G abduraxmanova



Yüklə 288 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/114
tarix29.11.2023
ölçüsü288 Kb.
#138856
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114
Umumiy parazitologiya.Дадаев С

(Fasciola sp.)
biologik xususiyatlari. Jigar 
qurtlari Fasciolidae oilasiga kiradi. Jigar qurti odatda mayda va yirik 
shoxli mollarda, b a’zan boshqa hayvonlar va odamlarning jigarida 
hamda o‘t yoMlarida parazitlik qiladi.
Dunyoda Fasciolidae oilasiga 8 ta tu r kiradi. Respublikamizda 
chorva mollarida fasciolalarning asosan 2 ta turi, y a ’ni oddiy jig a r qurti 
(Fasciola hepatica) va gigant jig a r qurti (Fasciola gigantica) parazitlik 
qiladi.
Oddiy jig ar qurti 
(F.hepatica)
bargsimon shaklda boMib, voyaga 
yetganlarining tanasi 3 0 -4 0 mm uzunlikka, eni esa 12-13 mm ga teng. 
Bunday fasciolalarning rangi kulrang va biroz qo‘ngMr boMsa, jig a r 
to'qim alarida parazitlik qiluvchi yosh trem atodalar oq, sutsimon 
ko‘rinishga ega va ular tanasining uzunligi odatda 18-19 m m dan 
oshmaydi.
Gigant jig a r qurti 
{F.gigantica)
ning tanasi bo‘yiga cho‘zilgan, eni 
esa qisqa boMadi. U larning jig a r o ‘t yoMlarida parazitlik qiluvchi voyaga 
yetganlarining tan a uzunligi 30 mm dan 70 mm gacha boMib, eni esa 6 -
U mm. Jigar to ‘qim alarida parazitlik qiluvchi mazkur turga oid yosh 
trematodalaming uzunligi 1 -2 mm dan 30 mm gacha boMib, eni 0 ,2-5,0 
mm ni tashkil qiladi. Ushbu trem atoda oddiy jig a r qurti 
(F.hepatica)
ga 
nisbatan yuqori patogenli hisoblanadi.
Fasciolalarning tuxum lari oval shaklida, sariq-tilla rangda boMib, 
bitta qutbida qopqoqchasi m avjud. 
F. hepatica
tuxumlarining oMchami 
0,12-0,15 mm ga teng. 
F.gigantica
tuxumlari esa biroz yirikroq boMadi.
Fasciolalar biogelm int boMib, ular asosiy va oraliq xo'jayinlar 
ishtirokida rivojlanadi. A sosiy xo‘ja y in vazifasini o ‘txo‘r sutem izuv­
chilar, oraliq xo'jayin vazifasini esa 
Lymnaeidae
oilasiga mansub chu­
chuk suv qorin oyoqli mollyuskalari bajaradi. 0 ‘zbekistonda chuchuk 
suvlarda yashaydigan qorinoyoqli mollyuskalardan kichik chuchuk suv 
shilliqqurti (Lym naea truncatula) oddiy jigar qurtining oraliq xo'jayini 
hisoblanadi. 
F.gigantica
ning oraliq xo'jayini doirasi esa ancha keng 
boMib, uning rivojlanishi 
L. auricularia, L. bactriana, L. subdisjuncta
va 
L. impura
mollyuskalari ishtirokida o‘tadi. Ushbu turlarga oid 
mollyuskalar ko‘pincha yer osti suvidan paydo boMgan doimiy va 
vaqtinchaiik suv havzalari (koMlar, suv qochirish kanallari, buloq suv- 
lari)da tarqalgan. U larni shuningdek, barcha sug'orish shoxobchalarida
116


ham yetarli darajada uchratish mumkin. Hozirgi vaqtda fasciolalarning 
oraliq xo‘jayinlari sifatida 18 turga kiruvchi chuchuk suv qorinoyoqli 
mollyuskalari aniqlangan.
Jigar qurti nihoyatda serpusht, bitta jig ar qurti bir hafta davomida 
bir milliontagacha tuxum qo‘yishi mumkin. Tashqi m uhitda qulay 
sharoit b o £Iganda 17-18 kunda usti mayda kiprikchalar bilan qoplangan, 
harakatchan lichinka-m iratsidiy chiqadi (21-rasm).
1
21-rasm . O d d iy jig a r q u r ti 
(Fasciola hepatica)
ning ta ra q q iy o t sikli
sxem asi:
1-jinsiy voyaga yetgan shakli (marita); 2-asosiy xo4jayinlari; 3-tuxum;
4-miratsidiy; 5-oraliq xo6jayini-m ollyuska; 6-sporotsista; 7-yosh rediy;
8-yetilgan rediy; 9-serkariy; 10-adoleskariy;
11-o‘tg a yopishgan adoleskariylar.
M iratsidiylar 2 -3 kun suvda erkin suzib yuradi va keyingi rivoj­
lanishi uchun oraliq xo‘jayini-qorinoyoqli mollyuskalarni topib, xartumi 
orqali mollyuska chig‘anog‘ini teshadi va uning ichiga kiradi. So‘ngra 
bu lichinkalar mollyuska jigariga o ‘mashib, kiprikli ustki qavatini 
tashlab, qopga o ‘xshash shaklga ega bo'lgan keyingi lichinkalik davri - 
sporotsistaga aylanadi. Sporotsista ichidagi embrion hujayralari parteno- 
genez (otalanmasdan) yo‘li bilan ko‘payib, lichinkaning navbatdagi
117


generatsiyasi-rediylami hosil qiladi. Rediyning kalta xaltaga o ‘xshash 
ichagi boMadi. Bitta sporotsistada 10-15 ta rediylar yetiladi. Sporotsista 
yorilib, rediylar mollyuska tanasiga chiqadi. Rediylar murakkabroq 
tuzilgan boMib, ularda ogMz, shoxlanmagan to‘g ‘ri ichak, ichki qismida 
esa tuxum (embrion) hujayralari boMadi. Bunday rediylar sporotsista 
p o ‘stini yorib chiqib, mustaqil ravishda rivojlanishini davom ettiradi. 
Rediylar mollyuska ichida 2-2,5 oy yashaydi. Chocziq shakldagi 
rediyalar ham partenogenetik yoM bilan ko‘payib, jig ar qurtining 
navbatdagi lichinkalik davri - serkariylam i hosil qiladi. Serkariylar 
rediylardan keskin farq qilib, ularning tanasi tuxum shaklida, 2 ta 
so‘rgMchi, ya’ni ogMz va qorin so‘rgMchi, 2 shoxchaga boMingan o ‘rta 
ichagi, anchagina rivojlangan ayiruv organlar sistemasi, jinsiy organlar 
boshlangMchi va orqa uchida lichinkaga xos organ muskulli dumi 
boMadi. Serkariylar ana shu dumi orqali suvda suzadi.
Demak, serkariylar m a’lum darajada voyaga yetgan jig a r qurtiga 
o ‘xshaydi. Serkariylar rediy tanasidagi teshik orqali mollyuska tanasidan 
suvga chiqadi. Serkariylar ham m iratsidiylar singari oziqlanmaydi. 
M a’lum vaqt (2 4 -4 8 soat) suvda suzib yurib, so ‘ngra yumaloqlanadi, 
dumi tushib ketadi va o ‘zidan chiqqan p o ‘stga, ya’ni sistaga o ‘ralib, 
adoleskariy deb ataladigan keyingi lichinkalik davriga aylanadi. 
Adoleskariylar suv ustida suzib yuradi yoki ko‘pincha suv oMlariga 
yopishgan holda suv ostiga cho‘kib, uzoq vaqt tiriklik xususiyatini 
saqlab qoladi. Adoleskariy yuqumli (invazion) holat hisoblanadi. Ular 
o*t v a.su v orqali asosiy xo‘jayinlari (umurtqali hayvonlar) yoki odam 
organizmiga o ‘tadi. X o‘jayini ichagida sistaning qobigM eriydi, yosh 
parazit hayvonning ichak devorlariga yopishib qon kapillyarlari orqali 
jig ar оЧ yoMlariga o‘tadi va u yerda jinsiy voyaga yetib, yuqoridagi 
hayot jarayoni yana takrorlanadi.
Shunday qilib, miratsidiyning m ollyuska organizmiga kirib ser- 
kariyga aylanishiga qadar 60 -9 0 kun kerak boMadi. Partenogenetik yoMi 
bilan ko‘payib, bitta miratsidiydan 600-800 tagacha serkariylar yetishib 
chiqadi. Asosiy xo‘jayini organizmiga kirgan adoleskariylar 2 ,5 -4
oydan keyin jinsiy voyaga yetadi va ular asosiy xo‘jayinlar organizmida 
o ‘rtacha 10-12 oydan 3 -5 yilgacha, ba’zan esa 10 yildan ortiq hayot 
kechiradi.
Fasciolalar 0 ‘zbekistonning barcha viloyatlarida uchrab, sug‘orila- 
digan, tog‘ oldi va togMi hududlarida ham da suv havzalari mavjud 
boMgan yaylovlarda tarqalgan.
118


O ddiy jig ar qurti 

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə