Kimyoviy texnologiya


YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR OLISH TEXNOLOGIYASI



Yüklə 2,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/60
tarix26.10.2023
ölçüsü2,67 Mb.
#130863
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60
Uslubiy qollanma Lab Kimyoviy texnologiya fanidan Ximiklar uchun

YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALAR OLISH TEXNOLOGIYASI 
Plastmassalarga asosiy tarkibiy qismini yuqori molekulyar birikmalar bo`lgan, 
yuqori xarorat va bosimda plastik xolatga o`ta oladigan, tashqi kuchli ta`sirida turli 
shaklga kira oladigan va berilgan shaklni uzoq vaqt saqlab qola oladigan 
materiallar kiradi. 
Plastmassalarning tarkibida yuqori molekulali birikmalardan tashqari boshqa 
komponentlar: to`ldiruvchilar, plastifikatorlar, bo`yovchi moddalar, qotiruvchilar, 
stabilizatorlar 
va 
boshqalar 
bo`ladi. 
Plastmassalar 
sanab 
o`tilgan 
bu 
komponentlardan ba`zilarini tutgan bo`lishi yoki faqat smolaning o`zidan tashkil 
topgan bo`lishi mumkin. 
Sintetik smolalar boshqa yuqori molekulalar birikmalar kabi polimerlanish va 
polikondensatlanish usullarida olinishi mumkin. 
Polimerlanish-bu monomerning ko`pgina molekulalarini xuddi shunday elementlar 
tarkibli polimer molekulasiga birikish jarayonidir. Bunda qo`shimcha maxsulotlar 
hosil bo`lmaydi. Polimerlanish smolalardan polietilen va boshqa vinil hosilalarning 
polimerlanish maxsulotlari, masalan, polipropilen, polistirol polivinilxlorid, 
polivinilatsetat ko`p ishlatiladi. 
Polikondensatlanish- ikki yoki undan ortiq funksional guruh tutgan monomerlarni 
ta`sirlashish jarayoni bo`lib, uning natijasida polimer bilan bir qator quyi 
molekulali qo`shimchalalr maxsulotlar hosil bo`ladi, masalan suv,ammiak, metil 
spirti. 
Eng 
ko`p 
tarqalgan 
polikondensatlanish 
smolalariga 
fenolformaldegidli, 
mochevinaformaldegid, poliamidli smolalar kiradi. 
Fenolformaldegidli 
smolalar 
fenol 
C
6
H
5
OH 
va 
formaldegid 
CH
2

mochevinaformaldegid 
smolalar 
mochevina 
(karbamid) 
CO(NH
2
)
2
va 
enolformaldegidning polikondensatlanish hosil bo`ladi. Alkid smolalar ko`p asosli 
kislotalarning, masalan, ftal kislotasi (HOOC(C
6
H
4
)COOH va ko`p atomli 
spirtlarning, masalan gletsirinning CH
2
OH-CHOH-CH
2
OH polikondensatlanish 
maxsulotlari hisoblanadi. 
Poliamid amolalar-bu ko`p asosli kislotalarning, masalan adipin kislotasi HOOC-
(CH
2
)
4
-COOH
m
diaminlar, 
(geksametilendiamin 
H
2
N-(CH
2
)
6
-NH
2

bilan 
polikondensatlanish maxsulotlaridir. 


64 
Polikondensatlanish reaktsiyalarining tezligi va yo`nalishi, hosil bo`layotgan 
maxsulotlarning tarkibi va xarakteri reaktsiyaga kirishayotgan moddalarning 
nisbatiga, ularning xossalariga, funktsional guruxlarning miqdoriga, xaroratga 
qo`shimcha quyi molekulyar birikmalarni olib chiqib ketish tezligiga va 
qo`llaniladigan katalizatorning xarakteriga bog`liq bo`ladi. Katalizator sifatida 
kislotalar, ishqorlar, tuzlar ishlatiladi. Katalizatorning miqdori va xarakteriga, 
boshlang`ich reagentlarning nisbatiga qarab termoplast yoki termoreaktiv smolalar 
hosil bo`ladi. 
Termoplast smolalar chiziqli strukturaga ega, qizdirilganda suyuqlanadi va 
sovugach yana qotadi, ma`lum erituvchilarda eriydi. Termoreaktiv smolalar uchun 
to`rsimon yoki fazoviy strukturalar xos bo`lib, qizdirilganda suyuqlanmaydigan va 
erimaydigan xolatga o`tadi. Fenol bilan formaldegid polikondensatlanish vaqtda 
fenol ortiqcha miqdorda olingan bo`1sa (7 mol fenolga 6 mol formaldegid) va 
kislotali katalizator ishtirokida (xlorid kislota) termoplast smolalri, ya`ni novolok 
smolalar hosil bo`ladi. Novolal smolasining hosil bo`lish reaktsiyasini quyidagi 
tenglama bilan ifodalash mumkin: 

Yüklə 2,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə