etmaydi va zamonaviy tamaddun sharoitida samarali faoliyat yuritadigan davlat organini barpo etishda ulardan foydalanishni taqazo etadi. Chunki mulk iqtisodiy taraqqiyoning o‘zagi, har qanday faoliyatni amalga oshirishning asosiy sharti va vositasi hisoblanadi. Ishlab chiqarish munosabatlari tizimida mulkiy munosatlar birinchi o‘rinda turadi. Mikrodarajada va makrodarajada iqtisodiyotga daxldor barcha nizo va ziddiyatlarning zaminida mulkiy munosabatlar yotadi. Mulkiy munosabatlar jamiyat taraqqiyotining g‘ildiragini oldga tomon harakatga keltiruvchi qudratli qurol hisoblanadi.Ulkan imperiyaning asoschisi Temur qattiqqo‘l, ammo juda aqlli va tahliliy fikrlash qobiliyatiga ega edi. Ushbu fazilatlari tufayli u eng qiyin, o‘ta murakkab iqtisodiy vaziyatlarda ham yagona to‘g‘ri, oqilona qaror qabul qila olish qobiliyat sohibiga aylandi. Bizningcha, uning ana shu noyob shaxsiy fazilatlari saltanat iqtisodiy qudratini yuksaltirishda muhim rol o‘ynadi.Birinchidan, uning qattiqqo‘lligi davlat mulkini, xazinani ochko‘z, xiyonatkor kimsalar tajovuzidan asradi. Ikkinchidan, uning har qanday og‘ir vaziyatda katta aql bilan muammoning yagona to‘g‘ri yechimini topa bilish qobiliyati esa mulkni uzluksiz ko‘paytirish imkononini berdi. Temur saltanat mulkini ko‘paytirishga yordam beradigan barcha usullardan mohirlik bilan foydalandi: harbiy kuch, diplomatiya, kuchli nazorat va rag‘batlantirish choralari.Agar Buyuk Temur hayotini va bosib o‘tgan tarixiy yo‘lini diqqat bilan tahlil qilsak, Movorounnahrni mo‘g‘ullar istibdodidan xolos etishga qaratilgan barcha harakatlari ham, uni kengaytirish uchun boshqa yurtlarga yurishlari ham mafkuraviy maqsadlarni nazarda tutmagan.11 Ularning barchasi moddiy manfaatni ko‘zlagan va faqat bitta maqsadga – saltanatni boyitish, uning mulkini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan edi. Boshqacha so‘zlar bilan ifodalaganda, ularning barchasining zamirida iqtisodiy manfaatlar, ya’ni, mulkni ko‘paytirish, yurt xazinasini boyitish uchun resurslarga egalik qilish ishtiyoqi yotgan. Amir Temurning mulkka, xazina boyligiga bu qadar e’tiborli bo‘lishi, hattoki ularni saltanat hayotining tayanchi, uning tirikligini ta’minlovchi vosita ekanligi to‘g‘risidagi aqidalarini keng va chuqur yoritish orqali biz bag‘oyat ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lib kelayotgan muhim tarixiy jumboqni yechishga urinib ko‘rmoqchimiz.Amir Temur to‘g‘risida yozilgan asarlarni va ularni yaratgan mualliflarni shartli ravishda ikki guruhga bo‘lish mumkin. Birinchisi Amir Temurni Movorounnahr xalqining xoloskori, yaratuvchi, bunyodkor shaxs sifatida ko‘klarga ko‘taradi, uning jamiyat oldidagi xizmatlarini yuksak baholaydi. Ikkinchisi uning jamiyat rivojlanishidagi rolini kamsitib, zabt etuvchi, tajovuzkor, vayronkor shaxs sifatida tasvirlashga urg‘u beradi. Masalaning qiziq tomoni shundaki, har ikkala tomon ham o‘z nuqtai nazarlarini rad etib bo‘lmaydigan tarixiy faktlar bilan dalillaydi. Shu bois asli haqiqat kim tomonda, degan savolga javob topish muhim ahamiyat kasb etadi. Bizningcha, ushbu savolga adolatli javobning ildizini iqtisodiy manfaatlar tugunida axtarish kerak.Fikrimizcha, AmirTemurni boshqa mamlakatlar hududlarini egallab olishga undagan shart-sharoitlarni va uning asl sabablarni aniqlashtirish juda muhimdir. Sohibqironing Movorounnahrni istilochilar istibdodidan ozod qilishga qadar bo‘lgan barcha harakatlarini iqtisodiy mustaqillikka erishish, yurtda tinchlik o‘rnatishga qaratilgan buyuk xizmat sifatida baholash adolatdan. Lekin apponentlar mamlakat mustaqillikka erishgandan keyin bo‘lgan boshqa mamlakatlarga yurishlarni qoralaydilar.Amir Temurning boshqa yurtlarga nisbatan tajovuzkor harakatlarining asosiy sababi nimada edi: bosib olingan hududlarning aholisini tushkunlikka mahkum etish, shunchaki siyosiy iroda va shon-sharafga intilish yoki boshqa bizga malum bo‘lmagan har qanday istak va rag‘batlarmi? Bizningcha, Buyuk Temurni Morounnahr mustaqillikka erishgach, bunday harakatlarga undagan asosiy rag‘bat – bu mamlakatning iqtisodiy manfaatlari edi. Aynan ana shu manfaatlar yo‘lida Amir Temur iqtisodiyotda ko‘lam samarasini yuzaga keltirishi shart edi. Ko‘lam samarasiga erishish Movorounnahr hududini kengaytirishni taqazo etdi. Shu sababli Amir Temur Eron, Iroq, Afg‘oniston, Shimoliy Hindiston, Kavkazorti, Misr, Turkiya, Oltin O‘rda hududlariga g‘alabali yurishlarni amalga oshirdi.Ko‘plab amalga oshirilgan harbiy yurishlar natijasida u Osiyoning katta hududi va Kavkazning bir qismini o‘z ichiga olgan ulkan saltanatni barpo qildi. Bularning barchasi Movarounnahrdagi feodal tarqoqlikka barham berdi, hududda ishlab chiqaruvchi kuchlarning, tovar-pul munosabatlari, savdo, hunarmandchilik va umuman iqtisodiyotni rivojlanishi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va mehnat taqsimotini takomillashtirish uchun eng yaxshi sharoitlar mavjud bo‘lgan yirik markazlashgan davlat yaratildi. Shu zaylda Amir Temur saltanatida ko‘lam samarasi yuzaga keldi va undan iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida unumli foydalanish uchun real shart-sharoit vujudga keldi. Amir Temur Imperiyasiga birlashgan mamlakatlarda yaratilgan tovar va xizmatlarning yalpi umumiy hajmi, ushbu mamlakatlar alohida mustaqil davlat sifatida yakka harakat qilganda yaratishi mumkin bo‘lgan umumiy mahsulot hajmidan sezilarli darajada ko‘p edi. Bizning ushbu mantiqiy xulosamizni tasdiqlovchi aniq raqamlar yo‘q, albatta. Lekin saltanat hududida ko‘lam samarasining ta’siri ostida savdo-sotiq ishlarining rivojlanib ketgganligini, mahsulot turlarining ko‘payganligini va hajmining oshganligini, raqobat muhitining kuchayganligini, tashqi aloqalarning kengayligini dalillovchi ma’lumotlar bor.Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning yirik markazlashgan davlatni bunyod etishga qaratilgan tinimsiz mehnatlari saltanat tarkibiga qo‘shimcha ravishda kiritilgan mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Tarixda ukmdorning yanada kengroq mulohazalari ma’lum bo‘lib, bu uni doimiy harbiy yurishlarga undagan bo‘lishi ham mumkin: "Butun yer yuzida ikkita shoh bo‘lishi mumkin emas". Qanday bo‘lmasin, Temur falsafasining mohiyati dunyoda iqtisodiy resurslarga egalik qilish maqsadida bir-biri bilan raqobatlashuvchi ikki shoh bo‘lmasligi kerak. O‘shanda yer yuzida tinchlik va osoyishtalik hukm suradi, insoniyatni bir necha marta yo‘q qilib yuborishi mumkin bo‘lgan qurol-yarog‘ poygasi ham butkul barham topadi.Amir Temurning ko‘lam samarasini yuzaga keltirishga qaratilgan ushbu o‘ylari va intilishlari o‘zining yakunini topganda, ehtimol insoniyat dunyo miqyosidagi yagona markazlashgan davlat ostida birlashishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lar edi. Tasavvurimizga erkinlik berib, faraz qilaylik, dunyo bo‘yicha bitta davlat, bitta poytaxt va bitta demokratiya yo‘li bilan saylangan hukmdor bo‘lsa, dunyoning barcha mamlakatlari xalqlarining farovonligi uchun teng darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatilsa, yadro halokati xavfidan xolos bo‘lgan dunyoning barcha mamlakatlari xalqlari qanchalik baxtli bo‘lishini ko‘z oldimizga keltirishimiz mumkin.12 Afsuski, Sohibqiron qalbining sirlari biz uchun jumboq bo‘lib qoldi, uning istaklari oxirigacha amalga oshmadi va insoniyat bunday noyob tajribani sinab ko‘rish baxtidan mahrum bo‘ldi.Yuqorida boshlagan fikrimizning mantig‘ini davom ettirsak, Amir Timurning saltanatni kengaytirish yo‘lida boshqa mamlakatlarga harbiy yurishlarini vayronkorlikka yo‘nish, uni tajovuzkorlikda ayblash adolat tarozisining buzilishiga sabab bo‘ladi. Bar’aks, o‘zining iqtisodiy tafakkuri bilan butun dunyo miqyosida ko‘lam samarasini vujudga keltirish, kishilik jamiyatini qirg‘inbarot urush va behuda qon to‘kish azob-uqubatlaridan batamom qutqarish payida bo‘lgan Amir Temurni mamlakatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni batamom bartaraf etish, dunyoda tinchlik va osoyishtalikni qaror toptirish g‘oyasining bunyodkori sifatida talqin etishga barcha asoslarimiz bor. Tezisimizning to‘g‘riligini bitta tarixiy fakt bilan izohlamoqchimiz. Manbalarning guvohlik berishicha, Amir Temur harbiy yurish qilib borgan yurt ahli Imperiya tarkibiga qo‘shilishni tinch yo‘l bilan ixtiyor qilsa, hukmdor ushbu yurt xalqiga nisbatan juda yaxshi munosabatda bo‘lgan, yurtni obodonlashtirish va tinchlik-osoyishtalik ishlariga yordam ko‘rsatgan. Xulosa qilib aytganda, Sohibqiron saltanatni kengaytirish muammolarini hal qilganda, o‘zga mamlakatlarni vayron qilish maqsadida emas, balki Imperiyaning iqtisodiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish tutgan.

Yüklə 67,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə