Journal of new century innovations wsrjournal com Volume – 10 Issue-3 August 2022


JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS



Yüklə 10,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/87
tarix20.01.2023
ölçüsü10,02 Mb.
#98854
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87
67-56-PB

JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS 
WSRJournal.com


Volume-10_ Issue-3_August_2022 
41 
hokimiyati, idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o’rnatish 
bo’yicha boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus olganini bugun yana bir bor 
ta’kidlamoqchiman»
2
, - deydi davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev. Darhaqiqat
jamiyatdagi ochiqlik oshkoralikning eng katta ko’zgusi bu-matbuotdir. 
Farg`ona hududida davriy matbuot tilga olinganda o`lkada ilk tashkil etilgan 
davriy matbut «Sadoi Farg`ona»gazetasiga to`xtalmasdan o`zga iloj yo`q. O`lkada ilk 
davriy matbuotning yuzaga kelishi ushbu gazeta bilan bog`liq. Ushbu gazeta 
asoschisi muharrir va noshiri — tog'-kon mutaxassisligi bo'yicha muhandis Obidjon 
Mahmudov. Gazetaning 1-soni hijriy 1332 yilning 22 jimodulavvali, milodiy 1914 
yilning 3 aprelida chop etilgan. Adadi 1500 — 1700 nusxa atrofida bo'lgan. Uning 
maqsad va maslagi ilk sonida muharrir tomonidan quyidagicha belgilanadi: 
«G’azetani nashrdan maqsadimiz, albatta, tijorat emas, balki xalqimizg’a qo'limizdan 
kelgan qadar xizmat etmakdir»
3
.
Shu o`rinda Obidjon Mahmudov haqida qisqacha ma’lumot: U (1871, Margʻilon 
— 1936.21.11) — Turkistondagi jadidchilik harakati vakili, yirik sarmoyador, noshir 
va jamoat arbobi. Fargona vodiysidagi jadidchilik harakatida qatnashgan va ularni 
moddiy jihatdan taʼminlab turgan. Qoʻqonda bosmaxona tashkil qilgan (1914). 
"Sadoi Fargʻona" (1914), "Tirik soʻz" (1917) va rus tilida chiqqan "Ferganskoye exo" 
(1914) gazetalarining muharriri va noshiri
4
. Adib matbuotda dolzarb maqolalar bilan 
chiqib, Turkiston xalqini maʼrifatli boʻlishga chaqirgan, uni ozodlik uchun kurashga 
daʼvat etgan. 
1917-yil voqealaridan so‘ng Rossiya imperiyasinig qulashi va o‘z navbatida 
uning o‘rnida tashkil topgan RSFSR (1917-1922), SSSR (1922-1991) davlati 
mafkurasi davriy matbuotda ham o‘z aksini topdi. O‘lkada chiqadigan gazetalar 
nomlari, ularning rang-barangligiga juda katta ta'sir ko’rsatdi.
O’zbekiston SSR tashkil etilgach Farg’ona hududida dastlabki davrlarda bir 
qancha hududiy nashrlar faoliyat olib bordi. XX asrning 30-yillariga kelib hududda 
markaziy nashrni tashkil etish borasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Shu asnoda 
2
https://qalampir.uz/uz/news/shavkat-mirziyeev-suz-va-matbuot-erkinligi-ortga-k-aytmasligini-aytdi-25150 
3
Farg—ona jurnalistikasi .Toshkent. —Sharq—, 2009 y.7 b 
4
Unutilmas siymolar. Jadidchilik harakatining namoyandalari, T., 1999;



Yüklə 10,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə