Мавзу 1: пeдaгoгикaнинг умумий асослари



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə41/109
tarix11.12.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#147166
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109
PEDAGOGIKA (Lotincha)

Namuna-usuli so‘z orqali va shaxsiy namuna ko‘rsatish orqali ifodalanishi mumkin. Namunaning tarbiyaviy vazifasi g‘oyat xilma-xildir. Agar tarbiyachi bolaga biror hatti-harakatning andozasini ko‘rsatish uchun namunadan foydalansa, bu usul bo‘ladi. O‘qituvchi axloqiy tushunchalarni aniqlashtirish, talabning, axloq normalarini ahamiyatini, unga bo‘ysunishning foydali ekanligini, hamisha jamiyat manfaati yo‘lida halol mehnat qilish kishini ulug‘lashini isbotlash uchun namunadan foydalanadi. Bular namunaning tarbiyaviy vazifasidir.
Namunadan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug‘ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Ibrat uchun ular ajoyib ertaklar aytib berganlar, sarkardalar, olimlar, afsonaviy qahramonlar hayotidan hikoyalar qilganlar. Bolalar juda kichik yoshdan boshlab o‘zlarining tevarak-atrofidagi kishilarning xulqlari va hatti-harakatlarini kuzatib boradilar, ularga taqlid qiladilar. Biroq, ular hali nima yaxshi, nima yomon ekanini farq qila olmaydilar. Shuning uchun ular tarbiyachilarning yordamiga muhtoj. Bola dastlab oila a’zolaridan ibrat oladi. Ota-ona va oilaning katta yoshdagi a’zolarining namunasi kichik yoshdagi bolaga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda asosiy manbadir. Bolaning maktabga borishi bilan taqlid etadigan, ergashadigan va ibrat oladigan shaxslar doirasi kengayadi.
Yuqori sinf o‘quvchilari yurish-turishda mustaqildirlar. Lekin kattalarning xulq-atvori va yurish-turishlariga ko‘proq tanqidiy ko‘z bilan qaray boshlaydilar. Bu davrda taqlid uchun ijobiy obrazlarni tanlashda axloqiy va siyosiy-g‘oyaviy motivlar katta ahamiyatga ega.
Ota-ona namunasi. Bola dastlabki tarbiyani oilada oladi. Bola asosan oilada o‘sib kamolga etadi. U hamma vaqt ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillari bilan birga bo‘ladi. Shuning uchun ham bola shu oila ruhida tarbiya topadi. Bola avvalo ota-onaga va oiladagi odamlarga taqlid qiladi, ergashadi va ulardan o‘rganadi. Xalqimizning “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, “Onasini ko‘rib qizini ol” va boshqa maqollari ham shundan dalolat beradi.
Eng yaxshi oilada bola maktabda olayotgan fazilatlarini singdirib olishi davom ettiriladi. Madaniyatsiz oilada bola tomonidan maktabda olingan taassurotlar va tushunchalar uyga kelgach, barbod bo‘ladi. Ota yoki onaning bolalar tushunchalari va taassurotlariga zid bo‘lgan gaplari, qarashlari, hamda bolani qurshab olgan kishilarning nojo‘ya qiliqlari bola qalbini jarohatlaydi, uni ikkilantiradi.
Shuning uchun maktab, sinf rahbarlari, tarbiyachilar, ota-onalar bilan mustahkam aloqada bo‘lishlari va ular o‘rtasida pedagogik tashviqot olib borishlari, ota-onalar o‘z bolalariga namuna bo‘lishlari to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazishlari lozim.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə