Farmakologiya


Nikotinga sezgir xolinoretseptorlarni falajlovchi vositalar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə33/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Nikotinga sezgir xolinoretseptorlarni falajlovchi vositalar:
Ushbu guruxga ganglioblokatorlar, nerv – mushak sinapslarini falajlovchi va ayrim markaziy ta’sir etuvchi xolinoblokatorlar mansub. Vegetativ gangliyalarda qo’zg’alish o’tishini bloklovchi vositalar (ganglioblokatorlar):
Ganglioblokator vositalar simpatik va parasimpatik gangliyalarni, shuningdek buyrak usti bezi mag’iz moddasi hujayralari va karotid koptokchalari N- xolinoretseptorlarini falajlaydi.
Kimyoviy tuzilishi bo’yicha ganglioblokatorlar quyidagi guruhlarga bo’linadi:

  1. Bis - to’rtlamchi ammoniyli birikmalar - benzogeksoniy, pentamin, gigroniy.

  2. Uchlanchi aminlar – pirilen, paxikarpin gidroyodid.

Tibbiyot amaliyotida qo’llaniladigan ganglioblokatorlar ta’sir mexanizmi bo’yicha antidepolyarizatsiyalovchi moddalar hisoblanadi. Shunday ma’lumotlar borki, bir qator gangliobokatorlar (geksoniy, pirilen) n-xolinoretseptorlarni emas, baki ochiq ion kanallarini bloklaydi. Shu bilan birga ba’zi ganglioblokatorlar (masalan afronad) n- xolinoretseptorlarni bloklaydi. G anglioblokatorlarning vegetativ gangliylarni bloklovchi ta’siri ichki a’zolarning reflektor reaksiyalari susayishiga sabab bo’ladi. Ganglioblokatorlik effektni ifodalanishi shu sohani boshqaruvchi markazlarning boshlang’ich tonusiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqliqdir. Agar tajribada tomirlarni harakatantiruvchi markazlarni ishini buzilsa, ganglioblokatorlar arterial bosimni tushirmaydi. Aksincha, adrenergik innervatsiyani tonusi yuqori bo’lsa, bu ta’sir aniq ko’rinadi.
Preparatlarning ikki xil turi mavjud. Ulardan biri uzoq ta’sir qilish uchun tavsiya qilinadi. Bu vositalarga qo’yiladigan talablar quyidagilardir. Ular har-xil kiritish yo’llarida ham yuqori aktivlikka ega bo’lishlari, uzoq ta’sir muddatga, past toksiklikka ega bo’lishlari va jiddiy nojo’ya ta’sirlarga ega bo’lamasliklari lozim. Iloji boricha preparatga o’rganib qolish sekin rivojlanishi yoki butunlay bo’lmasligi lozim. Yuqorida ketirilgan uzoq muddat ta’sir qiluvchi preparatlardan uchlamchi aminlar, masalan pirilen (pempidin tonzilat)ni qo’llanishi qulay. U me’da ichak traktida yaxshi so’riladi, yuqori aktivlikka va uzoq ta’sir muddatiga (8 soat va undan ortiq) ega. Aktivligi bo’yicha benzogeksoniyga o’xshash, lekin kam zaharli. Uchlamchi aminlarni tavsiya etilganda to’rtlamchi ammoniy tuzlaridan farqli, ular gematoensefalik to’siqdan oson o’tishlarini hisobga olish lozim. Bu xususiyat ularning MNS ga salbiy ta’sirining sababi bo’lishi mumkin (pirilenn qabul qilinganda ba’zida tez o’tadigan psixik buzilish, tremor va boshqalar). Uchlamchi aminlarga ganglioblokatorlardan paxikaroin gidroyodid ham taaluqli. Bu alkaloid tuzi semiz mevali Sofora (Sophora pachycarpa) tarkibida bo’ladi. Past ganglioblokatorlik va uzoq bo’lmagan ta’sir davomiylik bilan xarakterlanadi. Miometriyga stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Ingichka ichakda yaxshi so’riladi.
Bis to‘rtlamchi ammoniyli tuz – benzogeksoniy yuqori aktivlikka, ifodalangan tanlab ta’sirga ega, lekin ta’sir davomiyligi uzoq emas (3-4 soat). Bundan tashqari, me’da-ichak traktidan yomon so‘riladi. Shuning uchun faqat parenteral qo‘llaniladi, bu uning asosiy kamchiligi xisoblanadi. Pentamin (azameton bromid, pendiamid) benzogeksoniyga o‘xshash xususiyatlarni namoyon qiladi. U aktivligi va ta’sir davomiyligi bo‘yicha benzogeksoniydan past.
Ko‘rib o‘tilgan ganglioblokator me’da va o‘n ikki barmoqli yara kasalligida, obliteratsiyalovchi endoartritda, o‘pka shishida, arterial emboliyada, kam xollarda xafaqon kasalligida (asosan gipertonik krizlarda) qo‘llaniladi.
Tibbiyot amaliyotida qisqa ta’sir etuvchi preparatlar kata ahamiyatga ega. Bunday holatlarda asosan qisqa muddat ta’sir etuvchi (10-20 minut) ganglioblokatorlar ishlatiladi. Ularga gigroniy va arfonad (trimetafan kamforsulfonat) kiradi. Boshqa ganglioblokatorlar singari, ular asosan simpatik gangliyalarni susaytirishi natijasida arterial bosimni pasaytiradilar. Arfonad gistamin ajralishini ta’minlaydi va bevosita miotrop tomirlarni kengaytirish xususiyatiga ega. Gigroniy tanlab ganglioblokatorlik ta’sirga ega ekanligi bilan xarakterlanadi. Bundan tashqari u arfonadga nisbatan 5-6 marta kamroq zaxarli.
Qisqa ta’sir qiluvchi ganglioblokatorlar boshqariluvchi gipotenziya xosil qilishda ishlatiladi. Venaga tomchilab yuboriladi. Preparatni kiritish to‘xtatilsa tezda (10-15 minutdan so‘ng) qon bosimi o‘z xolatiga qaytadi. Xirurgiyada boshqariluvchi gipotenziya yurak-qon tomirlarda o‘tkaziladigan operatsiyalarda yaxshi natija beradi va periferik to‘qimalarning qon bilan taminlanishini yaxshilaydi. Arterial bosimni pasayishi va operatsiya maydonidagi qon tomirlarda qon ketishining kamayishi tireoidektomiya, mastektomiya kabi operatsiyalarni amalga oshirishni osonlashtiradi. Neyroxirurgiyada shu muxumki, bu vositalarning gipotenziv effekti bosh miya shishi paydo bo‘lish imkoniyatini kamaytiradi. Bundan tashqari, ganglioblokatorlarning ishlatilishi jarroxlik jarayonlarida yurak, qon tomirlar va boshqa ichki organlarga boruvchi salbiy reflekslarni ma’lumdarajada oldini oladi.
Ganglioblokatorlar qo‘llanganda kuzatiladigan nojo‘ya ta’sirlar vegetative gangliyalarning susayishi bilan bog‘liq. Ganglioblokatorlarning tipik nojo‘ya ta’sirlaridan biri ortostatik kollaps hisoblanadi. U tana holatini birdan o‘zgarishidan vujudga keladi (masalan, tanani gorizontal holatdan vertical holatga tezda o‘tilishi arterial bosimni tez va ko‘p miqdorga tushib ketishiga olib keladi). Miyyada qon keskin kamayishi va gipotenziya sababli hushdan ketish kuzatiladi.
Ortostatik kollapsni oldini olish maqsadida bemorga preparat qabul qilingandan so‘ng ikki soat mobaynida yotish tavsiya qilinadi. Ganglioblokator qo‘llagan vaqtda me’da-ichak tizimi matorikasi susayishi mumkin, bu esa qabziyat (obstipatsiya)ga olib keladi. Bulardan tashqari arterial bosimning keskin tushib ketishi, paralitik ileus (ichak tutilishi ), midriaz, akkomodatsiyaning buzilishi, dizartriya va disfagiya (nutq va yutishning buzilishi) va siydik to‘xtashi mumkin.
Ganglioblokatorlar qo‘llanilganda jiddiy asoratlar kam uchraydi. O‘lim xolati nafas susayishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ganglioblokatorlarning dozasi oshib ketganda beriladigan yordam kislorod berish, sun’iy nafas oldirish, bu moddalarning antogonisti bo‘lmish analeptiklar va prozerin yuborishdan iboratdir. Arterial bosimni ko‘tarish maqsadida α-adrenomimetiklardan foydalanish lozim. M-xolinoretseptorlarni qo‘zg‘atuvchi vositalar (masalan, karboxolin, atseklidin) ni akkomodatsiya buzilganda, qorachiq kengayib ketganda, shuningdek, meda-ichak trakti matorikasi susayganda, siydik pufagi atoniyasida qo‘llash foydali hisoblanadi.
Ganglioblokatorlarni uzoq muddat qo‘llanilganda odatda ularga o‘rganish rivojlanadi (to‘rtlamchi ammoniyli birikmalarga qaraganda pirilenga o‘rganish sekin kechadi). Ganglioblokatorlarni gipotenziya xolatlarida, aterosklerozda, koronar qon aylanish yetishmovchiligida, glaukomada, buyrak funksiyasi buzilganda, miokardning organic buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə