|
![](/i/favi32.png) Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 202267-56-PBAnnotatsiya:
Ushbu maqolada Galogenlarning fizik, kimyoviy xossalari, hamda
tartib raqami ortishi va kamayishi bilan ularda kuzatiladigan hodisalar haqida
ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar:
Galogenlar, kimyoviy reaksiya, fizik va kimyoviy xossalari,
vodorodli birikmalar, elementlar.
Galogenlar Mendeleyev kimyoviy elementlar davriy jadvalining VII a
guruhchasini tashkil etuvchi elementlar (ular beshta) uchun qo‘llanadigan umumiy
nomdir. Galogenlar turkumiga xlor, ftor, brom, yod va astat elementlari kiradi.
"Galogen" atamasini 1811-yilda olmon kimyogari I.Shveyger tomonidan, ishqoriy
metallar bilan birikib, tuz hosil qiladigan xlor elementini atash uchun taklif qilgan edi.
"Galogen" so‘zi yunon tilidagi "tuz tug‘diruvchi" ma'nosini bildiradi. Lekin
Shveygerning taklifi umume'tirof etilmadi va taklifligicha qolib ketdi. Keyinroq esa bu
atama yana kun tartibiga chiqdi va xlor va unga yondosh elementlarga qo‘yilgan
umumiy guruh nomi sifatida fanga kirib keldi.Galogenlarning barchasi -
metallmaslardir. Lekin yodda va sun'iy olingan astatda kuchsiz metall xossalari borligi
aniqlangan.[2] Galogenlarni o‘rganish nazariy va amaliy kimyoning taraqqiyotida
muhim ahamiyat kasb etadi. Elementlarning tabiiy guruhlari haqidagi tushuncha davriy
qonunni kashf etishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Kislotalarning tarkibi va xossalari,
ularning kuchi va oksidlash xususiyatlariga oid hozirgi tasavvurlar galogenlarning
kislorodli va vodorodli birikmalarini o‘rganish tufayli shakllangandir.Ftordan yodga
o‘tishfa galogenlar ba'zi xossalarining turlicha o‘zgarishlarga asoslanib, rus olimi
Ye.V.Biron ikkilamchi davriylik hodisasi mavjudligini aniqladi (masalan xlor
kislorodli birikmalarning mustahkamligi, ftorning shunday birikmalarining
mustahkamligidan kuchliroqdir; bromda bu xossa yanada susayadi va yodga borganda
|
|
|