Microsoft Word mantiqut-tayr ziyouz com doc



Yüklə 0,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/297
tarix20.01.2022
ölçüsü0,72 Mb.
#83000
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   297
Farididdin Attor. Mantiqut-tayr (nasriy bayoni)

IKKINCHI MAQOLA 
 
SIMURG’ TALABIDA HUDHUDNING QUSHLARGA DEGANI 
 
Jahon qushlari yig‘ilib, majlis qurdilar va yashirin ham oshkora fikrlarini o‘rtaga 
tashladilar. Dedilarki: bu zamonda hech bir shahar yoki mamlakat podshohsiz emas, 
shunday bo‘lgach, nega bizning mamlakatimizda shohyo‘q, bundan keyin biz shohsiz 
yasholmaymiz, shoh bizga rahnamolik qilishi, boshimizda soyabon bo‘lishi lozim. Endi, 
kelinglar, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab, podshoh talab qilaylik. Negaki yurt podshohsiz 
bo‘lsa, mamlakatda va qo‘shinda intizom va tartib bo‘lmaydi. Shunday qilib, barcha 
qushlar bir joyga to‘planib, shoh qidirishga jazm etdilar. 
Ko‘ngli Alloh yodi bilan band, Alloh diydoriga intizor Hudhud ular o‘rtasida yetakchi 
bo‘ldi. Hudhud egnida tariqatning harir kiyimi, boshida esa haqiqat toji bor edi. Uning 
zehni o‘tkir, har narsani tez tushunardi, yomon va yaxshi ishlardan ogoh edi. Hudhud 
dedi: Ey qushlar, men hech shubhasiz, Alloh huzuridan keldim va g‘ayb ishlaridan 
xabardorman, aslu naslimga ko‘ra sirlar egasidirman. Minqori (tumshug‘i)da «Bismilloh» 
yozilgan kishi ilohiy sirlarga sherik bo‘lishi ham haqiqatdan uzoqemas. Uz g‘amnm bilan 
birga yashayman, hech kimning men bilan hech bir ishi yo‘q. Men jahon xalqlaridan 
ozodman, xalq ham, shubhasiz, mendan ozodtsirlar. Menki Podshohdardida 
mashg‘uddirman, sipoh (qo‘shin) g‘ami bilan ishim yo‘q. Oxirat g‘amim bilan qo‘rquvda 
g‘arqman, bundan-da boshqa sirlarni saqlayman. 
Sulaymondan avval so‘z aytdim, Sulaymon qavmidan oldin kelgandirman. Kimki 
mulkidan ajraldi (g‘oyib bo‘ldi), keyin bu mulkni so‘rab-surishtirmadi. Men, bu (mulk)dan 
qutulgandan keyin, har yoqda uning talabgorlari paydo bo‘ldi. 
Sulaymon nomasini (Bilqisga) olib borib, qaytib keldim, Uning oldida parda orqasida 
turib sirlashdim (suhbatlashdim). Kimki Payg‘ambar alayhissalom talabgori bo‘lsa, 
boshiga toj qo‘ysa (boshlarga toj bo‘lsa) arziydi. Kimki ezgulikda Alloh yodiga tushsa, 
uning boshi atrofida aylanishga biror qushning parvozi yetarmi? Yillardirki, dengiz va 
quruqliklarda kezarman, oyog‘im yerda, ammo boshim (tafak-kurim) bilan yo‘l 
bosardim, vodiylar, tog‘u cho‘llarni kezganman, olamni to‘fon paytida aylanganman. 
Sulaymon bilan safarlarda birga bo‘lganman. Olam maydonini chunon kezib 
chiqqanman. O’z Podshohimni tanib olganman, ammo Uning oldiga yolg‘iz borolmadim*. 
Bas, agar menga yo‘ldosh bo‘lsangiz, Sizga yo‘l ko‘rsatay, toki ul Shohning va Uning 
Dargohining mahrami bo‘lgaysiz. O’z xudbinliklaringizdan, g‘am, tashvish va dinsizlikdan 
qutularsiz. Unga oshiqkishi o‘zjonidan kechadi. Oshiq jonon yo‘lida yomon-yaxshidan 
kechadi. Jonni sarflab, yo‘lga qadam qo‘ying, oyoq bilan yurib, boshni Ul Dargohga 
qo‘ying. Hech shubhasiz bizning Podshohimiz bor, ammo Uning makoni Qof tog‘i 
orqasidadir. Uning nomi Simurg‘ — U Qushlar sultoni, U bizga yaqin, ammo biz Undan 
xiyla uzoqmiz. U izzat Humoyi oromdadir (barqarordir). Uning nomini har qanday til 
atashga haddi sig‘maydi. U yuz mingdan ortiqparda ichradir, u nur va zulmatdan ham 
balanddadir. Ikki olamda hech bir kishi Undan bahra olishga jur’at etolmaydi. U abadul 
abad Mutlaq Podshohdir, o‘z izzatiga g‘arqdir. 
Aql U turgan joyga parvoz etolmaydi. Ilm va aql u tur-gan joyga yetolmaydi. 
Yuz ming odamlar Undan savdoyi-devona. Uning vasfu ta’rifi faqat pok jonlarga 
munosib. Aqlda Uni idrok etish quvvati yo‘q. Nima qilaylik, (bu yo‘lda) akd ham, jon ham 
xiralashadi. Uning sifatlarini ko‘rolmay, ko‘zlar nuri ketdi. Hech bir dono Uning kamolini 
ko‘rgan emas, hech bir ko‘zi o‘tkir ham Uning jamolini ko‘rgan emas. Uning kamoliga 
maxluqot yo‘l topolmaydi. Ilmu donish hayf ketadi. Ko‘zlar nurini yo‘qotadi. Odamlarning 
toifalarida Ul kamol va Ul jamol haqida yig‘ishtirib kelsang, bir hovuch xayol bor, xolos. 


Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor 
 
 

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə