G. M. Tansikbayeva, V. A


OLIY MAJLIS SENATINING MUTLAQ VAKOLATLARI



Yüklə 2,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/260
tarix12.05.2022
ölçüsü2,73 Mb.
#86830
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   260
G. M. Tansikbayeva, V. A

3. OLIY MAJLIS SENATINING MUTLAQ VAKOLATLARI 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga mu-
vofi q O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati mutlaq vako-
latlariga:
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning 
o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini say-
lash;
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbe-
kiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;
3) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbe-
kiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
4) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbe-
kiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudini saylash;
5) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbe-
kiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini 
tayinlash hamda uni lavozimidan ozod etish;
6) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokurori va Hisob palatasini tayinlash hamda ularni lavozimidan 
ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi 
Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish 
to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash;
8) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbe-
kiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini 
tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish;
9) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbe-
kiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni 
lavozimidan ozod etish;


119
10) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnis-
tiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish;
11) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huqu-
qidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;
12) O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, O‘zbekiston Respub-
likasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
13) o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan 
bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
14) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yu-
zasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan 
qarorlar qabul qilish kiradi. 

Yüklə 2,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə