Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87
67-56-PB

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume-10_ Issue-3_August_2022 
45 
hisoblanadi. Bu dastur har 3 yilda bir marotaba oʻtkaziladi. Ushbu dastur dastlab 1997-
yilda ishlab chiqilgan va 2000-yilda birinchi marta qoʻllanilgan. Bu dastur asosidagi
baholash tizmi hozirgi kungacha jami 7 marta (2000, 2003, 2006, 2009, 2012, 2015 va
2018 yillar) tasodifiy tanlov asosida oʻtkazilgan va 2009, 2012 yillardagi PISA 
natijalari oʻquvchilarda tabiiy-ilmiy savodxonlik boʻyicha yutuqlari quyi pog’onada 
ekanligi koʻrsatilgan. Keyingi sinovlar 2021 yilda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. PISA 
da ilmiy savodxonlik oʻquvchilar tomonidan savollar berish, yangi bilimlarni egallash, 
jarayonga kreativ yondashish, ilmiy hodisalarni dalillar asosida tushintirish hamda 
xulosalash asosida idindifikatsiya qilinadi va tavsiflanadi. Taʼlimning asosiy vazifasi 
oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak 
boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. Bunda kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega 
boʻlishi kerak boʻlgan eng muhim koʻnikmalardan biridir.
PISA butun dunyodagi 15 yoshli oʻquvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash
tavsifidan foydalanadi. Kreativ fikrlashni baholash xalqaro dasturini rivojlantirish 
taʼlim siyosati va pedagogikasida ijobiy oʻzgarishlarga sabab boʻlishi olib keladi. PISA 
tadqiqoti kreativ fikrlash yoʻnalishining baholashi oʻquvchilarda dalillarga asoslangan 
xulosaga kelishda koʻmaklashuvchi aniq, ishonchli va amalga oshirish mumkin 
boʻlgan baholash vositasini taqdim etadi. Natijalar, shuningdek, jamiyatda ushbu 
muhim koʻnikmani taʼlim orqali rivojlantirishga olib keladi. PISA dasturidagi ushbu 
faoliyat
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ijodiy fikrlashni rivojlantirish 
borasidagi yangi pedagogikani qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Nickerson kreativ 
fikrlashni boʻguvchi aynan maktab bilan bogʻliq bir qator amaliyotlarni mavjudligini 
e’tirof etadi va ularga quyigalarni kiritadi:
1. vazifani bajarishning yagona toʻgʻri usuli, savolga yagona toʻgʻri javob boʻlishi 
kerak, degan gʻoyaning mavjudligi;
2. nufuzli insonlarga boʻysunish va ulardan qoʻrqish kerak, degan munosabatni 
targʻib etish;
3. har qanday holatda ham dars rejasiga amal qilish;



Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə