G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Didymozoidae
oilasi turlari) yetadi.
Tana qoplagMchi 
tegument
deb ataladigan kipriksiz epiteliydan 
iborat. Epiteliyning sirtqi qavati yadrosiz sitoplazmatik plastinkadan ibo- 
rat. Bu qavat hujayralari ju d a ko‘p mitoxondriylar va vakuollarga ega
lekin hujayralar o‘rtasida chegara yo‘qolib, sinsitiy hosil qiladi. Epiteliy 
sirtidagi har xil pixlar qo‘shim cha yopishuv organi hisoblanadi. Sitop­
lazmatik ipchalar yordamida tegum ent qavati sitoplazmaning parenxi- 
m asiga botib turadigan yadroli qismi bilan bogMangan. Tegument ostida 
bazal membrana va uning ostida halqali-bo‘ylam a muskullar joylashadi.
i l l


H azm sistemasi ektoderm ali oldingi ichak (og‘iz, tomoq, qizi- 
io ‘ngach) va entodermali o‘rta ichakdan iborat. Y irik vakillarida ichak 
kuchli tarm oqlangan bo‘lsa, birm uncha mayda turlarida ikkita yon 
nayidan tuzilgan. Ichaklarining uchlari berk. O g ‘zi tananing oldingi 
qismida, og‘iz so ‘rg‘ichining ostida joylashgan (19- rasm).
Ayirish sistemasi protonefndiy tipida boMib, odatda bir ju ft 
y ig‘uvchi naylar va ulardan tarqaladigan ju d a ko‘p naychalardan iborat. 
N aylar siydik pufagiga, pufak esa tashqariga ochiladi. Nafas olish va 
qon aylanish sistemalariga eg a emas.
19-rasm . O ddiy jig a r q u r ti Fasciola h ep atican in g o v q at hazm qilish 
va ayirish o rg a n la ri: a) ovqat hazm qilish organlari: 1-og‘iz so‘rg‘ichi 
va ogMz; 2-halqum; 3-qorin so ‘rg cichi; 4-tarmoqlangan ichak; 
b) ayirish organlari: 1-protonefridiyalar; 2-m arkaziy ayirish kanali;
3-ekskretor teshik.
Nerv sistemasi ortogon tipda tuzilgan boMib, bir ju ft miya gang- 
liylaridan hamda ulardan oldinga va orqaga ketadigan uch ju ft bo‘ylama
112


nerv tomirlaridan iborat. N erv tom irlari ko‘ndalang nerv tolalar bilan 
qo-sliilgan. Bo‘ylama nervlardan ayniqsa, qorin nerv tomiri 
yaxshi 
rivojlangan.
Sezgi organlari voyaga yetkan davrida rivojlanmagan, suvda erkin 
suzib yuradigan lichinkalaming bir yoki ikki ju ft oddiy ko‘zchalari-teri 
retseptorlari boMadi. Endoparazitizmga o‘tish tufayli ko‘zlari yo‘qolgan.
Trem atodalam ing ko‘pchiligi germafrodit. Ular ichida faqat qon 
parazitlari - shistosomalar ayrim jinslidir.
Jinsiy sistemasi xilma-xil va murakkab tuzilgan. Erkaklik jinsiy 
organi qorin so ‘rg‘ichidan orqaroqda joylashgan bir ju ft urug‘dondan 
iborat. U rug‘donlardan bittadan urug£ yo‘li boshlanadi. Qorin so‘rg ‘i- 
chidan keyinroqda urug‘ yoMlari qo‘shilib, urug‘ chiqarish nayini hosil 
qiladi. Bu nay urugMantiruvchi organ ichidan o ‘tadi. UrugMantiruvchi 
organ maxsus xaltacha jinsiy kloakada joylashgan (20- rasm).
Tuxumdoni bitta; uragcdonlardan keyinroqda joylashadi. Tuxum- 
don 
ootip
deb ataladigan xaltachaga ochiladi. Ootipga urg‘ochilik jinsiy 
bezlarining y o ‘li ochiladi. Tananing ikki yonida ju d a ko‘p pufakchalar 
shaklidagi sariqdonlar joylashgan. Tananing oldingi va keyingi qismidan 
chiqadigan sariqdon yoMlari bitta k o ‘ndalang nayga birlashadi va 
ootipga kelib qo‘shiladi. Ootipdan uzun egri-bugri 
bachadon
boshlanadi. 
Bachadon yetilgan tuxum hujayralar bilan to ‘lgan bo‘lib, jinsiy kloakaga 
ochiladi. Ootipga urug‘ qabul qilgich va qisqa 
laurerov nayi
ham 
ochiladi. Bundan tashqari ootipni m ayda po‘choq bezlari ham o ‘rab 
turadi.
Yetilgan tuxumlar ootipga tushib urug‘lanadi. Buning uchun 
kuyi-
kish
organi bachadonga kiritiladi. UrugMar bachadondan urug‘ qabul 
qilgichga va undan ootipga o ‘tadi. Laurerov nayi orqali ootipdagi ortiq- 
cha urug‘ hujayralari chiqarib turi ladi. Sariqdon hujayralarining sitoplaz- 
masida zahira oziq modda glikogen to ‘planadi. Sariqdon hujayralari 
tuxum hujayrani o ‘rab oladi. Sariqdon hujayralari ajratadigan maxsus 
m odda bu hujayralar sirtida qattiq po‘choq hosil qiladi. Yetilgan tuxum 
bachadonga tushadi u joydan tashqi muhitga chiqib ketadi.
Barcha trematodalar xo‘jay in almashtirish yo‘li bilan rivojlanadi. 
Ular ikki yoki uch xo‘jayin orqali taraqqiy etadi. Necha xo‘jayin 
ishtirokida rivojlanmasin barcha trem atodalam ing birinchi oraliq xo‘ja- 
yini suvda yoki quruqlikda yashovchi mollyuskalar hisoblanadi. 
M ollyuskalar uchramaydigan hududlarda trem atodalam ing ontogenezi 
to ‘xtaydi. 0 ‘zbekiston hududida suv mollyuskalari orqali rivojlanuvchi 
trematodalar odatda, ikki xo‘jayinli (birinchi-oraliq xo‘jayin-mollyuska-
113


lar, ikkinchisi-asosiy, yoki definitiv xo‘jayinlar-um urtqalilar), quruqlik- 
da yashovchi m ollyuskalar orqali rivojlanuvchilari - uch xo‘jayinli 
bo‘ladi.
Trem atodalam ing taraqqiyoti, ya’ni ontogenezi o ‘z ichiga 4 
bosqichni oladi, y a ’ni embriogoniya, partenogoniya, sistogoniya va 
maritogoniya.
20-rasm . O d d iy jig a r q u r ti (F asciola h ep atica)n in g n e rv sistem asi va
jin siy o rg a n la rin in g tuzilishi: 
a) nerv sistemasi: 1-halqum oldi nerv tuguni; 2-qorin va yon nerv 
tomirlari; 3-komissuralar; b) jinsiy organlari: 1-urug‘donlar; 2-sariqdon 
yoMi; 3-laurerov kanali; 4-ootip; 5-urug* qabul qilgich; 6-tuxumdon;
7-sirrus; 8-sirrus xaltasi; 9-sariqdon; 10-bachadon; ll-m e lis tanachasi; 
12-urug‘ y o ‘li; v) 1-urug‘donlar; 2-sariqdonlar; 3-laurerov kanali;
4-ootip; 5-urug‘ qabul qiluvchi; 6-tuxumdon; 7-bezIar; 8-qo‘shilish 
organlarining xaltasi(sum kasi); 9-sariqdon bezlari; 10-bachadon;
11-melis tanachasi; 12-urug‘ y o ‘llari.
Ikki x o cjayinli trem atodalarda embrional taraqqiyot bosqichi suv 
muhitida, nam sharoitda kechadi. Bu bosqichda tuxum ichida 1- avlod 
lichinka - kiprikli m iratsidiy yetiladi, bu lichinka tuxum qopqoqchasini 
ochib tuxum ichidan suvga o ctadi. Bunday m iratsidiyda ikkita oddiy
114


ko‘zcha, bosh nerv tuguni, protonefridiyalar, muskul qavatlar rivoj­
langan bo‘ladi. Unda ichak va jinsiy apparat boMmaydi. Shunday 
qaraganda trem atodalam ing 1 - avlod lichinkasi — miratsidiyning tuzili­
shi ancha murakkab va ko‘p jihatdan turbellyariyalami eslatadi. 
M iratsidiy ichaksiz boMganligi tufayli oziqlana olmaydi, shuning uchun 
uning umri ju d a qisqa boMadi (36 soatgacha). Shu orada u suzib yurgan 
holda o ‘zining oraliq xo‘jayini-mollyuskalami qidiradi va faol holda 
uning tanasini teshib kiradi. Buning uchun ular tana uchidagi xartumcha 
va maxsus bezlar shirasidan foydalanadi.
M ollyuskaning jigarida kiprikchalari, ko'zchalari, nerv tugunlari, 
protonefridiyalarini yo‘qotib, 2- avlod lichinka - xaltasimon sporotsista- 
ga aylanadi. Shu paytdan boshlab trematodalaming partenogoniya taraq­
qiyot bosqichi boshlanadi. Sporotsistalar ichagi boMmagan holda tana 
yuzasi bilan xo'jayin tanasidan yerigan moddalami shimib oziqlanadi. 
Sporotsistadagi tuxum hujayralari otalanmasdan, partenogenetik yoM 
bilan ko‘payib, ko'plab 3- avlod lichinka - rediylarni hosil qiladi.
Rediylar sporotsistalar ichidan ajralib chiqadi. Partenogenetik yoM 
bilan ularning tuxum hujayralaridan 4 - avlod lichinkalar - dumli 
serkariyalar rivojlanadi. Serkariylarda ikkita so‘rgMch, ikki shoxli ichak, 
protonefridiyalar yetilgan boMadi. Shu darajaga yetgan serkariylar 
rediylarni yorib mollyuskalam ing maxsus teshigidan suvga chiqadi. Shu 
bilan trematodalaming partenogoniya taraqqiyot bosqichi tugab, 
sistogoniya taraqqiyot bosqichi boshlanadi. Bunda serkariylar suv 
oMlariga va boshqa qattiq substratlarga, ayrim hollarda suv yuzasida 
o‘zining sistogenli bezlaridan ajralib chiqqan yelimsimon modda bilan 
yopishib, yumaloq shaklga keladi va maxsus qobiqlarga o'raladi, dumini 
yo‘qotib, sista-adoleskariy hosil qiladi.
Adoleskariylar trem atodalam ing 5 - avlod lichinkasidir. Marito- 
goniya taraqqiyot bosqichida o‘tlarga yopishgan yoki suvdagi bunday 
yuqumli adoleskariylar asosiy xo‘jayinlar (barcha umurtqalilar, shu 
jum ladan, barcha qishloq xo‘jalik hayvonlari, odamlar) organizmiga 
ogMz orqali tushgach, oshqozonda va ichakda ulam ing qobiqlari yerib, 
ajralib chiqqan lichinkalar o‘zlarining parazitlik qilish joylariga tushadi 
va asta-sekin maritaga, ya’ni voyaga yetgan trem atodaga aylanadi. 
Bunday trematodalardan tashqi-suv muhitiga ajralib chiqqan tuxumlarda 
rivojlangan miratsidiylar yuqorida ko‘rsatilgan taraqqiyot bosqichlarini 
bosib o ‘tadi.
115


So‘rg‘ichlilar sinfidan odam va m ahsuldor hayvonlarga ko‘proq 
Fasciolata, 
Param phistom ata, 
Heterophyata, 
Echinostomatata 
va 
Schistosomatata kenja turkum larning vakillari katta ziyon yetkazadi.
J ig a r q u rtla rin in g

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə