5
Oltoy davrining qat'iy xronologik chegarasi belgilangan emas. Turkiy tillarning oltoy
nazariyasiga ko'ra turkiy, mo'gul, tungus-manjur tillari bilan qarindosh hisoblanib, shu tillar
birgalikda oltoy tillari oilasini tashkil qiladi. Bu nazariyaga ko'ra turkiy va mo'gul tillaridagi
umumiylik bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning IY-YII asrlarda Xitoyda, YII-XII asrlarda Baykal
tevaragida va XIII-XIY asrlarda Turkistonda o'zaro yaqin munosabatlari natijasida paydo bo'lgan.
Turkiy va manjur tillaridagi umumiylik bu tillarda gaplashuvchi xalqlarning
YIl-X asrlarda Boxay
davlati hukmronligi davrida o'zaro kontaktlari orqasida yuzaga kelgan. Mo’g'ul-tungus-manjur
tillaridagi umumiylik X-XIIl asrlarda manjurlarning mo`g`ul yozuvini o'zlashtirishi orqasida yuzaga
kelgandir.
Darhaqiqat, Turkiyadan to Yaponiyagacha tarqalgan turkiy tillar tarkibiga hozir 31 til,
mo`g`ul tillari guruhida 17 til, tungus-manjur tillari guruhida esa 14 til va shevalar mavjud. Oltoy
tillaridagi umumiy leksik qatlamning ba'zi jihatlariga to`g`ri kelsa-da
y
lekin turkiy, mo`g`ul va
tungus-manjur tillaridagi ayni bir xil grammatik xususiyatlarga to`g`ri kelmaydi. Bu grammatik
xususiyatlar mazkur tillarning genetik qarindoshligi bilangina izohlanishi mumkin. Oltoy tillarining
qarindoshligi B.Ya.Vladimirtsev, Ye.D.Polivanov, N.N.Poppe, GJ.Ramsted, V.I.Gipius, O.P.Sunik
va boshqalar tomonidan asoslangan, Ular oltoy tillari oilasidagi o'xshashliklar azaldan bo`lganligini
va u genetik birlik tufayli mavjud ekanligini ko'rsatadilar.
Oltoy tillaridagi umumiylikni tipologik o'xshashlik sifatida izohlovchi va ularda qarindosh
deb hisoblovchi olimlar ham bor. Oltoyshunoslikdagi bu yo`nalishda V.L.Kotvich, L.Ligeti,
J.Klousen, A.M.Shcherbak, G.Dyorfer, G.D.Sanjeev kabilarning tadqiqotlarida o`z ifodasini topdi.
Shunga ko'ra turkiy tillarning tarixi oltoy tillarining qadimdan bir til bo'lgan-oltoy davridan
boshlanadi. Oltoy bobo tili dastlab tungus-manjur va turk-mo'g`ul tillariga, turk-mo'g`ul tili esa turk
va mo'g'ul tillariga ajralgan.
Yuqqorida aytib o'tdikki, oltoy davri turkiy tillar taraqqiyotining eng qadimgi davr bo'lib, bu
davrda turkiy tillar mo'g'ul, tungus-manjur tillaridan aytarli ajratilmagan edi.
Bu haqda
B,Ya.Vladimirtsev shunday yozadi: «Mo'g'ul, turk va tungus tillari o'zining umumiy o'tmishdoshiga
egaki, itni shartli ravislida oltoy tili deb atash mumkin. Hozirgi oltoy tili ma'lum emas, balki oltoy
tillari, ya'ni mo'g'ul, turk va tungus tillari borki, ular o'sha tilning taraqqiyoti natijasida paydo
bo`lgandir».
Yuqorida ta'kidlanganidek, turkiy til oilasi to`g'risida turli flkrlar mavjud. Ba'zi olimlar
(Ye.D.Polivanov, G.Ramstedt) turkiy tillarni katta oltoy tillar oilasiga kiruvchi guruh deb hisoblab,
bu oilaga tungus-manchjur, mo'g'ul, koreys va yapon tillarini ham kiritishadi.
Boshqa olimlar
(O.Betling, G.Vinkler) ural-oltoy tillar oilasini ajratib, unga yuqorida qayd etilgan tillardan tashqari
fin-ugor tillarini ham kiritishadi. Turkiy tillar bilan shug'ullanuvchi olimlarning fikricha turkiy,
mo'g'ul, tungus-manjur tillar orasidagi genetik qarindoshlik uzil-kesil tasdiqlanmagan. Ularni
birlashtirishi mumkin bo'lgan narsa-tipologik o`xshashlik bo`lib, bu tillar agglyutinativ tillar
guruhiga kiradi. Lekin bu qarindosh degan ma'noni anglatmaydi. Shuning uchun ham ko`p
adabiyotlarda turkiy tillar alohida oila sifatida ajratiladi. Turkiy tillar o'zaro yaqin qarindosh tillar
bo`lib, bu oilaga kiruvchi birorta tilni o`zlashtirgan kishi shu oilaga kiruvchi boshqa tilni ham
tushuna olishi mumkin. Yoqut va chuvash tillari bundan istisnodir, chunki ular ko'pchilik turkiy
tillardan ancha uzoqlashgan.
Turkiy qabilalar mo'g`ul qabilalaridan ajralib chiqqach, ular o`zlarining Xunnlar imperiyasini
tuzdi. Bu imperiya eramizdan oldingi III asrdan eramizning Y asrigacha hukmronlik qilgan. Xunnlar
imperiyasi Markaziy Osiyodan Sharqiy Yevropagacha bo'lgan katta territoriyani egallagan. Uning
tarkibiga kdplab turk, mo’g’ul, tungus-manjur va boshqa qabilalar kirar edi. O'zaro urushlar
natijasida Xunn imperiyasi eramizdan oldingi I asr oxirida 2 qismga bo’linadi. G'arbiy Xunn va
Sharqiy Xunn davlatlariga ajralib ketdi. V.V.Bartolngdning ta'kidlashicha, Xunn imperiyasi
davrining til xususiyatlarini aks ettiruvchi yozma yodgorliklar yo'q. Shuning uchun ham o`sha davr
turkiy tillar xarakterini aniq tasvirlash qiyin. Xitoy va sanskrit tillari sharqda yashovchi turkiy
qabilalar tiliga, qadimgi eron va slavyan tillari g'arbda yashovchi turkiy qabilalar tiliga kuchli ta'sir
ko'rsatgan. Bu ta'sir turkiy tillar leksikasida sezilarli iz qoldirgan.
Turkiy, mo`g'ul, tungus-manjur tillari uchun umumiy bo'lgan
qadimgi leksik elementlar
hozirgi kungacha saqlanib keladi. Masalan, oltoy tilida tola (tomon), mo'g'ul tilida tola (vodiy),
manjur tilida tola (choi, vodiy).
6
G’arbiy xunn va Sharqiy xunnlarga bo'liugach,
r-l
tovushli tillarga z-s tovushli tillarga
ajraldi. r-l tovushli tillarga qadimgi bulgor, xazar va hozirgi chitvashlarning avlodlari so'zlashgan
bo'lsa,
z—sh
tovushli tillarda esa qadimgi o'g'uz, qirg'iz, qipchoq va qarluqlarining ot-bobolari
gaplashgan. Hatto, bu davrda z-sh tovushli tillarning tfzlari ham bir-biridan uzoqlaslui boshlagan edl.
Shuning uchun ham Mahmud Koshgariy o'guz va qipchoq tillarini alohida guruhga, uyg'ur tilini
boshqa guruhga kiritib, ular o'rtasidagi fonetik farqlarni ko'rsatib berdi. Masalan, o'g'uz
qipchoq
tillarida
Dostları ilə paylaş: