Фаннинг Укув дастури Мирзо Улугбек номидаги Узбекистон Миллий университета Илмий-методик кенгашида тавсия килинган



Yüklə 143 Kb.
səhifə3/6
tarix16.04.2023
ölçüsü143 Kb.
#105896
1   2   3   4   5   6
4 kurs uchun Konsultativ psixologiya va psixokorreksiya 2018

Foydalanilgan adabiyotlar. avtorning familiyasi yoki adabiyot nomining (agar avtor familiyasi, bo‘lmasa) alfavit tartibi bo‘yicha tuzilishi kerak.
Manbalarni rasmiylashtirishda avtorning familiyasi va initsiali, ishning nomi, nashriyoti nomi, yili umumiy betlari soni ko‘rsatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlarni rasmiylashtirishda eng avvalo, qonuniy-me’yoriy xujjatlar, farmonlar, buyruqlar, Prezident asarlari, muammogna oid fundamental-nazariy adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari, internet saytlari keltiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 15 tadan kam bo‘lmasligi kerak.
Ilova. Kurs ishi yozishda talab etilgan hajmdan tashqari yana bir qancha ilovalar keltiriladi. Shuning uchun ular oxiriga adabiyotlar ro‘yxatidan keyin joylashtiladi.Har bir ilova nomlanishi va tepadagi o‘ng burchakda «ilova» va tartib raqami ko‘rsatiladi. Masalan «Ilova 1», «Ilova 2» shaklida bo‘lishi mumkin.
Kurs ishlarini baholash mezonlari:
Talabalarning kurs ishi taqdimotlari quyidagi mezonlar bo‘yicha baholanadi.
Kurs ishi mavzusining ilmiy apparatini to‘g‘ri, to‘liq ishlab chiqilganligi va mavzuning dolzarbligini to‘liq asoslanganligi, muammoning o‘rganilganlik darajasini yoritish, mavzuga oid fundamental ilmiy, internet ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilish, agar ishda tadqiqot ishi rejalashtirilgan bo‘lsa tajriba-sinov natijalarining son va sifat tahlilini psixologik nuqtai nazardan ochib berilishi, olingan natijalarga tayangan holda ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalarning shakllantirilganligi inobatga olinib berilgan topshiriqlar o‘z muddatida, to‘liq, mustaqil, ijodiy yondoshgan holda bajarilgan bo‘lsa – 86-100 ballar;
Kurs ishi mavzusining ilmiy apparatini to‘g‘ri, to‘liq ishlab chiqilganligi va mavzuning dolzarbligini to‘liq asoslanganligi, muammoning o‘rganilganlik darajasini yoritish, mavzuga oid fundamental ilmiy ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilish, agar ishda tadqiqot ishi rejalashtirilgan bo‘lsa tajriba-sinov natijalarining son va sifat tahlilini psixologik nuqtai nazardan ochib berilishi, olingan natijalarga tayangan holda ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalarning shakllantirilganligi inobatga olinib berilgan topshiriq o‘z muddatida, to‘liq, ilmiy rahbar maslahatlari yordamida bajarilgan bo‘lsa – 71-85 ballar.
Kurs ishi mavzusining ilmiy apparatini to‘g‘ri ishlab chiqilganligi va mavzuning dolzarbligini asoslanganligi, muammoning o‘rganilganlik darajasini yoritish, mavzuga oid fundamental ilmiy ma’lumotlarini tahlil qilish, agar ishda tadqiqot ishi rejalashtirilgan bo‘lsa tajriba-sinov natijalarining son va sifat tahlilini psixologik nuqtai nazardan ochib berilishida kamchiliklar aniqlansa, shakllantirilgan xulosa va tavsiyalarning ilmiy asoslanganlik darajasi sust bo‘lsa, berilgan topshiriq muddatidan kechiktirilib, ilmiy rahbar maslahatlari yordamida to‘liq holda bajarilgan bo‘lsa – 55-70 ballar.
Berilgan topshiriq muddatidan kechiktirilib, qisman bajarilgan bo‘lsa yoki umuman talab darajasida bajarilmagan bo‘lsa – 0-55 ballar bilan baholanadi.



Yüklə 143 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə