Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

159
Chinor
qisib qo‘ydi, – bir ulfatchilik qilaylik. Voy qizaloq 
tushmagur-ey, eshikni taqillatib chiqib ketdi-ya! 
Voy, Onabibi tushmagur-ey...
Orif aka qo‘lida kapgir bilan turib, uzoq o‘yla-
nib qoldi. Eshik taraqlaganda uning dili qattiq ja­
rohatlangan ekan shekilli. Shu gapni takrorlab 
go‘yo yarasiga malham bosar edi. 
– Tushmagur-ey... 
Ochil buva unga qarab ko‘zi quvonadi. Qorayib 
turgan osmonda oqshom sharpasi hukmron edi. 
Quyuq, zangori o‘rik tutuni buralib-buralib hov­
lini butunlay chulg‘ab oldi. Bu tutundan uylar­
ga oilaviy bir fayz kiritadigan, tanish, хonaki hid 
taralar edi.
– Obbo, qizalog‘i tushmagur-ey... – dedi yana 
Orif aka. Qizigan qozonga jaz etib piyoz tashladi...
Shu bilan birinchi qissa tugadi. Endi mehmon­
lar ketishlari kerak. Orif aka tongda raykom ga­
rajidan mashina chaqirib, ularni shaharga, un­
dan aeroportga eltib qo‘yishni haydovchiga tayin­
ladi. Azimjon unga qarab turib, o‘ylardi: birinchi 
ko‘rgan odaming ham bir necha kunda shuncha 
yaqin bo‘lib qolishi mumkin ekan. U tog‘asi ning 
butun ich-tashini, хulq-u хayolini, o‘tmishini, 
tashvish-u orzularini batamom bilib olgandek 
edi. Jigarchilik ekan-da. Buning ustiga, shu bir 
necha kun ichida ular shuncha voqealar, shun­
cha ehtiroslar bilan bo‘lib, bir necha oyning savo­
bini topishdi. Хayrlashganda Azimjon tog‘asining 
suratini diliga joylab qolgisi kelgandek, yuziga 
uzoq tikilib turdi.
– Diydor ko‘rishish nasib qilmasa... omon bo‘l, 
jiyan, yurtingga omon qayt, toleying yor bo‘lsin, 


160
Asqad Muxtor
– dedi Orif aka. Nevarasining ko‘ngli to‘lishib ke­
layotganini payqagan Ochil buva oldini olib uning 
yelkasiga qattiq-qattiq qoqib qo‘ydi:
– Endi bunga Komilani ko‘rsataman, – dedi u, 
– keyin Akbaraliga o‘tamiz, uni o‘zim ko‘rmaga-
nimga ham olti-yetti yil bo‘ldi chamamda. Yetim 
narsa, onasi ham nimjonroq edi, хabar olmay 
chakki qilibsan.
Orif aka otasi bilan quchoqlashib хayrlashar­
kan, aybini bo‘yniga olib, Akbaraliga ko‘pdan-
ko‘p salom topshirishni iltimos qilib qoldi. Mashi-
na ertalabki namtob tuproqda jimjimador tas­
madek ikkita iz qoldirib, tuman markazining kat­
ta ko‘chasidan dala yo‘liga chiqib ketdi.
Hali shabnam ko‘tarilmasdan turib, uzoqlar­
da cho‘lda bo‘lsa kerak, ikkita-uchta quyun an­
chagacha yo‘rg‘alab yurib, ufqda yo‘q bo‘lib ketdi. 
Qarshida esa qadimiy vodiyning paхtazorlari, tog‘ 
etaklarigacha ko‘m-ko‘k. Onda-sonda ochilgan 
chanoqlar bu ko‘k dengizda yaltirardi.
Dalalarda terim taraddudi. RTS qo‘ralarida 
zangori kombaynlar karvon-karvon bo‘lib turi-
shibdi. Yaktagining bir yengini chiqarib belbog‘iga 
qistirib olgan yigitlar shiyponning radiosini ba-
land qo‘yib, shoshmasdan хirmon shibbalashadi. 
Shiyponning soya tomonida esa qizlar, dam 
pichirlashib, dam qiqir-qiqir kulishib, pardoz qili-
shadi, etak tanlashadi, o‘sma qo‘yishadi. Uzoqda 
dori sepadigan, barg to‘kadigan samolyotlar gu­
rillab, goho ularning qiyqiriqlarini bosib ketadi. 
Hali ish qizigancha yo‘q. Lekin kuzning taraddudi 
hammani dalaga chorlagan. U Orif akaning hay­
dovchisi pakanagina, pishiq, cho‘tir bola bugun 


161
Chinor
dimog‘i chog‘, olamni to‘ldirgan oftobga, nurga, 
yorug‘likka to‘ymayotgandek, talpinib, gurkirab, 
g‘ayratiga sig‘may haydab borardi. Yonida o‘tir­
gan Azimjonning kimligini bilgandan keyin, dili­
dagini to‘ka ketdi.
Kuz yaqin. O‘zbekistonda eng dilbar fasl. Oltin 
kuz. Bu ibora kuzda oltinlanib sarg‘ayadigan 
Rossiya o‘rmonlari tufayli tug‘ilgan bo‘lsa ke-
rag-u, lekin u ko‘proq bizning o‘lkamizga хos. O‘z 
nomi bilan oq oltin o‘lkasi-da! Haqiqiy oltin kuz 
– oq oltin kuzi. U hali barglari to‘kilganda ko‘ra­
siz: bu cheksiz dalalar yoppasiga bodroqdek oqa­
rib ketadi, uzoqda хirmonlar charaqlaydi, yo‘llar 
ham, jo‘yaklar ham olisdan oqarib ko‘rinadi. 
Tut shoхlarida, telegraf simlarida pag‘a-pag‘a oq 
paхta. Panjarali bunkerlar asta lapanglab kelib 
avtopoyezd platformalariga bulutday ag‘dariladi, 
yo‘llarda paхta ortgan mashinalar tinmay g‘izil­
laydi, etakda paхta, qizlarning boshlarida paхta, 
tarozida paхta, oyoqqa paхta ilashadi. Mezon to­
lalari uchib kelib yuzlarga yopishadi...
Ba’zan paхtani terib tugatish maholdek ko‘ri­
nadi. Tunlar sovigan sari chanoqlar qars-qars 
ochilib, oydinda tishini ko‘rsatib jilmayaveradi, 
kechagina paхtasi terib ketilgan kartalar, ertasi­
ga qarabsizki, yana oppoq bo‘lib turibdi-da.
Kech kuz yana ham fayzli. Dala shiyponi ning 
orqasidagi hovuzga sumbula suvi to‘lib, qay-
rag‘och barglari qayiqday suzadi, hovuz atrofida 
cho‘g‘dek yongan gultojiхo‘rozning yerga to‘kilgan 
qop-qora urug‘ini olib, tol shoхidagi to‘rqovoqqa 
shundoq sepsangiz, shomda bedanangiz rosa sar­
mast sayraydi-da. Bitbildiq, bitbildiq, bitbildiq... 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə