Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

tillar 
oilasi
deyiladi. Til oilasi o'z ichiga bir bobo tildan kelib chiqqan hamma tillarni olgani uchun it juda 
yirik tillar yig'indisini tashkit etadi. Hozirgi tilshunoslik ma'lumotlariga qaraganda bugungi kunda 20 
dan ortiq til oilalari mavjud. Har bir oila o'z navbatida qarindoshlikning yaqinlik darajasiga ko'ra bir 
necha guruhlarga ajratilishi mumkin. Masalan, turkiy tillar oilasi bir necha guruhlarga bo'linadi: 
o'g'uz, qipchoq, qorluq kabi. 
Bu haqda Siz «Tilshunoslikka kirish» kursida asosiy bilimlarmi olgansiz. Tillar oilasiga 
kiruvchi turkiy tillar oilasi son jihatidan hind-yevropa tillar oilasidan keyin ikkinchi o'rinda turadi. 
Hozirgi oltoy tillar oilasiga mansub xalqlarning umumiy soni 135,6 mln. bo'lib, shundan 
106,5 mln. turkiy, 15 mln.mo'gul, 14,1 mln. tunfus-manjur tillarida so'zlashuvchi xalqlar tashkil 
qiladi. Ktfrinib turibdiki, oltoy tillari oilasida turkiy xalqlar eng ko'p sonli bo'lib, ular faqat 
Osiyodagina etnas, hattoki Yevropada (3,2 mln), Afrikada (35 ming), Amerikada (95 ming), 
Avstraliyada (35 ming) ham istiqomat qiladilar. Hozirda turkiy tillar oilasiga ko'pgina katta va 
kichik, jonli va o'lik tillardan 44 tasi kiradi: turk (usmonli turk), o'zbek, turkman, qozoq, qirg'iz, 
uyg'ur, ozarbayjon, bolqor, qo'miq, qorachoy, no'g'ay, boshqard, tatar, chuvash, xakas, tuva, yoqut, 
qrim-tatar, gagauz, qoraqalpoq, chulim, oltoy, sibirng-tatar lahjalari, qaray, turxman, tofalar 
(karagas) tili, kamasin, shor va boshq. 
Turkiy tilda so'zlashuvchi xalqlar ilmiy manbalarda 40, ba'zilarida 60 ta deb ko'rsatiladi. 
Turkiy tillarda so'zlashuvchi xalqlar soni 90-100 millionni tashkil qiladi. 1992 yil 4-9 may da 
Anqarada turkiy xalqlar kongressi bo'lib o'tadi. Mazkur kongressni tashkiliy qo'mita raisi Ayda Qutlu 
so'zlagan nutqida bugungi kunda turkiy tillarda stfzlovchi xalqlarning sonini 200 millionga yetdi, deb 
ta'kidlagan. 
Bu dalilning o'ziyoq turkiy tillarning qadimiyligidan, jug'rofiy xududningkengligidan dalolat 
beradi. 
Yuqorida sanab otilgan tillar kelib chiqishining umumiyligi, fonetik, leksik-semantik 
morfologik va sintaktik xususiyatlarining o'xshashligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham 
yagona tillar oilasini tashkil qiladi. 



Turkiy tillar oilasiga mansub tillar uchun asos bo’lgan bobo til-qadimgi turk tilidir. Bundan - 
anglashiladiki, turkiy tillar uzoq va qadimiy tarixga ega. 
Turkiy xalqlarning tillari va adabiyotini o’rganuvchi fan turkologiya, shu sohalarga oid 
tadqiqot olib boruvchi olim esa turkolog deb ataladi. Turkologiya termini turk etnonimiga «bilim, 
tushuncha ma'nolarini anglatuvchi «logos» so'zini qo'shiluvidan yasalgan.' 
Turkiy filologiya, yuqorida tilga olingan turkiy xalqlar tili va adabiyoti, taraqqiyoti tarixini, 
taraqqiy etish omillarini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan o'rganuvchi fandir. Turkiy filologiya keng 
qamrovli boiib, o'z navbatida, o'zbek filologiyasi, qirg'iz filologiyasi, turk filologiyasi kabi qator 
tarmoqlarga bo'linadi. 
«Turkiy filologiyaga kirish» esa ana shu fanga oid ilk nazariy va amaliy tushunchalarni 
o'rgatadi. Filologiya fakulngteti talabalarini turkiy tillarning taraqqiyot tarixi turkiy tillar tarixini 
o'rganish manbalari, turkiy tillar tasnifi, turkiy xalqlarning yozuv sistemasi, hozirgi turkiy tillarning 
xarakterli lingvistik xususiyatlari kabi masalalarning o'rganilishi turkiy filologiya — turkologiya fani 
haqidagi dastlabki nazariy bilimlar bilan qurollantirish asosida ularni keyingi kurslarda o'qitiladigan 
turkiy tillar, jumladan, o'zbek adabiy tili tarixiga oid fanlarga tayyorlash «Turkiy filologiyaga kirish* 
fanining asosiy maqsadi va vazifasi hisoblanadi. «Turkiy filologiyaga kirish» kursi quyidagi 
masalalarni o'rganadi: 
- turkiy tillar oilasi, uning sluikllanishi va taraqqiyotini; 
- turkiy filologiya fanining shakllanishi va rivojlanishida arab filologiyasining 
o'rnini; 
- turkiy tillarni o'rganish manbalarini; 
- turkiy tillarni cfrganilish tarixini; 
- turkiy tillar, jumladan, o'zbek adabiy tili tadqiqiga bag'ishlangan grammatik asarlarni, 
lug'atlarini; 
- turkiy tillar tasnifmi
- turkiy tillarning o'rganish sohasida Moskva, Qozon, Peterburg maktablari vakillarini amalga 
oshirgan ishlarni, yaratilgan tadqiqotlarini; 
- qadimgi turkiy yodgorliklar va ularning o'rganilishini; 
-turkiy tillarning o'ziga xos leksik-grammatik xususiyatlarini; 
- hozirgi turkiy tillarning strukturasini. 
«Turkiy filologiyaga kirish» predmeti talabalarni tilda sodir bo'ladigan turlicha cfzgarishlarni 
ongli ravishda tushunib olishlariga yordam beribgina qolmay, balki hozirgi o'zbek tilini o'rganishda 
asosiy poydevor hamdir. 
Tilning o’tmish tarixini o'rganish hozirgi tilning xususiyatini, uning ob'ektiv taraqqiyot 
qonunlarini chuqur va atroflicha tushunib olish uchun keng imkoniyat tug'diradi. 
«Turkiy filologiyaga kirish» kursi yuqoridagi masalalarning o'rganish asosida turkiy tillarni 
ajralmas uzviy tarmogi bo'lgan o'zbek adabiy tilining tarixi, taraqqiyot bosqichlari, nomlanish tarixi, 
uni o'rganish borasidagi tarixiy va zamonaviy ilmiy ishlarga, turkiy tillar oilasida tutgan o'rni kabi 
masalalarga alohida e'tibor qaratadi. Shu asosda talabalarning umumfilologik saviyasini oshirishga 
xizmat qiladi. 
Turkiy tillarni o'rganish bo'yicha bir qancha darslik va qo'llanmalar yaratildi. Bu sohada 
V.N.Bogorodskiyning «Turk-tatar tilshunosligiga kirish», N.Ye.Krimskiyning «Turkiy xalqlar, 
ularning tillari va adabiyoti», N.A.Baskakovning «Turkiy tillarni o'rganishga kirish», K.Mengesning 
«Turkiy tillar va xalqlar. Turkiyshunoslikka kirish», F.Zeynalovning «Turkiyshunoslik asoslari», 
I.Qo'chqarov, B.Isabekovlarning «Turkiy filologiyaga kirish», E.Kaydarov., M.Orazovning 
«Turkiyshunoslikka kirish» nomli darslik qo'llanmalar yaratilganligini ta 'kidlash joiz. 
Genetik qarindoshlik tufayli turkiy xalqlar tillarida hobo turkiy tilda mavjud bo'lgan ko'plab 
turgun birikmalar, cfxshatish va sifatlashlar, maqol-matallar, fonetik, morfologik va sintaktik tuzilish 
xossalari keyinchalik mustaqillashgan barcha turkiy tillarga ham o'tgan, buning ustiga, yonma-yon 
yashab kelayotgan qardosh xalqlar tillarida ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzining yaqinligidan kelib 
chiqadigan yana boshqa lisoniy muvofiqliklar ham borki, bu turkiy adabiyotlarning mushtarakligini 
ta'kidlashda belgilovchi omillar sirasiga kiradi. Masalan, qirg'iz va o'zbek tillarini muqoyasa etib
birgina ko'z-koz so'zi asosida 50 ga yaqin lug'aviy birikma mavjudligini, bular xuddi shu shakli (ko'z 
qismoq - kos qo's, ko'z tegmoq - kozu ley, yog'ochning ko'zi — jo'g'achto'n kozu va boshq.) da har 



ikki tilda ham mavjudligini, ttfla muvofiqligini ko'rishimiz mumkin. Holbuki, shu misolning o'zi ham 
turkiyxalqlarning tafakkur tarzi — dunyoni anglash va anglatish shakli ma'lum ma'noda bir xil 
ekanligidan dalolatdir. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə