O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə86/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

Qabul qilingan qonun loyihasini parlamentning ikkinchi palatasida ko`rib chiqish ikki palatali parlamentlardagi qonun chiqarish jarayonining navbatdagi bosqichidir. Zero, bir palatali parlamentda qonunni qabul qilish oxirgi marta ovozga qo`yish orqali amalga oshiriladi (u birinchi o`qishdan keyin ham, ikkinchi, uchinchi, to`rtinchi o`qishdan keyin ham o`tkazilishi mumkin). Ikki palatali parlamentda esa qonun loyihasi ayni bir tahrirda ikkala palata tomonidan qabul qilingan holdagina qonunga aylanadi (ammo ba'zan palatalardan biri qayta ovozga qo`yish orqali boshqa palata tomonidan qabul qilingan qonun loyihasini ma'qullamagan ikkinchi palataning «veto»sini yengishi ham mumkin).
Palatalar qonun chiqarish faoliyati sohasida teng huquqlarga ega bo`lgan va ular o`rtasida qonunni qabul qilish yuzasidan kelishmovchiliklar chiqqan hollarda murosaga keltirish tartib-qoidalari qo`llanadi.
Konstitutsiyaning 84-moddasiga muvofiq: a) qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan ma'qullanishi lozim; b) Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi va agar qonunni qayta ko`rib chiqishda palata deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan qonunni yana ma'qullasa, qonun parlament tomonidan qabul qilingan hisob-lanadi hamda imzolanishi va e'lon qilinishi uchun O`zbekiston Res-publikasi Prezidentiga palata tomonidan yuboriladi; v) Senat tomonidan rad etilgan qonun yuzasidan palatalar yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun tenglik asosida kelishuv komissiyasini tuzishi mumkin. Palatalar kelishuv komissiyasi takliflarini qabul qilganda qonun odatdagi tartibda ko`rib chiqilishi kerak. Konstitutsiyaga o`zgartishlar kiritish, konstitutsiyaviy qonunni qabul qilish parlamentning har bir palatasidagi umumiy ovozlar sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozini talab etadi. Odatdagi qonunlar oddiy ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Senatga kelib tushgan qonun ro`yxatga olinadi va Senat Raisi tomonidan qonunni ko`rib chiqadigan hamda uning yuzasidan xulosa tayyorlaydigan qo`mitaga topshiriladi. Senatning majlisida qonunni ko`rib chiqish ma'ruzachining mas'ul qo`mita xulosasini o`qib eshittirishidan boshlanadi. Shundan so`ng qonun muhkamasi tartibida senatorlar so`zga chiqishlari mumkin. Qonun Senat tomonidan belgilangan ko`pchilik ovoz bilan ma'qullansa, imzolanishi va e'lon qilinishi uchun belgilangan tartibda respublika Prezidentiga yuboriladi. Rad etilgan qonun yuzasidan palatalar yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasi tuzishi mumkin.
Mazkur komissiya tenglik asosida tuziladi. Kelishuv komissiyasining har bir palatadan saylangan a'zolari o`z tarkibidan ko`pchilik ovoz bilan komissiya hamraislarini saylaydilar. Kelishuv komissiyasi qonunning yagona matnini ishlab chiqish maqsadida Senatning har bir e'tirozini alohida-alohida ko`rib chiqadi. Kelishuv komissiyasi o`z ishining natijalari yuzasidan kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo`yicha takliflarni o`z ichiga olgan xulosa qabul qiladi. Xulosaga qonunga doir o`zgartishlar va qo`shimchalar loyiha-sining matni ilova qilinadi. Xulosa Senat va Qonunchilik pala-tasiga topshiriladi. Senat kelishuv komissiyasining takliflarini qabul qilgan taqdirda qonun Qonunchilik palatasi tomonidan odat-dagi tartibda qayta ko`rib chiqilishi kerak. Qonunni Qonunchilik palatasida qayta ko`rib chiqishda kelishuv komissiyasining bayonno-masida mavjud bo`lgan takiflargina muhokama qilinadi. Kelishuv komissiyasining loaqal bitta taklifi rad etilgan taqdirda Qonun-chilik palatasi, Senat kelishuv komissiyasiga yangi takliflarni taq-dim etish uchun palata tomonidan ma'qullangan tuzatishlarni ino-batga olgan holda ishni davom ettirishni taklif qilishi mumkin. Agar Senat qonunni kelishuv komissiyasining tahririda ma'qul-lamasa, u rad etilgan qonun sifatida Qonunchilik palatasiga qay-tarilishi kerak. Qonunchilik palatasi Reglamentining 17-moddasida Senat tomonidan rad etilgan, shuningdek respublika Prezidenti tomonidan e'tirozlar bilan qaytarilgan qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko`rib chiqish tartibi belgilangan. Mazkur tartibga muvofiq, mas'ul qo`mita rad etilgan qonun yuzasidan xulosa beradi. Mas'ul qo`mitaning xulosasini olganidan so`ng palata qonunni qayta ko`rib chiqish masalasini o`z majlisining kun tartibiga kiritadi. Agar Qonunchilik palatasi Senat tomonidan rad etilgan qonunni palata deputatlari umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan yana ma'qullasa, qonun Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan hisoblanadi va Prezidentga imzolash va e'lon qilish uchun yuboriladi.
Qonunni imzolash va e'lon qilish - qonun chiqarish jarayonining oxirgi bosqichi. Mohiyat e'tibori bilan, mazkur bosqich ikki yoki uch bosqichni o`z ichiga oladi. Mazkur bosqichni tavsiflovchi yuqorida zikr etilgan tadbirlar parlamentdan tashqarida amalga oshiriladi.
Parlament tomonidan qabul qilingan qonunni imzolash masalasiga to`xtalamiz. Odatda, bu davlat boshlig`ining vakolatlariga kiradi. Chet el davlatlarining konstitutsiyalarida, yuridik adabiyotlarda «promulgatsiya» atamasini uchratish mumkin. Promulgatsiya deganda ba'zan qonunni imzolash va e'lon qilish tushuniladi. Ammo mazkur atamaning yanada aniqroq ma'nosi shundan iboratki, promulgatsiya davlat boshlig`ining, shu jumladan, qonunni rasmiy e'lon qilish to`g`risidagi farmoyishi ifodalangan maxsus hujjat chiqarishini nazarda tutadi. Davlat boshlig`i tomonidan chiqarilgan mazkur hujjat (farmon, buyruq)ning matni rasmiy nashrlarda e'lon qilinayotgan qonun matnidan oldin keladi56[49].
Bir qator davlatlarning konstitutsiyalari davlat boshlig`iga qonunni imzolamasdan unga veto qo`yish, ya'ni qonunni parlamentga qaytarish huquqini beradi. Bunda konstitutsiyalar qonunni rad etish uchun asoslarni ko`rsatmasligi, davlat boshlig`idan o`z qarorini asoslashni talab qilishi mumkin. Hozirgi parlamentarizm amaliyotiga vetoning faqat bir turi – parlament tomonidan bekor qilinishi mumkin bo`lgan nisbiy veto ma'lum. Mutlaq veto (u Buyuk Britaniyada ma'lum bo`lib, oxirgi marta 1707 yilda qo`llanilganiga qaramay, hozirgacha rasman saqlanib kelmoqda) qonunni uzil-kesil rad etadi va parlament tomonidan bekor qilinishi mumkin emas. Ba'zi bir mamlakatlar (Portugaliya, Meksika va boshqalar)da qisman veto qo`llaniladi. Mazkur veto butun qonunga emas, balki uning alohida moddalariga tegishli bo`ladi. Rossiyada Konstitutsiyaga muvofiq prezidentga berilgan veto huquqidan, amaliyotga qaraganda, prezident butun qonun bilan ham, uning alohida moddalari bilan ham kelishmagan hollarda foydalaniladi. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (oldingi tahrirda ham, yangi tahrirda ham) O`zbekiston Respublikasi Prezidentiga o`ziga taqdim etilgan qonunni imzolamaslik va unga o`z e'tirozlarini ilova etib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo`yish uchun parlamentga qaytarish huquqini beradi. Prezident vetosi nisbiy xususiyatga ega va parlament tomonidan bekor qilinishi mumkin. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi to`g`risidagi Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qaytarilgan qonun palatada qayta ko`rib chiqilib, quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: 1) qonunni Prezidentning mulohazalarini va takliflarini inobatga olgan holda qabul qilish; 2) qonunni bundan buyon ko`rib chiqmaslik; 3) qonunni avvalgi qabul qilingan tahririda ma'qullash. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda palata deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan ma'qullansa, Senatga ma'qullash uchun yuboriladi. Senat (senatorlar umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko`pchilik ovozi bilan) qonunni ma'qullash yoki rad etish to`g`risida qaror qabul qiladi. Agar qonun Senat tomonidan ma'qullansa, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o`n to`rt kun ichida imzolanishi va e'lon qilinishi kerak. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasiga muvofiq, qonunlarning e'lon qilinishi ular qo`llanilishining majburiy shartidir. Mazkur qoidalar Oliy Majlis palatalarining qonunlar bilan tasdiqlangan reglamentlarida ham o`z aksini topgan.
IX MAVZU. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy maqomi
 1. O`zbekiston Respublikasida Prezidentlik institutining ta'sis etilishi
2. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy-huquqiy holati
3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar o`tkazish tartibi va asosiy tamoyillari
4. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə