2-Ma’ruza. O‘zbekiston o‘lchashlar birligini ta’minlash tizimi. Xuquqiy asoslari va nizomlari reja


 Respublikada o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha



Yüklə 222,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix21.10.2023
ölçüsü222,72 Kb.
#130315
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-MARUZA

 
2.2. Respublikada o‘lchashlar birligini ta’minlash bo‘yicha 
munosabatlarni huquqiy tartibga solish sohasida hukumat qarorlari 
Bizning respublikamizda yuqori davlat hokimiyati dalolatnomalari bo‘lib 
Oliy Majlis tomonidan qabul qilinadigan qonunlar hisoblanadi. Respublikamizning 
asosiy qonuni – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidir. Alohida sohalarda 
qonunlar majmuasi kodekslar deb nomlanadi. Mehnat haqida qonunlar kodeksi, 
jinoyat kodeksi va boshqalar. Qonuniy metrologiyaning asosiy dalolatnomalaridan 
biri bo‘lib sifatsiz, standartlarga yoki texnikaviy shartlarga nomuvofiq maxsulotni 
qayta–qayta yoki katta o‘lchamda ishlab chiqarish uchun jinoiy jazoni ko‘zda 
tutuvchi jinoyat kodeksining muvofiq moddasi hisoblanadi.
Metrologiya bo‘yicha qonuniy dalolatnomalar bo‘lib hukumat qarorlari 
hisoblanadi. Ulardan birinchisi 1918 yilda “O‘lchovlar va og‘irliklar xalqaro metrik 
tizimini joriy etish haqida”gi dekret bo‘lgan. 1942 yilda “Davlat qiyoslashi va 
tamg‘alanishi majburiy bo‘lgan tekshirish o‘lchash asboblari va o‘lchovlar 
haqida”gi qaror chiqdi. 1983 yilda qonuniy metrologiya sohasida hukumatning eng 
muhim qarorlari “Mamlakatda o‘lchashlar birligini ta’minlash haqida”gi qaror 
bo‘ldi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 
29 aprelda 211 – sonli “O‘zbekiston Respublikasi standartlar metrologik qoidalar va 
o‘lchashlar birliligi ustidan davlat nazorati haqidagi qonunni tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi qarorni nashr qildi, bunda esa O‘zbekiston respublikasida standartlar 
va o‘lchash vositalari ustidan davlat nazoratining asosiy vazifasi mahkamaviy 
bo‘ysinuvi va mulk shaklidan qat’i nazar vazirliklar, idoralar, korxonalar va turli 
tashkilotlar tomonidan ta’minlashi va amal qilishi ekanligini ko‘zda tutadi. 
1993 yil 2 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston respublikasida standartlash bo‘yicha ishlarni 
tashkil qilish haqida”gi 93-sonli qaror qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqilligi e’lon qilinishi munosabati bilan, respublikada standartlashtirish, 
metrologiya va sertifikatlashtirish milliy tizimini yaratishning asoslari qurildi. 
SHu munosabat bilan sobiq Davstandartning respublika hududida joylashgan 
tashkilotlari bazasida O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish markazi (O‘zdavstandart) tashkil qilindi. 
Bu qarorda respublika hududida standartlashtirish ob’ektlariga qo‘yiladigan 
talablarni aniqlovchi me’yoriy hujjatlar toifasi oldindan kelishib olindi, shuningdek 
O‘zbekiston respublikasi standartlashtirish davlat tizimining asosiy prinsiplari va 
O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi 
haqidagi asosiy tizimlar tasdiqlandi.
1993 yil 28 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan 
respublikada metrologiya bo‘yicha faoliyat Davlat boshqaruvini tartibga soluvchi 
“Metrologiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.
2002 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan “Standartlashtirish, metrologiya va maxsulot va xizmatlarni 
sertifikatlashtirishni takomillashtirish bo‘yicha choralar haqida”gi 342-sonli qaror 
qabul qilindi. Bu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikstlashtirish markazi 
(O‘zdavstandart) 
ni 
O‘zbekiston 
standartlashtirish, 
metrologiya 
va 
sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi)ga aylantirish haqida qaror 
qabul qilindi.

Yüklə 222,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə