O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə88/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

5. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qabul qiladigan normativ-huquqiy hujjatlar
Konstitutsiyaning 94-moddasiga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiyaga va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan mamlakatning butun hududida majburiy kuchga ega bo`lgan farmonlar qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O`zbekiston Respublikasining Prezidenti o`z vazifalari va konstitutsiyaviy vakolatlarining amalga oshirish maqsadida ko`pqirrali huquq ijodkorligi faoliyatini yuritadi.
Prezident butun O`zbekiston hududida bevosita amal qiladigan, majburiy kuchga ega bo`lgan uch xil normativ-huquqiy hujjat:

  1. 1) farmonlar;

  2. 2) qarorlar;

  3. 3) farmoyishlar chiqaradi.

Farmon – aniq bo`lmagan jismoniy va yuridik shaxslarga taalluqli bo`lib, uzoq muddatga amal qiladi. Farmon – normativ-huquqiy hujjat. U huquqni ko`llash xususiyatiga ham ega bo`lishi mumkin va demakki, normativ mazmunga ega bo`lmasligi ham mumkin. Normativ mazmundagi farmonlar nashr etiladi, masalan u yoki bu shaxsni biror lavozimga tayinlash to`g`risida.
Farmoyish – individual tashkiliy xususiyatdagi hujjatdir.
Prezident chiqaradigan hujjatlar uning o`zi tomonidan mustaqil chiqariladi. Prezident chiqaradigan farmonlar, qarorlar va farmoyishlar Konstitutsiya va qonunlarga zid bo`lmasligi shart. Chunki ular Konstitutsiya va qonunlar asosida, ularni bajarish maqsadida chiqariladi. Prezident chiqargan normativ hujjatlarining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi to`g`risidagi masala, zaruriyat tug`ilganda, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi tomonidan hal qilinadi (Konstitutsiyaning 109-moddasi). Ko`rib chiqish natijalari bo`yicha Konstitutsiyaviy sud butun hujjat yoki uning ayrim qoidalari konstitutsiyaviy yohud g`ayri konstitutsiyaviy ekanligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Shu tariqa Prezident aktlarining konstitutsiyaviy bo`lishi kafolati ta'minlangan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari qonun osti hujjatlari deb atalmaydi. Lekin ular Konstitutsiya va mamlakat qonunlariga zid bo`lmasligi shart (16-modda). Lekin "Konstitutsiya va qonunlarga asoslanib hamda ularni ijro etish yuzasidan" deyilgan konstitutsiyaviy bayon qilish, shuningdek, faqat qonun tomonidan tartibga solinadigan masalalar ro`yxatining Konstitutsiyada mavjud emasligi – Prezidentning huquq ijodkorligi faoliyatini keng talqin qilishga imkon beradi. Biror masalani qonun bilan tartibga solish mavjud bo`lmagan hollarda, Prezident oldindan ushbu masala yuzasidan normativ farmon chiqarishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining normativ-huquqiy hujjatlari "O`zbekiston Respublikasi Prezidentining xabarnomasi" va shuningdek respublika gazetalarida rasman e'lon qilinadi.



  X MAVZU. Vazirlar Mahkamasi - O`zbekiston Respublikasining hukumati

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə