Farmakologiya


α -Adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atganda yuzaga keladigan o‘zgarishlar



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə36/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

α -Adrenoretseptorlarni qo‘zg‘atganda yuzaga keladigan o‘zgarishlar:

  • teri, shilliq qavat, buyrak, ichak, qon tomirlarining qisqarishi;

  • ko‘zning rangdor pardasidagi radial mushaklarning qisqarishi (midriaz);

  • me’da-ichak traktidagi sfinkterlarning qisqarishi;

  • qorataloq trabekulalari (mushaklarining qisqarishi(qorataloq kichrayadi);

  • bachadon mushaklarining (miometriy) qisqarishi.

β -Adrenoretseptorlarini qo‘zg‘atilganda yuzaga keladigan o‘zgarishlar:

  • ko‘ngdalang targ‘il mushaklar, jigar, o‘pka, bosh miya, miokard qon tomirlarining, silliq mushaklari bo‘shashadi, tomir kengayadi (β2);

  • bronxlarning silliq mushaklari bo‘shashadi (β2);

  • mimetriy tonusi susayadi (β2);

  • glyukogenoliz (glikogenning parchalanishi) tezlashadi;

  • lipoliz kuchayadi (β2);

  • yurak qisqarishining soni va kuchi ortadi (β1);

  • me’da-ichak trakti a’zolarining harakati va tonusi susayadi (β1).



Farmakologik vositalarning adrenergik sinapslarda qo‘zg‘alish impulslarining o‘tkazilishiga ta’siri quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin:

  • NAning sinteziga ta’siri (al’fa-metil-p-tirozin susaytiradi) ;

  • NAning zaxira qilinishiga ta’siri (rezerpin kamaytiradi) ;

  • NAning parchalanishiga ta’siri (iprazid, nialamid-MAO faolligini pasaytiradi) ;

  • NAning sinaptik yoriqqa chiqishiga ta’siri (ornid, oktadin pasaytiradi) ;

  • NAning neyronal yutilishiga ta’siri (imizin, kokain pasaytiradi) ;

  • NAning ekstroneyronal yutilishiga ta’siri (meganefrin, fenoksibenzamin pasaytiradi;)

  • Effektor a’zolarining adrenoretseptorlariga ta’siri.


Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə