Fan/Modul kodi


-mavzu: Ma’naviyatning me’yoriyligi va ijtimoiy funksiyalari



Yüklə 195,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/24
tarix22.03.2024
ölçüsü195,75 Kb.
#183899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Manaviyatshunoslik-dastur-tayyor

6-mavzu:
Ma’naviyatning me’yoriyligi va ijtimoiy funksiyalari 
Insonning bioijtimoiy mavjudotga aylanishida ma’naviyatning o`rni. Ijtimoiylashish 
tushunchasi. Urug`-jamoa rivojlanishi davomida insonning ijtimoiylashuv darajasi, 
ma’naviyatining o`sishi. Ma’naviyat inson ijtimoiylashuvining oqibati va ayni paytda omili



 
vositasi ekanligi. Ma’naviyatning inson va jamiyat hayotida bajaradigan vazifalari 
(funksiyalari): eng umumiy, universal va konkret-ijtimoiy vazifalar. Ma’naviyatning me’yoriy 
xarakteri. 
7-mavzu:
Milliy ma’naviyatimizning arxaik va ilk zardushtiylik davri (Eng qadimgi 
davrdan - milodiy IV asrgacha)
Eng qadimgi (arxaik) davr ma’naviyati, uning o`ziga xosligi. Bu bosqich ma’naviyati haqida 
tasavvurlarimizning unchalik chuqur va yaxlit emasligi.Umumturk asotirlari. Ilk zardushtiylik. 
“Avesto”ning eng qadimgi qismi “Xata”lar asotirlari. Zardushtiylikning asl vatani haqidagi 
masala to`g`risida xilma-xil fikrlarning mavjudligi. “Avesto”ga qayta tartib berilishi. 
“Avesto” mundarijasi. Ma’naviyatimiz ilk bosqichi oxirlaridagi tadriji. Zardushtiylik negizida 
vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni.
8-mavzu. Islomgacha bo‘lgan diniy-mafkuraviy plyuralizm bosqichi (Milodgacha IV asr 
boshlaridan - milodiy VIII asrgacha) va Islom tamaddunining O‘rta Osiyoda tarqalishi 
va gullab-yashnashi (VIII-XIII asr boshlari)
Islomgacha bo`lgan diniy-mafkuraviy plyuralizm bosqichining Iskandar Zulqarnayn 
istilosidan arablar istilosiga qadar (milodiy VIII asr boshi), taxminan ming yildan sal ko`proq 
davom etganligi. Iskandarning madaniyatlar rivojiga qo`shgan hissasi. Movarounnahrda islom 
uzil-kesil VIII asr boshida qaror topganligi. Islom tamaddunining ravnaq topishiga 
ajdodlarimizning qo`shgan munosib hissalari. Al-Buxoriy, At-Termiziy, An-Nasoiy hadislari 
to`plamlari. Kalom ilmi. Uning diniy-nazariy masalalarni aqlga, mantiqqa asoslanib tahlil 
qilinishi. Kalom ilmini rivojlantirishga munosib hissa qo`shgan ajdodlarimiz: Abu Mansur al-
Moturidiy as-Samarqandiy va uning izdoshlari: Abul Mu’in Nasafiy, Najmiddin an Nasafiy 
ta’limotlari. Fiqh (islom huquqi) ilmi. Uni rivojlantirishga katta xizmat qo`shgan 
ajdodlarimiz. Tasavvuf. Unda ajdodlarimizning daho zakovati namoyon bo`lishi. Markaziy 
Osiyoda dunyoviy ilm-fan yuksalishi. Muhammad al- Xorazmiy, Ahmad al-Farg`oniy, Abu 
Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, ar-Roziy, Ibn Iroq, Ismoil Jurjoniy, 
Mahmud az-Zamaxshariy, Mahmud Koshg`ariy, Narshaxiy, Bayhaqiy, Syido Nasafiy, 
Aziziddin Nasafiy, Abu Mansur as-Saolibiy, Rashiduddin Vatvot kabi mutafakkirlarning 
dunyoviy ilm-fanning rivojidagi o`rni.

Yüklə 195,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə