Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Nazorat uchun savollar: 
1.Turkiy tillar tarixiy taraqqiyotining asosiy davrlarini ayting. 
2. N.A.Baskakov qaysi asarida turkiy tillar taraqqiyotini nechta davrga ajratgan? Har bir davr 
haqida gapiring. 
3. Turk hoqonliklari va ulaming paydo bo'lishi haqida gapiring. 
3-mavzu: Turkiy tillar tarixini o’rganish manbalari 
R e j a: 
1.
Turkiy xalqlar yozuvi tarixining rivojlanish bosqichlari. 
2.
O‘rxun-Enasoy yodgorliklarining topilishi, o‘rganilishi. 
3.
Qadimgi uyg‘ur yozma yodgorliklari. 
4.
Qoraxoniylar davri yodgorliklari. 
5.
Xorazm yodgorliklari. 
 
Tayanch so’z va iboralar
:
Turk-run yozuvi, Vrxun-Enasoy, Tolas yodqorliklari, Kul tigin, 
Bilga hoqon, Tunyuquq bitiktoshi, Suvarna yoki Oltun yorug\ turkiy yodgorliklar tadqiqotchilari. 
Dunyoda qarindosh tillar ko'p. Ammo bular orasida turkiy tillar bir-biriga o'ta yaqinligi bilan 
alohida ajralib turadiki, bu yaqinlik tilning barcha yaruslarida biron bir darajada aks etgan. Shuning 
uchun G.Vamberi «Turkiy tillarining har biri mustaqil ma'nodagi til btilmay, yagona turkiy tilning 
nisbatan mustaqillashgan shevalaridir», degan edi'. 
Turkiy tillarning qadimgi adabiy tilini o'zida qamrab olgan juda ko'p nodir yozma obidalar 
mavjud bo'lib, ularning ko'plari bizgacha etib kelgan. Ular turli yozuvlarda ifodalangan bo'lib, har xil 
nomlar bilan atalgan. Qadimgi turkiy obidalarni turkiy tillarni birontasiga tegishli deb bo'lmaydi. 



Run yozuvidagi obidalar katta territoriyaga tarqalgan bo'lib, ular XVIH asrda shved ofitseri 
FJ.Tabbert Stranlenberg va rus ofitseri S.Ye.Remezovlar tomonidan xabar qilinadi. 
1890 yilda Fin-ugor ilmiy jamiyati Urxun daryosiga arxeologik ekspeditsiya uyushtiradi. 
1891 yil esa Rossiya Fanlar Akademiyasi akademik V.V.RadlovrahbarUgida Urxun daryosiga katta 
ekspeditsiya yubordi. 1892 yilda bu ekspeditsiyaning ish natijalari ikkita atlas holida nashr qilinib 
ularda noma'lum yozuv yodgorliklarining surati, ular topilgan joylarning rejasi, xaritasi va boshqa 
ma'lumotlar berilgan edi. Yodgorliklarni birinchi bo'lib Daniya olimi V.Tomsen o'qishga muvaffaq 
boidi. Tomsen bu yodgorliklarni cfqishda turli alfavitlarga tayanmay ishni harflarning o'zaro nisbati 
va o'xshashliklarni aniqlashdan boshladi. Turkiy tillardagi ba'zi bir tovushlarning qator kelishi yoki 
kelmaslik holatini aniqlab, uni yodgorlikka solishtirib ko'rdi. Tomsen yodgorlik yozuvini chapdan 
tfngga qarab emas balki, o'ngdan chapga qarab o'qish kerakligini aniqladi. U birinchi bo'lib lyvh 
(tangri-menpi) va nyNh (turc -turk) srfzlarini o'qib, mazkur yodgorlik turkiy xalqlarga tegishli degan 
xulosaga keldi. 1893 yilning 25 noyabrida deyarli barcha harflarning aniqlab yodgorliklarning 
«siri»ni ochdi. Bu orada V.V.Radlov ham Tomsen kashfiyotidan bexabar holda 15 ta harfni 
aniqlaydi. 
V.V.Radlov o'zining V.Tomsenning kashjiyotiga tayanib, Urxun daryosi atrojida topilgan 
bir necha yodgorliklar matnini birinchi bo'lib tarjima qildi. 
Shunday qilib, daniya olimi V.Tomsen ikki so`zni (o`qigan bo`lsa-da, ayni bir vaqtda nemis 
olimi V.V.Radlovning ham bu yozuvlarni o'qishda xizmatlari kattadir. Bu yozuv turkiy xalqlarning 
islomgacha qo`llangan 38 harfdan iborat Urxun-Enasoy yozuvi bo`lib, «turk-run yozuvi», «Sibirng 
yozuvi», «titrkiy yozuv», «dulbarjin» kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Yodgorliklar ongdan chapga 
qarab yozilgan va harflari bir-biriga bog`lanmagan. 
Turkiy xalqlar islomgacha urxun-enasoy alifbosidan tashqari, eski uyg'ur, moniy, braxmon, 
sffgd, suryoniy yozuvlaridan ham foydalanganlar. Lekin eng ko`p qo`llangani O`rxun-Enasoy 
yozuvidir.Urxun-Enasoy yodgorliklari qadimgi turkiy qabilalarning madaniy-siyosiy markazlashuvi 
va yashash joylariga qarab guruhlangan
1) Shimoliy Mo’g'uliston yodgorliklari. Bu guruhga Bilga hoqon, Kul tigin, Tunyuquq, 
Ungin, Kulichur, Selenga, Qorabolasogun, Suji yodgorliklari, shuningdek, Asxete, Xangay va 
Gobidan topilgan yodnomalar kiradi. Turkiyshunoslikda bu guruh Urxun yodnomalari deb yuritiladi. 
2) Enasoy yodgorliklari hozirgi Krasnoyarsk, Xakasiya va Tuva muxtor viloyatlari hududida 
topilgan. Bu yodgorliklarning 50 dan ortiq matni o'qilgan va nashr qilingan. Bu yozuv eramizning Y-
YII asrlariga mansub.Enasoy yodnomalariga Enasoy (Yenisey) daryosi umuman, Janubiy Sibirdan 
topilgan va qoyalarga, tangalarga o'yib yozilgan yuzdan ortiq yozuvlar kiradi. 
3) Lena-Baykalboyi yodnomalari. Ular o'qilishi qiyin bo'lgan matnlardan iborat. 
4) Oltoy yodnomalari. Bu guruh bir necha qoya va kumush idishiarga bitilgan yozuvlardan 
tashkil topgan. 
5) Sharqiy Turkiston yodnomalari. Bular Turfon, Dunxuan va Mirandan topilgan, tosh va 
qogozlarga bitilgan yozuvlar. 
6) O'rta Osiyo guruhiga kiruvchi yodnomalar. Bular Yettistiv va Farg'ona guruhlaridan 
tashkil topgan bo'lib, tangalar, uy-rtfzgor buyumlari, yogochlarga, sopol va metallarga bitilgan 
yodnomalardan iborat. 
Yodnomalar, avvalo, turkiy xalqlar tarixini o`rganish uchun asosiy manba hamda yozma 
adabiyotning ilk namunasidir. Mazkur bitigtoshlar orasida Kul tigin, Bilga hoqon, To`nyuquq 
yodnomalari alohida ajralib turadi. Bu bitiktoshlar run, runiy (runa —sirli, yashirin) yozuvi nomi 
bilan yuritilgan. Tolas obidalari. Hozirgi Jambul yaqinidagi Tolas daryosi sohillaridan topilgan. Y-YI 
asrlarga tegishli bo'lib, oltita tosh va bir cho'p tayoqqa bitilgan. Ular 1896-1897 yillarda V.A.Kallaur, 
A.Geykel, O.Donner tomonidan kashf etilgan. Bu yozuvlarni V.V.Radlov, P.M.Melioranskiy, 
A.Geykel, Yu.Nemet, S.Ye.Malovlar tarjima qilib, matbuotda e'lon qilishgan. 
O’rxun obidalari mashhur hoqon va amaldorlari sharafiga o`rnatilgan. Bular Yll-YlII asrlarga 
mansub. O’rxun va Selenga daryolari yaqinidan topilgan. 
1. Ungin (Ongin) bitiktoshi. Qutlug' hoqonga bag'ishlangan. 692 yilga tegishli. V.V.Radlov 
1895 yilda asl matnini va transkriptsiyasini kelishicha tarjimasi bilan nashr ettiradi. 62 satrdan iborat. 
2. To’nyuquq bitigtoshi. 1897 yilda Ye.Klements Shimoliy Mtfg'ulistonda Boin Sokto 
manzilidan topgan. Yodnoma ikkinchi turk hoqonligiga asos solgan Eltarish hoqonning 



maslahatchisi va sarkardasi, Xitoy yilnomalarida Yitanchjen (To'ngich jadval) deb yuritilgan bu 
bitiktosh 
To`nyuquqqa 
bag'ishlanib, 
712-716 
yillar 
orasida 
uning 
o`zi 
tomonidan 
marmargayozdirilgan. 
3. Kul tigin bitigtoshi. Rus o'lkashunosi N.M. Yadrintsev 1889 yilda Mo'g'ulistonning Kosha 
Seydam vodiysida Urxun daryosining Ko'kshin irmog`idan topgan. 
4. Bilga hoqon bitigtoshi. N.M.Yadrintsev 1889 yilda Kul tigin bitigtoshi bilan birga Urxun 
daryosining Ko'kshin irmog'i atrofidan topgan. Bilga hoqonning asli ismi Mo`g`uliyon. U taxtga 
o`tirgach, Bilga (dono) hoqonnomini olgan. 
5. Quli chur bitigtoshi. YII asrga tegishli. 1912 yilda polyak olimi V.Kotvich 
Mo`g`ulistonning Ulan-Bator yaqinidagi lxe-Xushotu manzilidan topgan va rus turkshunosi 
A.N.Samoylovich bilan birgalikda 1928 yili nashrettiradi. 
6. Moyun chur bitigtoshi. YII asrga tegishli. 1909 yilda finlandiyalik olim G.I.Ramstedt 
Shimoliy Mo`g`ulistonning Selenga daryosi yaqinidan topgan va 1913 yilda tarjimasi bilan nashr 
ettiradi. 
7. Irq bitigi (folnoma) ingliz olimi A.Steyn Xitoydagi «Ming budda g`ori» ibodatxonasidan 
topgan. 1912 yilda V.Tomsen nashr ettirgan.Bu bitigtoshlar turk hoqonligi davrida runiy yozuvida 
bitilgan. Turk hoqonligi tarkibiga kirgan turklarning bevosita davomchisi bo`lgan uygurlar juda katta 
meros o`sha davr tilini aks ettiruvchi yozma yodgorliklarqoldirgan. 
Uyg'ur yozuvi oromiy yozuvi asosida shakllangan bo’lib, u keyinchalik mo'g'ullarga va 
mo'gullardan manjurlarga o'tgan. Uyg'ur yozuvi YI asrdan XY asrgacha turkiy xalqlarda va 
buddachilar orasida XYIII asrgacha ishlatilgan. Uyg'ur alfaviti bilan yozilgan yodgorliklarni o'z 
xususiyati va mazmuniga ko`ra, quyidagilarga kiritish mumkin. 
1. Uyg'ur yodgorligi—Suji, Shins-Usu va Sharqiy Turkistonda topilgan. Yaglaqarxon 
qabridan topilgan namunani Suji yodgorligi, Muyun-chura qabridan topilgan namunani Selenga 
yodgorligi deb yuritilgan. Qog'ozda topilganini Turfon yodgorligi deb atalgan. 
2. Manixey (monaviy) yodnomasi. Manixey madaniyati yodgorligi sifatida «Xuastuanift 
(monaviylaming tavbanomasi)ni ko'rsatish mumkin. Bu obidani 1910-1911 yillarda ingliz olimi Le 
Kok Berlin va Londonda nashr ettirgan. L.V.Dmitrieva 1963 yilda lotin alifbosida ruscha tajribasi 
bilan nashr ettirgan. Manixeylarga tegishli yodgorliklarni dastlab ingliz olimi A.Shteyn, nemis olimi 
A.Lekok, frantsuz olimi P.Pellngi topib, fan olamiga ma'lum qilgan. 
3. Buddiy yodnomasi — budda diniga sig`ingan uygurlar tomonidan yaratilgan bo`lib, 
«Suvarna» yoki «Oltun yoruq» deb yuritilgan. Asli qadimgi hind - sanskritcha «suvarnaprabxasa» 
(Oltin jilo) X asrda Sifigu Seli Tittung tomonidan turkiy tiliga o'girilgan. 1909-11 yillarda 
S.Ye.Malov Suchjou shahriga yaqin Ungshagudan topib, 1917 yilda nashr ettirgan. 
4. Sekiz yukmak. Tufondan topilgan bu yodgorlik matnini nemis olimlari V.Bang, A.fon 
Gaben va turk olimi G.R.Rahmatiylar 1934 yilda Berlinda nashr ettirganlar. 
XI-XY asrlarga aid ko'pgina yirik asarlar turk-uygur yozuvida tartib qilingan. Masalan, 
«Me'rojnoma», «Tazkirai avliyo», «Baxtiyornoma» kabi bir qator asarlar shu yozuvda ko'chirilgan. 
Qoraxoniylar davri yodnomalari uyg'ur va arab yozuvida bitilgan. Yusuf Xos Hojibning 
«Qutadg’u bilig» (Baxt keltiruvchi bilim), M.Koshgariyning «Devonu lugotit turk» («Turkiy so'zlar 
lug’ati»), Ahmad Yugnakiyning «Hibatul-haqoyiq» («Haqiqatlar armug'oni») asari, «Devoni hikmat» 
asarlari XI-XII asrlarda yaratilgan obidalar kiradi. Shuningdek, Rabguziyning “Qisasi Rabguziy”, 
Aiming «Qissai Yusuf», «O'g’uznoma», «Tafsir» kabi asarlari XIII-XIV asrlarda yaratilgan turkiy 
yodnomalardir. 
Xorazm obidalariga Sayfi Saroyiining «Guliston bit-turkiy» asari, Xorazmiyning 
«Muhabbatnoma»si, Qutbning «Xisrav va Shirin» dostoni, Mahmud as-Saroyining «Nahju-l-
Faradis» kabi turkiy tilida bitilgan qo’lyozmalar kiradi. Bu qo'lyozmalarni topilishi va nashr 
ettirilishida AM.Sherbak, E.Nadjip, N.A.Baskakov, A.K.Borovkov kabi turkolog olimlarni xizmati 
katta. 
Qipchoq-o’g’uz obidalariga XIV-XV asrlarda arab yozuvida bitilgan quyidagi manbalar 
kiradi. 
Abu Xayyonning “Kitob-al-idrok li-lison al-atrok”, Jamoliddin Abu Muhammad at-
Turkiyning “Kitob ulgat almushtoq fi-lugat at-turk va-l-qifchoq”, muallifi noma'lum “Kitob at-tuhfa 



az-zakiya fil-lug'at at-turkiya”, ibn Muhannaning “Li-lison al-arabiy va-l forsiy va-l turkiy va-l-
mo’g’uliy” asarlari kiradi. 
Umuman, bu obidalar Navoiygacha bo’lgan turkiy tillarning fonetikasi, grammatikasi va 
leksikasini o'rganishda muhim manba bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə