Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87
67-56-PB

Volume-10_ Issue-3_August_2022 
38 
A = F•S= m•a•S = m•(v / t)•S = m•S2 / t2 
Hosil bo'lgan tenglamaning o'ng tomoniga, yani, asosiy fizik kattaliklarning 
o'rniga, ularning SI sistemasidagi o'lchov birliklarini qo'yib chiqsak, ish o'lchamlari bu 
sistemada kg•m2/s2. 
Fizik kattaliklarning ikkala tomonidagi o'lchamlari bir-biriga teng bo'lishi 
kerak.[1] 
Bu shart har qanday fizik kattaliklarni to'g'riligini tekshirishga imkon beradi 
(ayniqsa, misollar yechganda). 
Istalgan fizik kattaliklarning o'lchamligini ko'rsatish uchun uning harf belgisi 
kvadrat qavslar ichiga olinadi. 
Asosiy kattaliklarning o'lchamligini ifodalash uchun maxsus belgilar ishlatiladi. 
Uzunlik uchun [l]=L, massa uchun [m]=M, vaqt uchun [t]=T. 
O'lchamlar formulalarni fizik ma'nosini chuqurroq tushunishga yordam beradi. 
Buni Boyl-Mariott qonunida ko'raylik: rv= const 
Tenglamani chap qismining o'lchov birligini ko'raylik: 
[pv]=(N/m2) m3=N•m=J 
Bu energiya (ish) o'lchov birligidir. Demak, Boyl-Mariott qonunining chuqurroq 
ma'nosi: izotermik jarayonda gazning ichki energiyasi o'zgarmas bo'lar ekan. 
Xalqaro birliklar tizimi (fransuzcha: Systeme International d’Unités) — fizik 
kattaliklarning asosiy va hosilaviy oʻlchov birliklar tizimi. 1960-yilda oʻlchov va 
tarozilar boʻyicha Parijda oʻtkazilgan 11-Bosh konferensiyada qabul qilingan. Xalqaro 
birliklar tizimini yettita asosiy birlik, ikkita qoʻshimcha birlik va hosilaviy birliklar 
tashkil etadi. Asosiy birliklar: uzunlik birligi — metr (m), massa birligi — kilogramm 
(kg), vaqt birligi — sekund (s), termodinamik temperatura birligi — Kelvin (K), tok 
kuchi birligi — amper (A), yorugʻlik kuchi — sham, kandela (kd) va modda miqdori 
— mol (mol). Qoʻshimcha birliklar: yassi burchak birligi — radian (rad), fazoviy 
burchak birligi — steradian (ster). Hosilaviy birliklar asosiy o'lchov birliklaridan 
foydalanib maʼlum fizik qonuniyat asosida aniqdanadi. Bunda koeffitsiyent o'lchamga 
ega emas va birga teng deb olinishi kerak.[2] 

Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə