Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

Nazorat uchun savollar: 
1. Qadimgi turkiy yodgorliklar deganda qaysi yodgorliklarni tushunasiz? 
2.Turkiy obidalar qanday yozuvlarda yaratilgan? 
3.Turkiy yodgorliklar jug`rofiy joylashuviga ko'ra qanday guruhlarga bo'linadi? 
4.Urxun-Enasoy yodgorliklari majmui qaysi yodgorliklardan iborat va ular qaysi davrlarga 
mansub? 
5.Uyg'ur yozuvida qaysi yodgorliklar bizgacha etib kelgan? 
6.Turkiy obidalar qaysi turkolog olimlar tomonidan o`rganilgan? 
 
4-mavzu: Turkiy tillar tasnifi 
 Re j a: 
1.
Turkiy tillar va ularni tasnif qilish masalasi. 
2.
Turkiy tillarni tasnif qilish tarixi. Mahmud Koshg‘ariy tasnifi va uning ahamiyati. 
3.
XIX asr oxiri va XX asrda turkiyshunoslar tomonidan qilingan tasniflar. 
4.
Turkiy tillar tasnifiga oid tadqiqotlar tahlili. 
 
Tayanch so’z va iboralar:
Tillar oilasi, genetik qarindoshlik, morfologik xususiyat, 
tipologiya, geografik joylashuv. 
Tillarni qiyosiy-tarixiy metod asosida tadqiq qilishning mahsuli sifatida tilshunoslikda 
geneologik tasnif maydonga keldi. Bu tasnifga ko`ra, tillar bir umumiy manbadan kelib chiqqanligi, 
o’xshashligi, qarindoshligiga qarab oilalarga ajratiladi. 
Turkiy tillarning hozirgi holatini ilmiy jihatdan o'rganish uchun ularning uzoq tarixiy 
taraqqiyot yo`llarini nazariy bilish zarur. 
Til taraqqiyotining turli davrlarida amal qilgan qonunlarni va shu qonuniyatlarga muvofiq 
tilda voqea bo’lgan fonetik, leksik, grammatik o’zgarishlarni o’rganishga qiziqish qadimgi 
davrlardayoq boshlandi. 
Tillarning taraqqiyot tarixini o'rganishdagi eng muhim masalalardan biri —tasnifdir. Tasnif 
uchun turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o'zaro munosabatlari aniqlanishi lozim. 
Ma'lumki, turkiy tillarning tasnifi muammosi tillarni davrlashtirish muammosi bilan ham 
bog'liq. N.A.Baskakovning aytishicha, tasnif ma'lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. 
Chunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil tamoyilga, ya'ni tarixiylik tamoyiliga asoslanadi. 
Bundan tashqari, turkiy tillarni tasnif qilganda areal lingvistika materiallaridan foydalangar. holda 
tillarning distinktiv (har bir tilga xos) belgilarini aniqlash lozim boladi. 
Turkiy tillarning tasnifi XI Mahmud Koshg'ariy tomonidan berilgan bolsa ham, XIX asrgacha 
nrkiy tillarning mukammal tasnifi yaratilmadi. XIX asrdan boshlab turki) tillarni rus va chet el 
olimlari tasnif qila boshladilar. Bu tasniflarda rir xillik yo'q edi. Ularning ba'zilari turkiy tillarni 
hududiy-jo'g'rofiy jihatdan (tasnif qilsa, boshqalari tillarning bir xil lingvistik belgisiga asoslanadi
ba'zi bir xil tasniflarda turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan yetarlicha bog’lanmaydi. 
Turkiy tillar tasnif, muammosi bilan M.Koshg’ariy, I.N.Berezin, N.LIlngmimkiy, F. 
Ye.Korsh, A.N.Samoylovich,S. Ye.Malov, V.A.Bogorodskiy, I.A.Batmanov, N.A.Baskakov, 
F.B.Stralenberg, A.Balngbi, A.Remyuza, A.Palngmblada, G.Vamberi, X.Vinkler, K.Foy, 
G.Raxmatiy, R.Arat, T.Bangi o'gli, T.Tekin, L.Ligeti, l.Nemet, K.Derfer, K.Grenbek, M.Ryasyanen, 
G.Ramstedt, l.Bentsig, K.Menges, V.Shott kabi olimlar shug’u llanganlar. 
Tillarning taraqqiyot tarixini o‘rganishdagi eng muhim masalalardan biri —tasnifdir. Tasnif 
uchun turkiy tillarning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari, o‘zaro munosabatlari aniqlanishi lozim. 
Ma’lumki, turkiy tillarning tasnifi muammosi tillarni davrlashtirish muammosi bilan ham 
bog‘liq. N.A.Baskakovning aytishicha, tasnif ma’lum darajada tillar tarixini davrlashtirish demakdir. 
Chunki tasnifda ham, davrlashtirishda ham bir xil tamoyilga, ya’ni tarixiylik tamoyiliga asoslanadi.


10 
Turkiy tillarning tasnifi XI Mahmud Koshg‘ariy tomonidan berilgan bo‘lsa ham, XIX 
asrgacha nrkiy tillarning mukammal tasnifi yaratilmadi. XIX asrdan boshlab turki) tillarni rus va chet 
el olimlari tasnif qila boshladilar. Bu tasniflarda bir xillik yo‘q edi. Ularning ba’zilari turkiy tillarni 
hududiy-jo‘g‘rofiy jihatdan tasnif qilsa, boshqalari tillarning bir xil lingvistik belgisiga asoslanadi, 
ba’zi bir xil tasniflarda turkiy tillar tarixi xalq tarixi bilan yetarlicha bog‘lanmaydi. 
Turkiy tillar tasnif, muammosi bilan M.Koshg‘ariy, I.N.Berezin, N.Ilminskiy, F. Ye.Korsh, 
A.N.Samoylovich,S. Ye.Malov, V.A.Bogorodskiy, I.A.Batmanov, N.A.Baskakov, F.I.Stralenberg,
A.Remyuza, R.Arat, T.Tekin, Nemet, K.Derfer, K.Gryonbek, G.Ramstedt, K.Menges, V.Shott kabi 
olimlar shug‘u llanganlar. 
M.Koshg‘ariy «DLT» asarida turkiy tillarning birinchi tasnifini bergan. U turkiy tillarni tasnif 
qilganda ikki tamoyilga asoslanib ish ko‘radi: 1) qabilaviy tillarining sofligiga (to‘g‘riligiga) ko‘ra; 
2) qabilaviy tillardagi fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra. 
Mahmud Koshg‘ariy qabilaviy tillarning sofligi tushunchasi ostida turkiy bo‘lmagan tillar 
ta’siri darajasini tushunadi. Shunga ko‘ra turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi: a) sof, to‘g‘ri til; b) 
aralashgan turkiy qabila tillari. 
Faqat turkiy tilda so‘zlovchi urug‘ va qabilalar; turkiy va boshqa tillarda so‘zlovchi urug‘ va 
qabilalar. 
Birinchi guruhga arg‘u, qirg‘iz, o‘g‘uz, to‘xsi, yag‘mo, chigil, jaruq kabi tillar kiritilib, 
yamak va boshqird tillarini ham bu tillarga yaqin deb ko‘rsatadi.Uning fikricha tillarning yengili 
o‘g‘uz tili, eng to‘g‘risi va yaxshisi yag‘mo, to‘xsi tillari. Itil, Irtish bo‘ylaridan uyg‘ur 
shaxharlarigacha bo‘lgan hududlardagi tillar ichida Hakoniya o‘lkasida yashovchi qabillar tili 
(qoraxoniylar davlati tili) ni eng ochiq va ravon til deb baholaydi. 
Ikkinchi guruhga Bolosog‘un, Taroz, Chin, Xo‘tan, Tibet shaharlari aholisining tili kiritilib, 
ularning sof turkiy tilda emas, balki boshqa tillardan ham foydalanib so‘zlashishlarni qayd etadi. Yil-
jыl, yur-jur, men-ben, muz-buz, til-dil, tag-dash, to‘rt-do‘rt kabi. Mahmud Koshg‘ariy turkiy tillarni 
fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra tasnif qilishda tillarning geografik tarqalishi tamoyilini ham 
ko‘zda tutadi. U fonetik va morfologik mezonga asosan turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi: 
1. Chigil, yag‘mo, tuxsi, qorluq, uyqurlardan boshlab yuqori Chingacha bo‘lgan qabilalar 
tillari.(sharqiy) 
2. O‘g‘uz, argu, qipchoq, totor, yamaq, suvorin va Rusdan Vizantiyagacha (Rumgacha) 
joylashgan qabilalar tillari.(g‘arbiy) 
Sharqiy va g‘arbiy turk qabilalari tillari orasida qator fonetik hamda morfologik farqlar 
mavjud. 
Umuman, Mahmud Koshgariy X1 asrdagi turkiy qabila tillarining tasnifi uchun 6 fonetik va 
4 morfologik xususiyatni asos qilib olgan. Bularning barchasi Mahmud Qoshgariyning turkiy 
tittarning asosiy xususiyatlarini, ularni orasidagi o‘xshash va farqlarni yaxshi tushuna olganligidan, 
uning chuqur va har tomonlama lingvistik bilimga ega ekanligidan dalolat beradi 
“DLT”dagi 20 ta qabila nomlari 
Turklar aslida 20 qabiladur. Har bir qabilaning saoqsiz allaqancha urug‘lari bor. Men 
bulardan asosini, ona urug‘larini yozdim, shahobchalarini tashladim. 
Bajanak, qifchoq, o‘g‘uz, boshqirt, yamak, basmil, qay, yabaqu, tatar. qirqiz. chigil, to‘xsi, 
yag‘mo. ig‘raq, jaruq, jumul, uyg‘ur, tangut, xitoy, tafqach. 
Bulardan tashqari, yana bir qancha qabilap va elatlar nomi tilga olinib, ular haqida ham yo‘l-
yo‘lakay fikr bildirilgan: sug‘daq, kanjak, arg‘u, xo‘tan, tubut, bulg‘or, suvar, tojik. 
Qarluq, jikil, bo‘lak, kujo, xalach, turkman, bayat. 
O‘g‘uz guruhiga tegishli 22 urug‘ nomi ko‘rasatilgan – qiniq, qayig‘, bayundur, ifa/iva, yiva, 
salg‘ur, afshar, bektili, buktuz, boyot, yozg‘ir, aymur, qorabulluq, olquabuluq, igdar, urakir, yuragir, 
tutirqa, ulayundlug‘, tugar, bajanak, juvoldor, jabgt, jaruqlug‘. 
M.Koshg‘ariydan keyin turkiy tillarni o‘rganish va tasniflash, asosan, XIX asrdan 
boshlandi.1730 yilda Stokgolmda Filipp Iogann Tabber Stralenberg “Evropa va Osiyoning shimoliy 
va sharqiy qismlari” nomli asarida Sibirning tarixi, iqlimi, shaharlari, Sibirda, Osiyo va Yevropaning
shimoliy va sharqiy qismida yashovchi 32 xalqni, ularning tilini o‘rganib, 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə