masalalari tadqiqiga qaratiladi. Publiy Ovidiy Nazon (mil..av.gi 43 – mil.iy 18
yillar) Avgustga muxolifotda turgan adabiy oqim vakili olaroq mil.iy 8 yilda
Oktavian Avgust tomonidan Rimdan surgun qilinadi. SHu tariqa u umrining
qolgan 10 yilini olis Toma shahrida muhojirlikda otkazadi. SHoidan bizgacha
bir talay asarlar etib kelgan bolib, bular “Sevgi qoshiqlari”, “Qahramon ayollar
yoxud maktublar”, “Ayollar uchun pardoz malhamlari”, “Sevgi sanati”, “Sevgi
davosi”, “Metamorfozalar”, “Fasta”, “G‟amgin qoshiqlar” va “Plontdan
maktublar”dir. Ovidiy ijodining choqqisi uning “Metamorfozalar”, yani
“Turlanishlar” dostonidir. “Metamorfozalar” 15 ta kitob, 12 ming misradan
iborat bolgan yirik asar. Unda Yunoniston va Rim mifologiyasidagi afsonaviy
turlanishlar mabudlar, suv va ormon parilari, shuningdek, insonlarning
jonivorlarga, osimliklar va hatto yulduzlarga aylanib qolishi haqidagi 250ga
yaqin rivoyatlar epilliya, yani kichik sheriy qissalar shaklida yoritilgan.
Asarning falsafiy asosi bolib Lukretsiyning hamma narsa ozgaradi, biroq hech
narsa yoqolmaydi, degan qarashi va Pifagorning ruhning kochib otishi haqida
16
nazariyasi xizmat qilgan. Asarda ifodalanishicha, turlanishlar stixiyali tarzda
roy bermaydi, balki u yoki bu personajning manaviy xislatlari sabab boladi.
Rim adabiyotining biror bir davri Avgust asri kabi olmas adabiy obidalarga boy
bolgan emas edi. Bu davrning 3 ulug‟ shoiri – Vergiliy, Horatsiy, Ovidiy asarlari
keyingi barcha davrlarda ham etuklik namunasi bolib qoladi. Rimda Avgust
printsipiati mil.iy 14 yilgacha, yani Oktavian Avgust vafotigacha davom etadi.
Rimning bundan keyingi tarixi imperiya davri bolib, u yakkahokimlik idora
Dostları ilə paylaş: |