Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87
67-56-PB

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume-10_ Issue-3_August_2022 
48 
STILISTIK VOSITALAR NUTQ TA’SIRCHANLIGINI OSHIRUVCHI
OMIL SIFATIDA 
 
Bayjanova Oqila Iskandarovna 
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2-bosqich tayanch doktaranti
 
Annotatsiya: 
Stilistika tilshunoslikning ajralmas bo’lagi bo’lib, inson nutqining 
ta’sirchanligini o’rganuvchi fandir. Ushbu maqola ikki (ingliz va o’zbek) tillaridagi 
diplomatik nutqlarni qiyoslashga asoslangan. 
Kalit so’zlar:
Ta’sirchanlik, stilistik vositalar, nutq, diplomatik nutq, stilistik 
trop.
Stilistika tilshunoslikning ajralmas bo’lagi bo’lib, inson nutqining 
ta’sirchanligini o’rganuvchi fandir. Tilshunoslikning boshqa bo’limlaridan farqli 
ravishda nutq ta’sirchanligi asosan ikki tilni qiyoslashga asoslanadi. Stilistik usullar 
haqida gapirar ekanmiz, har qanday stilistik usulning ta’siri va kuchi turlicha bo’lishini 
unutmasligimiz kerak. Ba’zan bir usul emotsional jihatdan kuchli, bo’lsa bazan esa 
aksincha. 
Chunonchi, S.Sultonsaidova va O’.Sharipovalarning “O’zbek tili stilistikasi” 
o’quv qo’llanmasida Stilistikani 2 qismga ajratgan. 
1)
Nutq stilistikasi
– bu tilning vazifadosh shakllari deb ham yuritiladi. Bunga 
so’zlashuv, rasmiy, ilmiy, publitsistik va badiiy stil kiradi. 
2)
Lisoniy stilistika (lingvistik) ya’ni til stilistikasi bo’lib
– fonetik stilistika, 
leksik stilistika, grammatik stilistika
1
kabi turlarini uchratishimiz mumkin.
Ilmiy stilda nutq monologik xarakterdagi ixcham nutq bo’lib, unda ko’chma 
ma’noli so’zlar, ma’joz, hazil, erkalash emotsional-ekspressiv so’zlar, frazeologik 
iboralar deyarli uchramaydi. Bundan tashqari, nutq jarayonida stilistik vositalarning 
eng muhimi intonatsiya. Intonatsiya so’zlovchining o’zgalarga qanday muomala 
1
Sultonsaidova Saodat, Sharipova O’lmas.O’zbek tili stilistikasi. O’quv qo’llanma. Toshkent 2009. B-8. (112). 



Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə