G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(F.hepatica)
zoogeografik belgilari bo'yicha 
kosmopolit tur hisoblanadi, shunga ko‘ra u barcha mamlakatlarda 
tarqalgan. Uning tur areali doirasida bir-biridan morfologik va biologik 
xususiyatlari bilan farq qiluvchi populyatsiyalari mavjud (yapon, 
amcrika va avstraliya shakllari).
Gigant jigar qurti 
(F.hepatica)
0 ‘zbekistonning Xorazm viloyati 
va Q oraqalpog‘iston Respublikasidan tashqari barcha hududlarda 
tarqalgan.
F.gigantica
- kosmopolit emas, dunyoning faqatgina issiq iqlimli 
mamlakatlarida tarqalgan. Ushbu tu r fastsiola hozirgi paytda 0 ‘zbekis- 
tonning barcha hududlarida uchraydi. U Qoraqalpog'iston Respublikasi 
va Xorazm viloyatida fastsiolyozning yagona qo‘zg‘atuvchisi hisob­
lanadi. Boshqa viloyatlarda esa 
F.hepatica
bilan aralash holda uchraydi.
Jigar qurti keltirib chiqaradigan kasallik fasciolyoz deyiladi. Bu 
kasallik qo‘zg‘atuvchilari ko'proq sersuv to'qayzorlarda, chuchuk 
suvlari ko‘p bo'lgan yaylovlarda keng tarqalgan. Ayniqsa, yaylovlarni 
almashtirmasdan kasal hayvonlami bir joyning o ‘zida uzoq vaqt boqilsa 
fassiolyoz keng tarqaladi. Chunki kasal hayvon o ‘z tezagi bilan uzluksiz 
parazit tuxumlarini chiqarib turadi.
Jigar qurti asosan qon va jig a r to ‘qimasi bilan oziqlanib, o‘z xo‘- 
jayiniga katta ziyon yetkazadi. Bu parazit jigardagi o‘t yoMlarida ohak 
to'planishi va uning bekilishi tufayli jigarda ogMr kasallik tug'diradi. 
Hayvonlarning ishtahasi pasayib, ozib ketadi va ichi o‘tadi. Yosh 
m ollam ing o‘sishi sekinlashadi, sigirlam ing sut mahsuloti kamayadi. 
Surunkali fasciolyozda qoram olar va qo'ylam ing ja g ‘ ostida, ko'krak 
qism ida shishlar paydo boMadi. B a’zan bola tashlash ham kuzatilishi 
mumkin. Kasallik davolanmasa oMim bilan tugaydi.
Fastsiolyoz yer yuzida keng tarqalgan. Prof. N.V. Demidovning 
m a’lum otiga qaraganda MDH mamlakatlarida har yili chorva mollari- 
ning fassiolyoz kasalligidan nobud boMishi natijasida 1500-2500 tonna 
go'sht va bir million tonnadan ortiq sut yo‘qotiladi. Bu kasallik 
0 ‘zbekistonda ham keng tarqalgan boMib, mahsuldor m ollam ing 35 ,9 -
65,5 % fassiolyoz bilan kasallangan.
Fastsiolyoz barcha yoshdagi qishloq xo'jalik hayvonlarida parazit­
lik qiladi. Hayvonlarning kasallanishi bahor oylaridan boshlanadi, yoz 
va kuzda fastsiolalar bilan zararlanish kuchayadi, qish oylarida ham 
davom etadi.
119


Fastsiolyozning kechishi va uning klinik belgilari parazitlik qiladi­
gan fastsiolalar soniga, yoshiga, turiga, hayvonning fiziologik holatiga, 
saqlanish va oziqalanish sharoitiga bogMiq.
Fastsiolyoz bilan kasallangan chorva mollarini davolash uchun 
ularga fassiolalami oMdiradigan v a ulam i hayvon tanasidan haydab chi­
qaradigan dorilar (antigelm intlar) beriladi. Shunday preparatlarga ugle- 
rod IV-xlorid, geksaxloфaraksilol, filiksan, geksaxloretan, dertil «О», 
«В», 
geksixol, asemidofen, faskoverm, disalan, bitionol va boshqalar 
kiradi. Hayvonlarga fastciolyoz yuqtirm aslik uchun, a w a lo , yaylov va 
suv manbalarida jig a r qurti lichinkalarining tarqalishiga yoM qo'ym aslik, 
fastciola yuqishidan saqlash, tezaklam i zararsizlantirish, irrigatsiya va 
melioratsiya tarmoqlarini tartibga solish, botqoqliklami quritish, fatscio- 
la lichinkalari bilan zararlangan m ollyuskalam ing biotoplarini mis 
kuporosi, dixlosalitsilanilid, ammiak selitrasi eritmasi bilan ishlash, 
yaylovlam i alm ashtirish va boshqa chora-tadbirlam i ko‘rish kerak.
Odamlar ham fatsciolyoz bilan kasallanishi mutnkin. Bunda odam- 
lar tasodifan jig a r qurtining ko‘zga ko‘rinm as lichinkalari (adoleska­
riy lari) bor boMgan hovuz, koM va xalqob suvlam i ichganda yoki har xil 
suv o ‘tlarini yuvm asdan iste’mol qilganda ulam i o‘zlariga yuqtiradi. 
Masalan, Fransiyaning Lion shahri yaqinida 500 dan ortiq kishi fatsciol­
yoz kasalligi bilan og'rigan. * Olim lam ing tekshirishicha, bu odamlar 
botqoqlikda o ‘sadigan krest-salat o‘tini iste’m ol qilib, kasallikni 
o 4zlariga yuqtirganlar. Umuman, odam lar bu kasallik bilan o g ‘rimasligi 
uchun, a w a lo , oqmaydigan suvni qaynatm asdan ichmasliklari, suv va 
botqoqliklarda o‘suvchi o 'tla m i yaxshilab yuvib iste’mol qilishlari ke­
rak. Kasallangan odam lar albatta, xlorksil preparati bilan davolanishlari 
lozim.
Ham m a so'rgM chlilarning hayot sikli ham jig a r qurtinikiga o ‘x- 
shamaydi. K o‘pchilik so ‘rgMchlilar uchun suv shilligM birinchi oraliq 
xo‘jayin hisoblanadi. U lam nng suv shilligM tanasidan chiqqan serkariy 
lichinkasi ikkinchi oraliq xoejay in (har xil mollyuskalar, baliqlar, itbaliq, 
suv hasharotlari lichinkalari va boshqa hayvonlar) tanasiga o ‘tib, o ‘z 
rivojlanishini davom ettiradi. Serkariy ikkinchi oraliq xo‘jayinda dumini 
yo‘qotib, yupqa tiniq po‘st bilan o'raladi, ya’ni sista hosil qiladi. Parazit 
bu davrda 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə