Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/36
tarix25.05.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#87840
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

yiliq suv
deyilsa, uygurlarda
iliq suv
deyilgan. Uyg’urcha
men berdim
birikmasi o'guz 
qipchoqlarda ben berdim tarzida qo'llaniladi. Bundan anglash mumkinki, xunnlar davrida o'g'uz-
qarluq- qipchoq ittifoqi tili bir guruhni tashkil qilib, keyinchalik qarluq va o'guz qipchoq guruhlariga 
bo'linib ketgan. Undan so`ng esa o'g'uz va qipchoq guruhiga bo`lgan. Umuman olganda, xunnlar 
davrida barcha turkiy tillar bir-biriga yaqtn uzoqligiga qarab, bir necha guruhni tashkil qilgan. 
Shuning uchun ham bu tillarda leksik-grammatik jihatdan o`zaro farqlar bor. Ular qadimgi turkiy 
tilning shakllanish va taraqqiyotiga zamin tayyorlaganlar. 
V-X asrga kelib, turkiy tillar bilan mofg'ul tillari bir-biridan tamomila ajralib ketdi. 
Turkiy qabilalar V asrda ancha kuchayib, dzlarining ko'chmanchi turk (tukyu) hoqonligini 
550 yilda tuzdi. Bu hokonlikning chegarasi Amudaryo, Marv, Balx, Hindistongacha etib bordi. ffzaro 
urushlar arablar istilosi oqibatida turk davlati ikki qismga: 1) Markaziy Yettisuv bo'lgan garbiy 
turklarga. 2) Mo'g'uliston bo'lgan sharqiy turklarga ajraladi. 
Qadimgi turkiy adabiy tilining yozma yodgorliklari runiy (urxun-enasoy) va uyg'ur yozuvlari 
orqali bizgacha etib kelgan. 
Qadimgi turk davrida turkiy tillar differentsiatsiya qilindi. d-t tovushli tillar (qadimgi qirg'iz, 
qadimgi uyg'ur, o'g'uz)ga s-z tovushli tillar (qarluqqa) va y tovushli tillar (o`guz, qipchoq, qarluq)ga 
bo'linadi. Qadimgi turkiy til hozirgi turkiy tillarning shakllanishida asos btildi. Ana shu umumturk 
negizi tili xususiyatlari hozirgi barcha til tovushlarining grammatik qurilishi va lug`at boyligidagi 
umumiylikda ko'rinadi. 
Hozirda mustaqillikka erishgan turkiy davlatlar dunyoning ko`plab mamlakatlari bilan va 
birinchi navbatda turkiy ellar bilan bevosita aloqalarni keng yo'lga qo`ya boshladilar. Turkiy 
yaqinlik, turkiy mushtaraklik va turkiy birlik hozirgi zamonda umumturkiy tilning ko'hna xossalarini 
sinchiklab tadqiq etish va mushtarak jihatlarni ochib berish, ayniqsa muhim. 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə