Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

ota, ona, shahar, ko‘z
kabi 
tushunchalarni ifodalovchi 60 ta so‘zni shu tillarga tarjima qilib, ularning bir-biriga munosabatini 
aniqlaydi. U Sibir o‘lkasidagi xalqlarni tatarlar deb nomlab, bu tillarni 6 guruhga ajratadi.1. venger, 


11 
fin, mordva, cheremis, permyak, votyak, ostyak; 2. turk, qrim-tatar, o‘zbek, qirg‘iz, turkman, tatar 
yoqut, va chuvash; 3. samodiy tillari; 4. mo‘g‘ullar-manjurlar- qalmiqlar, sanjurlar, tangutlar,
kamasin. 5. tunguzlar, arinlar. Koryaklar. Qurillar. 6. avar, qumiq, kubachin, cherkas. Kononov bu 
tasnifda bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsa ham, lekin uning ilmiy asosi to‘g‘ri, shuning uchun 
bu tasnif fan tarixiy ijobiy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning asari Yevropada katta 
qiziqish bilan qarshi olingan: asar ingliz (1738), fransuz (1757), ispan tiliga (1780) tarjima qilingan. 
1820 yilda A.Remyuza turkiy tillarni 5 guruhga bo‘ladi; 1) yoqut tili: 2) uyg‘ur tili (bunga chig‘atoy 
va turkman tillarini ham kiritgan), 3) no‘g‘ay tili (Qrim-Astraxan): 4) qirg‘iz tili: 5) turk tili (bunga 
chuvash tilini ham kiritgan). 
Avgust Myuller (1887) yilda Vamberi tajribasiga asoslanib, o‘zining “Islom tarixi” asarida
yoqut va chuvash tillaridan boshqa turkiy tillarni uch guruhga bo‘ladi: 1. Shimoliy turk tillari. 2. 
Sharqiy turk tillari ( Qashqar, o‘zbek, Buxoro, Xiva: Qrim-tatar, Qozon tatarlari tili). 3. G‘arbiy turk 
tillari (Ozarbayjon, eron turklari, usmonli turk va turkman tillari). 
V.V.Radlov ilk tasnifida turkiy tillarni 3 guruhga bo‘lgan-Shimoliy, janubiy. qurama. 
Qurama guruhni yaga g‘arbiy va sharqiy kichik guruhga ajratadi. Radlov bu tasnifni keyingi 
tadqiqotlarida qata ishlab, o‘zining “Shimoliy Turkiston tillarining fonetikasi” nomli asarida 4 
guruhga bo‘linadi: 1. Sharqiy guruh – oltoy, cho‘lim, xakas tillari kiritilgan. 2. G‘arbiy guruh — 
bunga G‘arbiy Sibir tatarlari, qirg‘iz, boshqird, Volga boyi tatar tillari, qozoq, qoraqalpoq tillari 
kiritildi. 3. O‘rta Osiyo guruhi.- bunga o‘zbek va uyg‘ur tillari kiritildi. 4. Janubiy guruh-bunga 
turkman, ozarbayjon, turk va qrim-tatar tillarini kiritdi. Radlov tasnifi asosan turkiy tillarning 
fonetik xususiyatlariga asoslangan. 
V.A.Bogorodskiy 1921 yilda turkiy tillarni geografik va fonetik xususiyatlari asosilariga 
asoslangan holda 7 guruhga bo‘ladi.1. Shimoliy-sharqiy guruh: yoqut, karagas, tuva. Bu guruhdan 
yoqut tili so‘z boshidagi s tovushining yo‘qolishi, karagas va tuva tillari esa y tovushining ch 
tovushiga va ch tovushining sh tovushiga o‘tishi bilan xarakterlanadi; 2. Xakas guruhi: xakas tili. Bu 
guruh uchun xos xususiyat so‘z oxiridagi sh tovushining ch tovushiga o‘tishi; 3. Oltoy guruh: oltoy 
tili o‘z shevalari bilan kiritiladi. Bu guruh qirg‘iz tiliga fonetik yaqinligi bilan xarakterlanadi; 4. 
G‘arbiy Sibir guruhi: chulim, ishim, tyumen tatarlari tili. G‘arbiy Sibir guruhining asosiy fonetik 
xususiyati eski turkiy tillardagi ch tovushi o‘rniga s tovushining qo‘llanishi kuzatiladi.; 5. Volga 
bo‘yi va Ural guruhi: tatar va boshqird tillari. Bu guruh uchun xarakterli xususiyat unlilarning 
qisqarishi bo‘lib, boshqa turkiy tillardagi ye tovushi i tovushiga va o tovushi u tovushiga aylangan; 
6. O‘rta Osiyo guruhi: uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, o‘zbek qorqalpoq. Bu guruhni birlashtirib turuvchi 
belgilar ko‘rsatilmagan; 7. Janubiy-G‘arbiy guruh: turkman, ozarbayjon, qumiuq, gagauz, turk tillari 
va chuvash tili. Bu guruh ham to‘liq izohlanmagan. V.A.Bogorodskiy turkiy xalqlar va tillarining 
taraxiy taraqqiyotini yetarli hisobga olmagan. Turkiy tillarga kiruvchi karaim va nug‘ay tillari hech 
qaysi guruhga kiritilmagan. F.Ye.Korsh turkiy tillarni fonetik xususiyatlaridan tashqari, morfologik 
xususiyatlarini ham hisobga olgan holda tasnif qilgan. 
1. Shimoliy guruh: qirg‘iz. Qozoq. Oltoy, Volga tatarlari, Shimoliy Kavkaz tatarlari. Bu 
tillarning fonetik-morfologik xususiyatlari quyidagi so‘zlarda aks etgan- 
tau, qolg‘an, sarы, kele 
turur
. 2 .G‘arbiy guruh: ozarbayjon, turkman, turk, gagauz-
dag, kalan, sarы, geler, gelir;
3. Sharqiy 
guruh: O‘rxun-Enisey yodgorliklari yozuvi tili, eski uyg‘ur tili, chig‘atoy, qipchoq (polovets) kabi 
o‘lik tillar hamda jonli tillardan karagas va xakas -
tag‘, sarыg‘, qalg‘an, kelur
. 4. Aralash guruh: 
yoqut va chuvash tillari. Bu tillar boshqa turkiy tillardan fonetik, grammatik hamda leksik jihatdan 
keskin farq qilishi bilan farqlanadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə