O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti


Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarining huquqiy holati



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə96/108
tarix19.06.2022
ölçüsü1,1 Mb.
#89753
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108
КОНСТИТУЦИЯНИ ЎРГАНИШ

4. Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarining huquqiy holati
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari shaharcha, qishloq va ovullardagi hamda ularning tarkibidagi mahallalardagi va shahar tarkibidagi mahallardagi fuqarolarning yig`inidir. Bu yig`inlar kundalik faoliyat yuritish uchun 2,5 yil muddatga rais (oqsoqol) va uning maslahatchilarini saylab qo`yadi. Ushbu jarayon 29 aprel 2004 yilda qabul qilingan “Fuqarolar yig`ini raisi va uning maslahatchilari saylovi to`g`risida” gi qonun bilan tartibga solinadi. Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi demokratizm, oshkoralik va teng saylov huquqi asosida o`tkaziladi. Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni o`n sakkiz yoshga to`lgan fuqarolar egadirlar.
Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda tegishli hududda doimiy yashovchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, jinsi, irqiy hamda milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy hamda ijtimoiy mavqei, ma'lumoti, mashg`ulotining turi va xususiyatidan qat'i nazar, teng saylov huquqiga egadirlar.
Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar yig`inining har bir ishtirokchisi bir ovozga ega.
Qonunning 9-moddasiga fuqarolar yig`inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o`tkazishda fuqarolar yig`inlariga amaliy yordam ko`rsatish uchun Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar hamda shaharlar hududida tegishincha fuqarolar yig`inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda o`tkazishga ko`maklashuvchi Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi.
Fuqarolar yig`ini (vakillar yig`ilishi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chaqiriladi va o`tkaziladi.
Fuqarolar vakillarining yig`ilishiga hovlilar, uylar, ko`chalar, mahallalar, mavzelar va dahalardan ularda yashovchilarning umumiy yig`ilishi qarori bilan saylanadigan namoyondalar vakil qilinadilar. Vakillik normasini fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish ishlari bo`yicha tegishli tuman yoki shahar muvofiqlashtirish kengashi belgilaydi.
Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) vazifasiga nomzodlar ko`rsatish tartibi qonunning 14-moddasida berilgan bo`lib, unga ko`ra fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) vazifasiga nomzodlar ko`rsatish tegishli hududda yashovchi aholining fikrini hisobga olgan holda ishchi guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) vazifasiga ko`rsatilgan nomzodlarga doir hujjatlar tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli tuman yoki shahar komissiyasiga saylovdan kamida o`n kun oldin topshiriladi. Ushbu lavozimga nomzodlar, qoida tariqasida, oliy ma'lumotli bo`lishi va saylov kuni tegishli hududda doimiy yashab turgan bo`lishi, shuningdek tashkilotchilik qobiliyatiga, hayotiy tajribaga va aholi o`rtasida obro`-e'tiborga ega bo`lishi kerak.
Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig`inida hozir bo`lgan fuqarolarning yarmidan ko`pining ovozini olgan nomzod fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi vazifasiga saylangan hisoblanadi.
O`zini-o`zi boshqarish organlari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishga fuqarolarni jalb etishga ko`maklashadi, davlat hokimiyati organlariga, qonunlarni yuqori davlat organlarining hujjatlarini, xalq deputatlari Kengashlari va hokimlarning qarorlarini bajarishda yordamlashish maqsadida fuqarolarni birlashtiradi.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi. Konstitutsiyada fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarini saylash tartibi, faoliyatini tashkil etish, ularning vazifasi, vakolatlari qonun bilan belgilanishi ko`rsatilgan. Konstitutsiyaning shu normasini hayotga tadbiq qilish maqsadida 1999 yil 14 aprelda «Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari to`g`risida»gi qonun1 qabul qilingan. Bu qonunda fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarining vazifasi, vakolatlari, fuqarolar yig`ilishi (yig`ini) va raisning vakolatlari, ularning davlat hokimiyati organlari bilan munosabati asoslari belgilab qo`yilgan.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarishi-fuqarolarining O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlanadigan ularning o`z manfaatlaridan rivojlanishning tarixiy xususiyatlaridan shunindek milliy va ma'naviy qadriyatlar hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog`iston Respublikasida fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarishi sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog`iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Fuqarolar shaharchalar, qishloqlar, ovullar va mahallarda o`zini-o`zi boshqarishga doir o`z konstitutsiyaviy huquqini fuqarolarining saylov huquqlari kafolatlariga muvofiq fuqarolar yig`inlari (vakillar yig`ilishi) orqali amalga oshiradilar.
Fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tikodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'i nazar, bevosita hamda o`zlarining saylab qo`yiladigan vakillari orqali o`zini-o`zi boshqarishni amalga oshirishda teng huquqlarga egadir.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarishga doir huquqlarini cheklash taqiqlanadi. Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari faoliyatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
- Demokratizm;
- oshkoralik ;
- ijtimoiy adolat;
- nsonparvarlik;
- mahalliy ahamiyatga molik masalalarni yechishda mustaqillik;
- jamoatchilik asosidagi o`zaro yordam.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarishi O`zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiriladi. Shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, shunindek ularning chegaralarini o`zgartirish, ularga nom berish va ularning nomini o`zgartirish fuqarolar o`zini-o`zi boshqarishining tegishli organlari fikrini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Mahallani tuzish, qo`shib yuborish, bo`lish va tugatish, shunindek uning chegaralarini belgilash va o`zgartirish fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining tashabbusiga ko`ra mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining shakllanishi va rivojlanishn uchun zarur shart-sharoit yaratadilar, ularning ishlariga aralashishga yul quymaydilar, fuqarolarga o`zini-o`zi boshqarishga doir huquqlarini amalga oshirishda ko`maklashadilar. Kuyidagilar fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlaridir:
- Shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining, shuningdek shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig`ini (vakillar yig`ilishi) (bundan buyon matnda fuqarolar yig`ini deb yuritiladi)
- Fuqarolar yig`inining kengashi Fuqarolar yig`ini faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha komissiyalar fuqarolar yig`inining taftish komissiyasi tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo`lgan shaharchalar, qishloqlar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma'muriy komissiya (bundan buyon matnda ma'muriy komissiya deb yuritiladi)
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, belgilangan namunadagi muhrga ega bo`ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro`yxatga olinishi kerak. Fuqarolar yig`ini to`g`risidagi namunaviy nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Fuqarolar yig`ini organlarini va ularning mansabdor shaxslarni saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini ta'minlagan holda, umumiy, teng va to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin yeki ochiq ovoz berish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig`ini-fuqarolar o`zini-o`zi boshqarishining yukori organi bo`lib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga egadir. Fuqarolar yig`inida o`n sakkiz yoshga to`lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalliy hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadilar.
Shaharcha qishloq, ovul fuqarolar yig`ini hamda shahardagi mahalla fuqarolar yig`ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq ovul fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining hamda shahardagi mahalla fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o`zi ko`rib chiqish uchun olish va hal etish huquqiga ega.
“Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida”gi qonunning 10-moddasiga ko`ra, shaharcha, qishloq ovul fuqarolar yig`ini va shaharchadagi mahalla fuqarolar yig`ini:
- fuqarolar yig`ini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig`ini faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha komissiyalarning raislarini va a'zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;
- fuqarolar yig`inining taftish komissiyasini hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda ma'muriy komissiyani saylaydi, ular to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
- belgilangan tartibda raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig`ini kengashi devoninig miqdor tarkibini belgilaydi, raisining (oqsoqolning) taqdimnomasiga ko`ra fuqarolar yig`inining mas'ul kotibini tayinlaydi;
- Kengash, taftish komissiyasi va ma'muriy komissiya faoliyatining asosiy yo`nalishlarini belgilaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;
- fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organining faoliyat dasturini va harajatlar smetasini, hududni kompleks rivojlantirishni ta'minlash, aholi punktlarini obodonlashtirish va ularning sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlar rejalarini tasdiqlaydi;
- qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining, shuningdek o`z qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovni o`tkazuvchi, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o`tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining a'zoligiga nomzodlarni tegishli okrug saylov komissiyalarina tavsiya etadi;
- xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi deputatligiga nomzod ko`rsatish to`g`risida qaror qabul qiladi;
- O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatligiga xalq deputatlari viloyat Kengashlari deputatligiga nomzodlar ko`rsatish uchun fuqarolarning nomzodlari bo`yicha hokimiyatining tegishli vakillik organlariga takliflar kiritadi;
- to`ylar va boshqa marosimlarni o`tkazish bo`yicha tavsiyalar beradi;
- yilning har choragida tuman, shahar va viloyat hokimliklari rahbarlarining fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlari faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar yuzasidan hisobotlarini eshitadi. Fuqarolar yig`imlarining hisobotlar to`g`risidagi bayonnomalari tegishli viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi, ular bu bayonnomalarning hisobini yuritadilar, fuqarolarning murojaatlari bajarilishini nazorat qiladilar;
- atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan o`z vakolati doirasida tegishli xududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlarini hisobotlarini eshitadi;
- fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining o`z mablag`larini shakllantiradi, fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
- obodonlashtirish ishlarini o`tkazish, umumiy foydalanishdagi joylarni ta'mirlash, shuningdek kam ta'minlangan oilalarning uylari va kvartiralarini ta'mirlashda yordam ko`rsatish uchun alohidan ixtiyoriylik asosida mablag` yig`ish to`g`risida qarorlar qabul qiladi;
- obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish va sanitariya-tozalash ishlari o`tkazish uchun tegishli xududda joylashgan korxonalar va tashkilotlarning mablag`laridan shartnoma asosida foydalanish to`g`risida qarorlar qabul qiladi;
- o`z hududidagi ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish uchun yuridik va jismoniy shaxslarning mablag`larini ixtiyyorlik asosida birlashtirish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
- pul mablag`lari sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
- atrof muhitni muhofaza qilishga ko`maklashadi;
- guzarlar barpo etishga doir masalalarni ko`rib chiqadi;
- ma'muriy –hududiy birliklar va mahallalarning chegaralarini o`zgartirish, mahallar, ko`chalar, maydonlar va boshqa obyektlarning nomini o`zgartirish to`g`risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;
- yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko`rib chiquvchi tuman komissiyaga o`z vakilini yuboradi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Shahardagi mahalla fuqarolar yig`ini ushbu modda nazarda tutilgan vakolatlardan tashqari, kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko`rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini xal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtiimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag`lardan o`z o`rnida va samarali foydalanilishini ta'minlaydi.
Shaharcha, qishloq ovul fuqarolar yig`ini shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig`inlariga ko`maklashadi, markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag`lardan qanday foydalanilayotganligi to`g`risidagi hisobotlarini eshitadi. Shaharcha qishloq ovul fuqarolar yig`ini shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig`inlariga ko`maklashadi, markazlashtirilgan tarzda ajratiladigan mablag`lar kanday foydalanilayotganligni to`g`risidagi hisobotlarini eshitadi.
Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig`ini tegishli ravishda shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining vakolatlariga qonun hujjatlari bilan berilgan istalgan masalani o`zi ko`rib chiqish uchun olish va xal etish huquqiga ega.
Shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolar yig`ini:
- fuqarolar yig`inining raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini, fuqarolar yig`ini faoliyatining raislarini va a'zolarini saylaydi, yilning har choragida ularning hisobotlarini eshitadi;
- raisning (oqsoqolning) maslahatchilari va fuqarolar yig`ini kengashi devonining mikdor tarkibini belgilaydi, raisning (oqsoqolning) taqdimnomasiga muvofiq fuqarolar yig`inining mas'ul kotibini tayinlaydi;
- qonunlarga rioya etilishi hamda boshqa qonun hujjatlari va o`z qarorlari, shuningdek shaharcha, qishloq va ovul fuqarolar yig`inining qarorlari ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- pul mablag`larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil etadi, fuqarolar yig`inining taftish komissiyasini saylaydi, komissiya to`g`risidagi nizomni tasdiqlaydi, yilning har choragida uning hisobotlarini eshitadi;
- hududlarni obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish bo`yicha tadbirlar rejasini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
- kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko`rsatish va bolali muhtoj oilalarga nafaqalar tayinlash masalalarini hal etadi, oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo`llab-quvvatlash maqsadlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratiladigan mablag`lardan o`z o`rnida va samarali foydalanilishini ta'minlaydi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Fuqarolar yig`ining qarorlarini bajarish va fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining fuqarolar yig`inlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig`inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig`ini faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha komissiyalarning raislari va yig`inning mas'ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yig`inining kengashi tuziladi.Fuqarolar yig`inining kengashi:
- fuqarolar yig`inini chaqiradi;
- fuqarolar yig`ini faoliyatining asosiy yo`nalishlari bo`yicha komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi, xayriya tashkilotlari va boshqa bilan hamkorlikdagi tadbirlarni o`tkazadi;
- fuqarolar yig`ini raisining (oqosoqolining) taqdimnomasiga ko`ra fuqarolar yig`ini kengashining devonini shakllantiradi;
- O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlariga ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarini uyushtirishda, fuqarolarni qabul qilishda, ular o`z saylov uchastkalarida boshqa vakolatlarini amalga oshirishlarida ko`maklashadi;
- ommaviy–siyosiy, ma'naviy–ma'rifiy, madaniy, sport tadbirlarini va boshqa tadbirlarni o`tkazishda mahalliy davlat hokimiyati organlariga ko`maklashadi;
- xotin–qizlarning manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy hayotdagi, oilada ma'naviy–ahloqiy muhitni shakllantirishdagi, yosh avlodni tarbiyalash ishidagi mavqeini oshirishga qaratilgan chora– tadbirlarni ko`radi;
- ro`yxatdan o`tmagan diniy tashkilotlar faoliyat ko`rsatishining oldini olish, fuqarolarning diniy e'tiqod erkinligi huquqlariga rioya etilishini ta'minlash, diniy karashlarni majburan singdirishga yo`l qo`ymaslik chora-tadbirlarini ko`radi, vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi bilan bog`lik bo`lgan boshqa masalalarni ko`rib chiqadi;
- tarbiyaga oid masalalar yuzasidan ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qiladi;
- ikki yoshga to`lmagan bolalari bor ishlamaydigan onalarga nafaqalarni shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag`laridan tartibda tayinlaydi va to`laydi;
- boshqalarning parvarishi va yordamiga muhtoj keksa fuqarolarga shafelik (patronajlik) yordami shu maqsadda ajratilgan davlat budjeti mablag`lari hisobidan ko`rsatilishiga ko`maklashadi;
- mazkur hududda yashovchi fuqarolarni ish bilan ta'minlashga, shu jumladan kasanachilikni tashkil etishga ko`maklashadi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kichik korxonalar, sartaroshxonalar, poyabzal ta'mirlash va tikish ustaxonalari, xalq hunarmandchiligi sexlarini va aholiga maishiy xizmat ko`rsatuvchi boshqa korxonalarini tashkil etish va tugatish to`g`risida qaror qabul qiladi, bu qaror keyinchalik fuqarolar yig`inida tasdiqlanadi;
- aholining uylarini, hovlilaridagi binolarni, hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, yo`llar, ko`priklar, ko`chalar, yo`laklar, kommunal tarmoqlarni qurish, qayta qurish, ta'mirlash va yaroqli saqlash, tarix va madaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni ta'mirlash ishlarida ixtiyoriylik asosida qatnashishlarini tashkil etadi, tuman, shahar hokimligi ajratadigan moddiy va boshqa mablag`larni, o`z mablag`larini ana shu maqsadlarga ishlatadi, jamoatchilik yordamini (hasharlarni) uyushtiradi, ko`riklar va tanlovlar o`tkazadi:
- yoqilg`i, elektr va issiqlik energiyasi hamda suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni o`tkazadi;
- dehqon va fermer xo`jaliklarini rivojlantirishga ko`maklashadi;
- tegishli hududdagi yerlarning foydalanilishi va muhofaza etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- savdo va maishiy xizmat ko`rsatish korxonalarining ishi, savdo va fuqarolarga xizmat ko`rsatish madaniyati qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko`maklashadi;
- tegishli hududda jamoat tartibini ta'minlashda, shu jumladan fuqarolarning kelishi va ketishini hisobga olishni tashkil etishda, o`smirlar va yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish ishida, voyaga yetmaganlarning huquqlarinri himoya qilishda huquqni muhorfaza qiluvchi organlarga ko`maklashadi;
- aholi punktlari, suv ta'minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta'lim muassasalarining sanitariya va ekologiya holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga ko`maklashadi;
- yong`inga qarshi xavfsizlik talablariga, jonivorlarni saqlashga oid veterinariya qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirilishiga ko`maklashadi;
- imoratlar qurish hamda va uylar atrofidagi hududlarni orasta saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;
- uy – joy fondidan foydalanish va uning asralishini ta'minlashda fuqarolarga ko`maklashadi;
- aholidan soliqlar va majburiy to`lovlar o`z vaqtida tushishiga ko`maklashadi;
- fuqarolar uy-joydan foydalanish harajatlarini va kommunal xizmatlar haqini bank muassasi orqali hisob-kitob qilib, to`liq va o`z vaqtida to`lashlarini kommunal xizmat ko`rsatish korxonalari bilan birgalikda uyushtiradi va nazorat qiladi. Aholi uy-joy kommunal xizmatlar haqini to`liq to`lashini ta'minlaganligi uchun fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organiga o`tkaziladigan mablag`larni belgilangan tartibda kam ta'minlangan oilalarga uy joy-kommunal xizmatlar o`zini-o`zi boshqarish organlarining xodimlarini rag`batlantirishga, shuningdek, obodonlashtirish ishlarini o`tkazishga ishlatadi;
fuqarolarni tabiiy ofatlarga qarshi kurashga va ularning oqibatlarini tugatishga jalb etadi;
- aholini fuqarolik himoyasiga doir tadbirlarni o`tkazishga jalb etadi, harbiy xizmatga majburiylar va chaqiriluvchilarni mudofaa ishlari bo`limlariga chaqirilayotganliklaridan xabardor etishni va chaqirishni tashkil kilishga ko`maklashadi, shuningdek, shaharchalar, qishloqlar va ovullarda ularning shaxsiy-birlamchi hisobini yuritadi;
- jazoni ijro etish muassalaridan ozod etilgan shaxslarni ijtimoiy–mehnatga tiklash va jinoyatchilikning oldini olishga doir tadbirlarni ijtimoiy moslashuv markazlari bilan birgalikda amalga oshiradi;
- ilgari sudlangan hamda huquqbuzarliklar sodir etishga moyil boshqa shaxslarga tarbiyaviy ta'sir o`tkazish uchun fahriylardan, xotin-qizlar va yoshlar, madaniyat va din vakillari jumlasidan komissiyalar tuzadi.
fuqarolar yig`inining kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish ishlari bo`yicha viloyat, tuman, shahar muvofiqlashtirish kengashlari tuzilishi mumkin.
Fuqarolar yig`ini fuqarolar yig`inining raisi (oqsoqoli), yig`in kengashi tomonidan zaruratga qarab, lekin yilning har choragida kamida bir marta chaqiriladi. Fuqarolar yig`ini xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining, tuman, shahar, hokimining yoki o`n sakkiz yoshga to`lgan va mazkur hududda doimiy yashovchi fuqarolarning kamida uchdan bir qismi tashabbusi bilan chaqirilishi mumkin. Fuqarolarning yig`ini fuqarolar yig`inida qatnashish huquqiga ega bo`lgan barcha aholining yarmidan ko`prog`i hozir bo`lgan taqdirda vakolatlidir.
Fuqarolar yig`inini olib borish uchun rayosat saylanadi. Yig`inni fuqarolar yig`inining raisi (oqsoqoli) yoki raisning maslahatchilaridan biri olib boradi. Barcha masalalar bo`yicha qarorlar ochiq yoki yopiq ovoz berish orqali oddiy ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Har bir yig`inda yig`in o`tkazilgan sana, hozir bo`lgan fuqarolar soni, kun tartibi va qabul qilingan qarorlar ko`rsatilgan holda bayonnoma yurtiladi. Fuqarolar yig`inining bayonnomasi va qarorini fuqarolar yig`inining raisi (oqsoqoli) va ma'sul kotibi imzolaydilar. Rais (oqsoqol) yo`qligida, fuqarolar yig`inining bayonnomasini raisning maslahatchilaridan biri va mas'ul kotib imzolaydi. Fuqarolar yig`inini chaqirishning iloji bo`lmagan taqdirda, fuqarolar vakillarining yig`ilishi o`tkaziladi, mavzelar, dahalardan fuqarolarning namoyondalari vakil qilinishlari mumkin. Vakillik normalari tegishli xalq deputatlari Kengashi yoki tuman, shahar hokimi tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar vakillarining yig`ilishi unda vakillarning kamida uchdan ikki qismi hozir bo`lgan taqdirda vakolatlidir va bunday yig`ilish ushbu Qonunda fuqarolar yig`inlarini o`tkazish tartibiga nisbatan qo`yiladigan talablarga muvofiq o`tkaziladi. Fuqarolar yig`ini kengashining majlisi fuqarolar yig`inining raisi (oqsoqoli) tomonidan, zururatga qarab, lekin oyida bir marta o`tkaziladi.
Fuqarolar yig`ini kengashining majlisi, agar uning ishida kengash a'zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo`lsa, vakolatli hisoblanadi. Qaror agar uni fuqarolar yig`ini kengashining hozir bo`lgan a'zolaridan yarmidan ko`prog`i yoqlab ovoz bergan bo`lsa, qabul qilingan hisoblanadi. Fuqarolar yig`ini kengashinining qarori ochiq ovoz berish yo`li bilan qabul qilinadi.
Fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig`inining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Raisning maslahatchilari o`rtasida vazifalarni taqsimlash fuqarolar yig`ini raisining (oqsoqolining) taqdimnomasi bo`yicha yig`in tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolar yig`ini kengashi o`z devoniga ega bo`lishi mumkin, uning xodimlari soni yig`in tomonidan belgilanadi. Yig`inning mas'ul kotibi va kengash devoni xodimlari yig`inni, kengash majlisini o`tkazishga doir materiallarni tayyorlaydilar, yig`inning, kengashning va raisning (oqsoqolning) qarorlari ijrochilarga o`z vaqtida yetkazilishini ta'minlaydilar, ish yuritilishni amalga oshiradilar.
Fuqarolar yig`inining raisi (oqsoqoli), mas'ul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yig`inining mablag`lari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjet mablag`lari hisobiga ham ta'minlanishi mumkin.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari tomonidan ko`rilgan, olingan yoki qonunda belgilangan tartibda ularga berilgan jamoat, ijtimoiy – maishiy va boshqa maqsaddagi, shunigdek transport vositalari, xo`jalik anjomlari va boshqa ko`char hamda ko`chmas mulk ularning mulki hisoblanadi.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari o`z mulki bo`lgan obyektlarni vaqtinchalik yoki doimiy foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berishga, ijaraga topshirishga, belgilangan tartibda o`z tasarrufidan chiqarishga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ushbu mol-mulk bilan bog`liq boshqa bitimlar tuzishga haqlidir.
Fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asosi o`z mablag`laridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan budjet mablag`laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayr-ehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag`lardan tashkil topadi.
Fuqarolar o`zini boshqarish organlarining moliyaviy mablag`lari bank muassasasidagi mustaqil hisob varaqada saqlanadi hamda belgilangan tartibda ular tomonidan mustail foydalaniladi va bu mablag`larning olib qo`yilishi mumkin emas. Fuqarolar yig`inining kengashi moliyaviy mablag`lardan foydalanilganligi to`g`risida yilning har choragida fuqarolar yig`ini olidida hisob beradi.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari o`z faoliyatining hisobini yuritadi hamda qonun hujjatlarida organlariga hisobot taqdim etadi.
Fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining murojaatlari davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslari tomonidan o`z vakolatlari doirasida qonunda belgilangan muddatda ko`rib chiqilishi shart.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarini qayta tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish ma'muriy–hududiy birliklar, shuningdek, mahalla qo`shilganda, bo`linganda, tugatilganda fuqarolar yig`inining qaroriga binoan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Fuqarolarning o`zni o`zi boshqarish organlari faoliyati bilan bog`liq nizolar sud tomonidan xal etiladi.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari o`zini-o`zi boshqarishni amalga oshirishga doir fuqarolarning huquqlarini buzgan davlat organlari va boshqa organlarning, shuningdek, mansabdor shaxslarning harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat qilishga haqlidir.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlarining qarorlari, shuningdek, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish mumkin.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari to`g`risidagi qonun hujjatlari buzilishida qonun hujjatlari buzilishida aybdor bo`lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo`ladilar.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari O`zbekiston Respublikasida joylardagi xalq hokimiyatchiligi namoyon bo`lishi shakllaridan biri bo`lib, bu organlar orqali aholining iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-madaniy sohalardagi ehtiyojlari amalga oshiriladi. Mazkur organlarning tashkil etilishi va faoliyatiga tegishli masalalarni o`rganish juda muhimdir. Chunki ,
O`zbekiston Respublikasida xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish yo`llari ikkita asosiy shaklda amalga oshiriladigan bo`lsa, bu bevosita va vakillik demokratik asosda bo`ladi. Bunda demokratiyaning ikkala shakli ham namoyon bo`lishi bevosita mahalliy vakillik organlari bilan bog`liqdir. Bu organning saylash jarayoni bevosita demokratik, ularning faoliyati esa vakillik demokratiyadir.
Bundan kelib chiqqan holda shuni xulosa qilib aytsak bo`ladiki, O`zbekistonda mahalliy vakillik hokimiyat organlari tizimi xalq hokimiyatchiligini amalga oshirishda muhim ahamiyatga egadir.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə